Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)
Відкрити в Telegram
Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати
Показати більше897
Підписники
-124 години
-77 днів
-1230 день
Архів дописів
Repost from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
📣📣📣 XUSHXABAR
O’zbekiston terma jamoasi 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etgan mazkur olimpiadada yurtimizning yosh va iqtidorli o‘quvchilari munosib ishtirok etdilar va ushbu qo‘lga kiritilgan medallar bilan barcha o‘quvchilarimizni va ularning ota-onalari hamda ustozlarini muborakbod etamiz.
Medal sohiblari bilan tanishing.
✅Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - Kumush medal sohibi;
✅Jaylovov To‘lqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi— Kumush medal sohibi;
✅Suyunova Madina Muhiddin qizi – Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi— Bronza medal sohibi;
✅Axtamov Ozodbek To‘lqinovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - Bronza medal sohibi;
✅G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi- Bronza medal sohibi.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Matematika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi 65-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Angliyaga jo’nab ketdi.
Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
✅Axtamov Ozodbek To‘lqinovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
✅Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi;
✅G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
✅Suyunova Madina Muhiddin qizi – Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
✅Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
✅Jaylovov To‘lqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi.
Terma jamoamiz a'zolariga omad yor bo'lsin!
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Repost from Oʻzbekiston 24 (rasmiy)
#диққат
Ўзгариш! Абитуриентлар кам ҳужжат топширгани сабаб тест синовлари 14-25 июль кунлари бўлиб ўтади
Аввалроқ, тест синовлари 28 июлга қадар (15 кун) ўтказилиши айтилган эди. Аммо кутилганидан камроқ абитуриентлар ҳужжат топширгани учун тест синовлари 12 кунда тугайдиган бўлди. Охирги тест синови 25 июлда ўтказилади.
Абитуриентларга юбориб қўямиз.
👉 @Uzbekistan24HD
+3
Barkamol avlod bolalari festivalining tuman bosqichida 9-sinf o‘quvchisi Yorqulova Dilnura o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olibamiz diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi....
+1
📣📣📣 XUSHXABAR
Matematika bo‘yicha terma jamoamiz a’zolarining barchasi medallarni qo’lga kiritdi!
Xitoyda xalqaro yig‘inda ishtirok etayotgan Matematika bo’yicha O‘zbekiston terma jamoasi intellektual oromgoh qatnashchilari o’rtasida o’tkazilgan xalqaro olimpiadada 🥈1 ta kumush va 🥉5 ta bronza medallarini qo’lga kiritdi.
⚠️Eslatib o’tamiz, joriy yilning 15-iyun – 3-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340ga yaqin terma jamoa a‘zolari va trenerlari “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro tayyorgarilk 2-marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, joriy yil 11-22 iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida o’tkaziladigan 65-Xalqaro matematika olimpiadasi oldidan o’ziga xos sinov vazifasini bajarmoqda. Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir.
Natijalar bilan tanishing:
⚡️Axtamov Ozodbek To‘lqinovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal
⚡️Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi - 🥉Bronza medal
⚡️G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal
⚡️Suyunova Madina Muhiddin qizi – Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal
⚡️Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal
⚡️ Jaylovov To‘lqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal
Terma jamoamiz barcha a'zolarining medallarni qo'lga kiritayotgani yaxshi an'anaga aylanmoqda, yaqindagina Antalyada o‘tkazilgan O'smirlar o'rtasida Balkan matematika olimpiadasida ham 6 ishtirokchining barchasi medallarni (3 ta kumush, 3 ta bronza) qo'lga kiritgan edi.
Terma jamoamiz a'zolaridan mazkur nufuzli olimpiadada oltin medallarni kutib qolamiz!
Yaxshi niyat qilaylik, IMOda oltin medal nasib qilsin!
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari!
Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman.
Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda.
Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta.
Aziz yoshlar!
Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz.
Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
OYINA.UZ’DAN “HAYITLIK” – 66 MILLION SOʻM VA QIMMATBAHO SOVGʻALAR!
🗓Календарь Taqvimni oching!
15-iyundan 2-sentabrgacha bo‘lgan muddatni belgilang – 80 kun!
Mana shu 80 kunni qanday o‘tkazish bo‘yicha bizda daromadli taklif bor:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 15-iyun sanasidan sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan (qimmatbaho sovgʻalar ham bor) “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start bermoqda!
Marafon 4 bosqichdan iborat va har bir bosqich 20 kun davom etadi. Ishtirokchilar har bir bosqichda 2 tadan kitob o‘qishadi va yakunida onlayn sinovdan o‘tadi.
Xullas, bor-yo‘g‘i 8 ta kitobni o‘qib, katta pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar yutib olishingiz mumkin!
Ha, aytgancha, yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham marafonga taklif qiling!
Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun bot: @oyinatanlovbot
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | X | Instagram
Hurmatli ota-onalar:🏫
Kitob shahrida joylashgan "MITTI AKADEMIYA" xususiy maktabida o'qish 3 oylik yozgi taʼtil vaqtida ham davom etadi.
(1-4-sinf va 6 yoshlilar)
O'quvchilar maxsus o'quv reja-dasturlar asosida yengillashtirilgan holda taʼlim 📝📚 va maroqli dam ⛱🏊olishadi
Maktabimizda o'qimaydigan o'quvchilar ham 3 oy davomida maktabimizga kelib, yangi👬 do'stlari bilan o'qishlari mumkin.
Yozgi taʼtil vaqtida o'quvchilarimiz:
➖Ingliz tili🇱🇷
➖Rus tili🇸🇮
➖Matematika, SHAXMAT♟
➖Mental arifmetika 🧮
➖Karate ✡🥋🥊
Musiqa 🎼 kabi to'garaklar bilan band bo‘lishadi
3 mahal ovqatlantiriladi🍹🍪🍽
❗️Hurmatli ota-ona:
Farzandingiz bandligini ta'minlang va yozgi taʼtildan unumli foydalaning.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
"MITTI AKADEMIYA " xususiy maktabi-porloq kelajak sari
📞97-618 33 12
😎https://t.me/mittiakademiyasds
#Ustoz
O‘qituvchi — Vatanda erta kimlar yashashini ko‘rsatib turuvchi inson.
Men O‘zbekistonda tug‘ildim. Har bir oilada kattaga hurmat, e‘tiborni ko‘rib katta bo‘ldim. Ustozga hatto tik qarolmasdik.O‘qituvchi tanbehi — farzandlarimiz kelajagi uchun qayg‘urishdir! "Ustoz" loyihasi mehmoni — Viktor Pak Koreys madaniy markazlari assotsiatsiyasi raisi. https://t.me/otabek_khasanov
+4
Maktabimizning òquvchilari yozgi ta'til vaqtida òqish u n maktab kutubxonasidan kòplab badiiy adabiyotlar olishmoqda
Мамлакатимизда ҳам табиий фанларни ўқитишга алоҳида эътибор берилмоқда
Бу фикрни “Вилоят ҳокими олимпиадаси” мисолида ҳам тасдиқлашимиз мумкин, боиси физика, кимё ва биология фанлари бўйича ғолибликни қўлга киритган ўқувчиларимиз ўз йўналишлари бўйича Қарши давлат университетига грант асосида талабаликка тавсия этиладилар:
1. Эшонқулов Сайфиддин Дўстқобил ўғли - физика йўналиши-Ғузор туманидаги 68-мактаб;
2. Дониёров Нодиржон Олимжон ўғли - физика йўналиши - Китоб туманидаги 96-мактаб;
3. Ғаффорова Фарангиз Жуманазаровна - физика йўналиши - Деҳқонобод тумани 31-мактаб;
4. Санақулов Элчин Муродулла ўғли - кимё йўналиш - Кўкдала туманидаги 8-мактаб;
5. Ғоибов Аббос Абдурашид ўғли - кимё йўналиш - Миришкор туманидаги 21-мактаб;
6. Салимова Адиба Баҳром қизи - кимё йўналиш – Қамаши тумани 80-мактаб;
7. Юнусова Севинч Тўлқин қизи - биология - Ғузор туманидаги 68-мактаб;
8. Абдупаттаева Кибриё Аброр қизи - биология - Нишон туманидаги 20-мактаб;
9. Қудратова Эъзоза Анвар қизи - биология - Касби туманидаги 11-мактаб.
https://t.me/qarshiliklar
Repost from KITOB_HIKMATI | ®️asmiy kanal🇺🇿
+4
BOLALARGA BERING DUNYONI ...
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kitob tumani bo‘linmasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” DP tuman Kengashi, 96-maktab hamkorligida Qashqadaryo viloyat ftiziatriya shifoxonasining bolalar bo‘limida davolanayotgan 43 nafar bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi.
Bolalikni bag‘ri keng, toza,
O‘ynab-kulsa qanday zo‘r, soz-a.
Soydek jo‘shib ko‘nglin xo‘p yoza,
Jilovlasin ikki daryoni,
Bolalarga bering dunyoni...
https://t.me/RMMM_KITOB
