Водий/Vodiy/Долина
Фарғона водийси янгиликлари/Farg'ona vodiysi yangiliklari/Новости Ферганской долины. Асосийси бизда реклама йўқ. Рекламалар тавсия ўрнида ва биз моддий манфаатдор эмасмиз.
Більше209
Підписники
+124 години
+17 днів
+530 днів
- Підписники
- Перегляди допису
- ER - коефіцієнт залучення
Триває завантаження даних...
Приріст підписників
Триває завантаження даних...
Odatda har kunlik tashvishlar bilan boʻlib, katta vazifalarni esdan chiqaramiz.
Qarab turibsizki, uch oy hech narsa qilmay oʻtkazib yuboramiz.
Imom Gʻazzoliy biz kabi odamlarni safarga chiqishga niyat qilgan, lekin quduq atrofida kuymalanib, suvdan umidini uzolmay yoʻldan qolib ketayotgan tuyalarga oʻxshatibdi.
Izoh qolmadi.
🔥 3👍 1❤ 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Tavakkul shunday narsaki, natija nol boʻladi, deyishsa ham, kuchi boricha harakat qilaverishdir.
Agar tavakkal boʻlmaganda edi, dehqon urugʻ ekib, olti oy kutmas, savdogar pul va umr tikib xavfli safarlarga chiqmas, muallim esa betayin va boʻlimsiz bolalarni tarbiyalamay qoʻyar edi. Latif zot esa biz kutmagan joylardan saʼy-harakatlar mevasini beraveradi.
Photo credit: M.Mahmudjanova
🕊 3👏 2❤ 1
Repost from N/a
Odamlarning profil rasmlariga qarab ijtimoiy holati,kayfiyati,qayerda o‘qishi,ishlashi va hokazolarni bilib oladigan davrda yashayapmiz.
Kuzatsangiz,endi talaba bo‘lganlarni avatarida univda tushgan rasmlari,talabalik davrim mening degan yozuvlar(menda ham shunday bo‘lgan),kimning sevgilisi tashlab ketdi,kimga xiyonat qilishdi,kimga nima sovg‘a qilishdi,kim qayga bordi hammasini bilib olsangiz bo‘ladi.
Avvallari men ham nimadandir xafa bo‘lsam,glavniyimga kayfiyatimni bildirib turadigan rasmlarni qo‘yardim,keyin-keyin o‘ylab qoldim,mening kayfiyatim bilan odamlarning necha pullik ishi bor,nimadir o‘zgaradimi,shu bilan unday rasmlar qo‘ymay qo‘ydim.
O‘ziga tegishli narsalarni hammaga oshkor qilish menimcha,yaxshi emas,bu,albatta,har bir insonning o‘zining xohishi.
#shunchakixayolgakelgandayozildi
👏 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Assalomu alaykum...
Yaxshimisiz....
Men pastki qavatdagi qoʻshningizman...
Ha, oʻshaa.
Mehmonlaringizda ayting, balkonda sigaret chekishmasin, uxlab tursam hech kim tanimay qoldi.
Endi telefonni nos chekadigan okaga bering, gapim bor...
😁 5
Бангладешлик Идрок бутун умри давомида қизининг сифатли таълим олиши учун ўз касбини ундан яшириб келди. У кўчаларнинг энг ифлос жойларини ва ҳожатхоналарни тозаловчи бўлиб ишларди.
"Фарзандларим мен туфайли тенгқурлари орасида уятга қолишларини ҳеч қачон истамаганман. Кичик қизим мендан ишим ҳақда сўраганида, унга қора ишчи эканлигимни айтганман холос", дейди у.
Идрок ҳар оқшом уйга қайтар экан, жамоат ҳожатхонасида ўзига, уст-бошига қарар, ўзини тартибга келтирар эди. Ўз касбини ўта закийлик билан беркитарди.
Унинг бу қадар қийналиши сабаби бор эди: жамият, қизи ўқиётган мактаб табақага ажралган эди. Ўқитувчилар, ўқувчилар ва ҳатто автобус ҳайдовчилари ҳам ўқувчиларнинг қандай оиладан эканлигига қараб муомала қилишарди, таълим беришарди. Идрок бу ҳолат билан жуда кўп тўқнаш келганди.
Унинг қизи мактабни битириб, коллежга ўқишга кирди. Кунлардан бир кун ўқиш учун тўловга пулни ҳеч қаердан топа олмагач, чиқиндилар ичра уввос солиб йиғлади. Бошларини тиззалари орасига олиб узоқ ўтирди. Уни қалбан тушунган ҳамкасблари, оз-оздан бўлса-да, унга пул йиғиб беришди. Улар бор-будларини Идрокка беришар экан, шундай дейишди: "Майли, бир кун оч қолармиз, аммо қизимиз ўқишни давом эттирсин".
Бугунги кунда Идрокнинг қизи Бангладеш Халқ маорифи вазирлигида фаолият юритади. Унинг қистови билан отаси бошқа ишламай қўйди. Аммо Идрок қора меҳнат ортидан сариқ чақа топиб, бу пулларга ўз фарзандларини ўқитаётган ота-оналарни жуда қадрлайди ва уларга тез-тез ёрдам бериб туради.
©️ Сарвар Раҳимий
🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#O'ylash uchun savollar bormi?
Qadimgi Misr san'atida nima uchun "kosmik kemalar" tasvirlanganga o'xshash tasvirlar mavjud?
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Burgut aytar: Meniki samo,
Yolgʻiz oʻzim chiqaman ovga.
Kimlargadir oʻljaman, ammo
Oʻljamni hech bermam birovga.
Qanotimni yozaman katta,
Soʻng mardlarcha qilaman hujum.
Men yengishim kerak albatta,
Burgut boʻlib yashashim uchun.
Ojizlarga yoqmas parvozim,
Poylar meni qopqon-u toʻrlar.
Jasadimni yemoqqa hozir,
Pisib yotar oʻlaksaxoʻrlar.
Vaqt gʻanimat, umr oʻtkinchi,
Balki bir kun oʻlja boʻlarman.
Gar oʻlsam ham zaminda emas,
Samolarda magʻrur oʻlarman.
Benazir
👍 6❤ 2🔥 2
Oʻqituvchiligim, gapga chechanligim mol bozorida qattiq foyda beryapti-eyyy!
(c) Oʻsha odam
😁 3
Metroda kitob oʻqib ketayotgan bolaning suratini koʻrib rosa hayratlanibman.
Nega ekan-a?!
😢 1
Оберіть інший тариф
На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.