Umar Sadullayev | Blog
Відкрити в Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Показати більше4 794
Підписники
-624 години
-307 днів
-2130 день
Архів дописів
Endi nechi soat vaqtingizni oxiratga zahira to'plashga ajratasiz ?
Masalan: kitob o'qish, ilm olish, Qur'on o'qish, namoz va boshqa barcha ibodatlar .
Bir kunda 8 soat uxlashdan tashqari, nechi soat vaqtingizni bekorga, dunyoga ham dinga ham foydasi yo'q ishlar bilan o'tkazasiz ?
#DevFestSpeakers #offline
Our next speaker!
⠀
👨💻Ulug’bek Samigjonov, Lead software engineer at EPAM
📰 Topic: "Angular app performance optimization"
⠀
See you at DevFest Tashkent 2021:
- Online on December 11 @ YouTube
- Offline on December 12 @ New Uzbekistan University
🗺 54, Mustakillik avenue, Tashkent Uzbekistan, 100007
🎟 To attend the event, registration is required. You can get your free ticket here:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-gdg-devfest-tashkent-2021/
⠀
@gdgtashkent
#EPAM_Events
Onlayn test konferensiyasiga qo'shiling!
Turli joylardan kelgan ishtirokchilar jamoasi foydali yangi yil syurprizi – "ProQuality 2021" onlayn konferensiyasini yaratish ustida ishladilar.
20 ta ma'ruzachi IT sifati haqida gapirish uchun bir platformada to'planadi. Ro'yxatdan o'ting va taqvimingizga sanani saqlab qo’ying: 17-dekabr!
💥 Sizni ikkita parallel jonli efir kutmoqda. Menejerlar va texnik mutaxassislar so'nggi yangiliklar, muvaffaqiyatlari haqidagi hikoyalar va trendga chiqqan testlash uslublari haqida gapirib berishadi. Konferensiya rus tilida bo‘ladi.
Ro'yxatdan o'ting, oqimga ulaning va zavqlaning.
Do'st tanlashga e'tibor bering!
Siz, ha siz, ayni damda kimlar bilan do'st bo'lib yurganingizni bilasizmi ?
Kimlar bilan vaqt o'tkazyapsiz ?
Kim bo'lishidan qat'i nazar, do'st tanlashda ehtiyot bo'ling.
Sizga foydasi yo'q narsalar haqida gapirsa, bekorchi vaqt o'tkazishga targ'ib qilaversa, Allohdan uzoqlashishingizga sabab bo'lsa bunday do'stdan qutuling.
Mayli, yolg'iz qoling, ammo sizni yo'lingizda yuk bo'ladigan keraksiz narsalarni uloqtiring.
Zero, U kun(Oxirat)da Alloh yo'lida do'stlashgan do'stdan boshqa hammasi sizga dushmandir.
Shunday ekan haqiqiy do'st sizni Allohga yaqinlashtiruvchi do'stdir. Qolgani dushman!
Siz kimlar bilan bo'lsangiz, o'shalardansiz. Manzilingiz ham bir bo'ladi.
Atrofingizda kimlar borligiga e'tibor bering.
Adashmang.
@JoshDeveloper
Consolega nima chiqadi ?
let x = 1; let y = "1"; let result = x + +y + (x == y) console.log(result)
Javascriptdan Ninja bo'lmoqchimisiz?
Unda bu kanal aynan siz uchun.
✅ Eng so'nggi yangiliklar
✅ Foydali Postlar
✅ Yangi Maqolalar + (ES6)
✅ Quizz Testlar
Barchasi bizning @jstutorial kanalimizda.
#JavaScript dasturlash tilini birgalikda o'rganamiz.
Qur'on o'qishni o'rganish har bir mo'min-musulmon uchun baxt bo'lsa kerak.
Kimdadur offline darslarga imkoniyat bo'lmasa, yoki qo'shimcha o'rganmoqchi bo'lsa,
Quyidagi kanalni maslahat beraman.
Ushbu kanalda, ham nazariy, ham amaliy darslar mashxur ustozimiz Jahongir qori Ne'matov tomonlaridan o'tilgan.
https://www.youtube.com/c/IslomSaboqlariuzb/playlists
@JoshDeveloper
Bugun bir afsuslanarli narsaga amin bo'ldim.
O'zbekcha bekorchi, kulguli, foydasiz videoalarni minglagan odamlar ko'rishgan ekan.
Qur'on o'qitish darslarini esa atigi 88 ta odam ko'ribdi.
"Nimani qadrlayapmizu, nima qadrli ?
Nima hayot-u oxiratimizga foydali-u, nima zarar ?
Nimani ortidan quvyapmiz-u, nimani yo'qotyapmiz ?
Nimaga erishdik-u, nimadan mahrum bo'ldik ?
va
Oxiratga NIMA tayyorladik-u, nima uchun hotirjammiz ?"
Bilmayman.
@JoshDeveloper
Oxiri Googlega shu so'zlarni yozishga majbur bo'ldim. 😢
Afsuski, umuman olganda youtubeda men xohlagan ishni qilishni iloji yo'q.
Ammo youtubega "Send feedback" tugmasi orqali davlatlarni filter qila oladigan yangi filter qo'shishlarini yoza olamiz. Koshki qo'shishsa 😢
@JoshDeveloper
Suhbatda Framework/Kutubxonaga o'tish uchun JavaScriptning qay darajada bilishimiz kerak deb ko'p savol berishdi.
Vaholanki, ushbu mavzu bo'yicha batafsil ikkita post yozganman.
1. JS ni bilmasdan Framework/Kutubxonaga o'tib ketish
2. Framework/Kutubxonaga o'tish uchun JSdan nimalarni bilish kerak.
@JoshDeveloper
Tepada aytilgan suhbat bo'yicha yozib olingan audio.
Marhamat.
@JoshDeveloper
10 daqiqadan so'ng suhbatimiz boshlanadi.
InshaaAlloh
*
*
*
Tayyorlanib turing 😉
@JoshDeveloper
Ingliz tilidan yangi so'z o'rganishni davom etamiz.
Bugungi o'rganadigan ajoyib so'zimiz bu:
to split hairs - maydalashmoq
Example: Let's not split hairs on amount of salary.
Ma'nosi: Keling oylik miqdori haqida maydalashib o'tirmaylik.
Endi sizning navbatingiz, ushbu so'zdan foydalanib qanday gaplar tuza olasiz ?
#english
@JoshDeveloper
Agar bir yosh dasturchi sizdan savol so'rasa, unga to'g'ridan to'g'ri javobni emas, balki googledan qidirishni o'rgatib qo'ying.
Shunda deyarli boshqa savol berishga xojati qolmaydi. 😉
© Josh*
@Joshdeveloper
Diqqat yangilik! :)
EPAMda Middle JavaScript(ReactJS) dasturchisi bo'lib ishlaydigan yaqin do'stimiz bilan suhbat uyushtirishga kelishib oldik.
Siz u inson taniysiz :)
U inson @umarMuhandis
Suhbat kuni va sanasi: 5-dekabr, Yakshanba, 16:00
Suhbatda:
1. Junior va Middle dasturchilardan nimalar talab etiladi ?
2. Kutubxona va framework tanlash.
3. EPAMga kirish jarayoni, uyerda ish jarayoni qanday kechishi
haqida so'z yuritib o'tamiz.
Suhbatni @JoshDeveloper telegram kanalimda uyushtiramiz.
Albatta savol berishingiz ham mumkin.
@JoshDeveloper
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
