cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

“Tasnim” nashriyoti | 📚

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيمْ Bog'lanish: @Tasnimadmin 📞 : +998931132717 +998908137172 Instagram - instagram.com/tasnimbooks Taklif va savollar - @tasnimbooks_bot

Більше
Рекламні дописи
1 872
Підписники
+524 години
+357 днів
+5830 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

00:10
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#kitob #Ali_va_Fotima_roziyallohu_anhumo Siz ham bu kitobni mutolaa qildingizmi? Izohda fikr-mulohaza va kitobdan iqtiboslar kutib qolamiz. 🙂 📚@Tasnimbooks — Saodat asri sarhadlariga birga yoʻl olamiz!
Показати все...
3.51 MB
🥰 7🔥 4💯 2
00:08
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#kitob #Turkiston_kechalari Noib amirimizni zindonband qilgan bo‘lsa-da, fursat topilishi bilan uning yaqinlariga gap tashlar, shu orqali malikaga ega chiqishni ko‘zlardi. Amirimizning alamlari dunyoni to‘xtatib qo‘yganday, chunki u qasrdan zindonga tashlangan, xojadan qulga aylangandi. Ayt-chi, Alloh va Uning rasuliga iymon keltirmagan kofirning buyruqlariga itoat etiladimi? Bordi-yu, mendan mag‘lubiyatga uchragan podshohlarning holi haqida so‘rasang, ular juda ham kam yig‘laydilar, bo‘g‘izlarida qotgan alamlari qalblarni larzaga keltiradi, degan bo‘lardim. U alamlar olovli to‘fonga aylanib, rahm-shafqat nimaligini unutadilar. Amir yoniga bu ishlardan sarosimaga tushib, qaltiroq ichra bordim. Meni ko‘rgan amirim so‘z boshladi: – Nega kelding, ey Mustafo? – Sizsiz boshimiz qotdi, amirim. – Barchangiz er kishisiz, bu ishda ham Allohning hikmati bor. 📖 “Turkiston kechalari” — Najib Kiyloniy 💸: 3⃣0⃣ 000 so‘m Murojaat uchun: @Tasnimadmin TelegramInstagramFacebook
Показати все...
2.32 MB
👍 3🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#kitob #Olcha_daraxti Kichkina shahzodani yaxshi ko‘raman, ammo baribir eng sevimli qahramonim — Kosimo. Boshlang‘ich sinfda o‘qiyotganlarida onalari sovg‘a qilganlari uchunmi, dadam ham bu kitobni juda yaxshi ko‘radilar. Buvim kitob muallifini tanir ekanlar, ular do‘st bo‘lishgan ekan, hatto buvim uni yaxshi ko‘rgan ekanlar. Buni unchalik tushunolmadim-u, menimcha, kimnidir yoqtirib, do‘st bo‘lasiz yoki umuman yaxshi ko‘rasiz. Bu ikkisi, do‘stlik va muhabbat tamoman boshqa-boshqa narsa, ularni bitta deyolmayman. Buvim doim do‘stlar Kosimo va qaroqchi kabi birgalikda kitob o‘qiydi derdilar. Agar Kosimo bilan uchrashib qolganimizda, birgalikda juda ko‘p kitoblar o‘qigan bo‘lardik. 📖 "Olcha daraxti bilan oramizdagi masofa" — Paola Peretti 💰3⃣5⃣ ming so'm TelegramInstagramFacebook
Показати все...
👍 3🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#iqtibos Dunyodagi eng baxtli inson 📚Kimga kitob o'qish oson qilib qo'yilgan bo'lsa, shubhasiz, u inson baxtlidir. Chunki bunday inson olam bog'laridan gul-u mevalar uza oladi, dunyo ajoyibotlari hamda zamon va makon oralig'ida sayr eta oladi. — Doktor Oiz Qarniy TelegramInstagramFacebook
Показати все...
💯 7🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#kitob #Gunohning_rangi Mehrni nojoiz qalblarga tutmoq uvoldir! 📖 "Gunohning rangi" — Ahmad Gunbay Yildiz Telegram | Instagram | Facebook
Показати все...
👍 3🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#kitob #Alloh_bilan_kõngil_suhbati_namoz Alloh gohida qalbimizni sinovdan o‘tkazish uchun harakatlarimizni puchga chiqaradi. Bor imkonimizdan ayrilgan vaqtdagi qalbimizning holiga qaraydi. Eshik qoqib hech kim kirib kelmaydi. Do‘stlaringiz ko‘ksingizga xanjar uradiki, bajarayotgan amallaringiz kim uchun ekanini anglab yeting: Alloh uchunmi yoki odamlar uchun? 📖 "Alloh bilan ko'ngil suhbati — namoz" — Mehmet Yildiz TelegramInstagramFacebook
Показати все...
🔥 8👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#kitob #Turkiston_kechalari – Ey qizim, g‘olib va mag‘lub o‘rtasidagi munosabatlarda e’tiqod va hur qizning istaklari e’tiborga olinmaydi. – Boshi berk ko‘chaga kirib qolgan amir yon-veriga qaradi, shundagina qasr havosi og‘irlashganini, nafas olishga qiynalayotganini sezdi. Asabiylashganidan dasturxon chetini barmoqlari bilan o‘ynay boshladi: – Xo‘sh... – Undan ko‘ra o‘lganimiz yaxshi! – Nima uchun? – Allohning amri kelgindilar istagidan ustun! – Amir biroz o‘ziga kelib, kichik malikani bag‘riga bosdi. Qizining ko‘zlarida mardona shijoat porlardi. Gulday go‘zal yuzida qo‘rquvdan ko‘ra hurlik uchun o‘limga-da tayyor turgan qalbining holi zohir bo‘lardi. So‘ng xo‘rsinib yig‘lab yubordi: – Hech tasavvur qilolmayapman, otajon… Qanday qilib yosh qizaloqni bu kabi xo‘rlash mumkin? Bundan ko‘ra qatl maydoniga borish oson. 📖 “Turkiston kechalari” — Najib Kiyloniy 💸 Narxi: 30 000 so‘m Murojaat uchun: @Tasnimadmin TelegramInstagramFacebook
Показати все...
🔥 3👍 1
#kitob #Ali_va_Fotima_roziyallohu_anhumo Fotima o‘zini Islomga bag‘ishlagan, din uning butun jism-u joniga, suyak-suyagiga singib ketgandi. U nafaqat xulqda, balki aql va tafakkurda ham har jihatdan otasi Nabiy alayhissalomga haqiqiy voris edi. Yuksak zakovat, mukammal xulq, halimlik va tavoze Fotimaning qiymatini yanada baland qilardi. Hech kimga ozor bermas, fikr-u yodi Alloh roziligini qozonish bilan band bo‘lardi. Saxiy, qo‘li ochiq, o‘zida borini ikrom qilar, zohidona hayot kechirardi. Ibodatga tashna, ixlos-u taqvoda Payg‘ambarimiz alayhissalomning bir parchalari edi go‘yo. U Alloh taoloning insonni ta’riflab: "…haqiqatan, Biz insonni xushbichim (shaklda) yaratdik", degan oyati karimasiga ko‘zgu tutuvchi go‘zal shaxsiyat edi. 📖 “Ali va Fotima roziyallohu anhumo misolida saodatli oila bayoni” — Ali Haydar Zug‘urlu 💸 Narxi: 45 000 ming so‘m. Murojaat uchun: @Tasnimadmin TelegramInstagramFacebook
Показати все...
🔥 2🕊 1
00:06
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#kitob #Zamzamning_onasi_Hojar 🍂Hojar – g‘ariba, kimsasiz, vatansiz, manzil-makonsiz Ibrohimning imtihoni bo‘lganini bilmaydi. Ibrohimning nimalar bilan sinalganini bilmaydi. Allohga yaqinlikning sinovi og‘ir bo‘lishini bilmaydi. Ibrohimning qurbonligi bo‘lganini bilmaydi. Bilsa-da, yana tabassum qilaveradi. Hojar shunday ayol... Ibrohim kimni suygan bo‘lsa, bu dunyoda u bilan sinalganidan Hojar bexabar. Ibrohimning taqdiri shu: sevganini qurbon qilish! O‘zdan voz kechish – Ibrohimning qismatidir. Ibrohim uni qattiq sevgani uchun uzoqlarga tashlab kelganini Hojar bilmaydi. 📖 “Zamzamning onasi – Hojar” – Sibel Eraslan TelegramInstagramFacebook
Показати все...
2.29 MB
🔥 2🥰 1🕊 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#kitob #Olcha_daraxti 🍒Maktabimizdagi olcha daraxti qish faslida juda mahzun, g‘amgin bo‘lib qoladi. Uning barglari kapalaklar bilan ta’tilga, dam olishga ketishadi. Daraxt tanasidagi dev esa o‘ziga rang-barang ko‘rpa va yopinchiqlar to‘qib olish uchun uning shoxlaridagi gullarni uzib oladi. ☁️Olcha daraxtini yam-yashil yaproqlarisiz uzoqdan ko‘ra olmayman. Baxtimga Estellaning hushtagi bor, hushtakdan daraxtga yaqinlashib qolganimizni bilib olaman. Qolaversa, dadam ham maktabga yetib qolganimizni aytadilar. Avvallari maktabga yolg‘iz kelish uchun juda kichkinalik qilardim. Endi esa Stargardt tumani tufayli kattalarsiz ko‘chaga chiqishimga hech qachon ruxsat berishmaydi... 📖 "Olcha daraxti bilan oramizdagi masofa" — Paola Peretti TelegramInstagramFacebook
Показати все...
🔥 4🥰 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.