cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

nasafziyo.uz

ЎМИ Қашқадарё вилоят вакиллигининг ижтимоий тармоқдаги расмий саҳифалари: Internet 🌐 www.nasafziyo.uz Telegram👉 t.me/nasafziyo Instagram📷 nasafziyo.uz Facebook ➡️ https://www.facebook.com/nasafziyouz.qashqadaryo Youtube 📽 Nasafziyo.uz

Більше
Рекламні дописи
93 368Підписники
-2324 години
-4247 днів
-3830 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#Haj_2024 #Muhim_eslatma FIRIBGARLARGA ALDANMANG YOXUD HAJ SAFARI TOʻGʻRISIDA MUHIM ESLATMA❗️ ⚡️ Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Falon firma bilan haj qiling!”, “Haj safari uchun sanoqli joy qoldi!”, “Haj uchun yarim narxni toʻlang!” kabi jimjimador sarlavha ostidagi reklamalar koʻpaymoqda. Ayrimlar umra vizasi, turistik (ziyorat) viza, biznes viza bilan haj qilishni vaʼda qilmoqda, buning mutlaqo imkoni yoʻq! 🔺 Yodingizda tuting! Saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarish uchun sizda “Haj-2024” vizasi boʻlishi shart. Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq chet el fuqarolari uchun haj ibodatini ado etishning asosiy sharti haj vizasiga ega boʻlish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar (umra, turizm, biznes, ziyorat va b.lar) bilan haj tadbirini amalga oshirish Saudiya qonunchiligiga koʻra qatʼiyan taqiqlangan va tegishli tartibda jazolanadi.
🔺Unutmang! Oʻzbekiston uchun ajratilgan haj kvotasi faqatgina Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etiladigan Haj safariga otlangan ziyoratchilarga ajratilgan, shunday ekan, ayrimlarning Oʻzbekiston orqali Haj safariga joʻnatamiz, degan aldovlariga uchmang! Ular fuqarolarimizni boshqa davlatlar orqali noqonuniy tarzda olib ketishga urinishmoqda. Bu esa, qonuniy asosga ega boʻlmagan va haj tashkil etishga vakolati yoʻq kimsalarning urinishidir. Kezi kelganda aytib oʻtish kerak-ki, bu kabi xatti-harakatlar Saudiya Arabistoni Podshohligi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida qatʼiy chora koʻrilishiga sabab boʻladi.
📃 Avval xabar berganimizdek, muborak safarlarga noqonuniy yoʻllar bilan borishga intilish 6 oy qamoq jazosi, Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100.000 saudiya riyoli (26.000 AQSH dollari) miqdorida jarima solishga olib keladi. ❇️ Maʼlumot uchun, birgina 2022-2023-yillardagi Haj masumida Oʻzbekiston fuqarolari turistik, biznes va boshqa vizalar orqali Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, Haj amallari bajariladigan hududlarga kira olmaganlar. Haj mavsumi arafasida ziyorat viza (turistik) olgan holda Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya va boshqa davlatlar orqali kelgan minglab fuqarolarimiz esa Saudiya Arabistoni hududiga kiritilmagan. Ular Podshohlik haj qonunchiligini buzganlik uchun Saudiya Arabistonidan 10 yil muddatga deportatsiya qilingan. Xususan, 2023-yilda butun dunyodan 150 mingdan ortiq shaxslar ushlanib jarimaga tortilgan va deportatsiya qilingan. ✅ Shuni alohida taʼkidlash kerakki, yurtimizda “Haj” tadbiri Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-sonli “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshiriladi. Mazkur hujjatga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun “Haj” tadbiri Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi. “Haj” faoliyati bilan boshqa tashkilotlarning, xususan, sayyohlik tashkilotlari va boshqalarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanadi. ❗️Aziz yurtdoshlar, ogoh boʻling, firibgarlarga aldanmang! Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati •••┈┈•┈•⊰✿🍃🌸🍃✿⊱•┈•┈┈••• 🛫 Yaqinlaringizga ham ulashing! Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang! https://t.me/joinchat/AAAAAFLbtImNQqKWruwBuA https://t.me/joinchat/S8c2omyVIb1MadlE Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz 🛰 https://taplink.cc/nasafziyo.uz
Показати все...
nasafziyo.uz

ЎМИ Қашқадарё вилоят вакиллигининг ижтимоий тармоқдаги расмий саҳифалари: Internet 🌐 www.nasafziyo.uz Telegram👉 t.me/nasafziyo Instagram📷 nasafziyo.uz Facebook ➡️

https://www.facebook.com/nasafziyouz.qashqadaryo

Youtube 📽 Nasafziyo.uz

👍 16
Rasulullohning qizlari Fotimaning qo‘lini so‘rab keldim Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Hazrati Oyishaga (roziyallohu anhu) uylanganlaridan keyin sahobalardan Fotimaga sovchilar kela boshladi. Fotima otalarining xizmatlarida turgani bois sahobalar shu paytgacha bunga jur’at qila olishmagan edi. Avvalo, Hazrati Abu Bakr (roziyallohu anhu) va keyinroq Hazrati Umar (roziyallohu anhu) og‘iz soldilar. Lekin Alloh Rasuli (sollallohu alayhi va sallam) buyuk bir nazokat ila uzr bayon qildilar. Hazrati Umar (roziyallohu anhu) bu sharafni Hazrati Aliga (roziyallohu anhu) loyiq ko‘rib, taklifini unga aytdilar. Ammo Hazrati Ali: «Hazrati Abu Bakr va hazrati Umardek zotlarga rad javobini bergan Rasululloh mening taklifimni qabul qilishlari mumkinmi?» degan andishada edi. Hazrati Umar (roziyallohu anho) Hazrati Alini Nabiyning (alayhissalom) kuyovi bo‘lishga eng munosib zot ekanliklariga ishontirdilar. Hazrati Ali (roziyallohu anhu) Payg‘ambar (a.s) huzurlariga bordilar. Ammo uyalganlaridan ziyorat sababini ayta olmadilar. Shunda Alloh Rasuli (s.a.v) : «Abu Tolib o‘g‘lining qanday ehtiyoji bor ekan?» dedilar. Bo‘lajak kuyov tortina-tortina gap boshladilar: «Rasulullohning qizlari Fotimaning qo‘lini so‘rab keldim». Rasulullohning (s.a.v) muborak chehralarida mamnuniyat hislari namoyon bo‘ldi. Ertasiga Hazrati Ali (roziyallohu anhu) takror Payg‘ambarimizning (s.a.v) huzurlariga bordilar. Nabiy (alayhissalom): – Mahr uchun yoningizda biron narsa bormi? – deya so‘radilar. Ali (roziyallohu anhu): – Yo‘q, ey Rasululloh, – dedi. – Falon kuni sizga bir zirh bergan edim, o‘sha qani? Hazrati Ali (roziyallohu anhu) xursand bo‘lib: – O‘zimda turibdi, ey Nabiyulloh, – dedi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) sarpo, sovg‘a-salom olishlari uchun uni sotishga buyurdilar. Hazrati Usmon (roziyallohu anhu) zirhni 470 dirhamga xarid qildilar. Alloh Rasuli (sollallohu alayhi va sallam) pulning bir qismini xushbo‘yliklar olish uchun Bilolga (roziyallohu anhu) qolgan qismini Ummu Salamaga berib, Fotima uchun kiyim-kechak xarid qilishni buyurdilar. So‘ngra Sarvari olam (alayhissalom) Anas (roziyallohu anhu) orqali Hazrati Abu Bakr, Umar, Usmon, Talha, Zubayr va ansorlardan yana shuncha kishini huzurlariga chorladilar. Fotimaning qoshiga borib: «Ey Fotima! Ali senga uylanmoqchi, bunga nima deysan?» dedilar. Muhtarama qizlari qattiq hayo va ibolari bois sukut saqlab, hech qanday javob bermadilar. Bu esa rozilik alomati edi. Bu asnoda chaqirilgan sahobalar ham yetib kelishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v) ularga shunday dedilar: – Tanho hamdu sanoga loyiq, qudrati ila butun mavjudotni yaratgan Allohga behad shukrlar bo‘lsin. Shubhasiz, Alloh taolo oila qurishni va qarindosh-urug‘larni hurmatlashni amr etdi: «U suvdan – nutfadan insonni yaratib, so‘ng uni nasl-nasab egasi va quda-anda qilib qo‘ygan Zotdir. Darhaqiqat, Parvardigoringiz (har ishga) qodirdir» (Furqon, 54) Endi maqsadga kelsak, Haq taolo amriga ko‘ra, Fotimani Aliga nikohlab beraman. Agar rozi bo‘lsa, to‘rt yuz misqol kumush evaziga vojib bir amal va qoim bir sunnat ila Fotimani Aliga uzatayotganimga sizlarni shohid qilyapman. Alloh ularning mol-dunyolariga baraka berib, nasllarini aziz qilsin. Mana shuni sizlarga ma’lum qilib, o‘zimga va barchangizga Allohdan mag‘firat tilayman». So‘ngra Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bir tovoq xurmo keltirib, mo‘tabar mehmonlarga tortiq qildilar. Bu orada Hazrati Ali (roziyallohu anhu) ham yetib keldilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tabassum ila: «Ey Ali! Men to‘rt yuz misqol kumush evaziga Fotimani senga nikohladim», dedilar. Hazrati Ali (roziyallohu anhu) shukr sajdasini ado qildilar. Sarvari koinot (sollallohu alayhi va sallam) Hazrati Ali va Fotimaning haqqiga: «Alloh oilangizga baraka va xursandchilik bersin. Sizlarga solih farzandlar ato etsin», deb duo qildilar. Ibrohimov Bahodir Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz 🛰 https://taplink.cc/nasafziyo.uz
Показати все...
👍 39 21
#odob Тиканига эмас, гулига боқинг! Муҳаммад ибн Абдуллоҳ ибн Шазон айтади: "Шундай кишиларни кўрдимки, улар одамларнинг айб-хатолари ҳақида гапирардилар. Натижада Аллоҳ уларнинг ўзини ҳам ўша нуқсонларга мубтало қилди ва улар гуноҳларни қила бошладилар. Яна бошқа кишиларни ҳам кўрдимки, уларнинг бир қанча қусур-хатолари бор эди. Аммо, улар ўзгаларнинг айбини гапиришдан тийилганлари учун, Аллоҳ таоло уларнинг айбларини яширди ва гуноҳларини кечирди". Абдуллоҳ ибн Муборак раҳматуллоҳи алайҳи: "Ким одамларнинг айбларини қидиришни тарк қилса, ўзининг айбларини кўриш бахтига эришади", деган. •••┈┈•┈•⊰✿🍃🌸🍃✿⊱•┈•┈┈••• 🛫 Yaqinlaringizga ham ulashing! Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang! https://t.me/joinchat/AAAAAFLbtImNQqKWruwBuA https://t.me/joinchat/S8c2omyVIb1MadlE Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz 🛰 https://taplink.cc/nasafziyo.uz
Показати все...
👍 24 12
#Видео #сура #оят #савоб
🎙Мусулмон киши "Бисмиллаҳни" унутса, сўйган жонлиғи ҳалолми?
Ҳикматуллоҳ домла Тоштемиров Ўзбекистон мусулмонлари идораси Фатво маркази бош мутахассиси, •••┈┈•┈•⊰✿🍃🌸🍃✿⊱•┈•┈┈••• 🛫 Yaqinlaringizga ham ulashing! Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang! https://t.me/joinchat/AAAAAFLbtImNQqKWruwBuA https://t.me/joinchat/S8c2omyVIb1MadlE Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz 🛰 https://taplink.cc/nasafziyo.uz
Показати все...
👍 12 5
Жаноза намози қандай ўқилади? 📽 https://youtu.be/CpOp5fOeNZc
Яқинларимизга ҳам улашиб қўямиз, билса такрор, билмаса илм бўлади
👇 Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang! https://t.me/joinchat/AAAAAFLbtImNQqKWruwBuA
Показати все...
Janoza namozini o'qishni o'rganamiz

🌐Muslim.uz portalining ijtimoiy-tarmoqlardagi sahifalari: 🔹Telegram:

https://t.me/muslimuzportal

🔹Diniy savol-javoblar:

https://t.me/diniysavollar

🔹Facebook:

https://www.facebook.com/muslimuzportal/

🔹Facebook:

https://www.facebook.com/movarounnahr.nashriyoti/

🔹Instagram:

https://www.instagram.com/muslimuzportali/

🔹Twitter:

https://twitter.com/muslimuzportal

🔹ВКонтакте:

https://vk.com/public143947833

🔹Fikr.uz: http://fikr.uz/blog/muslimuz ---- www.muslim.uz | http://muslim.uz/ www.mp3.muslim.uz | http://mp3muslim.uz/ www.savollar.muslim.uz | http://savollar.muslim.uz/

👍 36 1
#mujda Аллоҳнинг меҳрибонлиги Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтадилар: "Ким бир яхшиликни кўнгилга тугса-ю, уни қилмаса, Аллоҳ буни Ўз ҳузурида унга тўлиқ бир яхшилик деб ёзади. Агар шуни кўнгилга тугиб, кейин уни қилса, Аллоҳ буни Ўз ҳузурида унга ўнта яхшиликдан етти юз бараваргача қилиб, ундан ҳам бир неча баравар кўп қилиб ёзади. Ким бир ёмонликни кўнгилга тугса-ю, уни қилмаса, Аллоҳ буни Ўз ҳузурида унга тўлиқ бир яхшилик деб ёзади. Агар шуни кўнгилга тугиб, кейин уни қилса, Аллоҳ буни унга биргина ёмонлик деб ёзади" (Имом Бухорий, Имом Муслим ривояти). Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz 🛰 https://taplink.cc/nasafziyo.uz
Показати все...
👍 48 17😢 10🥰 6🤗 3😍 1
"Бас, Раббингизнинг қайси неъматларини ёлғон дея олурсиз?!" Ар-Роҳман сураси, 30-оят Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz 🛰 https://taplink.cc/nasafziyo.uz
Показати все...
👍 71 20🥰 8🕊 3🤗 1
🧕🏻ОНА ЯГОНА ТИКОНСИЗ АТИРГУЛ
Бахтимизга доимо Онажонларимиз соғ-омон бўлсинлар!🤲🏻
•••┈┈•┈•⊰✿🍃🌸🍃✿⊱•┈•┈┈••• 🛫 Yaqinlaringizga ham ulashing! Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang! https://t.me/joinchat/AAAAAFLbtImNQqKWruwBuA https://t.me/joinchat/S8c2omyVIb1MadlE Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz 🛰 https://taplink.cc/nasafziyo.uz
Показати все...
37👍 23🥰 3🕊 3
Вилоят ҳокими ва ИҲТ бош котиби иштирокида учрашув бўлиб ўтди. ✍🏻Давоми... Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz 🛰 https://taplink.cc/nasafziyo.uz
Показати все...
👍 1
#Янгиликлар #Китоб_кўргазмаси Китоб–камолот калити 25-апрел куни “Хожа Бухорий” ўрта махсус ислом таълим муассасасида “Китоб–камолот калити” шиори остида китоблар кўргазмаси ташкил этилди. Мазкур кўргазмада юздан ортиқ бадиий, илмий-оммабоп, ихтисослик ўқув дарсликлари ҳамда жаҳон адабиёти намоёндаларининг асарлари тақдим этилди. Тадбирда таълим муассасаси ўқитувчи ва талабалари фаол қатнашдилар. Таъкидлаш жоизки бугунги кунда жамиятимизда китобхонликни ривожлантириш, мутолаа маданиятини такомиллаштириш борасида бир қанча самарали ишлар амалга оширилмоқда. Жумладан “Хожа Бухорий” ўрта махсус ислом таълим муассасасида ҳам “Китобхонлик танловлари” , “Китоблар кўргазмаси” ва китобхонликка тарғиб қилувчи тадбирлар изчил ўтказилиб келинмоқда. Ушбу ташкил этилган китоблар кўргазмаси талабаларда ўзгача таассурот уйғотиб, илм ва китобга бўлган муҳаббатларини янада зиёда бўлишига сабаб бўлади. ✨ “Хожа Бухорий” ўрта махсус ислом таълим муассасаси матбуот хизмати! 🌐 РАСМИЙ САҲИФАЛАРИМИЗ: ✅Telegram      💬 Facebook 📸 Instagram     📹Youtube 🌍 Xojabuxoriy.uz
Показати все...
👍 5 1