Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov
Відкрити в Telegram
-Python dasturlash tilidan o'zbekcha ma'lumotlar. -Dasturlashga oid masalalar. -Ko'plab qiziqarli ma'lumotlar. Guruh: @pyuzgroup Aloqa: @pyuz_bot
Показати більше469
Підписники
-224 години
-27 днів
+230 днів
Архів дописів
Repost from Jakhongir Rakhmonov - IT
Agar vaqt orqaga qaytib qolganda shu tilni birinchi o’rgangan bo’lar edim
Yohud “Birinchi bo’lib Pythonni o’rganganim xato bo’lganmi?”
Dasturlashni universitetning 2chi kursida o’rganishni boshlaganman. Universitetda VB.NET o’rgatishgan. O’zim esa universitetdan tashqari PHP o’rganganman. 3chi kurs boshida birinchi haqiqiy ishimga kirib Pythonni o’rganganman va undan so’ng deyarli 95% Python bilan ishlaganman. Hullas birinchi yaxshilab o’rgangan tilim Python bo’lgan.
Hozir esa AWSda Rust tilida ishlab kelyapman. Pythondan eng katta farqlari bu Type System borligi, Garbage Collection yo’qligi va Threadlar bilan bemalol ishlay olishida menimcha. Pythonda GIL borligi uchun odatda faqat bitta thread bilan ishlanadi. Asosan synchronous kod yoziladi. Synchronous kod yozish ancha osonroq. Bularning barchasi odamni erkalatib qo’yar ekan. Rust ancha qattiq qo’lroq va asynchornous kod har qadamda uchragani uchun sal qiynaldim. Ko’p narsalarni boshidan o’rganib chiqishimga to’g’ri keldi.
Shuning uchun ham birinchi Pythonni o’rganganim to’g’ri bo’lganmi yo’qmi deb o’ylab qoldim. Hulosam quyidagicha bo’ldi.
Agar men studentlik paytimga qaytib qolganimda va ishlab pul topishga muhtojlik sezmaganimda C tilini o’rgangan bo’lar edim. Shunda menda dasturlash asoslari juda mustahkam bo’lar edi va keyinchalik uncha muncha tillar bilan ham g’oyalar bilan ham qiynalmagan bo’lar edim.
Lekin ko’p kompaniyalarda C tilida ish yo’q chunki bu tilda u bu ish qilish qiyin. Talab boshqa tillarga nisbatan pastroq. Kompaniyalarga Javachilar, Pythonchilar, PHPchilar kerak. Menga esa ish topish muhim bo’lgan. Tezroq ish topib, pul topishim kerak bo’lgan. Shuning uchun ham Pythonni o’rganganim xato bo’lmagan.
Balki sizda o’z ustingizda bemalol ishlashga vaqt va imkoniyat bordir. 100% student bo’lish imkoniyati mavjuddir. Agar bo’lsa Cni o’rganishni maslahat bergan bo’lar edim. Lekin menga o’xshagan holatda bo’lsangiz boshqa tillar ham yomon emas. Shunchaki ular siz uchun ko’p ishni o’zlari qilib berishini, shu sababli siz oz-moz erkalanib qolishingizni va keyinchalik C yoki Rust kabi low-level tillar bilan ishlaganingizda asoslarni boshqattan o’rganishga majbur bo’lishingizni tushunib qo’yganingiz bo’lgani.
Bularning hammasi shaxsiy fikr. Tillarga kelganda hamma har xil o’ylaydi. O’rganishni boshlaganimdan 10 yil o’tib shu hulosaga keldim. Balki keyingi 10 yilda bu fikr yana o’zgarar. Ko’ramiz.
@jakhonrakhmonov
Assalomu alaykum hammaga!
Biz bepul amaliy darslar tashkil qilmoqchi edik Python/Django bo'yicha, bizga sizni takliflaringiz kerak. Agar takliflaringiz bo'lsa iltimos @istamjon7 shu profilga yozib qoldiring. Rahmat!
Dam olish kuningiz maroqli o'tsin!
@Py_uz
Repost from VirtualDars
Dasturchilar qariganida nima ish qiladi?
#dasturlash #dasturchi #qari #yoshlar #boylik #halolkasb #career #sarmoya #vaqt
@virtualdars kanalida
https://youtu.be/wFYDP2qO6B4
SOLID haqida. Yoxud SOLID'ning biznesga nima alqoasi bor?
👉 Batafsil
How To Become a Successful Software Engineer 2.pdf3.26 KB
Repost from MohirDev.uz
Python dasturlashga qiziqadiganlar uchun maxsus uchrashuv
🔥 "Python Meetup" deb nomlangan tadbir davomida sohada ko'p yillik tajribaga ega mutaxassislar o'zlarining bilimlari bilan ulashishadi.
Speakerlar ro'yxati:
- Botir Ziyatov (dasturchi, Payme)
- Anvar Narzullayev (Mohirdev.uz asoschisi)
- Adham Zohirov (team lead, MohirAI)
- Zarifjon Naxalov (Code Academy asoschisi)
Tadbir 16-aprel, yakshanba soat 10:00 da Mohirdev ofisida bo'lib o'tadi
👉 Ro'yxatdan o'tish
Tadbirda qatnashish bepul. Barcha qatnashishi mumkin
Repost from Jakhongir Rakhmonov - IT
Siz dasturlashni noto’g’ri o’rganyapsiz
Yaqinda bir nechta bo’lajak dasturchilar bilan gaplashganimda o’rganish rejalari haqida so’radim. Ular tahminan quyidagicha javob berishdi:
1. Beginner kitob/kurs tugataman.
2. Intermediate kitob/kurs tugataman.
3. Advanced kitob/kurs tugataman.
4. Biror loyiha qilaman yoki ishga kiraman.
Muammo shundaki, siz ming advanced kitob o’qiganingiz bilan darajangiz advanced bo’lib qolmaydi. Huddi kachok bratlarni zalda trenirovka qilayotganini tamosha qilish orqali o’zingiz kachok bo’la olmaganingiz kabi.
O’zingiz amaliyot qilmagingizgacha o’zgarish juda juda sekin bo’ladi.
Reja tahminan quyidagicha bo’lishi kerak:
1. Beginner kitob/kurs tugataman.
2. Kichik loyiha qilaman.
3. Intermediate kitob/kurs tugataman.
4. Kattaroq loyiha qilaman.
5. Qiyinroq loyiha qilaman.
6. Yanada qiyinroq loyiha qilaman.
7. Undanda qiyinroq loyiha qilaman.
8. Va hokazo.
Advanced levelga faqat shunday qilib chiqasiz.
@jakhonrakhmonov
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
Qarang…
1988-yilda matematika oʻqituvchilari va boshlang’ich sinf ustozlari kalkulyatorga qarshi norozilik bildirib namoyishga chiqqan ekan.
O’sha payt yoshlarning bilimini qay ahvolga kelishini sezgan boʻlishsa kerak…
Mana hozir biror joyda jamoviy ovqatlansa umumiy 160 000 so’m to’lov kelsa, 4 kishiga qanchadan tushishini bilishga darrov telefonidagi kalkulyatorga yopishadigan avlod paydo bo’ldi.
Yaponiya, Koreya va Xitoy kabi mamlakatlar hozir qadimda hisoblashda keng foydalanilgan abakusda hisoblashni ta’limga qaytarishga urinishmoqda.
2023-yilda o’qituvchilar endi ChatGpt’ga qarshi namoshish o’tkazsa kerak.
Bu sun’iy intellektga asoslangan texnologiya kalkulyatorlarga qaraganda ming karra xavfliroq.
Chunki ChatGPT insonlardan fikrlash va o’ylash kabi qobiliyatlarni tortib olmoqchi…
Abdulloh Karimov sahifasidan
Repost from Jakhongir Rakhmonov - IT
Vakansiyalardagi hamma talablarga javob berish shartmi?
Bugun Mohirdevdagi studentlar bilan gaplashganimda shunday savol berishdi. O’quvchilardan biri vakansiyaga ko’zi tushib qolibdi. U vakansiyada juda ko’p texnologiyalar eslatib o’tilgan ekan talablar orasida. Tahminan HTML, CSS, JavaScript, PHP, Yii, MySQL, Docker, AWS va yana bir qancha texnologiyalar. Tajriba esa 2 yil so’ralgan holos.
Men quyidagicha javob berdim.
Hammasini bilishingiz shart emas. Bu texnologiyalar listining ma’nosi o’zi asli quyidagicha: “Biz ishda shu texnoligiyalarni ishlatamiz“. Sizdan ishga kirayotganingizda bularning har birini bilish talab qilinmaydi. Komaniyalar ham bunday ideal kandidat qidiradigan bo’lishsa ko’p qidirishadi. Sizdan shularning eng asosiylarini bilishingiz va qolganini o’rganib keta olishingiz talab qilinadi.
Ba’zida birortasini ham bilishingiz shart emas. Yo’nalishingiz bir xil bo’lsa bo’ldi. Masalan siz shu paytgacha Python, Django va GCP bilan ishlagan bo’lsangiz ham tepadagi vakansiyaga topshirangiz bo’laveradi. Chunki yo’nalish bir xil: Backend va Cloud.
Bunday katta talablarni ko’rib tushkunlikka tushib topshirishdan uyalmang. Topshiravering. Sizdan nima ketdi? Kamida intervyu qilish mahoratingiz oshadi. Ha, bu ham alohida mahorat.
@jakhonrakhmonov
Repost from PyNotes
Anchadan beri shu mavzuda video qilaman deb endi fursat topdik.
Iterator va Generatorni qanday ishlashini soddaroq usulda tushuntirib berishga harakat qildim. Siz uchun ham foydali bo'ladi deb umid qilamiz.
Havola: https://youtu.be/9UljQohm8aI
