Umar Sadullayev | Blog
Відкрити в Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Показати більше4 803
Підписники
-424 години
-277 днів
-1030 день
Архів дописів
Angular bo’yicha kurs o’tishni ko’pchilik talablarini hisobga olgan holda, keyingi oydan Angulardan online darslarni ham yo'lga qo'yishga qaror qildim.
InshaaAlloh
Kurs e'loni yaqin orada kanalda chiqadi.
Qo'shilmoqchi bo'lganlar tayyor turing😉.
Ushbu xabarni tarqatishni ham unutmang.
@JoshDeveloper
Azizlar yangilik,
InshaaAlloh Mohirdev platformasida bir necha oylardan keyin TypeScript bo’yicha kurs chiqarishni rejasini tuzib oldik.
InshaaAlloh Ramazondan keyin kurs yozish ishlarini boshlash niyatidaman va siz azizlarga bir necha oy ichida taqdim qilamiz.
Angular bo’yicha kurs vaqtinchalik kutib turadigan bo’ldi. Sabab birinchi TypeScriptni tugatib olish.
Duoda bo’ling tezroq ushbu ishimizni nihoyasiga yetkazib, siz azizlarga topshiraylik.
Alloh xayrli qilsin.
@JoshDeveloper
#Eslatma
Yangi qo'shilganlar uchun,
O'zbek tilidagi barcha maqolalarim va boshqa manbalarni ushbu menyudan topib olasiz.
Yangi maqola chiqsa ushbu menyuga albatta qo'shib boriladi.
InshaaAlloh
@JoshDeveloper
Postni tashadim, janjal boshlandi😄
Hamma o'zini tirqichidan qarab baqirib boshladi.
Siz Vueni fit-fillion kundan beri o'rganayotgan bo'lsangiz, ba'zilar 1 haftada bemalol o'rgansa nima qilibdi ?)
Shaxsan men xohlasam 1 hafta o'rganib ketishim mumkin inshaaAlloh. (O'rganmiman baribir, bu misol uchun😄)
Post egasi o'zlaridan kelib chiqib fikr yozganlar, biroz kengroq qarang dunyoga 😄
Tugadi.
@JoshDeveloper
Repost from Saidbek
Barcha framework'lar bir xil(mi?)
Oldinroq Vue va React'ga qiziqib ko'rgandim, xozir esa internshipda Angular o'rganyabmiz.
Vue - Kichik, yengil js framework, o'rganish qolganlariga nisbatan oson, o'rtacha o'rganish uchun 1 hafta ketar ekan. Ishingiz asosan front-end'da bo'lmasa va sizga shunchaki ishingizni tez tugatish zarur bo'lsa Vue yaxshi tanlov. Back-end dasturchilarning ko'pchiligi ham Vue'ni afzal ko'rishar ekan.
React - React haqida bilganlarim, bu aniq strukturaga ega emas, app'ni xohlagancha qurishingiz mumkin, Vue va Angular'dan farqli ravishda React JSX dan foydalanadi, Angular'dan tezroq lekin Vue'dan sekinroq. Har qanday darajadagi dasturlar uchun mos keladi. O'rganish vaqti taxminan 1-2 oy.
Angular - Qolganlariga nisbatan Angular haqiqiy js framework, potensiali bo'yicha React va Vue'dan ustun, kengayishi oson, har qanday web app uchun to'g'ri keladi, faqat kichik app qilish uchun tavsiya qilmayman, bu huddi do'konga vertolyotda borishdek gap. Odatda Angular enterprise darajadagi dasturlar uchun ishlatiladi. Aniq strukturani yaxshi ko'radiganlar va karerasini front-end'da qurishni xohlagan inson uchun yaxshi tanlov. O'rganish vaqti taxminan 2-3 oy.
O'zbekistonda React'ga talab yuqori ekan, buni community va ish kanallardan bilsa bo'ladi, keyingi o'ringda Vue, so'ngi o'rinda Angular. Maosh bo'yicha esa Angular va React oldinda, lekin bular shunchaki ma'lumot, qaysidir texnologiyani o'rganishingiz uchun hech narsa qarshilik qila olmaydi.
Internetda 3 tasini har tomonlama solishtirgan video/maqolalarni ko'rib boshim aylanib ketdi, oldinroq qaysi framework tanlashni bilmasdan faqat youtubeda video ko'ravergan ekanman, shu tarzda 2 hafta indamay o'tib ketibdi. Eng yaxshisi shunchaki dokumentatsiyani ochib o'zingiz kod yozib ko'rganingiz ekan.
@saidabdulla
Yaqinda bir ukamiz yozibdilar.
Dasturlashga kirib daromat topa boshlaganlari haqida. O'qib juda hursand bo'ldim.
Sizga ham ulashmoqchiman:
"Assalamu alaykum, Umar aka qandaysiz?
Va nihoyat yaxshi summa topishni boshladim. va oxirgi hafta 6 milionga yaqin summa ishladim. Boshlanishida dasturlashni tashlab boshqa sohaga kiraymi degandim ammo usha vaqtda ham 1 yil vaqtim ketgandi bu sohaga. Umuman ish topa olmadim desam ham bo'laveradi. Har kuni 10 lab resumelar yuborar edim. Javob nari borsa 2 kunda 1 ta kelardi(atkaz). 2 yil ichida deyarli pul topa olmadim juda qiziqqanim sababli IT sohasidan ketgim kelmadi. Vanihoyat yaqin muddatlarda ish topdim, hatto bir vaqtning o'zida 2 ta ishda ishlayapman. Avvalo Allohdan hammasi, yo'limizni ochdi. Bir narsani bildim risqning sababini qilaverish kerak ekan, risq Allohdan. Hech qachon tushkunlikka tushmasdan oldinga yuraverish kerak ekan. Shirk keltirmasdan iymon bilan. Ozgina muddatdan so'ng hammasi bo'ladi. Men nega oldin siqilgan ekanman agar siqilmasdan yanada davom etganimda tezroq kelarmidi deb o'ylaman. (Avvalo bu qadar)
Gapim so'ngida hech qachon sabab qilishdan to'xtamaslik kerakligini aytmoqchiman🔥.
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barakatuh🙂"
Alloh bu ukamizni va boshqa hamma musulmonlarimizni topayotgan halol rizqlarini barokatli qilsin. 🤲
@JoshDeveloper
Videodarslar yozib olingan ko'rinishda o'tish ma'qulmi yoki online dars ko'rinishidami (Buyerda ham dars yozib olinadi) ?
Angular'dan online pulli kurs tashkillashtirishimga nima deysiz ?
Ko'pchilik o'rganayotgani sabab.
Kimlar qo'shiladi 🙋♂ ?
Kanalimiz kommentiga qo'shilishingizni va qancha oyiga to'lovda bo'lishini xohlashingizni yozib qoldiring. Talab qanchaligiga qarab kursni boshlaymiz yoki yo'q. InshaaAlloh
Ushbu postni imkon qadar ulashing. Ko'pchilik qiynalib yurganlarga yetib borsin. 😊
@JoshDeveloper
Ko'pchilik dindor dasturchilarga ajoyib maslahat(o'zim uchun ham, boshqa kasb egalari uchun ham):
- Ishlayotganingizda tilingiz bo'sh turmasin. Zikr qiling. Masalan, salovot, takbir, istig'for, hamd va hkz. Zero zikr qilish juda ko'p savob ishlashning eng oson yo'llaridan biri.
Zikrlarga misol:
- Allohumma solli a'ala Muhammad.
- Astag'firulloh.
- Alhamdulillah.
- SubhaanAllohi va bihamdih.
va hkz.
@UmarSadullayev
Kechasi bilan yozib chiqgan kodingizni, ertasi kuni "Bo'ldi bu kerak emas, boshqa narsa qiladigan bo'ldik" deyishsa "mazza"mi ?
#joke
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev
Ismim bo’yicha ko’p anglashilmovchiliklar bo’lyapti 😄.
Tug’ilganimda qo’yilgan ismim va pasport, hujjatlarda qolib ketgan ismim - Jo’shqinbek.
Ammo,
Ismimni ancha oldin Allohni izni bilan Umar'ga o’zgartirganman.
Sababi eskisi yoshligimdan o’zimga yoqmas edi.
Pasportdan o’zgartirish bo’yicha harakatlarni boshlamadim. Ishi ko’p ekan.
Buni aytishimdan maqsad, shaxsiy va norasmiy munosabatlarda Umar deb chaqirishingiz mumkin. (shuni o’zim ma’qul ko’raman)
Rasmiy munosabatlarda eski ismim hozircha foydalaniladi.
Shunaqa gaplar 🙃
@UmarSadullayev
Eng oxirgi o'tkazgan intervyumizdan siz bilmagan savollar ham bor ekanmi ?
Videodan qanchalik javob/manfaat oldingiz ?
Kommentga fikringizni qoldiring👇
Ko'rmaganlar uchun video linki: https://www.youtube.com/watch?v=4K3vTEcB5pI
@JoshDeveloper
Jum'a bilan tabriklamaylikmi ?
Yaqinda ushbu ma'noda post o'qib qoldim. Postda aytilishicha ma'lum bir maqsadli guruhlarda Ju'ma yoki shu kabi bayramlarni tabriklamagan ma'qul ekan.
....
Davomi 👇
https://t.me/UmarSadullayev/26
Dasturchilik faoliyatimda birinchi bor global jamoada jamoa yetakchisi mas'uliyatlarini bajarib ko'rdim.
Taasurotlarim katta. Fikrlarim bilan o'rtoqlashmoqchiman.
1. Jamoa boshqarish juda katta mas'uliyat talab qiladi.
2. Jamoani oldiga biror muommo chiqsa, siz uni yechish chorasini o'ylaysiz.
3. Kerakli vazifalarni kerakli dasturchiga topshirish ham bir san'at.
4. Jamoa yetakchisini xatosi katta muommolarga sabab bo'lishi mumkin. Shu sabab juda chuqur o'ylab harakat qilinishi kerak.
5. Kerakli paytda motivatsiya, kerakli paytda urishib berishni ham bilish kerak.
6. Asosiysi jamoani bir oiladek saqlay olish ham kerak.
7. Dasturchilarga emas, balki muommolar va vazifalarga xo'jayinchilik qilish kerak.(buni menejerim shunday ma'noda aytgandi).
8. Vaqt, pul, dastur sifati va shu kabi narsalarga kuchli e'tiborda bo'lish talab qilinadi.
Sizning fikringiz qanday ?
@JoshDeveloper
O'z fikrlarim, ijtimoi , diniy va boshqa mazmundagi postlarim uchun yig'ilgan insonlar bor yo'g'i 107 tami ?
Qo'shilamiz: @UmarSadullayev
Go 🚀
Azizlar,
Dasturlashdan tashqari o'z fikrlarim, ijtimoi , diniy va boshqa mazmundagi postlar uchun yangi kanal ochdim.
Shuyerda davom etamiz.
Ushbu kanalimiz dasturchilar uchun yanada qulay kanalga aylanadi.
Hadislarimiz yangi kanalga ertadan tashlanib boradi, avvalgilari ham.
Yangi kanalimiz: https://t.me/UmarSadullayev
Diniy va ijtimoi postlarni alohida kanal ochib shuyerda yuritishimga nima deysiz ?
Bu kanalimiz faqat dasturlashga oid bo'lib qoladi.
12-hadis.
Bekorchi gap-so'zlardan voz kechish
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rosululloh sollallohu alayhi vassallam aytadilar: "Insonning yaxshi musulmon ekanining alomatlaridan biri (uning) bekorchi narsalarni tark qilishidir"» (Termiziy, Ibn Moja, Imom Ahmad rivoyatlari)
Qisqacha sharxi:
Kunini PUBG, bekorchi o'yinlar, bekorchi gap-so'zlar, g'iybatlar, oshna og'aynilari bilan bekorchi o'tirishlar va boshqa shu kabi foydasisiz narsalar bilan o'tkazayotgan odam yaxshi musulmon emas ekan. Dunyo-u diniga foydasi tegmaydigan ish bilan mashg'ul bo'lib yurgan odam aqlsiz odamdir. Yaxshi musulmon esa vaqtini bekorchi narsalarga sarflamaydi va ularni tark etadi.
Sizchi ? Vaqtingizni nimaga sarflayapsiz ?
Agar bekorchi narsalar ham ularni orasida bo'lsa, Alloh uchun ularni tark qilish vaqti kelmadimi ?)
#hadis
InformTech Uz dan Ramazon tuhfasi
20-apreldan boshlab Zamonaviy Verstka videokursini tekinga o'rganishingiz mumkin. Ketma-ket 50 kun davomida premyera bo'lib o'tadi. Kursning davomiyligi: 16 soat 30 minut +
Kanalda boshqa yo'nalishlargaa doir foydali darslar ham mavjud. Misol uchun: Leetcode | Vue | React | JavaScript
Umumiy hisobda kanalda 250 dan ortiq video darslar jamlangan.
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
