cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

🔔Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi

🏬Xorazm viloyati PYMO'MM axborot kanal 📠Tel: 62-2238965 📲Murojaat: uchun @xmohm_murojaat_bot 📭Manzil:Urganch shahri, Ulug`bek ko`chasi, 3-yo`lak, 15-uy 📝Matbuot kotib: @azik3940

Більше
Рекламні дописи
1 281
Підписники
-324 години
-157 днів
-4830 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

❇️Joriy yilning 5-may sanasida Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan Gurlan tumani umumta'lim maktablari O‘IBDO‘lari uchun "Ta‘lim jarayoniga MMT vazirligining 94-sonli "2024-2025 o0quv yili tayanch o‘quv rejasi" va 96-sonli " Tanlov sinflari tashkil etish va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha" buyruqlarini tadbiq qilish hamda "PISA-2025 jarayonlariga samarali tayyorgarlik" mavzularida o‘quv seminari tashkil etildi. ❇️Seminar jarayonlari davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollari ham muhokama qilib borildi. 🎤Markaz axborot xizmati
Показати все...
🌐 Ўзбекистон ва Бутунжаҳон интеллектуал мулк ташкилоти ўртасидаги ҳамкорлик мустаҳкамланади Жорий йил 4 июнь куни Швейцариянинг Женева шаҳрида Ўзбекистон Маданият ва санъатни ривожлантириш жамғармаси раиси Гаяне Умерова, Ўзбекистон Республикасининг Женева шаҳридаги БМТ бўлинмаси ва бошқа халқаро ташкилотлардаги Доимий вакили Элдиёр Тошматовнинг Бутунжаҳон интеллектуал мулк ташкилоти (БИМТ) Бош директори ўринбосари Силви Форбан билан учрашуви бўлиб ўтди. Учрашув чоғида сунъий идрок даврида интеллектуал мулк ҳуқуқлари ҳимоясининг аҳамияти муҳокама қилинди. Томонлар, шунингдек, кўплаб мамлакатларда креатив саноат тармоқларининг ривожланиш суръатларига доир маълумотларнинг тақчил эканини таъкидладилар. Ўз навбатида, БИМТ вакиллари ташкилот томонидан мазкур масалага ечим топишда амалий воситаларни ишлаб чиқиш бўйича фаол ишлар амалга оширилаётганини таъкидлади. Бундан ташқари, Бутунжаҳон интеллектуал мулк ташкилотининг IV Бутунжаҳон креатив иқтисодиёт конференцияси (WCCE) да иштирок этиш шакли муҳокама қилинди. БИМТ намояндалари Тошкентдаги нуфузли анжуманни ташкил этишда тўлақонли қўллаб-қувватлашга тайёр эканлигини қайд этиб, конференция Ўзбекистон ва Бутунжаҳон интеллектуал мулк ташкилоти ўртасида янада яқин ҳамкорликни мустаҳкамлашга хизмат қилишини таъкидладилар. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Показати все...
#Xiva_IHT_turizm_shahri #Khiva_tourism_city_OIC #Strongmen Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan "Strongmen" xalqaro bahodirlar o'yini hamda xalqaro "Farxod kubogi" musobaqasiga start berildi. Mazkur musobaqalar 1-2 iyun kunlari Xiva shahrida bo'lib o'tadi. Стартовали международные, богатырские игры «Strongmen», посвященные памяти Пахлавона Махмуда, и международные соревнования «Кубок Фархода». Эти соревнования пройдут 1-2 июня в городе Хива. The international tournament "Strongmen" dedicated to the memory of Pakhlavon Mahmud and the international competitions "Farkhod Cup" started. These competitions will be held on June 1-2 in the city of Khivа.
Показати все...
#Xiva_IHT_turizm_shahri #Khiva_tourism_city_OIC Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziri shu kunlarda mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan Turizm vazirlari Islom konferensiyasining (ICTM) XII sessiyasida ishtirok etish uchun Xiva shahriga keldi. -- Генеральный секретарь Организации экономического сотрудничества (ОЭС) Хусрав Нозири прибыл в Хиву для участия в XII сессии Исламской конференции министров туризма (ICTM), которая в эти дни проходит в нашей стране.
Показати все...
IHTning turizm yo‘nalishi bo‘yicha raisligi O‘zbekistonga berildi Bugun, 31 may kuni Xiva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning turizm vazirlari yig‘ilishida xalqaro tadbirni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari hamda mamlakatda turizmni rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar alohida e’tirof etildi. Yuqori darajadagi ekspertlar guruhi yig‘ilishida rasmiylar tomonidan Tashkilotda turizm yo‘nalishi bo‘yicha raislik Ozarbayjondan O‘zbekistonga o‘tganligi e’lon qilindi. O‘z navbatida, O‘zbekiston raisligi doirasida Tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida turizm hamkorligini, jumladan, yashil va barqaror turizm, smart turizm, turizm logistikasi va boshqa qator yo‘nalishlarda samarali loyihalar va tashabbuslar amalga oshirilishiga ishonch bildirdilar. https://uzbektourism.uz/news/view?id=3290 Facebook |Instagram |YouTube
Показати все...
❇️2024 yil 27-31 may kunlari Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi bazasida viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mutaxassislari, Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari hamda Urganch Davlat Pedagogika instituti o‘qituvchilari uchun singapurlik xalqaro trener janob Ben Sin Lek Xing Kxem tomonidan "Kreativ fikrlash" mavzusida 5-kunlik seminar-trening tashkil etildi. ❇️ Trening jarayonlarida davomida ishtirokchilarning mavzui bilim va ko‘nikmalari interfaol metodlarga doir mashqlar orqali rivojlantirildi. Guruh ishlari davomida ishtirokchilar tomonidan guruh ishlari taqdimotlari ham tashkil etib borildi. ❇️Treningni songi kunida Ben Sin Lek Xing Kxem janoblariga Viloyat hokimining tashakkurnomasi topshirildi. 🎤Markaz axborot xizmati
Показати все...
07:52
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Davlat xizmatchilarini haqorat qilganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganmi? ⏺Ekspert, TDYU Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti Kurbanov Maʼrufjon Mamadaminovich ushbu savolga javob berdi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Показати все...
Давлат_хизматчисини_хақорат_қилганлиги_учун_қандай_жавобгарлик_белгиланган.mp431.23 MB
SINGAPURLIK MUTAXASSIS BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA ❇️Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida Metodik xizmat ko`rsatish bo`limi metodistlari viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari va Urganch davlat pedagogika instituti prof. o’qituvchilari bilan xamkorlikda singapurlik xalqaro trener janob Ben Sin Lek Xing Kxem bilan o`zaro metodik tajriba almashishmoqda. Mahorat darsi davomida: -4K modeli asosida darslarni tashkil etish; - o`quvchilar bilimini tekshirish orqali o`qituvchilarga metodik tavsiyalar berish; - pedagogika yo`nalishidagi OTM lari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish kabi masalalar ko`rib chiqilmoqda. Mahorat darsi 31-mayga qadar davom qiladi. 🎤Markaz axborot xizmati
Показати все...
Tojikistonda istiqomat qilayotgan Oʼzbekistonliklar oʼrtasida «Zakovat» oʼyini boʼlib oʼtdi Kuni kecha qoʼshni davlatdagi mamlakatimiz elchixonasida tashkil etilgan intellektual oʼyin 24 savoldan iborat boʼlib, 2 tur davom etdi. Yakunda gʼolib boʼlgan jamoa aʼzolari noutbuk bilan taqdirlandi. Munojat Yoʼlchiyeva, Ogʼabek Sobirov, Mardon Mavlonov kabi Tojikiston xalq artisti unvoniga ega Oʼzbekistonlik mashhur xonandalar ishtirokchilar uchun turli qoʼshiqlar kuylab berdi. Bu «Zakovat» klubi hamda «Vatandoshlar» jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan ikkinchi xalqaro tadbir boʼlib, bungacha 13 aprel kuni Germaniyada yashayotgan Oʼzbekistonliklar oʼrtasida ham «Zakovat» musobaqasi oʼtkazilgandi. Kelgusida Buyuk Britaniya, Turkiya va Koreya Respublikasi kabi qator xorijiy davlatlarda ham intellektual oʼyinlar oʼtkazish rejalashtirilgan. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Показати все...
XORAZM VILOYATIDA DAVLAT DASTURI IJROSI YUZASIDAN MONITORING VA JAMOATCHILIK TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA 💬Xorazm viloyati Adliya boshqarmasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi ijrosi ustidan monitoring va jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda ularning maqsad va vazifalarini keng jamoatchilikka yetkazishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. ✔️Tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzolari, deputatlar, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, “Yuksalish” harakati Xorazm viloyati hududiy boʻlinmasi masʼullari, shuningdek, onlayn va oflayn tarzda viloyatdagi davlat va nodavlat tashkilotlar, OAV hamda keng jamoatchilik vakillaridan iborat jami 300 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashdi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Показати все...
Перейти до архіву дописів