cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Agrobank_Press

🏦 "Agrobank" ATB Matbuot kotibining rasmiy telegram kanali. 📍Manzil: 100011, Toshkent sh., Shayxontohur tum., B.Zokirov 2A 🌍 agrobank.uzInstagram.com/agrobank_presshttps://www.facebook.com/yulduz.fayzullaeva.79?mibextid=LQQJ4d 📬headoffice@agrobank

Більше
Рекламні дописи
10 774
Підписники
-1824 години
-877 днів
-2 38030 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Xabaringiz bor, UDEAda Agrobank tomonidan moliyalashtirilgan 200 ta grantning dastlabki egalarini tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Mazkur tadbir tafsilotlarini yaqindan yoritishda yordam bergan “Uzreport”, "Sevimli", "Mening yurtim" hamda "Zo‘r TV" telekanallari ijodiy jamoasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz🙏 Agrobank Matbuot xizmati
Показати все...
👍 14👏 2 1🔥 1👌 1
📗 Agrobank Boshqaruv Raisiga o'rinbosar tayinlandi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining tegishli buyrug'iga asosan, Farxod Badriddinovich Nasriyev bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. F.Nasriyev tayinlovga qadar — 2022 yil iyul oyidan buyon “Agrobank” ATB Risk menejmenti departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. F.Nasriyev 1988 yil Samarqand shahrida tugilgan. 2009 yil Toshkent moliya institutini bakalavr, 2011 yil ushbu institutning magistr bosqichlarini, 2018 yil Bank-moliya Akademiyasining magistr bosqichini, shuningdek, 2023 yil Buyuk Britaniyaning Sasseks universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2006 yilda boshlagan, 2011 yildan buyon “Agrobank” ATB tizimida turli lavozimlarda, shu jumladan viloyat filiali rahbari, boshqarma boshlig‘i va departament direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. Agrobank Matbuot xizmati
Показати все...
👍 97👏 13🔥 9🏆 3🤩 2👌 2 1😍 1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joriy yilning 1-2 may kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da “Inson uchun” savdo ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazma doirasida imkoniyati cheklangan insonlar, tadbirkorlar, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish etildi. “Agrobank” ATB jamoasi ham ushbu ko‘rgazmada faol ishtirok etdi va ko‘rgazmada taqdim etilgan mahsulotlar xaridi yuzasidan shartnoma imzolandi. Agrobank Matbuot xizmati
Показати все...
👍 14 3🔥 1👌 1
9-may — Xotira va qadrlash kuni! 🕊Agrobank jamoasi ushbu kunda el-yutimizning tinchligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlarni ardoqlagan holda barchaga mustahkam sog'lik va tinchlik-xotirjamlik tilaydi! Agrobank Matbuot xizmati
Показати все...
👍 19🔥 3 2👏 2🤩 1
😇 UDEAda Agrobank tomonidan moliyalashtirilgan 200 ta grantning dastlabki egalari tantanali taqdirlandi 2024-yil 8-may kuni Toshkent shahridagi Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida (UDEA) Buyuk Britaniyaning Coventry Universiteti tomonidan taqdim etilgan ta’lim dasturlarida o‘qish bo‘yicha Agrobank tomonidan to‘liq moliyalashtiriladigan to‘rt yillik grant sohibi bo‘lgan dastlabki 30 nafar talabaga ta'lim grantlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qayd etish kerakki, Coventry Universiteti deyarli 180 yillik tarixga ega oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, “University Alliance” hamda “Association of Commonwealth Universities” kabi nufuzli assotsiatsiyalarning a’zosi hisoblanadi. E’tiborlisi mazkur universitet diplomi Angliyada va butun dunyoda tan olinishi ta’lim dargohining nufuzi yuqori ekanligidan dalolat beradi. Coventry Universiteti The Guardian reytingida 13-o‘rin, The Times reytingida 44-o‘rin, The Complete University Guide reytingida 53-oʻrinni egallamoqda. Bundan tashqari, Coventry Universiteti shahri 2018-yilda eng yaxshi talaba shaharlari roʻyxatida 44-oʻrinni egalladi, Buyuk Britaniyaning TOP 5 ta eng yaxshi shaharlari qatoriga kiradi va mamlakatning uchinchi eng baxtli shahri hisoblanadi. Universitetda 11 ta zamonaviy tadqiqot markazlari bilan talabalar turli sohalarda tajriba orttirish imkoniyatiga ega. Agrobank mazkur Universitet bilan 2022-yilda hamkorlik o‘rnatgan bo‘lib, bank grantlari talabalarga xalqaro miqyosda yuqori sifatli ta’lim olish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Grantlarga sazovor boʻlgan yoshlar qatoriga raqamli iqtisodiyot, marketing va tegishli sohalarda koʻnikma va salohiyatni namoyon etgan bir qator akademik va kasbiy yutuqlarga ega boʻlgan talabalar kirdi. Taqdirlash marosimida UDEAning jadal o‘sishda davom etayotgani va talabalarga zamonaviy dunyo muammolariga javob beradigan yuqori sifatli va zamonaviy ta’lim berishga intilishi ta’kidlandi. Agrobank Matbuot xizmati
Показати все...
👍 22 3👏 2🔥 1🏆 1
Repost from Agrobank
Masofaga qaramasdan birga bo'ling! Agrobank Mobile ilovasi orqali pul o'tkazmalarini: • Humo - Humo kartalari o'rtasida — 20 million so'mgacha; • Uzcard - Humo, Uzcard - Uzcard, Humo - Uzcard kartalari o'rtasida — 10 million so'mgacha 0% komissiya bilan amalga oshiring. 📱Ilovani yuklab olish: IOS | Android *** Оставайтесь вместе несмотря на расстояние! Совершайте денежные переводы через приложение Agrobank Mobile: • Между картами Humo — до 20 миллионов сум; • Между картами Uzcard - Humo, Uzcard - Uzcard, Humo - Uzcard — до 10 миллионов сум без комиссии. 📱Скачать приложение: IOS | Android
Показати все...
👍 7🔥 3👌 2
⚡️Birozdan so’ng Raqamli iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi texnologiyalari universitetida (UDEA) Agrobank tomonidan moliyalashtirilgan talabalar uchun joriy etilgan grant g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirda universitet rahbariyati, o‘qituvchilar, Agrobank mas’ullari, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etmoqda. Agrobank Matbuot xizmati
Показати все...
👍 13👏 2🔥 1👌 1
Agrobank ayollari — sport festivalining faol ishtirokchisi Xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahrida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sport vazirligi va Gimnastika federatsiyasi hamkorligida vazirlik va idoralar xodimlari o’rtasida “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida “Gimnastrada” sport festivali bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarni sportga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish maqsadida uyushtiriladigan ushbu sport festivalida vazirlik, idora va tashkilotlar, viloyat hokimliklaridan jami 24 ta jamoalar ishtirok etdi. Quvonarlisi, festivalda “Agrobank” ATB Bosh ofis xotin-qizlar jamoasining faol ishtiroki hamda “Suv va hayot” mavzusidagi badiiy chiqishlari hakamlar tomonidan yuqori baholandi. Bank jamoasi kuchli uchlikdan joy oldi va festivalda “Eng yaxshi obraz” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Tadbir so‘ngida g‘olib jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi. “Gimnastrada” sport festivalida ishtirok etgan qolaversa, kuchli uchlikdan joy olgan ayollardan iborat bo’lgan jamoaning har bir ishtirokchilariga Agrobank jamoasi nomidan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Agrobank Matbuot xizmati
Показати все...
🔥 24👍 19 4🏆 2👏 1🤩 1😍 1
Agrobank ayollari — sport festivalining faol ishtirokchisi Xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahrida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sport vazirligi va Gimnastika federatsiyasi hamkorligida vazirlik va idoralar xodimlari o’rtasida “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida “Gimnastrada” sport festivali bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarni sportga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish maqsadida uyushtiriladigan ushbu sport festivalida vazirlik, idora va tashkilotlar, viloyat hokimliklaridan jami 24 ta jamoalar ishtirok etdi. Quvonarlisi, festivalda “Agrobank” ATB Bosh ofis xotin-qizlar jamoasining faol ishtiroki hamda “Suv va hayot” mavzusidagi badiiy chiqishlari hakamlar tomonidan yuqori baholandi. Bank jamoasi kuchli uchlikdan joy oldi va festivalda “Eng yaxshi obraz” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Tadbir so‘ngida g‘olib jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi. “Gimnastrada” sport festivalida ishtirok etgan qolaversa, kuchli uchlikdan joy olgan ayollardan iborat bo’lgan jamoaning har bir ishtirokchilariga Agrobank jamoasi nomidan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Agrobank Matbuot xizmati
Показати все...
❗️Mijozlar va hamkorlar diqqatiga! Markaziy bank Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganligi munosabati bilan, bankka berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya qayta rasmiylashtirildi. Bankning yangi yuridik manzili: 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko'chasi, 2A-uy. Agrobank Matbuot xizmati
Показати все...
👍 34😍 3🏆 3👏 2 1