uk
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Відкрити в Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Показати більше
4 804
Підписники
-1224 години
-307 днів
-1130 день
Архів дописів
Afsus, Marokash jamoasi futbolda yutqazdi. Ammo, boshqa ko'plab narsalarda ular g'olib. Olqishlarga arziydi. Islomofopiya ko'paygan davrda, Marokash va Qatar davlatlari islomga katta xizmat ko'rsatishdi Barchasiga rahmat 👏 Respect. @JoshDeveloper

Ha aytgancha, kecha Mockint loyihamizda WebBrain Academy bilan ham hamkorlik kelishuviga erishdik. Agar siz ushbu o'quv markazini tamomlagan bo'lsangiz, o'zlaridan tasdiqlatib, intervyu uchun o'z chegirmangizni olishingiz mumkin. Shunaqa gaplar bizda 🙂 @JoshDeveloper

Diqqat! Darajangiz oshsa, o'zingizni bosib oling. 😄😄 Rasmda Juniordan Middle'ga ko'tarilgan "okya" bilan suhbatimiz 😄 (haz
Diqqat! Darajangiz oshsa, o'zingizni bosib oling. 😄😄 Rasmda Juniordan Middle'ga ko'tarilgan "okya" bilan suhbatimiz 😄 (hazillashib yozyaptilar) #joke @JoshDeveloper

Ko'pchilik kutayotgan Feedback chiqdi. Yaqinda Mockint.uz tomonidan o'tkazilgan o'tgan Junior darajasi intervyusiga Feedback chiqdi. Manba: https://t.me/MockInt/43 @JoshDeveloper

Assalom alaykum!!! 📆 18-dekabr yakshanba kuni Toshkent shahri Progress Academy'da "UzGeeks December2022 Meetup" bo'lib o'tad
Assalom alaykum!!! 📆 18-dekabr yakshanba kuni Toshkent shahri Progress Academy'da "UzGeeks December2022 Meetup" bo'lib o'tadi. 📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan: 1️⃣. “Angular 15 haqida gaplashamiz” - Umar Sadullayev (Frontend Engineer, ITransition); 2️⃣. “Nuxt 3 bilan tanishuv” - Elzodxon Sharofaddinov (Frontend Engineer, UIC Group). 🎉 Meetupda qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi. 🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi. Hamkorlar: Progress Academy Thinkland kompaniyasi ✍️ Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz 🏷 Tadbir Facebookda

Primitive va Object qiymatlari uchun xotira ajralishi. Xo'sh, bu mavzuga maqola yozmoqchi edim, ammo Object'lar uchun avval y
Primitive va Object qiymatlari uchun xotira ajralishi. Xo'sh, bu mavzuga maqola yozmoqchi edim, ammo Object'lar uchun avval yozgan ekanman. Ushbu maqolani. Tepada berilgan savolda esa, primitive qiymatlarni xotirada saqlanishi haqida. Bu haqida esa yozmaganman. Menimcha shart ham emas. Rasmda ko'rib turganingiz, Stack va Heap. Chapdan boshlab o'qisangiz, tepadagi postga javob topib olsak bo'ladi. Demak, yangi variable ochsak, xotirada unga yangi address ham ochilar ekan. Agar u variable qiymati o'zgarsa, xotiradagi o'sha addressdagi qiymatni o'zini o'zgartiradi. Yangi address ochib o'tirmaydi. Garbage Collector ? "Vapsheta" unga o'zi nima bor buyerda ? :) Shunaqa gaplar 🙂 @JoshDeveloper

Savol: Quyida x o'zgaruvchisiga qiymat berdik. Unga alohida joy ajratildi xotiradan. Keyin esa 20 ni o'chirib, 30 yozdik. Savol shuki, 1. 20 ga nima bo'ladi, Garbage collection obyektlarga nima qilsa, 20 ga ham shunday qiladimi ? 2. Xotiradan 30 uchun yangi joy ochiladimi ? let x = 20 console.log(age); // 20 x = 30 console.log(age); // 30 Bir necha oylar avval bu haqida eski ishxonamdagilar bilan bahs qilgandik. Javobni keyinroq aytaman, avval sizlardan bo'lsin 😉 @JoshDeveloper

Humoyun tog'om 25 ga kirib, 20 ta maslahat yozibdilar. Bilaman, 5 ta qo'shsalar ja mos tushardi. Qolgan 5 tasini o'zimiz topamiz shekilli 😅 No, foydali maslahatlar bor ekan. Here it is: https://t.me/khumoyun_codes/329 @JoshDeveloper

Aytgancha, bu intervyuda TypeScript birinchi so'ralgan. Angularchi bo'lmaganlar ham ko'rsa bo'ladi u qismini bemalol. InshaaAlloh manfaatli bo'ladi. @JoshDeveloper

Repost from MOCKINT.UZ
Xushxabar! MockInt.uz loyihamiz RoboCode IT Academy bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi. 🥳 Endilikda, ushbu o'quv markazini bitirgan bitiruvchilar uchun Mockint.uz tomonidan chegirmalar beriladi. Boshlagan hamkorligimiz xayrli bo'lsin. Biz esa hamkorlarimiz safini kengaytirishga hamisha tayyormiz. #partner Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt

Repost from MOCKINT.UZ
Middle Angular intervyusidan bir qismini YouTube'ga joyladik. 🎉 Angular bo'yicha Middle darajasida, haqiqiy pullik intervyumizdan 1 soatini YouTube'ga joyladik. Marhamat qilib ko'rishingiz mumkin. https://youtu.be/TU2-P2WNLk8 #interview Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt

Ovozim g'alati yozilibdi. 🤔 Xuddi robotlarnikidek 🤖 Yoki rostan ? 😱🫢 #joke 😄

Repost from MOCKINT.UZ
Frontend intervyu videosi chiqdi. 🎇 Mockint tomonidan o'tkazilgan, bonus intervyu videosini YouTube'ga joyladik. Marhamat qilib ko'rishingiz mumkin: https://youtu.be/sJqb6-HRlzA P.s: Angular intervyusidan bir qism videosi ham chiqadi ertaga inshaaAlloh Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt

Repost from MOCKINT.UZ
Kecha bo'lib o'tgan pullik intervyuda qatnashgan kandidatning biz haqimizdagi fikrlari(Angular yo'nalishi): 1. Intervyu umuman qanday o'tdi ? - Interview umuman judayam yaxshi o'tdi. Kechagi suhbatgacha adashmasam 3-4 ta interview'da qatnashgan bo'lsam deyarli hich qaysidan Typescript bo'yicha savollar bo'lmas edi. Lekin mock interview da Typescript va angular bo'yicha advanced topiclar so'raldi. Manga yoqdi 2. Intervyu oluvchi mutaxassis va uning savollari qanday bo'ldi ? - Savolladan ko'rinib turibtiki, angular bilan ancha yildan beri ishlab keladilar va shaxsan o'zim umuman angularda ishlatilinishi kerak bo'ladigan feature lardan ham savol berdilar. Bahonada o'zim uchun yangilik va tajriba orttirdim 3. Berilgan feedback sizga yoqdimi/Foydali bo'ldimi ? - Feedback yoqdi, foydali bo'ldi ham. Xudo xohlasa tanishlarimga ishga kirishdan oldin birinchi sizlarning mock interviewlaringizdan o'tishga maslaxat beraman. 4. Mockint.uz loyihasi haqida fikringiz. - Bu loyiha to'g'risida fikrim Faqat Ijobiy. Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt

Symbol tipi nima 🤔 ? "Symbol"lar - dasturda yagona "identifier" sifatida hisoblanadi. Ya'ni, siz bir Symbol ochsangiz, dasturda unga o'xshash hech narsa bo'lmaydi. Faqatgina o'zi. Hayotiy misolda tushuntiraman. Sizda fuqarolik ID raqami bor. U faqat sizda bor va boshqa fuqarolarniki sizga to'g'ri kelmaydi. Biror joyga kirsangiz ham, boshqa ID bilan kira olmaysiz, aynan o'zingizni tasdiqlash uchun faqat shu ID raqamini aytasiz. Symbol tipi ham shunday. Bitta ochilgan Symbol, masalan, let sym = Symbol(); faqatgina o'ziga teng. Bu yagona qiymat hisoblanib, yana shunday symbol ochsak ham, ikkisi ikki xil bo'ladi. Masalan, Symbol() === Symbol() // false Ho'p, dasturda yagona bir qiymat bo'lar ekan, unga o'zidan boshqa hech qanday qiymat teng bo'lmas ekan. unda Symbol o'zi nega kerak ? Symbol orqali biz, qandaydir Object ichiga, yashirin, tepadan boshqalar faqatgina men ochgan symbol orqaligina kira oladigan xossa qo'shsak bo'ladi. Masalan,
const adminID = Symbol("Admin's ID");

const admin = { name: "Admin aka" };

admin[adminID] = "Admin akani yashirin ID'si";

admin.adminID; // undefined

admin[adminID] //  "Admin akani yashirin ID'si";

Mana buyerda, biz admin nomli o'zgaruvchiga Symbol orqali "property"(xossa) qo'shdik. Endi u ID ni olish uchun faqatgina shu symbol'dan foydalana olamiz xolos. Agar oddiy admin.adminID qilsak ishlamaydi. Shuningdek, ushbu yo'l orqali, agar object'ni for loop qilmoqchi bo'lsak, yoki Object.entries(), Object.values() yoki Object.keys() qilsak, biz qo'shgan adminID ko'rinmaydi. Chunki biz uni, yashirib qo'yganmiz, ko'rinmasligi kerak. @JoshDeveloper

Ba'zi guruhlarda yoki shaxsiy xabarlarda ko'rib qolaman. Kompaniyasini ichki loyihasini kodini bemalol ko'rsatishadi. Yoki qandaydir "key"larni ochiq ko'rsatib yuborishadi. Savol so'rash maqsadida. Bu ish juda yomon. Kompaniya ruhsatisiz hech qanday biznesga aloqador kodlarni, sirlarni va "product key"larni ulashmang hech kimga. Balki kichik kompaniyadir, ko'p zarar ko'rmas. Ammo kelajakda kattaroq kompaniyada bu o'rganib qolgan ishingizni qilsangiz, millionlab dollar yo'qotishlari hech gap emas. Ogoh bo'ling(TVda ko'p etardiku a shunaqa deb😄) @JoshDeveloper

Notion dasturini yaxshi ko'ramanda. Pricing plans'da o'zgarishlar bo'ldi degan xabar kelgandi. "Ana, bular ham a ?" deb o'yla
Notion dasturini yaxshi ko'ramanda. Pricing plans'da o'zgarishlar bo'ldi degan xabar kelgandi. "Ana, bular ham a ?" deb o'ylab turgandim. Qarabsizki, tekin plan'ga qaytanga ko'proq narsalar qo'shildi deyapti. Pullik planga ham ko'proq narsalar qo'shilibdi. Good, good... 👍 @JoshDeveloper

Repost from MOCKINT.UZ
Eslatib o'tamiz bugun @MockInt kanalimizda, Umumiy Frontend yo'nalishida BONUS tekin intervyuga nomzodni onlayn tanlab olamiz. Tanlov vaqti: 15:00 Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt

Ertaga dam ekanmi ? 🌚

Nega intervyular pullik ? Quyida siz azizlarga intervyular nega pullik ekanini aytib o'taman. 1. Ular pullik. Chunki biz ... Davomi Erinmay o'qinglar please 😄 Oramizda ba'zi ta'magirlar bor. "Tekin qillaring, savob kerakmasmi sanlarga" deydigan. O'zidan shunday yordam so'rasangiz esa, "Endiiii...biz ham oilali insonmiz...." deb boshlashadi. Shundaylarni fikrlashi balki o'zgarar deb post yozdim. Boshqalarni mehnatini va vaqtini qadrlaylik. @JoshDeveloper