cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

NAVOIY VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMI

🏛 Navoiy viloyati yuridik texnikumi rasmiy kanali. ♻️ Murojaat uchun: 📩 @nvyut_bot - telegram ☎️ +998 (79) 223-07-28 📍Manzil: Navoiy sh., M.Tarobiy, 105.

Більше
Рекламні дописи
618
Підписники
-124 години
-87 днів
-1430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

DIQQAT “ZAKOVAT” BILIMDONLARI SARALANMOQDA 📆 -  2024-yil 7-may (seshanba) kuni soat 12.00 da, 116-o'quv xonasida  “ZAKOVAT” intellektual o’yini uchun saralash tanlovi bo’lib o’tadi. 👥 - O’yinda texnikum o'quvchilari jamoa sifatida ishtirok etishadi. Savollarga eng ko’p to’g’ri javob bergan jamoa g’olib sifatida e’lon qilinadi. ❗️ Imkoniyatni qo’ldan boy bermang, asosiy bilimdonga aylaning, uyg'oning va ishtirok eting! 🌍 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:  Telegram | Instagram | • Facebook | • Web-site
Показати все...
🔥 3
#IBRAT ⚡️U boshqalarga o‘xshab tilanchilik qilishi mumkin edi. Biroq, nomusi shu holatida ham sog‘lardan-da ko‘p ish qilishga majbur qildi... Alloh bizni butun qilib yaratdi, jamiyatga foydali inson bo'lishga harakat qilaylik!
Показати все...
MUROJAAT TURLARINI BILASIZMI? Qonunchiligimizda murojaat turlari qo'yidagicha: 1️⃣ Ariza. 2️⃣ Taklif. 2️⃣ Shikoyat. 1️⃣ Ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat. 2️⃣ Taklif- davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat. 3️⃣ Shikoyat- fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to'g'risidagi talabi bayon etilgan murojaati.
Показати все...
👍 1
JAHON GEOSIYOSIY HARBIY-SIYOSIY VAZIYATINING ILMIY TAHLILI Navoiy viloyati Milliy gvardiyasi qo’riqlash boshqarmasida "Geosiyosiy maydondagi harbiy-siyosiy vaziyat va uning rivojlanish tendensiyalari" mavzusida o’quv-seminar o’tkazildi. Seminarda Navoiy viloyati yuridik texnikumi direktori o’rinbosari Dilshod Murtazayev ma’ruza qildi. Bugungi zamonaviy davrdagi eng dolzarb geosiyosiy masalalarni o’ziga qamrab olgan geosiyosiy harbiy-siyosat va undagi zamonaviy tendensiyalar, ularning hususiyatlari, shakllanishi, geosiyosatga ta’sir qiladigan omillar, O'zbekistonning mintaqdagi tashqi siyosiy o'rni va nufuzi masalasi haqidagi mazkur ma’ruza savol va javoblarga boy bo’ldi. Mazkur seminar ZOOM dasturi orqali viloyat Milliy gvardiyaninng barcha tuman va shahar bo’linmalariga ham uzatildi. ⚖️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🚀 Telegram | 📷 Instagram |🔵 Facebook |🔵 nvyut.uz
Показати все...
👍 1
#Adliya_xabari Adliya vazirligi yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida “Fuqarolik va maʼmuriy sud ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi. 👉Batafsil @adliyangiliklari
Показати все...
#Namunaviy_sud_protsessi ⚡️Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o'quvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan "Fuqarolik va ma'muriy sud ishlari bo'yicha namunaviy sud protsessi" tanlovining 1-kuni jarayonlaridan lavhalar. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | • Instagram
Показати все...
👌 1
⚡️Bugun Navoiy viloyati yuridik texnikumida "Yil advokati - 2023" tanlovi g'olibi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
‼️"Mintaqaviy muloqot" xalqaro tashkiloti va texnikum hamkorligida "Yil advokati - 2023" tanlovi g'olibi Dilfuzaxon G'aybullayeva ishtirokida "Ayollar va bolalarni himoya qilish" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. ✅Texnikum direktori o'rinbosari D.Murtazayev moderatorligida o'tgan mazkur muloqotda D. G'aybullayeva va xalqaro tashkilot vakili Nozima Shamsiyeva ayollar va bolalar huquqlari, ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish va GZ (gender zo‘ravonlik) haqida xabardorlikni oshirish bo‘yicha o`zining advokatlik amaliyotidan misollar keltirdilar va o'z shaxsiy fikr mulohazalari bilan bo'lishdilar. 📌Uchrashuvda o'quvchilar sudda advokatning o'rni, advokat bo'lish tartibi kabi o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va mavzu yuzasidan takliflar berishdi. Ochiq muloqot jonli va bahs-munozaralarga boy bo'ldi. ⚖️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🚀 Telegram | 📷 Instagram |🔵 Facebook |🔵 nvyut.uz
Показати все...
🔥 1😁 1
⚡️Bugun Navoiy viloyati yuridik texnikumida "Yil advokati - 2023" tanlovi g'olibi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
‼️"Mintaqaviy muloqot" xalqaro tashkiloti va texnikum hamkorligida "Yil advokati - 2023" tanlovi g'olibi Dilfuzaxon G'aybullayeva ishtirokida "Ayollar va bolalarni himoya qilish" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. ✅Mazkur muloqotda D. G'aybullayeva va xalqaro tashkilot vakili Nozima Shamsiyeva ayollar va bolalar huquqlari, ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish va GZ (gender zo‘ravonlik) haqida xabardorlikni oshirish bo‘yicha o`zining advokatlik amaliyotidan misollar keltirdilar va o'z shaxsiy fikr mulohazalari bilan bo'lishdilar. 📌Uchrashuvda o'quvchilar sudda advokatning o'rni, advokat bo'lish tartibi kabi o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va advokatga mavzu yuzasidan takliflar berishdi. Ochiq muloqot jonli va bahs-munozaralarga boy bo'ldi. ⚖️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🚀 Telegram | 📷 Instagram |🔵 Facebook |🔵 nvyut.uz
Показати все...
"Yoshlar va qonun" tanlovi viloyat bosqichi bo'lib o'tdi Navoiy shahar Yoshlar markazida "Yoshlar va qonun" tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Mazkur tanlovning 18-30 yosh yo'nalishida Navoiy viloyati yuridik texnikumining "Farovon" mahallasida isteqomat qiluvchi 3 nafar yoshlari ham ishtirok etishib, 4 ta shart bo'yicha o'zaro bellashishdi. Murosasiz kechgan tanlovning viloyat bosqichi yakunida "Farovon" MFY ning Liberallar jamoasi faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi. G'olib jamoalarga tashkilotchilarning esdalik sovg'alari va diplomi topshirildi.
Показати все...
👍 3
⚖️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🚀 Telegram | 📷 Instagram |🔵 Facebook |🔵 nvyut.uz
Показати все...
👍 2