Umar Sadullayev | Blog
Відкрити в Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Показати більше4 804
Підписники
-124 години
-287 днів
-1030 день
Архів дописів
Ba'zi odamlar bir ajoyib-da...
Oyni ko'rsatsang 👆, barmoqingga qarashadi 😄
Xo'sh, diplom olish haqida o'ylayotganimni sababi, biror davlatga kattaroq kompaniyalarga ketish. Diplomsiz ham qilsa bo'ladi. Ammo, u bilan osonroq. Uzbekistan'da qolish albatta yaxshi, ammo to'g'risin aytsam, Alloh nasib qilsa oila qurib, buyerda hamma narsani joyiga qo'yganimdan keyin, chetelda ham yashab ko'rmoqchiman. Bunda diplomim borligini foydasi tegib qolishiga ishonaman.
InshaaAlloh
Shunaqa :)
Ha aytgancha, shaxsiy kanalimni yopishga majbur bo'lyapman. Ushbu kanalimizda orada shaxsiy qiziqishlarimdan kelib chiqqan postlarni ko'rsangiz, hursand bo'lib o'qiysiz degan umiddaman. 🙂
@JoshDeveloper
Biror universitetda sirtqi ta'limda o'qib qo'ysammi deyapman. Kontrakti arzonroqida.
Qayerni maslahat berasiz?
Manga desa umuman o'qitmasa ham mayli 😄
@JoshDeveloper
Podkastimiz o'z nihoyasiga yetdi.
Juda ham ajoyib bo'ldi. Qatnashgan hammaga rahmat.
Ulug'bek aka tavsiya qilgan "Software engineering at Google" kitobi mana:
https://www.oreilly.com/library/view/software-engineering-at/9781492082781/
@JoshDeveloper
20 daqiqaga boshlaymiz inshaaAlloh
Tayyor turing 😉
Live chat orqali savollaringizni yo'llab tursangiz bo'ladi.
@JoshDeveloper
Bugun 20:30 da ajoyib mavzuda, ajoyib inson bilan, ajoyib "Podcast" bo'lib o'tadi inshaaAlloh.
Jonli efir linki📍: https://www.youtube.com/live/Gidjoe9hNgQ
@JoshDeveloper
Resume yozdim, to'g'riroqi eskisini edit qildim.
Yangi va tavsiya qiladigan o'zgartirishlarim quyidagilar.
1. Tajriba yozishdagi format:
Senior PHP Developer
SardorOga Soft
01.2005 - Present
- Nima ishlar qilganingizni yozasiz ketma ketlikda. (ChatGPT bilan osonroq yozish mumkin bu qismni)
Used: PHP, Laravel
2. Project domains bo'limi.
Bu bo'limda ishlagan loyihalaringizni biznes domeinlarini yozsangiz bo'ladi. Masalan, E-Commerce, Healthcare ...
Va hkz.
@JoshDeveloper
Linkedin'da "Open to work"ni "Recruiter only"sini yoqib qo'ydim.
Birinchi qadamni qo'ydim.
Iyun boshlarigacha shunday turadi va natijalarni ulashaman. Ko'ramiz bozor qanday ekan. Bunda yaxshi natija bo'lmasa, "Open To Work"ni kattasini yoqaman.
InshaaAlloh
@JoshDeveloper
0 dan, o'tirib, bir resume yasaydigan payt ham kelyapti...
Loyiham shu oy tugaydi. Kompaniyani boshqa loyiha topa olishiga uncha ko'zim yetmayapti. Ammo, 2 oy ushlab turamiz ham deyishyapti. Qanchalik gaplarida turishlarini bilmayman. Qanday tanlovni tanlasam ham "risk"i bor. Iyundan ish qidirishni boshlasam va topsam, ketayotganimda loyiha chiqib qolsachi...
Yoki, chiqib qolar deb bemalol yursam-u, chiqmay qolib, 🪓 vaqti kelsa, bu ham muommo...
Bir qarorga keladigan vaqtim kelyapti.
Shunaqa gaplar :)
@JoshDeveloper
Diqqat, "Josh*Podcast"ning to'rtinchi soni e'loni. 🎙
Podcast mavzusi 📃:
"Software Engineer kim?"
Mehmonimiz 👥:
- Ulugbek Samigjonov (Senior Software Engineer @ Veed.io)
Sana va vaqti 🕔:
27-May, 20:30
Jonli efir linki📍: https://www.youtube.com/live/Gidjoe9hNgQ
Savollaringizni shu post ostiga yoki video "Live chat"iga yo'llab tursangiz bo'ladi.
#podcast
@JoshDeveloper
"Hate limits you"
Bilasizmi nima? Hazil-hazil bilanku-ya, lekin biror dasturlash tilini yomon ko'rish, yoki biror kutubxona yoki freymvorkni yomon ko'rish faqatgina o'zingizga zarar. Bu bilan o'zingizni shu narsalarni o'rganmaslikka cheklaysiz. Ammo, kelajakda nima bo'lishini bilmaysiz.
Demak, "hate" qilishdan oldin, bu narsaga rostan ishim umuman tushmaydimi deb bir o'ylab ko'ring. Masalan o'zim, sizlarga React'ni "hype"ini kamaytirish uchun "hate" qilaman. Ammo, haqiqatda esa...
Mockint.uz React.js'da yozilgan. Shu kabi boshqa ba'zi dasturlarni React'da yozamiz. O'zim ham qarashib turaman 😄🌚
Rostan "hate" qilsangiz o'zingizga limit qo'yib qo'yasiz. Ishingiz tushganda esa kibringizni yengolmay qolasiz yoki o'zingizga yoqmaydi. Bu yaxshi emas.
Demak, "hate" qilmang yoki jiddiy "hate" qilmang.
Aytgancha, "EPAM"da paytim PHP'ga ham ishim tushgan... 🌚
#noHate
@JoshDeveloper
DotNet kursini ko'rish jarayonida o'zboshimcha men:
- Voy, bu joyda xato yozibdi. O'zimnikini to'g'irlab qo'yaman, bu brat sal bilmaskan shekil.
Ozginadan keyin videodagi mentor:
- Let's refactor the code and structure a bit. [Fixes all what I found]
#joke
@JoshDeveloper
O'zi chiroyli kod yozmaganiga yarasha, hech bo'lmasa Code Formatter ishlatsada...
Format manually 👌
Format on save 👍
Format on pre-commit 💯
Kodga "mehr" bermaydiganlarga jo'natamiz. :)
@JoshDeveloper
Jamoada QA Automation Engineer ham ketgandan so'ng, ancha ishlar o'zimga qoldi...😑
Autotest'larni ham o'zim yozyapman. Boshqa jamoadagilar allaqachon bunga o'rganib ketishgan, bitta bizni jamoada QA Engineer bor edi. Endi u ham yo'q...😄
Orada ASP.NET Web API kursini ko'rib yuribman.
Shunaqa gaplar :')
@JoshDeveloper
React'ni o'zini yeri yo'q ekan. 😄🤣
Vue'ni esa ancha oshirib yuborishibdi. Tanish-bilishchilik bo'lgan ko'rinadi.
Sizga xarita yoqdimi?
@JoshDeveloper
Qiziq sayt ko'rib qoldim.
Map of Github 😄
anvaka.github.io/map-of-github
Github'dagi "repo"lardan tuzilgan kreativ xarita.
Ulashishni unutmang. 😉
@JoshDeveloper
Sizlar ham o'zingizni ba'zida AyTi olami juda ham tez o'sayotganidan, xuddi ko'p narsadan quruq qolayotgandek his qilasizlarmi?
Manda bo'lib turadi ko'p. Bu fikrlar esa ayni damda "focus" qilib o'rganayotgan narsamdan chalg'itmoqchi bo'ladi. Shunday holatda hamma hayolni chetga surib, diqqatingizni o'z joyiga qaytarishingiz kerak bo'ladi.
Umuman olganda nafaqat bu narsalar, balki boshqa narsalar, masalan, ijtimoi tarmoq, atrofdagi odamlar, oilaviy va shaxsiy muommolar, ishdagilar va boshqa narsalar ham diqqatingizni buzadi.
Bundan iloji boricha qutilishga harakat qilish kerak.
Diqqatni jamlab ishlay olish juda ham katta natijalarga sabab bo'ladi. ("Diqqat" kitobini ta'siri)
You 🫵 stay focused!
#focus
@JoshDeveloper
Mana shu taklifni yozib yuborgan edim bir safar.
https://t.me/kunuzofficial/135608
Kim bilsin menga o'xshagan nechta odam yozgan. Ammo, hammamiz hech narsa qilmasak, tepadagilar o'zgarishlar haqida o'ylamay yuravermidi.
Mana, o'zgarishlar bor. Sekin bo'lsa ham. Xalq fikrlashi oshgan sari tepadagilar shunga moslashishga majbur bo'laveradi.
Hali ko'p o'zgarishga zarur nuqtalarimiz bor. Ularga ham biz qattiq turaylikki, tepada yurganlar majbur bo'lishsin e'tibor qaratishga.
@JoshDeveloper
Aytgancha men Mockint.uz ni qilganmanku 🌚😄 Ancha kichik bo'lsa ham.)
Biz hali ham ishlayapmiz, bilimini oshirmoqchi bo'lganlar hali ham bog'lanib intervyular o'tkazishyapti.
Xatto kichikroq kompaniyalar bilan kelishuv qilib, ishchilarini intervyulardan o'tkazib, darajalarini aniqlab beryapsiz.
Siz ham foydalanishingiz mumkin.
@JoshDeveloper
Bilasizmi nima?
Tezroq o'z startup'imizni qilishimiz kerak. Hamma emas, ba'zilarimiz, jumladan men ham.
Josh*Podcast'ni bundan keyingi sonida biror Startup egasi bilan suhbat uyushtirishni o'ylayapman.
Bu safargisi "Software Engineer kim?" nomi ostida bo'lib o'tadi. Xudo xohlasa juda manfaatli suhbat bo'ladi. Chunki mehmonimiz ............ aka, o'z tajribalarini ulashadilar inshaaAlloh.
#startup #podcast
@JoshDeveloper
Mavzuni hammaga qiziq bo'lishi uchun ozgina o'zgartirdik.
Ozgina qoldi, e'lon chiqadi inshaaAlloh.
Ungacha ichingizni qizdirib turay. Mehmonimiz ham ko'pchilik taniydigan inson 🌚
#stayTuned
@JoshDeveloper
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
