Umar Sadullayev | Blog
Відкрити в Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Показати більше5 044
Підписники
-124 години
-67 днів
-3730 день
Архів дописів
Onlaynlar bormi? Ovozli "Ask me anything" qilib yuboramizmi?
Ishlab biroz zerikdim 🙂
Soat 22:45 da.
15 ta odam kiraman desa qilamiz, inshaaAlloh.
#askMeAnything
@JoshDeveloper
Google'dagilar Angular uchun MCP server qo'shishibdi.
O'zingizni IDE'ingizga bemalol qo'shishingiz mumkin ekan.
Batafsil: https://angular.dev/ai/mcp
#angular
@JoshDeveloper
Tepada stol tennis zalimizni sotuvga qo’yganimiz esingizga bo’lsa kerak. LINK
Tezroq va yaxshiroq insonga sotilishi uchun mijoz topib bergan insonga 100$ suyunchi puli beramiz.
Sharti shu kanalimiz a’zosi, biror yaxshi tanishiga bizni tavsiya qilishi va shu inson sotib olishi kerak.
Narxini ham ancha kelishtirib beramiz, inshaaAlloh.
#pingpong #tayyorbiznes
@JoshDeveloper
Fikrimcha bunday tajribalarni ko’proq ulashishni boshlash kerak. Hammani dasturlashga qiziqtirishni “uddaladik”. Endi undan rotatsiya qilishni ham ulashaylik.
Dasturlashni bir yo’nalishidan ikkinchi yo’nalishiga o’tish nisbatan oson, lekin boshqa yo’nalishgachi?
Shunday tajriba ulasha oladigan kimdir bilan suhbat ham qilsak bo’lar edi. Ko’pchilikka qiziq mavzu.
Dasturlashdan boshqa yo’nalishga o’tganlar bormi?
Qaysi yo’nalishga va nega o’tdingiz?
Masalan, management, media, design, testing…
#qiziq
@JoshDeveloper
Yandex Uzbekistan'dan Dev Camp — dasturchi sifatida o‘sishing uchun imkoniyat!
🧑💻👩💻 20 sentyabr kuni Toshkentda start oladigan mazkur dasturda Yandex'ning yetakchi mutaxassislari yig‘iladi. Qatnashuvchilarni backend, algoritmlar va AI bo‘yicha ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va vorkshoplar, karyera bo‘yicha seminarlar hamda demo-intervyular kutmoqda. Eng faol ishtirokchilar tanlov asosida amaliyotga taklif qilinadi va Yandex Uzbekistan jamoasiga qo‘shilish imkoniga ega bo‘ladi.
✏️👉 Ro‘yxatdan o‘tish 17 sentyabrgacha ochiq
❗️Qatnashish — bepul
Talaba yoki dasturlash sohasidagi faoliyatingizni boshlayotgan bo‘lsangiz — imkoniyatni boy bermang. Bunday loyihalar haqiqatan ham karyerangizni o‘zgartirishi mumkin.
Uzcard’dagi uzilishlar bartaraf etilibdi.
https://t.me/kunuzofficial/162168
Keltirilgan zarar uchun 10 so’m 10 so’m tashab berishsa yo’q demasdik 😅😉
#uzcard
@JoshDeveloper
Uzcard ishlamayapti ekan.
Family market tarmog’idan bir to’la bozorlik qilib, kassaga kelsam olmaymiz naqd bering deyapti.
Naqdim ham yo’q edi aksiga olib.
Tovba…
Repost from Dr. Algorithm
Loyiha dasturchiga bog‘liq bo‘lmasin
Bir vaqtlar dasturchilar jamoasi yiqqan edim. Ishlab turgan loyiha, ammo jamoa yo‘q edi. Shu sababli tezroq ishni boshlay olish uchun Senior dasturchilardan jamoa yig‘ish fikrida edim.
Bir kuni chet el korxonasida 10+ yildan ortiq ishlagan Senior bilan gaplashdim. Jamoaga qo‘shilishga rozi bo‘ldi. Unga loyiha arxitekturasini to‘liq topshirdim. Chunki uning chet el korxonasida ishlagan ish tajribasi men uchun muhim edi. O‘zim faqat mahalliy korxonalarda ishlagan bois.
Ish boshladik, lekin ish boshlashdan avval qiziq gap edi:
- Loyihani manga bog‘lama!
- ...
- Sanga etgan ishingni qilib beraman, loyihani to‘liq eplab beraman, korxonada ishlash tizimini (madaniyatni) shakllantirib beraman. Faqat loyihalarni manga bog‘lab qo‘yma. Ertaga ketadigan bo‘lsam, xafagarchilik bo‘lmasligi kerak.
Man uchun bu qiziq tuyuldi. Xuddi muzdek suv quygandek. Bu gapni birinchi marta eshitishim edi.
Hozir fikrim unday emas. Rostdan ham loyihani dasturchiga bog‘lash kerak emas. Dasturchi keladigan va ketadigan odam. Loyiha esa doim ishlashi, takomillashishi va kengayishi kerak.
Har safar dasturchingiz ketib qolsa, loyihani qaytadan yozmaysiz-ku.Demak, loyihani dasturchiga bog‘lab bo‘lmas ekan. Unda nima qilaman? Qanday qilib korxonani doim ishlashini ta’minlayman? Qanday qilib dasturchilarni qiziqishini ushlab turaman yoki o‘qitaman? Ular baribir ketadigan bo‘lsa. Ularga nima uchun sarmoya (Investitsiya) kiritishim kerak? Yechim izlash kerak. Ba’zi yechimlarni ishlatib ko‘rdim. 1. Hujjat yozing. Loyiha davomida dasturchi korxona yordamida o‘rgangan tajribasini hujjat qilib yozsin. Biror jarayonni eplay boshladimi, darrov qanday qilib bajarayotganini yozib qo‘ysin. 2. Vazifa berishda, biror mavzuni muhokama qilishda doim hujjat shakllantiring. Odatda ba’zilar kunlik majlis (Stand-up)larni qilmaydi. Qilsa ham, og‘zaki gaplashib, hech nima yozmaydi. Siz esa yozing. 4 qator bo‘lsa ham yozing.. 3. Dasturchingiz salohiyatini doim o‘stirib boring. Kurslarga borsin, bilim olsin. Yilda bir marta bo‘lsa ham bitta kurs olib bering. Xarajat qilganingizda ketib qolishidan qo‘rqmang. Juda bo‘lmasa, 2 yil ishlab berasan deb shart qo‘yasiz. 4. Konferensiya va MeetUplarda qatnashsin. Faol bo‘lishini ta’minlang. Ham shaxsiy brendi kuchayadi ham sizning korxonangiz nomi chiqadi. 5. Dasturchilar jamoasi: "Yo‘q", - desa, salbiy qaramang, asosini o‘rganing. "Yo‘q" deyish mumkin. Nima uchun ekanini o‘rganish mumkin emas.
Bu holat hammamizda bo‘ladi. Shu sababli aybni xodimimizdan emas, avval ishni tashkil etishda qilgan xatoimizdan izlang. Tizim ishlashi kerak. Shunga harakat qiling.Kuningiz barakali o‘tsin. Dasturchilar ketaman deyishmasin :) 28.08.2025 London @DrAlgorith
Maslahat: DevExtreme degan UI kutubxona bor. Ishlatmanglar.
#maslahat
@JoshDeveloper
Frontend'dagi eng qiyin mavzularni qaysilar deb o'ylaysiz?
3D Graphics? Optimization? Arxitektura? ....
#frontend
@JoshDeveloper
IT sertifikat to'lovlarni qoplash mavzusiga qiziqayotganlar bo'lsa, marhamat: https://t.me/digitaledu_uz/1951
#share
@JoshDeveloper
Shavkat aka Karimov tomonidan yaxshi maslahatlar berilibdi.
Ayniqsa, tanlab ko'rsatganim juda muhim.
Postni o'qish uchun LINK
#tips
@JoshDeveloper
Bitta Cobalt'chani olib, haydovchilik qilib yurgandan yaxshiroq )
Muhimi vaqt ham bemalolroq bo'ladi nimadir o'rganishga.
Nima demadizlar?
+2
Tayyor biznes!
Ko'pchilik stol tennis zalimiz, "Ping pong dev"ni biladi.
Yuritishga odam qolmayotgani sabab shoshilinch sotishga majbur bo'lyapmiz. Nom va brendni davom ettira oladigan insonlarga topshirish niyatidamiz.
Oylik savdo: 14-18 mln atrofida (oshirsa bo'ladi)
Chiqim: 400$ (ijara) + 100$ soliq va boshqa chiqimlar
Sof oylik foyda: 8-12mln
Manzil: Chilonzor 19, yo'l yuzi, odam gavjum
Narxi: 7700$ (kelishamiz, tezroq mijoz chiqsa arzonroqqa beramiz)
Joy haqida batafsil ma'lumot uchun: @pingpong_dev_sotuv
Yaqinlarga ulashing ✈️
#biznes
@JoshDeveloper
Ko’pchilik qulay bo’lishi uchun “Frontend arxitektura” kursimizni to’lovini 2 bo’lib to’lash orqali sotib olish imkonini qo’shyapmiz.
Boshida 50%, qolgani 1 oyda.
Kurs haqida batafsil ma’lumot uchun:
🔗 LINK
#course
@JoshDeveloper
