cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

O‘zMU Jizzax filiali Iqtidorli talabalari

🏛 O'zMU Jizzax filliali Iqtidorli talabalari kanali 📡 Yangiliklar | e'lonlar | grantlar | konferensiyalar | anjumanlar | tanlovlar Murojaatlar uchun: 📩 @Iqtidorli_bot

Більше
Рекламні дописи
267
Підписники
Немає даних24 години
-37 днів
-1530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

🇺🇿 Nihoyat, suhbat natijalari sarhisob qilindi. Bu yilgi suhbat juda ham qiziqarli hamda o’ta yuqori raqobat ruhida o’tdi. 👩‍🔬👨‍🔬Juda ko’plab nomzodlar ushbu suhbatda yaxshi taassurot qoldirishdi. Afsuski, qatnashuvchilar soni chegaralanganligi sababli baholash kriteriyalari va dastur prioritetlariga asosan 16 ta nomzod ushbu yildagi Biotexnologiya Yozgi maktabiga qabul qilindi. Qabul qilinganlar ro’yxati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. 🙏Biz barcha ishtirokchilarni kelajakda ko’plab muvaffaqiyatlarga erishishlariga ishonamiz hamda ularning kelajakdagi faoliyatlariga omad tilaymiz. 🇬🇧 Finally, the results of the interview were summarized. This year's interview was both exciting and very competitive. 👨‍🔬👩‍🔬Many candidates made a good impression in this interview. Unfortunately, due to the limited number of participants, 16 candidates were accepted to this year's Biotechnology Summer School based on evaluation criteria and program priorities. You can check the list of accepted candidates here. 🙏We wish all participants continued success and good luck in their future endeavors.
Показати все...
Selected Candidates_Biotechnology_Summer_School_2023

Final Selection List of accepted students to the CAT Biotechnology Summer School 2023 Name ,Study place,Major Shahzod Tojiyev ,Samarqand davlat Veterinariya Meditsinasi Chorvachilik va Biotexnologiyalar universiteti ,Biotexnologiya,MUHIM:,Qabul qilinganlar, ushbu yozgi maktabda ishtirok etishlar...

Repost from Yoshlar Akademiyasi
Фото недоступнеДивитись в Telegram
❗️Diqqat e'lon❗️ 🗣 “Boʻlajak olim” tanlovining 2023-yildagi mavsumida iqtidorli yoshlarning STARTAP loyihalari boʻyicha arizalar qabul qilish boshlandi❗️ 💡 Topshiriladigan startap loyiha shartlari: 🔹 Startap loyiha an'anaviy biznes turlaridan ilmiy yangiligi yoki innovatsion elementiga asosan farqli bo'lishi; 🔹 Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi; 🔹 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi; 🔹 Startap loyiha uchun talab qilinadigan mablag'lar BHMning 3000 baravaridan oshmasligi; 🔹 Startap loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati bir yilgacha boʻlishi. ❌ Ilmiy g'oyalar va loyihalar Startap o'rnida qabul qilinmaydi 📌 Eslatib o‘tamiz: Tanlov doirasida Startap loyihalar boʻyicha takliflar joriy yilning 30-noyabr kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi. ‼️ Batafsil ma'lumot. ________ Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o'z hissangni qo'sh Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#zoom #seminar 🚛Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining barcha talabalarini START UP (zoom) seminariga taklif qilamiz. Seminardan ko'zlangan maqsad: 📍Talabarni Sentabr oyidan tashkil etiladigan START UP kulubiga haqida ma’lumot berish 📍O'zlarining g'oyalarni, start up loyihalarini shakillantirish haqida tushunchalar berish 📍Talabalarni nomdor stependiya va start up tanlovlarda ishtirok etishlariga ko'nikmalar berish 📍Unda sizlarni 22-iyul kuni soat 10:00 da Zoom orqali bo'lib o'tadigan seminarimizga taklif qilamiz. Zoom https://us05web.zoom.us/j/87113273106?pwd=aeZDeJoNTtjklclpCMV7jZtDNqgdsW.1 Идентификатор конференции: 871 1327 3106 Код доступа: 4cETdX — Seminarga o'z startap g'oyasi yoki loyihasiga ega barcha tashabbuskor yoshlar, ixtirochilar, talabalar va professor-oʻqituvchilari ishtirok etishlari mumkin. #tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Matbuot xizmati Telegram 🧊Instagram 💬 Facebook 🎬You tube 🌍Jbnuu.uz 📞 Sarvar Suvonov
Показати все...
Hurmatli talabalar va magistlar! 2023-2024-o'quv yili uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar tanlovi boshlanganini ma'lum qilamiz. 👉Prezident stipendiyasi uchun barcha fanlarni doim a'loga o'zlashtirgan, eng kamida 4 ta maqolasi (yoki tezisi)e'lon qilingan faqat 2-kurs va 3-kurs talabalari hujjat topshirishi mumkin. 👉Navoiy hamda Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari uchun barcha fanlarni a'loga o'zlashtirgan (ko'pi bilan 25 % yaxshi), eng kamida 4 ta maqolasi (yoki tezisi) e'lon qilingan oxirgi ikki kurs talabalari (3-4 kurslar) hujjat topshirishi mumkin. Masalan, 4 yillik o‘qishda 3-4 kurslar, 6 yillik o‘qishlarda esa 5-6 kurs talabalariga tayinlanadi. 👉Hujjatlar yig'ma jildining ustiga talabgorning F.I.Sh. qaysi stipendiya uchun talabgor ekanligi ko'rsatilishi lozim. Yig'ma jild tarkibiga quyidagilar kiritiladi: 1. Fakultet dekani tavsiyanomasi. 2. Kafedra mudiri tavsiyanomasi (sohasiga qarab). 3. Ilmiy rahbar xulosasi. 4. OTMda tahsil olish davomida e'lon qilgan ilmiy-ijodiy ishlar ro'yxati. 5. OTMda tahsil olish davomida e'lon qilgan ilmiy-ijodiy ishlarining sifatli nusxasi. 6. OTMda tahsil olish davomida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning sifatli nusxasi (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va b. ) Hujjatlar joriy yilning 25-iyun kuniga qadar filialning Iqtidorli talablar bo‘limi tomonidan qabul qilinadi. MUROJAAT UCHUN @BoltaevaMokhichekhra +998973252012
Показати все...
Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi Rossiya Federatsiyasi Qozon shahrida rivojlanish dasturida ishtirok etmoqda. 🚛 Rossiya Federatsiyasi Qozon shahrida joylashgan Qozon (Volga bo'yi) Federal Universiteti mezbonligida munosabatlari yanada mustahkamlash maqsadida "Yozgi universitet" talabalar almashunivi dasturi asosida Dunyoning 30 mamlakatlaridan 300 nafar talabalarni Qozon ( Volga bo'yi ) Federal Universitetida 2 hafta davomida bo'lib o'tadigan yozgi dastiga jalb qilindi. Ushbu dasturda Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali "Psixologiya" fakulteti 3-bosqich talabasi Nizomov Bexruz ham munosib ishtirok etmoqda. 🚛 Rossiya Federatsiyasi  tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi va finalchilarning dasturda ishtirok etishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar, jumladan, xalqaro aviachiptalar, turar joy va ovqatlanish xarajatlarini qoplaydi. 🚛 Dunyoning xar xil mamlakatlaridanb kelgan 300 nafar talaba Qozon ( Volga bo'yi ) Federal Universitetida 14 kunlik almashinuv dasturida qatnashish uchun munosib tanlov orqali tanlab olindi. Dastur 2023-yil 10-iyundan 23-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Matbuot xizmati
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⭕️⭕️⭕️ 💡 Hurmatli talabalar !!! 🚛 Mirzo Ulug'bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali hozirda respublikamizda yetarlicha nufuzga erishib kelmoqda. 🚛 Siz ushbu filialimiz nufuziga eng ko'p hissa qo'shib kelayotgan xodim sifatida kimlarni (ovoz berasiz) e'tirof etasiz? 🎙️ Ovoz berish jarayoni bugun 23:59 gacha davom etadi. ➡️ OVOZ BERISH 👤 Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Matbuot xizmati Telegram 🧊Instagram 💬 Facebook 🎬You tube 🌍Jbnuu.uz 📞 Sarvar Suvonov
Показати все...
Olim yetishtirgan onalar 2-qism.pdf1.57 MB
Olim yetishtirgan onalar 1-qism.pdf17.98 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi 2023-yilning 10-20-iyun kunlari oralig‘ida tashkil etiladi. ➖ Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi. ➡️ G‘oliblar ikki bosqichda saralab olinadi: 1️⃣ nazariy topshiriqlar – 50 ta test, maksimal 50 ball; 2️⃣ amaliy topshiriqlar – tegishli fan bo‘yicha 1 ta topshiriq, maksimal 50 ball. 👉 Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi. Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi. Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Показати все...
#tabriklaymiz #ulug'bek_vorislari 📚Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti Biotexnologiya yo’nalishi 3-kurs talabalari Anvarov Bobur "Bioyoqilg'i ishlab chiqarish", Nuriddinov Javlon "Biogaz ishlab chiqarish" , Abdug'aniyev Axror ''Study work'' loyihasi bilan Iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash “Ulug’bek” jamg’armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovining 2023-yil 24-mayda bo'lib o'tgan Respublika bosqichida g'olib deb topildi va har birlariga 6 mln so'm pul mablag'lari tantanali ravishda topshirildi. 🚛 Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori, professor O.Turakulov go'liblarni yana bir bor erishgan yutuqlari bilan qutladilar. So'z tabirida bu kabi yangi loyihalar yurtimiz rivoji uchun ulkan hissa bo'ladi deydi: O.Turakulov 🚛 Talabalarimizni filial professor-o’qituvchilari va talabalari nomidan tabriklaymiz, keyingi ishlarida muvaffaqiyatlar yor bo'lsin. Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Matbuot xizmati Telegram 🧊Instagram 💬 Facebook 🎬You tube 🌍Jbnuu.uz 📞 Sarvar Suvonov
Показати все...
БР_2023_для_вузов.pdf2.08 MB
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.