Umar Sadullayev | Blog
Відкрити в Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
Показати більше5 166
Підписники
+1624 години
+447 днів
-3930 днів
Архів дописів
Frontend arxitektura kursini yana jonli o'tsam, qatnashgan bo'larmidingiz? (1 oy davom etadi, narxi 150-200$ atrofida bo'ladi)
+1
IT-yangilik: O‘zbekistonlik dasturchilar Istanbuldagi Yandex Cup 2025’da g‘alaba qozondi!
🏆 Dasturlash bo‘yicha Yandex Cup 2025 xalqaro musobaqasida 21 davlatdan 196 nafar finalchi ishtirok etdi, tanlovga esa butun dunyo bo‘ylab 21 mingdan ortiq dasturchi ariza topshirdi.
Bu yil backend va frontend yo‘nalishlarida g‘oliblikni o‘zbekistonlik dasturchilar — Nazarbek Boltaboyev va Akobir Abdug’aniyev qo‘lga kiritdi. Topshiriqlar real amaliy vazifalarga maksimal darajada yaqin bo‘lib, algoritmlar, mashinaviy o‘rganish, multimodal modellar, navbatlar (queues), strukturaviy jarayonlar va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oldi.
🌐 Final bosqichining umumiy sovrin jamg‘armasi 1,8 milliard so‘mni tashkil etdi. Sovrindorlar Rossiya, O‘zbekiston, AQSh, Xitoy, Kanada va Yaponiya kabi davlatlardan tashrif buyurdi.
🧑💻 Nazarbekning ta’kidlashicha, xotirjam kayfiyat va tiniq fikrlash murakkab masalalarni yechishda yordam bergan. Akobir esa amaliy vazifalarni yechish bo‘yicha tajriba muvaffaqiyat kaliti ekanini qayd etdi.
Yandex Cup’da ishtirok etish — bu shunchaki musobaqa emas, balki IT hamjamiyati uchun rivojlanish vositasidir. Bunday loyihalar bilim va ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazish, o‘sish va kompetensiyalarni xalqaro darajada rivojlantirishga xizmat qiladi.
🔗 Batafsil ma’lumot va g‘oliblarning fikrlarini bu yerdan o‘qishingiz mumkin
#reklama
@JoshDeveloper
Tepadagi poll'ni nega tashladim?
Poll aslida umuman boshqa mavzu haqida edi. Asosiy mavzu "Saving"(Jamg'arma) qilish haqida.
6 oylik jamg'armasi bor ishchi bilan, 1 oylik jamg'armasi bor ishchini boshlig'i uni ishdan bo'shatishidan qo'rqish darajasi qanchalik bo'ladi bilasizmi?
Ancha. Jamg'arma qilish o'zingizni biroz erkinroq tutishingizga yetaklaydi.
Bilaman hamma ham jamg'arma qilolmaydi. Lekin imkoningiz bormi? Bekorchi narsalarga emas, jamg'arishga harakat qiling. Bu sizga erkinlikka eshik ochadi. Ishda dadil va o'zingizga ishonchli bo'lasiz.
Eng asosiysi, korxona sizni emas, siz korxonani tanlab ishga kira olasiz.(Albatta tajribali ishchi bo'lsangiz)
P.s: Ishdan 5 kunlik dam olish olganman, hozir "Psychology of money" degan kitobni o'qiyapman. Yaxshi insight'lar yoritilgan ekan. Tepadagi fikrlarimda ham shulardan bir oz ilhomlandim. Kitobdan parchalarni @umar_shares kanalida yozib boryapman.
#saving
@JoshDeveloper
Ishingizda "Lay-off" bo'lib, ishdan to'satdan bo'shatildingiz. Ish qidirishni boshlayapsiz. Birinchi chiqqan oyligi yaxshi ishni tanlaysizmi yoki o'zingizga ko'proq yoqqan yaxsh joyni qidirasizmi?
Udemy sotilyotgan ekan. Coursera esa xaridor 😄
Qiziq ishlar bo’lyapti.
#udemy
@JoshDeveloper
Oxirgi yillarda O’zbekistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirish juda yaxshilanganini his qilardim.
Hozir bir ma’lumot o’qib qoldim, 9-o’rinda ekanmiz jahon bo’yicha bu borada.
Juda ajoyib ko’rsatkich.
#govTech
@JoshDeveloper
HR Menejer (UNICON SOFT)
💰 Oylik: 500 – 2 000 USD (tajribaga qarab)
Vazifalar:
- Kompaniya ichki madaniyati va motivatsiya tizimini rivojlantirish
- IT va non-IT yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlarni qidirish va tanlash
- Vakansiyalarni joylashtirish va intervyularni o‘tkazish
- Xodimlarni ishga qabul qilish (onboarding) jarayonini tashkil etish
- Rahbariyat bilan yaqin hamkorlikda HR strategiyasini amalga oshirish
Talablar:
- HR Menejer sifatida kamida 2 yillik tajriba
- IT sohasida xodimlar bilan ishlash tajribasi
- O‘zbek tilini bilish (Rus va Ingliz tili ustunlik beradi)
📞 Aloqa uchun forma: https://forms.gle/ruDGZC6RyRu6TJBA9
#vacancy
@JoshDeveloper
Yangi loyihaga qo'shilganda kod yozishdan oldin doim birinchi loyihani o'rganing.
Qanday "shared" kodlar bor? Qanday kutubxonalar ishlatilgan? Qoidalar bordir balki?
P.s: O'zimda ko'p bo'lgan, loyihani to'liq o'rganmaganim sabab, avvaldan tayyor yechimlarni qaytadan yozganman.
#tavsiya
@JoshDeveloper
Podkast sog'inganlar bo'lsa Saidolim aka bilan Khumoyun aka podkast uyushtiribdilar. Zo'r ma'lumotlar berilgan.
Marhamat: https://youtu.be/VnWxsQYw7vg
#podcast
@JoshDeveloper
React Server Component'larda yaqinda bir nechta xavflar(vulnerabilities) chiqqan ekan.
Dasturingizda RSC ishlatgan bo'lsangiz, versiyalarni yangilab olishingiz tavsiya qilinadi.
P.s: Yoki Angular ishlatinglar)
#react
@JoshDeveloper
Boshlig'ing — shunday bo'lsa-da)
P.s: Tepadagi kursimiz chegirmasini boshliqlariga yuborgan ekanlar, darrov sotib olib beribdilar.
#course
@JoshDeveloper
Faqat bugun shu kanaldagilar uchun Frontend arxitektura kursimiz uchun chegirmalar ⬇️
🔥Istalgan tarif uchun 25% chegirma
🤩 1 ta kurs pulini to’lab 2 ta odam olish imkoni.
Admin: @vector_academy_admin
#chegirma
@JoshDeveloper
Xorazmliklar bormi?
Yanvardan Xorazmda bo'laman bir necha oy, Xudo xohlasa.
2-3 ta individual shogirdlar chiqarish niyatim yo'q emas. Frontend, JavaScript, Angular, Arxitektura ... istalgan yo'nalishda shogird qabul qilaman.
Kimgadir qiziq bo'lsa, admin akkountimizga haftada nechi kun va soat vaqt ajrata olishingizni yozib qoldiring. Biz sizga narxini hisoblab aytamiz. Ma'qul kelsa borganimda darslarni boshlab yuboramiz, Xudo xohlasa.
Admin: @vector_academy_admin
#course
@JoshDeveloper
Vacancy
"UNICON SOFT" kompaniyasi uchun Middle+ Angular dasturchilar kerak.
Topshirish uchun:
https://forms.gle/GRRnY1NY5zZ1G3R5A
#vacancy
@JoshDeveloper
Nomingizga kredit olishlarini xohlamasangiz my.gov.uz dan kreditga ta’qiq qo’yishingiz mumkin.
Bunda o’zingiz ham ololmaysiz. Istalgan payt o’chirib yoqsangiz bo’ladi.
Tanishlarga yuborib qo’ying ✈️
#tavsiya
@JoshDeveloper
Kartalardagi pullarga ehtiyot bo’ling.
Humans degan ilovadan pul yechilyotgan ekan.
Ogoh bo’linglar.
#eslatma
@JoshDeveloper
#offtopic Kecha uyimizni sotuvga qo'ygan edik. Shu uyni ijaraga ham beramiz. Agar yaxshi tura oladigan oila yoki talabalar bo'lsa, gaplashib ko'ramiz.
Narxi: 350$
Uy haqida batafsil: https://t.me/umar_shares/728
#ijara
@JoshDeveloper
