uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Відкрити в Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Показати більше
5 147
Підписники
-724 години
-37 днів
-5630 днів
Архів дописів
Stay tuned...

"G'alaba kuchlilar uchun. Kuchlilar g'alabaga loiq." kabi tor fikrlilar ko'payib ketibdi. Ayniqsa Isroil Falastin mojarosi ostida. Bu haqida fikrim qanday? Ahmoqona fikr. Qaysi befarosat o'ylab topgan? Ko'chada ayolingiz va onangiz bilan ketayotganingizda, bir kuchli kelib sizni ham, ayollarni ham urib o'ldirib ketsa ham shu gapni aytasizmi? Katta janglarda ham xuddi shunday. Adolat birinchi o'rinda bo'lishi kerak. G'alabaga haqdorlar loiq. Nima kimning haqqi bo'lsa, o'sha uniki bo'lishi kerak. Haqni taqsimlash esa Allohning o'lchovi bilan. Siz kuchsiz haqdor va kuchli zolim o'rtasida kuchlini tanlamang. Insonlarda kuch bilan bir qatorda, qalb degan narsa bor. Shunday qalblar borki, millionta kuchga qarshi turganda g'alabaga loiqroq. Boshimizni ichida miya bor. Bu to'g'ri fikrlash uchun, shundan foydalanishsin o'sha fikrdagilar. #tanqid @Josh_shares

Repost from Umar shares
Falastinga yahudiylar ko'chib kelgandan keyingi holat. Ularga o'z yeridan joy berishgan Falastinliklar. Vaqt o'tishi bilan ko
Falastinga yahudiylar ko'chib kelgandan keyingi holat. Ularga o'z yeridan joy berishgan Falastinliklar. Vaqt o'tishi bilan ko'chib kelganlar esa isroil deb davlat e'lon qilishdi va Falastin bilan urushga kirishdi. Oqibatda Falastinni juda juda katta qismini egallab olishdi. Hozir esa o'z yerlari uchun kurashayotgan Falastinni terrorist deyishyaptimi?! #history @Josh_shares

Yaponiyada dasturlashga imkoniyatlar ko'p ekan. Xususan quyidagi postdagisi, Juniorlar uchun yaxshi imkoniyat. Postga link: https://t.me/doniyor_tojikhonov/42 #share @JoshDeveloper

TypeScript ishlatish shartmi? JS dasturchilari ichida juda mashxur bo’lishga ulgurgan TypeScript’ni ishlatish shartmi? Mening javobim: Sizda shunday tanlov bo’lsa, loyihaga qarab turib aniq bir qarorga kelsangiz bo’ladi. Agar loyiha juda ham kichik bo’lsa yoki qisqaroq muddatda yozilib, davomiy rivojlantirilib borilmaydigan bo’lsa yoki TypeScriptni umuman bilmasangiz va loyihani tezroq qurish shart bo'lsa, TypeScript’siz ham yozsangiz bo’ladi. Ammo, umumiy qoida ishlatgan afzal. Loyihada TS ishlatish sizga ko’plab qulayliklar beradi. Boshida biroz qiyinroq bo’lgani bilan, to’g’ri yo’lga qo’yib olgandan so’ng oddiy JS’da yozgandan ancha tez yozasiz. Muommolarni oldini olasiz. Lekin, loyiha boshidan TS’dan to’g’ri foydalanish niyatingiz bo’lmasa, hamma joyga ‘any’ qo’yib ketaversangiz, TS bilan ishingiz biroz sekinlashadi. Undan oladigan foydalaringizdan zarar ko’proq bo’ladi. Shunchaki hamma ishlatayotgani uchun ishlatishdan, loyihangiz, jamoangiz va boshqa faktorlarni hisobga olib nima ishlatishni tanlaganingiz yaxshiroq. #TypeScript @JoshDeveloper

Do’stimiz @UmarMuhandis React’ning ustunliklari kabi bo’m-bo’sh kanal ochibdi. Angular’niki kabi to’lib-toshishini tilab qolamiz. Obuna bo’lib qo’yinglar. (Holis tavsiya aslida 🙂️️) https://youtube.com/@umarmuhandis #reklom #joke @JoshDeveloper

Onboarding qanday bo'lishi kerak? Dasturchining o'zini yaxshi ko'rsata olishi Onboarding'ning qanday yaxshi bo'lganiga katta bog'liq bo'ladi. Shu paytgacha birnechta kompaniyalar(+klient kompaniyalar)da ishlab, "Onboarding" o'tagan inson sifatida o'z fikrlarimni aytsam. Fikrimcha, yangi qo'shilgan dasturchi uchun eng qulay va kompaniyalarga maslahat beradiganim quyidagicha: 1. Yangi kirgan dasturchiga kompaniya haqida to'liq tushuntirish. Qanday kompaniya? Ichki ko'rinishi qanday? Darajalar qanday? Qanday bo'limlar bor? Ofis bo'lsa ofis haqida va hokazo. 2. Atrofidagi insonlarni tanishtirish. Ya'ni, yangi dasturchining ish jarayonida tanishi kerak bo'lgan insonlar va vazifalari bilan tanishtirish. 3. Kompaniya qoidalari bilan tanishtirish. 4. Loyiha haqida ham texnik, ham biznes tomonlana to'liq tanishtirish. Loyiha maqsadi nima? Qanday biznes logikada tuzilgan? Arxitekturasi qanday? Nimalar ishlatilgan? va hokazo. 5. Boshlang'ich 3 oylikda har oy kamida bir marta One-to-One meeting o'tkazib, barcha savollar va tushunmovchiliklarga javob berish. Yana nimadir qolib ketmadimi? #maslahat @JoshDeveloper

Josh*Podcast'ni keyingi soni nima haqida bo'lishini kutyapsiz? #podcast @JoshDeveloper

Ustozlar kunini foydali tomonidan biri, odamlar o'ziga ilm bergan ustozlaridan minnatdor bo'ladi va rahmat aytadi. Odamlar o'zlariga berilgan ne'matdan boshqalarga ulashgan insonlardan minnatdor bo'lishi kerakligi dinimizda buyurilgan amallardan. Aslida har doim shu ustozlarni, yaxshilik ulashgan barcha insonlarni hurmatini qilish, minnatdor bo'lish kerak. Ammo, bizda shu narsalar ko'p ko'tarilib ketgan. Shu sabab ham 1-oktabr kuniga manfaatli bir muhr qo'yilganki, ustozlarni eslasinlar deya. Barcha ustozlarimizdan Alloh rozi bo'lsin, jannatda jamlasin. #teachers @JoshDeveloper

HTML o’rganayotganlar uchun ekan. 😅 #joke @JoshDeveloper
HTML o’rganayotganlar uchun ekan. 😅 #joke @JoshDeveloper

Bun degan yangi JavaScript runtime chiqqan ekan. To’liq ishlatib ko’rmadim hali. Shunchaki loyihamizda Node/npm o’rniga replace qilib ishlatib ko’rdim. Negadir 2 barobar sekin ishladi. 😅️️️️️️ Nimadir xato ketdi deb yaxshi umid qilib qo’yaqoldim. Sinab ko’rganlar bormi ? #bun #news @JoshDeveloper

Tepadagi mavzularni Frontint.uz kursida o’tganman va aynan shu dars videosini tekinga kanalga yuklaganman. Xabaringiz bo’lmasa deb eslatyapman. 🙂️️️️️️ Videoni ko’rish va kurs haqida ma’lumot uchun: Frontint.uz saytiga kirsangiz bo’ladi. #reklom @JoshDeveloper

JSchilarga savol: Execution Context, Closure, Scope va Hoisting haqida bilimingiz bormi?
Anonymous voting

Repost from Umar shares
Ask me anything Bugun shu @Josh_shares (ishchi kanal 😄) kanalimizda avvalgidek “Ask me anything” ko’rinishida “Live stream” o’tkazamiz. Kimda nima savol bo’lsa, Alloh qodir qilgancha javob berishga harakat qilaman inshaaAlloh. Vaqti: 16:00 Suhbat bu safar yozib olinmaydi. Savollarni mana shu post kommentiga yozsangiz, birinchi shulardan boshlaymiz inshaaAlloh. #ama @Josh_shares

Boost so’rab yotibdimi hamma kanal? Tovba, bitta story qo’yish uchun shuncha harakat. Mana bu yerga qarab yuboring: https://t.me/JoshDeveloper?boost #story #joke @JoshDeveloper

Mendan yaxshi dasturchi chiqmaydimi ? Nega ana ular mendan tez o'rganishadi, men esa...? kabi savollarni ko'p kuzatamiz. Aslida bu savollar to'g'rimi ? Ularga javobni qanday bilsak bo'ladi ? Javobim: Dasturlash bo'yicha aytadigan bo'lsa. Insonlarni uch turga bo'lishimiz mumkin. 1. Alloh bergan iqtidor, qobiliyat egalari. Bular dasturlashni juda oson va tez o'rgana olishadi va katta natijalarga erisha olishadi. Qo’shimchasiga til, matematika va hokazo ilmlari bo’lsa, unda🔥. 2. Dasturlashni o'rganishga foydasi tegadigan ilm egalari. Masalan ingliz tili, matematika va hakozo ilmlardan biri yoki birnechtasini biladigan insonlar. Bularda iqtidor bo'lmasa ham, qo'llarida qurollari mavjud. Ular biroz qiynalsalar ham, dasturlashni o'rganishlari oson kechadi. 3. Oddiy, iqtidorsiz va ilmsiz insonlar. Bular na til bilishadi, na matematika va na iqtidorlari bor. Bularda dasturlashni o'rganish ancha qiyin. Ammo, uddalasa bo'ladi. Endi siz bulardan qaysi biriga kirishingizni aniqlang va o'qishni davom eting. 1. Agar siz birinchi toifaga kirsangiz. Harakatdan to'xtab qolmang. O’zingizga ortiqcha ishonib yubormang. Qo’shimcha ilmlarni bilmasangiz, ularni ham qo’shing. 2. Agar siz ikkinchi toifaga kirsangiz. Qo'lingizdagi qurollar bilan 2 barobar ko'proq harakat qilsangiz, iqtidorli va qo’shimcha qurolli insonlardan kam joyingiz qolmaydi. :) Bir barobar harakat qilsangiz, albatta ulardan qolib ketishingiz mumkin. 3. Agar siz uchinchi toifaga kirsangiz. Kayfiyatni tushurmang. Yon-atrofingizdagi odamlar sizdan juda ham tez o'tib ketishiga siqilmang. Ularni ba'zilari iqtidorli, ba'zilarini esa qo'lida qurollari mavjud. Siz esa bularga qarshi o'zingizga nisbatan 3-4 barobar ko'proq harakat va izlanish qilishingiz kerak. Ko'proq harakat qilsangiz, inshaaAlloh siz xatto ulardan ham o'tib ketishingiz mumkin. Yoki yana bir narsa, o’zingizda boshqa kasbga qobiliyatingiz va xohishingiz bo’lsa, yo’lni qayta boshlashdan cho’chimang. Yaxshi reja orqali, boshqasiga sakrashga qiynalmaysiz Xudo xohlasa. Shuni unutmaslik kerakki, barchasi Allohdan. Biror narsa uchun qancha ko'p sabablarini qilsangiz, Alloh xohlasa shuncha tez unga erishasiz. Alloh ba’zilarga nimadirni berib sinasa, ba’zilardan olib sinaydi. Bir ne’matdan sinov kelsa, boshqa son-sanoqsiz ne’matlarga noshukr bo’lmang. “Nega menda o’xshamaydi?!” deyavermang. Hammasiga Alhamdulillah deng, xatolaringiz ustida ishlang, to’g’ri reja qiling va yo’lda davom eting. InshaaAlloh. #maslahat @JoshDeveloper

Repost from Umar shares
Hamma dasturlashga o’zini urmasdan, boshqa sohalarga ham ursa yaxshi bo’lardi. Bizga kuchli va aqlli amaldor, siyosatshunoslar ham kerak, bunga shubha yo’q. Kuchli iqtisodchilar ham kerak. Kimda shu kabi sohalarga Alloh bergan qobiliyati va imkoniyati bo’la turib, pul yoki boshqa sabab umuman boshqa sohaga urgan bo’lsa o’zini, ertaga buni javobi bo’lishi mumkin. Ummatni qiyinchilikdan olib chiqish faqat bir sohada bo’lmasligini tushunib yetyapmiz mana. #maslahat #tanqid @Josh_shares

ChatGPT yanada rivojlanyapti. Endilikda siz o’zingiz haqingizda “Custom instructions” yozib qo’yasiz. ChatGPT esa har bir yoz
ChatGPT yanada rivojlanyapti. Endilikda siz o’zingiz haqingizda “Custom instructions” yozib qo’yasiz. ChatGPT esa har bir yozgan savolingizga shu “instruction”lardan kelib chiqib javob beradi. Masalan, rasmda menga qandaydir yaxshi “activity”lar yozib ber degan edim. Avval yozgan intstruksiyalarimdan, nimalarga qiziqishimdan kelib chiqib, javob yozyapti. O’zingizga yangi “non-human” do’st qilib olsangiz bo’lar ekan. 😅 #chatgpt @JoshDeveloper

Clip-path CSS’da istalgan elementni harxil ko’rinishga olib kelib kesish uchun ishlatiladigan xossa - clip-path. Yozish biroz qiyin bo’lgani uchun, o’rganib o’tirish o’rniga, quyidagi ajoyib saytdan foydalanaman. Clippy: https://bennettfeely.com/clippy Bugun juda shu sayt foydasi tegdi-da. #css @JoshDeveloper

128 ta o’quvchidan 111 tasiga Frontint.uz kursimiz ma’qul kelgan. Bu juda yaxshi natija. Kurs narxi boshqa kurslar narxlarida
128 ta o’quvchidan 111 tasiga Frontint.uz kursimiz ma’qul kelgan. Bu juda yaxshi natija. Kurs narxi boshqa kurslar narxlaridan ancha arzon. Ikki bo’lib to’lash imkoni bor. What else you need ? Batafsil: Frontint.uz saytida #frontint @JoshDeveloper