uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Відкрити в Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Показати більше
5 162
Підписники
-124 години
+397 днів
-4330 днів
Архів дописів
Ogohlantiring! Instagram va Telegramimda chiqayotgan bir odamning reklamalari jonga tegdi. Odamlarni pulga qiziqishidan foydalanib, dasturlashni boyib ketishga bog'lab kurs sotib yotibdi. Bu qahramonimizni ismlarini aytardim-u, "yozarmon"lardan bo'lishi mumkin deb qo'rqyapman. Keling Xamidjon deb chaqiramiz. Siz va meni vazifamiz yaqinlarimizni dasturlashda to'g'ri yo'naltirish va haqiqatlarni ochib, qalloblardan ogohlantirish. Bunday kurslar sotuvchilar shuncha odamni oy va yillarini, umidlarini pullashyapti. O'sha akamiz nogoh shu postni o'qisa, bitta gapim bor: - Odamlarni umidi bilan o'ynashmang, kurs soting ammo sodda xalqni aldamang. O'sha chiroyli mashinangizni ham kod yozib olmaganingizni o'zingiz ham bilasiz. #munosabat @JoshDeveloper

Frontend'dagi osondan qiyingacha bo'lgan mavzularni bir kichik PDF'da o'qishni xohlaysizmi? Shu postga jami 500 ta reaksiya y
Frontend'dagi osondan qiyingacha bo'lgan mavzularni bir kichik PDF'da o'qishni xohlaysizmi? Shu postga jami 500 ta reaksiya yig'ilsa, Frontint.uz da o'tilgan mavzular uchun ishlatilgan kitobchani kanalga tashlab beraman 🔥😉 #savol @JoshDeveloper

DevOps sohasi O'zbekistonda rivojlanayotganidan hursandman. O'rganish uchun kurs qidirayotganlar uchun, quyidagi kursni tavsiya qilaman 😉️️️️️️ Link: https://t.me/fintechhubuz/1250 Reklama huquqlari asosida! #tavsiya #devOps @JoshDeveloper

JS interpreted'mi yoki compiled'mi? Shu savolga javob sifatida maqola yozgan ekanlar Diyorbek aka. Shu maqolalar orasida AST(Abstract syntax tree)ga ko'zim tushgandi. Quyida JS kodingiz AST holida qanday ko'rinishini "live" ko'rsangiz bo'ladi. Link: https://astexplorer.net #js @JoshDeveloper

Mehnatdan qochmang. Shogirdlarim orasida bir juda ozchilik toifasi bor. Contributor'lar. Dasturlashni o'rganish va tajriba oshirish jarayonida nima loyihaga yordam kerak desam yordam beradiganlar. Hursand bo'lardim shunday o'quvchilar borligidan. Qachon qandaydir loyihaga yordam kerak bo'lsa bog'lanardim. Bepulga yordam berishardi. Hozir qarasam ko'pchiligi muvaffaqiyatli dasturchilar bo'lishgan. Bunda mehnatdan qochmasliklari katta rol o'ynagan deb o'ylayman. Demak dasturlashda qanot qoqish arafasidagilarga tavsiyam — mehnatdan qochmang, ayniqsa beminnat qilinadiganidan. Aynan shunday sizga moddiy foyda keltirmaydigan mehnatlar ko'proq narsa keltiradi. #tavsiya @JoshDeveloper

Senior JavaScript dasturchisi uchun intervyu savoli: JS/TS dasturlarida "Memory leak" qachon ro'y beradi va qanday oldini olish mumkin? #interviewQuestion @JoshDeveloper

“krinj” Kim nima deb nomlaydi bu tarqatilayotgan gaplarni? 😄 #fake @JoshDeveloper
“krinj” Kim nima deb nomlaydi bu tarqatilayotgan gaplarni? 😄 #fake @JoshDeveloper

“Ana, 17 yoshliklar chempion bo’lib yuribdi, seni Instagram chuqalab o’tirishingni qara” — deydigan davrlar keldi) 17+ yoshliklarga sabr tilayman, g’oliblarga esa gap yo’q 🔥 #olov @JoshDeveloper

Bugungi turnir ajoyib bo’ldi 🔥 Hozircha qisqa videolar @pingpong_dev kanalida bor. Yana qolgan videolarni ham kanalga ulashamiz, Xudo xohlasa. Qatnashgan hammaga rahmat. #pingpong @JoshDeveloper

Man finalga chiqolmaganimga yangi bahona: O'zim uyushtirib o'zim yutsam g'alati bo'lar edi. 😁😁 #bahona

Відеоповідомлення00:26

Відеоповідомлення00:15

Відеоповідомлення00:35

Videolarni ko'rish uchun @pingpong_dev kanaliga qo'shiling.

Відеоповідомлення00:35

IT Bloggerlar diqqatiga, stol tennis bo'yicha turnirimiz qabuli yopilishiga 2 kun qoldi. Hozir shartlar biroz yengillashgan. Blogingizda yaxshi kontent bo'lsa, foydalanuvchilar sonini kamligi rol o'ynamaydi. Qatnashish uchun formani ushbu postdan topasiz: https://t.me/pingpong_dev/68 #eslatma @JoshDeveloper

Office view 🌆 Biz ham ulashaylik endi 🌚 #officeView @JoshDeveloper
+1
Office view 🌆 Biz ham ulashaylik endi 🌚 #officeView @JoshDeveloper

"Dasturlashni tez va oson o'rganishni istaysizmi?" Shunday so'zlar bilan kurs sotayotgan birisi Instagram reklamamda chiqib qoldi. "Tez va oson" 🙂 Dasturlash – sekin va qiyin o'rganiladigan kasb. Tez va oson deganlarning katta qismi "mashka" bo'ladi. Buni unutmang. Qachon kurs qiladigan bo'lsam, darslarni boshida bu haqida aytganman. Xatto, achchiq bo'lsa ham kursni o'zida yiqilishlarini aytganman. Odamlarga yolg'on umid berishdanda jirkanchroq marketing bo'lmasa kerak. Bu gaplarimni dasturlash o'rganayotgan tanishlaringizga yetkazing: "Dasturlash – sekin va qiyin. Maqsadga sabr va intizom bilan yetasan!" #thoughts @JoshDeveloper

Foydalanuvchilar soni kam bo'lsa ham ro'yhatdan o'tavering, blogingizda qanchalik foyda keltirayotganingizga qarab istisnolar ham qilamiz ✅ #eslatma @JoshDeveloper

Repost from Ping pong dev 🏓
IT Bloggerlar o'rtasida turnirni boshlaymizmi? 🔥 Siz 2000 tadan ortiq foydalanuvchilariga ega IT blogi egasimisiz? 🤩 Unda bizni IT bloggerlar o'rtasida bo'lib o'tuvchi stol tennis turnirimizga qatnashishingiz mumkin 🏆 Qachon? 🤔: — 19-Aprel, Shanba, 14:00'da; Qayerda? 📍: — O'zimizning "Ping pong dev" zalimizda; Qatnashish uchun shartlar 📃: — Formani to'ldiring; — Ishtirokchi sifatida tanlansangiz, sizga bog'lanamiz; — O'z vaqtida zalimizga tashrif buyuring; Turnir natijalari, video va rasmlarini kuzatish uchun bizga obuna bo'ling 😉️️️️️️ #abonement @pingpong_dev — g'alaba harakatda!