cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Olamafro'z

So'z va surat olamidamiz: "Qurro-qur, hayt-o, to'ramning oti!" O'ta tarixiy kanal, hamma fikrlar subyektiv va aralash O'zJOKU talabasi; fotojurnalist, tadqiqotchi, dokumentalist 🌝 🚀 Hozircha O'zbekistonda 📸 https://instagram.com/xolida_musulmon_photog

Більше
Рекламні дописи
633
Підписники
-224 години
-67 днів
+2730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#faoliyat Xullas, men kelajagimni yangilik OAV larida emas, ijodiy, badiiy, tahliliy, san’at yarata oladigan nashrlarda ko‘raman. Chet elda, xalqaro nashralarda ishlash uchun izlansam ham, albatta, mana shu ijodiy muhitni hisobga olaman! @Xolida_Musulmon
Показати все...
👍 4🔥 2
*** Sirli bandargohda quyuq tuman, Olmos langar, Billur kema. Zarbof ko‘ylak kiygan darg‘a mendirman, Ey gul, ketasanmi men bilan? Kumush to‘lqinlar tebranishda, Shaffof manzillarning beshigi ishonch. Senga kechalari rivoyat aytib, Tonglari boshingdan sepaman quvonch. Bo‘ron tomog‘idan omon chiqamiz, Sabolar shahriga yetamiz, albat. Vafo arqonini suvdan tortamiz, O‘ljamiz muhabbat. Ko‘zingni yumgin-u quchog‘imga kir, Yuragim mushkidan bo‘ylanar yuzing. Bu uy atirgulning tushinikidir, Yop-yorug‘, chirog‘i — bulbulning ko‘zi. Ey gul, ketasanmi men bilan?! ✍️ Abduvali Qutbiddin 📸 Xolida Musulmon @Xolida_Musulmon
Показати все...
13👍 6❤‍🔥 1🥰 1
Tarixchi Baxtiyor Alimjonovning sohasi bo'yicha aytadigan: "Tarixni bugun uchun ishlatmasak, u — foydasiz" degan gapi menga yoqadi. Har bir sohaning bugungi davr, bugungi nafas bilan hamohangligini topa olishda yetuklikka intilishni ko'raman va o'zim uchun qiziq bo'lgan san'at va adabiyotda ham bu falsafani qo'llashga intilaman(Ha endi, jurnalistika, o'z nomi bilan bugunning ovozi, bu sohamga ta'rif shartmas, menimcha!) Mana XIX asrda ijod qilgan buyuk yozuvchi F.Dostoyevskiy "Telba" asarida insoniyat fitratida va mavjud va hozirga qadar nasl surayotgan qusurni qanday ta'riflab tashlagan-e, misli bugunga ko'zgu-ku bu deya hatto o'zingizdan uyala boshlaysiz: "Mana shunday hamma narsani biladigan janoblar ma'lum bir ijtimoiy tabaqa ichida onda-sonda emas, hatto ko'plab uchrab turadilar. Ular hamma narsani biladilar, ularning butun tashvishlari, butun qobiliyatlari, butun o'y-fikrlari faqat bir narsaga qaratilgan bo'ladi, bu, albatta, hozirgi zamon mutafakkirlarining tili bilan aytganda, ularda boshqa zarur hayotiyqiziqishlar va qarashlarning yo'qligi natijasida ro'y beradi. Darvoqe, "Hamma narsani biladi", deganda torroq doiradagi narsalarni azarada tutmoq kerak: falonchi qayerda xizmat qiladi, kimlar bilan tanish-bilish, sarmoyasi qancha, qayerda gubernator bo'lgan, kimga uylangan, xotini qancha sep bilan kelgan, kim bilan tog'a-jiyan-u, kimga amakivaccha bo'ladi va hakazo — hammasi shunga o'xshagan ikir-chikir gaplar. Hamma narsani biladiganlarning ko'pchiligiaksartirsaklari teshilgan holda yuradilarva oyiga o'n yetti so'm maosh olib kun ko'radilar". ( Ibrohim G'afurov tarjimasi) @Xolida_Musulmon
Показати все...
👍 3 1
Tarixchi Baxtiyor Alimjonovning sohasi bo'yicha aytadigan: "Tarixni bugun uchun ishlatmasak, u — foydasiz" degan gapi menga yoqadi. Har bir sohaning bugungi davr, bugungi nafas bilan hamohangligini topa olishda yetuklikka intilishni ko'raman va o'zim uchun qiziq bo'lgan san'at va adabiyotda ham bu falsafani qo'llashga intilaman(Ha endi, jurnalistika, o'z nomi bilan bugunning ovozi, bu sohamga ta'rif shartmas, menimcha!)
Показати все...
Repost from Ovoza...🔓
Seni topmoq base mushkuldurur, topmaslig’ osonkim, Erur paydolig’ing pinhon, vale pinhonlig’ing paydo. Alisher Navoiy
Показати все...
4👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🥰 6😁 2
Hamon shunday! Sodiqman!
Показати все...
Repost from Olamafro'z
Har bir hamqishlog'im hayotida katta san'at asarlarini ko'raman. Qishlog'imga borsam doim shularni his qilaman. To'lib-toshib ketaman... Qonimda ishq ko'piradi. Bu shunday ishqki, bolaligimdan hamroh hayrat bilan qorishadi, hech qachon bo'yin egmas isyondan kuch oladi va orzulari uchun kurasha oladigan jasorat bilan ulg'ayadi ...Va hamisha meni savollar ichiga otadi... @Xolida_Musulmon
Показати все...
7👏 3👍 1
Repost from Olamafro'z
I love my village!
Показати все...
8👍 1🥰 1
Показати все...
#21 MAYLIMI, O‘ZBEKISTON DEGAN DAVLAT QURSAK? — Lolazor podkast

Ushbu sonda biz Islom Karimov va uning atrofidagi ishlar, Murod Muhammad Do‘st va Alisher Azizxo‘jayev bilan bog‘liq voqealar, bugungi televideniye ahvoli, seriallar fojiasi, Rauf Parfi va Tog‘ay Murodning unvon olish jarayoni, Qatag‘onga uchragan ajdodlarimiz, Qodiriyning jasorati, sotqinlikda ayblanadigan G‘ofur G‘ulom, "Paxtakor-79" halokatining sababi va shu kabi boshqa mavzular haqida gaplashdik. Mehmonimiz — adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor. 📻 Podcastni eshitish uchun: • Yandex Music:

https://music.yandex.ru/album/28403554

• Spotify:

https://open.spotify.com/show/5DtsdEgKmKTETrQ0eruvVF

• Apple Podcasts:

https://podcasts.apple.com/us/podcast/lolazor-podcast/id1719432488

Kanalimizga obuna bo'lish: 👉 http://bit.ly/Xushnudbek 00:00 Tizer 01:17 Reklama 01:28 Intro 01:59 Bugungi mehmonimiz — Rahmon Qo‘chqor 04:40 Alber Kamyuning “Vabo” va “Begona” asarlari haqida 11:17 “Fantomas” filmi 13:15 Freyd va Freydizm haqida 14:58 “Lolazor” romanining fojiasi 18:13 Istiqlolni chaqirgan adiblar 25:08 O‘tmishga tosh otish urf bo‘layotgandek 30:38 Murod Muhammad Do‘st va Alisher Azizxo‘jayev 41:57 Rauf Parfi va Tog‘ay Murodga unvon berilishi 54:01 Bugungi televideniye ahvoli 1:08:40 Milliy seriallarimizda milliylikdan boshqa hamma narsa bor 1:15:24 Balki erkinlikda ham muammo bordir? 1:26:31 Qatag‘onga uchragan ajdodlarimiz 1:40:42 Milliy iftixor osmondan tushmaydi 1:51:16 “Paxtakor-79” halokati haqida 1:54:13 Rossiya-Ukraina urushiga munosabat 1:56:38 Keyingi sonlarda ko‘rishguncha #Xushnudbek #Lolazor #podcast ☎️ Reklama boʼyicha murojaat: Telegram:

https://t.me/xushnudbekreklama

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim: ✅ Telegram kanal:

https://t.me/xushnudbek

🔶 Instagram: http://instagram.com/xushnudbek 💬 Twitter: http://twitter.com/xushnudbeck 🔵 Facebook: http://facebook.com/xushnudjohn

2