uk
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Відкрити в Telegram

(JoshDeveloper) IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Показати більше
4 822
Підписники
-1324 години
-267 днів
+630 день
Архів дописів
Oyliklar haqida gaplashamizmi ? 😋 Men O'zbekistondagi chetel kompaniyalarida to'lanayotgan oyliklarni oraliqini tahminan aytaman. Siz esa o'zbek kompaniyalarinikini aytasiz. Hop, tajribamdan va tanishlarimdan kelib chiqib, tahminimcha oraliq oyliklar bunday: Junior 👦: Ko'pincha 400$ - 700$, ba'zan 700$ - 1200$ gacha Middle 👱‍♂️: Ko'pincha 1000$ - 2500$, ba'zan 2500$ - 3500$ gacha Senior 🧔‍♂️: Ko'pincha 2500$ - 3500$, ba'zan 3500$ - 7000$ gacha (Bular yo'nalishga qarab o'zgarishi mumkin. Buyerdagini Frontend va Backend uchun deb tushunsangiz bo'ladi.) Kanal kommentiga fikringizni qoldiring. Ulashish esingizdan chiqmasin. 😉 Ha yana, endi boshlaganlar oylik haqida o'ylamasdan, 1-2 yil sof tajribaga e'tibor qaratsin. @JoshDeveloper

Kanalimiz 4k bo’libdi. Alhamdulillah. Kanalni endi ochganim esimda. 2021-yil. Qisqa muddatda yaxshi natijaga erishdik Allohni izni bilan. Shu paytgacha birnarsalar ulashishga harakat qildim. Alloh fazl ko’rsatib, kimgadir foydamiz tekkan bo’lsa, biz uchun bu katta natija. Duoda eslasangiz yo’q demayman) Alloh bardavom qilsin. @JoshDeveloper

Shu o’rinda, hayotda yoki internetda biror mentor(ustoz)dan ilm oluvchilarga ham maslahat: 1. Ilm berayotgan insonni hurmatini qiling. 2. Uni malol keltiradigan darajada savol so’ramang. O’rnida va me’yorida so’rang. 3. Bemavrid paytda bezovta qiling. (Yarim tunda yoki juda ham ertalabdan savol so’rab telefon qiladigan, xabar yuboradiganlarga tegishli.) 4. Maslahatlarini qilmasangiz, undan maslahat so’rab ovora qilmang. Aytganini qilmaganingizni ko’rgan ustozni sizdan ko’ngli soviydi. Ilm berishga malollanadi. 5. Hech kim sizning ishingizni qilib berishga majbur emas. Yordam so’rashda bor yukingizni ustozingizga yoki yordam so’rayotganingiz istalgan shaxsga tashlab olmang. Yo’l-yo’riq yoki maslahat olib, o’zingiz qiling. 6. Vaqtini va energiyasini ketkazib, sizga ilm o’rgatayotgan insondan minnatdor bo’ling. Kommentda kutamiz qolganini :). #maslahat @JoshDeveloper

Ilmingizni ziyoda va barokatli bo’lishini kalitlaridan biri, bor ilmingizni ulashishdir. #maslahat @JoshDeveloper

EPAM’da paytim bir loyihada birga ishlagan menejerimga xat yozib yubordim. Rahmat deya. Undan juda ko’p narsalar o’rganganman. Quyida undan olgan maslahatlarim va tajribalarimni qisqacha ma’nolarini yozaman. 1. Katta vazifalarni qismlarga bo’lib, tartib bilan ishlash. 2. Hamma muommoga yechim topa olamiz, faqat bu vaqt masalasi. 3. Yordam so’rashni o’z vaqtini bilish. Juda erta ham emas, juda kech ham. 4. “Middle” dasturchi, “jungli”dan tirik chiqib keta olishi kerak. (U payti Middle’ga endi ko’tarilgandim, shunday maslahat bergan) 5. Kerak vaqtida “investigation” qilish, birdan kod yozishga sho’ng’ishdan ancha yaxshiroq. 6. Kompaniyaga mas’uliyatni o’z bo’yniga ola-oladiganlar yoqadi. Hech kim olmayotgan vazifani sen ol, qadring oshadi. 7. Xato qilish tabiiy hol. Muhimi undan xulosa chiqarish. 8. Ishchilarga maqtovni va rahmatni vaqti kelganda ayamaslik kerak. 9. Ishda hamkasb bo’lish yaxshi, anmo do’st kabi yaqin bo’lib ishlay olish eng yaxshisi. Va hokazo. #maslahat @JoshDeveloper

Hozir shunaqa qilish "moda" ekan😅 Qisqasi, foydali deb bilgan AyTi kanallarni yig'dik va bitta "folder"ga joyladik. Qiziq bo'lsa qo'shib qo'ying, qiziq bo'lmasa, yo'lingizda davom etavering😜

ChatGPT borligi esimdan chiqib qolyapti. Baribir Google qilish osonroq va samaraliroqdek. Juda bo’lmay qolganda esimga tushadi ChatGPT, BardAI. Ko’pincha qo’lda qilinadigan katta vazifalarni qildiryapman. Masalan, qandaydir list tuzish, uni filterlash va hokazo. Siz qanchalik aktiv ishlatyapsiz? Yoki siz ham Google’ni hali ham ko’proq ishlatishni ma’qul ko’ryapsizmi? #chatGPT #bardAI @JoshDeveloper

O’zim shaxsan juda hurmat qiladigan, Islom moliyasi bo’yicha ekspert, Hondamir aka Nusratxo’jaev bir podkastda juda bir foydali intervyu beribdilar. Quyida link qoldiraman. Yaxshi ma’lumotlar bor. https://youtu.be/ZVyEyPZzpvA #tavsiya @JoshDeveloper

Har fikrlarga aldanmang. Odamlar o’zgaruvchan bo’lgani kabi, ularni fikrlari ham vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi. Shaxsan o’zim, odamlarning fikrlariga ishonib qolib, ko’p pand yeganman. Ular esa shunchaki fikrlarini o’zgartirishgan. Fikrlarga aldanmang. Har eshitganingizni rost deb o’ylamang. Bu dasturlashga ham, undan tashqariga ham bog’liq. “Falon [texnologiya, inson yoki boshqa narsa] unday ekan, bunday ekan” kabi gaplar bunga misol. Amaliy mashg’ulot: “PHP is dead” #maslahat @JoshDeveloper

Dasturchi sifatida, o’z sog’liqingizga jiddiyroq qarashingizni maslahat beraman. Kompyuterga uzoq tikilib o’tirish, kamharakatlik, ko’p o’tirish va hkz kabi narsalardan jiddiy kasalliklar kelib chiqadi. Sport bilan shug’ullaning. Chalg’ib turing. (Kompyuter o'yini bilan chalg'imang-a 😅️️️️️️, sport bilan, sayr yoki shu kabi boshqa narsalar bilan chalg'ishni nazarda tutdim.) P.s: Dasturchi do’stlarimiz @sportly_chat guruhini ochibdi. Zalga chiqish, sport haqida yaxshi ma’lumotlar, “mativassa”lar olsangiz bo’ladi. #maslahat @JoshDeveloper

Ha nega kulasizlar ? Akamni to’yiga azgina yetmay qoldida 🤣️️️️️️😅️️️️️️ #joke @JoshDeveloper

Bugun ushbu chegirmani oxirgi kuni. Keyin bunday katta chegirma yaqin orada bo’lmasligi mumkin. Agar 1-2 hafta ichida olaman desangiz, adminga bog’lanib, shu narxda kelishib qo’ysangiz ham bo’ladi. #hurryUp @JoshDeveloper

Dasturlashda hozirgacha bo’lgan yo’lim. Video qilmoqchi edim. Ammo, vaqtim kamlik qildi. Ulgurmas ekanman yaqin orada. Shu sabab yozaqolaman. Uzun bo’lmasligi uchun, faktlar ko’rinishida yozaman. O'ylaymanki Frontendga kirmoqchi bo'lganlarga ham va boshqalarga ham qiziq bo'ladi. 2019 - 2019-yilda dasturlashga kirib keldim. - Eng birinchi CSS o’rganaman deb, C++ kitobini topib o’qiy boshladim. - Kursga qatnashni boshladim. - Keyin CSS boshqa narsa ekanligini tushunib yetdim. 😄️️️️ - Kursda 4 oyga yaqin o’qidim. O’rgangan texnologiyalarim. (HTML, CSS, SCSS, BOOTSTRAP, JAVASCRIPT, JQUERY) - Kursni boshlaganimga 3 oy bo’lar bo’lmas, ishga kirdim. - Shu orada 200 000 so’mga zakaz ham olgandim. 2 hafta qiynalib qilganman. 😄️️️️ 2020 - Birinchi ishimdan 1 oy bo’lmasdan ketdim. Yomon joy ekan. (Qaysi joy ekanini kommentda yozib qoldiring. Siz buni bilasiz) - Uyda tayyorlanib, ikkinchi ishimga kirdim. Orada, (PHP, MySQL)larni o’rgandim va birnarsachalar qilib ko’rdim. - Sog’liqimda muommolar chiqib, ikkinchi ishimdan ketishga majbur bo’ldim. Batafsil. - Boshqa ish joyiga kirdim. Ularga 2 ta loyihani to’liq topshirdim. Pul berishmadi. Ketdim. - Zakazga loyihalar qilish yo’liga o’tdim. - Angular o’rganishni boshladim. ⚡ - O’z jamoamni tuzdim. - Yil oxirigacha zakazlar va loyihalarim ustida ishladim. 2021 Davomi postga sig’madi, qolgani kommentda ⬇️ #experience @JoshDeveloper

- Nega TypeScript’da yozasiz? - “any” ishlatish uchun. Inspired by true story #joke @JoshDeveloper

Dasturlashga kirishimdan boshlab, to hozirga qadar bo’lgan batafsil sarguzashtimni yozsam, sizga qiziqmi? 🌚 Nimalar haqida batafsil to’xtalib o’tay? @JoshDeveloper

“Nima uchun dasturlash hammaga emas ?” nomli mavzuda yaxshi podkast bo’ladiganga o’xshaydi inshaaAlloh Link: https://t.me/mohirdev/1927 @JoshDeveloper

Tez, lekin sifatsiz kod yozish. 🚫 Biroz sekin, lekin sifatli kod yozish. ✅ Sifatli va tez kod yozish esa katta tajriba ortidan keladi. Boshidan sifatli yozishga o’rgansangiz, tez va sifatli yozish darajasiga ham tezroq chiqasiz. Ba’zan tez qilish kerak deb shoshishadi menejerlar, shunda ham o’zingizni bosib, sifatni unutmasdan yozishga harakat qiling. Birnecha bor davomiy shunday qilsangiz, yo tezlingiz oshadi, ham sifatli yozasiz, yoki menejerlar sekinroq yozishingizga o’rganib qolishadi, siz esa sifatni ushlay olasiz. #specialMaslahat @JoshDeveloper

Google’dagilar idx.dev degan platformani ishlab chiqishibdi. Browser’dan turib Full-stack dastur yozish uchun deyishyapti. Hali ishlatib ko’rmadim, “waiting list”daman. Ko’ramiz nima hunar qilishgan ekan. 🌚️️️️️️ Qiziq :) #idx @JoshDeveloper

TailwindCSS manga yoqdi. Nimasini “hate” qilishyapti ekan. Bittasi, class’lar ko’payib ketadi. Lekin IDE’larni ko’pisida “Tailwind Fold” nomli extension bo’lsa kerak. Class’larni yashirib turadi bilan. Eng yoqqani, biror element ustida turib, uni “child”lariga stil bera olish, harxil “selection”lar qila olish bo’ldi. #tailwind #frontend @JoshDeveloper

Frontint.uz kursiga 15-avgustgacha 30% chegirma e’lon qilaman. Kurs qulayligi uchun, har bir mavzu daqiqalari yozib chiqildi. Endi istalgan mavzuyingizni topib o’rgana olasiz. Orada o’zim Zoom meeting’lar ham qilib, savollarga javob berib borishni yo’lga qo’yaman inshaaAlloh Xullas, shoshiling :) @JoshDeveloper