cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Jajji akademik

“Jajji akademik” — bolalarning ilmiy-intellektual jurnali.

Більше
Країна не вказанаМова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
568
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Aziz ota-onalar! Mana barchamiz ulkan hayajon bilan kutayotgan Ramazoni sharif ham kirib kelmoqda💫 Bolajonlarimiz bu oyning ✨ fazilatini anglashlari, ✨ undan ko’pgina foydalar bilan chiqishlari, ✨ dinimizga muhabbatlari ziyoda bo’lishi uchun “Ramazon kundaligim” qo’llanmasini tayyorladik. Alloh taolo barchamizga Ramazonni barokatli qilsin! Ushbu kundalikni tayyorlashda hissa qo’shgan barchaga O’zi ajru savoblar ato qilib, o’quvchilarga manfaatli qilsin! Farzandlarimizning ilmlari ziyoda bo’lib, yurtimizdan yana Buxoriylar, Termiziylar, dinimizga quvvat bo’luvchi ko’plab ahli ilmlar yetishib chiqsin! Amin! Bu yilgi kundaligimiz ikki xil ko'rinishda tayyorlandi: 1. Jajji muslimalar uchun 2. Mo'min bolajonlar uchun Eslatma! Kundaliklarni tijorat maqsadida chop qilish taqiqlanadi! Fikr va mulohazalaringiz uchun 👇 @ilmizlab_admin
Показати все...
Ramazon Kundaligi, Jajji muslimalar uchun (12mb).pdf11.48 MB
Ramazon Kundaligi. Mo'min bolalar uchun (16mb).pdf15.67 MB
XALQARO AIH LITSEY GRANTI Turkiya Milliy ta'lim vazirligi va Turkiya Diyonat vaqfi hamkorlikda xorijlik yoshlar uchun Turkiyada grant asosida xalqaro litsey o'qishni taklif qiladi. Grantga topshirish mutlaqo bepul bo'lib https://diyanetburslari.tdv.org veb sahifasi orqali hujjatlarni online qabul qiladi. Grantga topshirish oxirgi kun 15 Mart 2021 Yuqoridagi veb sahifada kerakli barcha ma'lumotlar berilgan. PS. Grantga 8-sinfni bitirayotgan xorijlik barcha o'g'il va qizlar topshirishi mumkin. ____ t.me/turkiyadagiyoshlar
Показати все...
​​Ming azob bilan 2 yil yiqilib uchinchi yili talaba bo‘lgan paytim edi. Jajji akademik jurnaliga ish izlab borgandim. Yaxshi qabul qilishdi. Yozganlarimni o’qigan Xurshid aka sizdan yozuvchi chiqmasa keragov degandi. Shu insonning bu gapi menga qattiq ta’sir qilib yozuvchi bo‘lmasam ham sotuvchi bo‘laman, lekin baribir shu yerda ishlayman deb jurnalda qoldim. Men Toshkent shahrining deyarli hamma maktablarida Jajji akademik jurnalini sotdim. Maktab direktorlari eshikdan haydashsa teshikdan, teshikdan haydasa mo‘ridan kirsam ham sotib chiqardim. Xayrixoh direktorlar ham talaygina edi. Uzoqdan ko‘rganlar “bu jurnalchi qiz, kirgizvoringlar”, derdi. O‘quvchilar jurnalni juda yaxshi ko‘rardi. Imkoni yetmaganlari yo‘lkirasidan ortgan qaytimlarini yig‘ib kelishimni kutib turishar edi. “Ikkita bulochka yemasdan Jajji akademikni olsam sinfdoshlarim bilmagan qancha ma‘lumotni bilib olaman” deb aytishardi. Avtobusda yursam “jurnalchi opa”, deb joy berishadi. Orada oilali bo‘ldim. Ijarada yashaymiz. Turmush qurganimga 4 yil bo‘lsa, biz 5 marta uy almashtirishga majbur bo‘ldik. Narsalarim ko‘p, ular orasida yuzlab jurnal ham bor edi. Ammo bu ortiqcha yuk degan fikr xayolimdan ham o‘tmadi. 4 yil kantraktda o‘qidim. Otam usta, qaynotam nafaqada. Bori o‘zlaridan ortmaydi. Sotgan jurnallarimdan qolgan foydamni yig‘ib oyma-oy 400 ming, 500 ming kontrakt to‘lardim. Kassirlar kam deganday g‘alati qarab qo‘yishardi, lekin pulimni olardi. Jurnal meni diplomli qildi. BUGUN TUGADI. Bugunga qadar jurnal qoldiqlarini sotdim. Yaqin insonimdan ayrilganday o‘zimni yomon his qilyapman. Qadrdonim edi. Maktabga borsam bolalar qachon yangisini obkelasiz deydi. Samolyot yasadim meni qachon chiqarasiz deydi. Javobi bo‘g‘zimdan nariga o‘tmaydi. Yana chiqarish istagi va imkoniyati paydo bo‘lsa men sotishga tayyorman. Rozi bo‘lingizlar! Adiba Meyliyeva
Показати все...

“Tarixiy sovg’a”ni sotib olishga ulgurmagan “Jajji akademik” muhlislari diqqatiga. Bizda 2020-yilning to‘liq sonlari jam bo‘lgan 3 ta to‘plam qolgan. Lekin uni The Muallimah tomonidan o‘tkaziladigan viktorina uchun saqlab qo‘ygan edik. Sizda “Tarixiy sovg’a”ni BEPUL olish imkoni bor. Sovg‘aga ega bo‘lish uchun 31-dekabr soat 20:00 da The Muallimah Youtube kanalida bo’lib o‘tadigan jonli efirni kuzating va savollarga javob bering. Aytganday, mega viktorinada sizni The Muallimah tomonidan tayyorlangan yana boshqa ajoyib sovg‘alar ham kutmoqda. https://www.youtube.com/c/TheMuallimah http://t.me/jajjiakademik
Показати все...
Green and Red Christmas Animated Social Media (3).mp44.54 KB
To’g’ri javob: ha, shunday bo’lishi mumkin. Apelsinni bobo, ota va o’g’il topib olishgandi.
Показати все...
Aql charxi vaqti❗️ Ikki ota va ikki o‘g‘il 3 dona apelsin topib olishdi va uni o‘zaro bo‘lib olishibdi. Har biriga bittadan apelsin nasib qildi. Shunday bo‘lishi mumkinmi? Axir apelsindan bor yo‘g‘i 3 dona edi-ku! http://t.me/jajjiakademik
Показати все...
апельсин.mp40.61 KB
To‘g‘ri javob: yong‘inni politsiyachi emas, o‘t o‘chiruvchi o‘chiradi.
Показати все...
Aql charxi vaqti❗️ Bitta ko‘chada 2 ta uy turibdi. Uylarning biri qasr, ikkinchisi esa kulba. Ikkisi ham bir vaqtda yonmoqda. Politsiyachi qaysi uyni birinchi bo‘lib o‘chiradi? http://t.me/jajjiakademik
Показати все...
Brown_and_White_Adventure_Photos_Animated_Social_Media_Graphic_1.mp41.07 KB
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.