Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)
Відкрити в Telegram
Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати
Показати більше885
Підписники
+324 години
Немає даних7 днів
-230 днів
Архів дописів
🎓Kitob tumani maktab bitiruvchilari davlat oliygohlariga kiruvchilar soni bo`yicha viloyatda yetakchi bo`ldi
Ma`lumki, joriy yilning 1-avgustidan 13-avgustiga qadar Respublikamizning barcha OTMlari bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari bo`lib o`tdi.
Unda Kitob tumanidagi mavjud 98 ta maktablarning 11-sinfini tamomlagan 3502 nafar o`quvchilardan 2951 nafari (84 %) davlat oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirdi.
✅Quvonarli jihati, ulardan 917 nafari OTMlar talabasi bo`lishdi. Bitiruvchilarimizning 248 nafari grant, 669 nafari esa to`lov kontrakti asosida o`qishga qabul qilindi. Bu ko`rsatkich bilan tumanimiz maktab bitiruvchilari davlat oliygohlariga kiruvchilar soni bo`yicha viloyatda birinchi o`rinni qayd etdi.
📌Tuman maktablar kesimi bo`yicha yetakchilikni 96-sonli umumta`lim maktabi (sobiq 1-DIMI) ning 77 nafar bitiruvchilaridan 62 nafari oliygohlarga qabul qilish ko`rsatkichi bilan egallamoqda.
🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | ✅Twitter | 📹YouTube
#Ustozlar_forumi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
📍 Tadbirni kirish so’zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov ochib berdi:
- Bugungi kunda o'qituvchilarning nufuzini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shunga mos tarzda ta'lim sifatini oshirish, chet tillarini puxta o'rganish, moliyaviy savodxonlikni oshirishi hamda amaliyotga bog'lagan holda dars o'tish zamon talabiga aylanib bormoqda. Umid qilamanki, bugungi forum yangi o'quv yili oldidan oldimizda turgan dolzarb vazifalarni belgilab olish uchun o'ziga xos maydon vazifasini bajaradi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova:
- Maktabni o‘zgartirmasdan turib jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – bog‘cha va maktabdir. Ularni muqaddas dargoh qiladigan kuch esa pedagoglarimiz hisoblanadi. Bugungi kunda, tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ming nafar o‘qituvchi va 150 ming nafar tarbiyachilarimiz kelajak taraqqiyoti poydevorini yaratadi. Ushbu forum ustozlarimizga tajriba almashish va yangi bilimlarni egallashlariga ko'mak berishiga ishonaman.
✔️Shuningdek, tadbir doirasida fidoyi ustozlardan 24 nafari “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
❗️ Ko’krak nishonlari O’zbekiston Qahramonlari Muhabbat Sharopova, Anor Mahmudova, O'zbekiston xalq o'qituvchilari Baxtiyor Abdiyev va Rahmatilla Karimovlar tomonidan ustozlarga topshirildi.
✔️ Ma’lumot uchun, mazkur forumda butun Respublikamiz bo‘ylab jami 322 nafar pedagog xodim qatnashishmoqda.
⚡️ Kunning ikkinchi qismida esa ishtirokchilar uchun 14 ta sho’bada o'quv treninglari tashkil etiladi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasining Respublika bosqichida 3
nafar;
Qo’qon matematika olimpiadasida 2 nafar o’quvchimiz ishtirok etib,
faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi. (29-ilova)
Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining informatika fani o’qituvchilari uchun tashkil etilgan “Bir million dasturchi”
loyihasida ishtirok etgan informatika fani o’qituvchisi In’omjon Ashurov TOP – 100 talikdan o’rin oldi. (30-ilova)
Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktab-internati va pedagogik jamoasi bugungi kungacha quyidagi yutuqlarga erishgan:
2021 yil Milliy reytingida Respublikada 7-o’rinni,viloyatda faxrli 1-o’rinni egalladi;
2021 yilda yagona II-darajali sertifikatli “Zamonaviy maktab” maqomi-ga ega maktab hisoblanadi;
Maktab-internatda mavjud 43 nafar pedagogning 33 tasi OLIY(77%), 6 tasi BIRINCHI(14%) va 4 ta 2-toifa (9 %) malakasiga ega;
Shu kungacha 6 nafar o’quvchimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga 13 marta qatnashib kumush va bronza medallariga ega bo’lishdi va O’zbekiston sharafini himoya qilgan;
“Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi ”Respublika bosqichida 3 nafar o’qituvchimiz (2006,2017,2017-yillarda) g’olib bo’lgan;
“Xalq ta’limi a’lochisi” unvoniga 5 ta o’qituvchi sazovor bo’lgan;
“O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi” unvoniga (2020-yil) 1 nafar o’qituvchi sazovor bo’lgan;
“MEHNAT SHUHRATI “ ordeniga (2013-yil) 1nafar o’qituvchimiz sazovor bo’lgan;
Bitiruvchilarimizning oxirgi 2 yilda Oliy ta’lim muassasalariga kirish darajasi 92 % va 97 %ni tashkil etdi.
Lekin ming afsuslar bo‘lsinki shunday jamoa bir tomchi suv kabi sahroga singib ketyabti.
Abdiyev Baxtiyorning shogirdlaridan biri 9-sinf o’quvchisi Suyunova Madina 2021-yil birinchi marta o’tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi matematika olimpiadasining Respublika bosqichida 2-o’rinni; (16-ilova)
2021-yil 27-iyul-1-avgust kunlari Indoneziyada o’tkazilgan 18-Xalqaro mate-
matika musobaqasi (IMC-2021) da bronza medalini; (17-ilova)
2021-yil 5-noyabr kuni o’tkazilgan 8-Eron geometriya olimpiadasida (IGO-
2021) bronza medalini; (18-ilova)
2022-yil 16-17-fevral kunlari o’tkazilgan 18-Xalqaro Jautikov matematika
Olimpiadasi(IZHO-2022) da bronza medalini; (19-ilova)
2022-yil 13-14-mart kunlari o’tkazilgan 7-Kavkaz matematikasi
olimpiadasi (CMO-2022) da bronza medalini; (20-ilova)
Ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini qo‘lga kiritdi.
Maktab-internatning ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Dilnoza Berdiyeva 2017-yili “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik tanlovi respublika bosqichida o’z fani bo’yicha faxrli 1- o’rinni qo’lga kiritdi.
(21-ilova)
2017-yili Dilnoza Berdiyeva “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi-
da “Yilning eng bilimli ayoli” nominatsiyasiga musharraf bo’ldi.
(22-ilova)
2018-yilda respublika kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan o’tkazilgan
“O’z kasbining mohir egalari” tadbirida ta’lim yo’nalishi bo’yicha birinchi
o’rinni egalladi. (23-ilova)
Dilnoza Berdiyeva umumta’lim maktablari 8-sinf “Ona tili” darsligining
mas’ul muharriri, respublika ilmiy-metodik kengashi a’zosi, darslikning
yaratilish jarayonida bevosita ishtirok etgan amaliyotchi o’qituvchi.
Dilnoza Berdiyeva 8-sinf “Ona tili” darsligi bo’yicha hamkasblariga
metodik yordam berish maqsadida respublika miqyosida “Sintaktik tahlil”
telegram kanalaini (t.me/kuchli_tilchilar) ochgan. Bu kanal orqali hamkasb-
larining savollariga javob berib, o’z tahlillari bilan o’rtoqlashadi.
2019-yilda Dilnoza Berdiyevaning shogirdi Dilnoza No’monova umum-
ta’lim fanlari olimpiadasining ona tili va adabiyoti fanidan o’tkazilgan res-
publika olimpiadasida 2 - o’rinni qo’lga kiritib (24-ilova), Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universitetiga imtiyozli o’qishga kirdi.
2021-2022-o’quv yilida 17 nafar o’quvchilarimiz fan olimpiadasining viloyat
bosqichida ishtirok etib , 9 nafari faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdi. Umumta;lim
fanlari olimpiadasining viloyat bosqichida matematika fanidan 11-sinf
o’quvchilari Samadov Sevinchbek I o’ringa, O’roqov Shohjahon II
o’ringa sazovor bo’lib, respublika bosqichida qatnashish huquqini qo’lga
kiritdi. (25-ilova)
2021-yilning 12-21-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirligining Dubay
shahrida o’smirlar o’rtasidagi xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi(18-IJSO) da
9-sinf o’quvchisi Norbo’tayev Alibek O’zbekiston terma jamoasi hisobidan
faol ishtirok etdi. (26-ilova)
2021-yilda ingliz tili fanidan 7-“A” sinf o’quvchisi Rizoqulov Jasurbek “Hippo” nodavlat Xalqaro olimpiadasida faol ishtirok etib, respublika bosqichida qatnashish huquqini qo’lga kiritgan. (27-ilova)
O’quvchilarimiz “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab”
tanlovining tuman bosqichida 1- o’rinni egallab, viloyat bosqichiga ishtirok
etish huquqini qo’lga kiritdi.Bu yutuqni qo’lga kiritishda ingliz tili fani
o’qituvchisi, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni sohibasi Turdiyeva
Irodaning xizmatlari katta. (28-ilova)
O’tgan 2020-2021-o’quv yilida ham o’quvchilarimiz bir qator yutuqlarni qo’lga kiritgan, jumladan, fan olimpiadasining viloyat bosqichida 6 nafar ;
BIR TOMCHI SUV KABI SAHROGA SINGIB BORAYOTGAN 1-LITSEY
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 1-ixtisoslashtirilgan maktab - internati 1995-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda maktab-internati rahbari Qodirov Sobir (2018-yil 3-iyul). Maktab-internati binosi 2008 - yil qurilgan. Dastur asosida 2020-yil kapital ta’mirdan chiqqan. Maktab-internati Kitob tumani Surum MFY Katta Aylanma yo’lida joylashgan. Maktab - internatida Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz shahri va tumani, Yakkabog’, Chiroqchi, Qarshi shahri va tumanidan jami 488 nafar o’quvchi ta’lim-tarbiya olib kelmoqda. Maktab-internatida 21 ta sinf bo’lib, 10 tasi matematikaga, 3 tasi fizika-matematikaga, 4 tasi kimyo-biologiyaga ixtisoslashtirilgan. Maktab - internatida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar soni 43 nafar. Barchasi oliy ma’lumotli. Shu 43 nafar xodimning 33 nafari oliy toifali, 6 nafari I toifali, 4 nafari II toifali o’qituvchilar.
1-IDUMI da Xalqaro matematika olimpiadasiga tayyorlash tajriba maktabi mavjud. Bu tajriba maktabi asoschisi maktab-internatining matematika fani o’qituvchisi, O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi, “MEHNAT SHUHRATI” ordeni sohibi Abdiyev Baxtiyor Bobonazarovich hisoblanadi. Uning shogirdlari nafaqat tumanda, viloyatda, respublikada, qolaversa, Xalqaro matematika olimpiadalarida ham faxrli o’rinlarni egallab, Vatanimiz dovrug’ini dunyoda tanitishga o’z hissalarini qo’shishmoqda.
Fikrimizning isboti sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
2001-yilda Rajabov Umidjon AQShda o’tkazilgan 42-xalqaro matematika olimpiadasi (IMO-2001) da bronza medalini qo’lga kiritgan; (1-ilova)
2005-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan Davlat umum ta’lim maktab-internati O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi maktabi-2005” ko’rik-tanlovida ishtirok etib, faxrli II o’ringa sazovor bo’lgan. (2-ilova)
2006-yil 2-9-may kunlari Armaniston poytaxti Yerevan shahrida kimyo fanidan o’tkazilgan Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida dunyoning bir qancha nufuzli davlatlaridan tashrif buyurgan 112 o’quvchi orasidan Kitob tumanida-
gi 1-ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktab-internati o’quvchisi Uzoqov Jamol Komilovich faxrli bronza medalini qo’lga kiritgan. (3-ilova)
2006-yilda Abdiyev Bahriddin Moskvada MDH mamlakatlari o’rtasida bo’lib o’tgan olimpiadada va 2007-yildaVetnamda o’tkazilga 47-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO-2007) da qatnashib bronza medalini qo’lga kiritgan; (4-5-ilova)
2014-yilda Neymatova Yulduz Koreya davlatining Tedjon shahrida o’tkazilgan 15-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC-2014) da kumush medaliga sazovor bo’lgan. Bu o’quvchimiz Zulfiya mukofoti sohibasi hamdir.
(6-7-ilova)
2016-yil Neymatov Eldor Tailand qirolligida bo’lib o’tgan 17-Xalqaro matematika musobaqasi(IMC-2016) da ishtirok etib bronza medalini, jamoaviy musoboqada esa kumush medalni qo’lga kiritgan; (8-9-ilova)
2017-yilda Neymatov Eldor Yaponiyada Sakura ilmiy dasturi doirasida o’tkazilgan maktab o’quvchilarining ilmiy konferensiyasida ishtirok etdi, 2018-yilda u Bolgariyaning Burgas shahrida o’tkazilgan Xalqaro matematika musobaqasi(IMC-2018) da qatnashdi (10-11-ilova)
2019-yilda Neymatov Eldor Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro matematika musobaqasi (IMC-2019) da qatnashib bronza medalini qo’lga kiritdi; (12-ilova)
2019-yilda u To’xtamurod Jumayev nomidagi Qorako’l matematika olimpiadasida 3-o’rinni egalladi; (13-ilova)
2020-yilda Neymatov Eldor Qozog’istonning Almati shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZHO-2019) da bronza medalini qo’lga kiritdi. (14-ilova)
2020-yilda u Sankt-Peterburgda o’tkazilgan 61-xalqaro matematika olimpi-adasi ( IMO-2020) da ishtirok etgan. (15-ilova)
#Xushxabar 5️⃣➖Avgust
⏳ Imtihonlar boshlanishiga oz muddat qolmoqda
❗️Imtihondan oldin bilimingizni sinab olishga nima deysiz ❓
Shahrisabz shahar "KOICA" o'quv markazida 2023-yil 5-avgust kuni oʻz mutaxasisligingiz bo'yicha barcha fanlardan BMBA (DTM) namunasida, kirish imtihonlari andozasidagi diagnostik blok testlar tashkil etiladi. Bizda istalgan yo'nalishdagi namunaviy blok test sinovlari mavjud.
📍➡️Shuningdek, barcha USTOZ lar uchun ham qulay imkoniyat yaratildi. SIZ o'z bilimingizni sinash va iqtidoringizni baholash uchun umumta'lim fanlari attestatsiyasiga mos test sinovlarini topshirish imkoniga ega bo'lasiz.
O'rinlar chegaralangan, ro'yxatdan o'tish uchun oxirgi muddat ➡️2-avgust; 20:00
🎓 UNUTMANG: Olgan bilimlaringizni sarhisob qilish uchun biz tashkil etayotgan original diagnostik blok testlar SIZ uchun ENG QULAY IMKONIYAT.
❓Bu imkoniyat sizga qanday qulayliklarni beradi?
✅ Imtihon atmosferasida bo'lasiz.
✅ BMBA (DTM) standartlariga mos testlarni ishlash orqali qaysi turdagi savollarga qiynalyotganingizni bilishingiz mumkin. (Bu SIZga imtihongacha yanada qat'iyat bilan tayyorlanish mas'uliyatini yuklaydi)
✅ O'zingizga ishonchingiz ortadi, hayajoningiz bosiladi va maqsad sari dadil qadam tashlaysiz.
✅ Mandat natijangizni 1 kun ichida bilib olasiz.
😊 Biz bilan talaba boʻlish yanada oson.
📊 Hoziroq shu profilga kirib, ro'yxatdan o'ting @azizbek_Xusanovi4 🔥🔥🔥
Albatta bu postni hamma abituriyent doʻstlaringizga ulashing 👇
https://t.me/azizbekxusanovich
Repost from Nega o'zgardim?
Oʻzgarishingiz uchun ajoyib imkoniyat!
Tartibsiz kunlar, vaqtni toʻgʻri taqsimlay olmaslik, maqsadlarni toʻgʻri qoʻya olmaslik, eng asosiysi, kitob mutolaasi va shaxsiy rivojlanish uchun vaqt ajrata olmaslik kabi muammolar sizda ham bormi?
Biz aynan siz uchun "OʻZGARAMIZ kitoblar bilan" marafonining 8-mavsumiga start bermoqdamiz!
Loyiha haqida batafsil bu linkda!
Ahil jamoa, oʻz sohasining mutaxassislari bilan tashkil qilinadigan darslar va kitob tahlillarida ishtirok etishni istaysizmi?
Shartlarimiz juda oddiy:
1. @nega_ozgardim telegram kanaliga obuna boʻling.
2. Ushbu xabarni 3 ta telegram kanal, guruhiga (egasidan ruxsat olib) yoki 10 ta doʻstingizga yuboring.
3. Postni yuborganingiz tasvirlangan ekran rasmlarini @Qizlar_qabul, @Yigitlar_qabul ga yuboring.
Shartlarni bajarib darslar boʻlib oʻtadigan yopiq kanal linkini oling va oʻzgarish sari ilk qadamni tashlang!
Бугун кутилмаганда Соғлиқни сақлаш вазири Амрилло Иноятов Тошкент педиатрия тиббиёт институти клиникасига борди.
Вазир ушбу муассасада бир неча йилдан буён ҳалол меҳнати орқали халқимиз эътирофига сазовор бўлиб келаётган шифокор Жамшид Саидов қабулига бориб, бемор болажонларнинг ота-оналари билан дилдан суҳбатлашди.
Шунингдек, ушбу шифокорга “Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш аълочиси” кўкрак нишони топширилди.
📹 ССВ Матбуот хизмати томонидан тайёрланган юқоридаги видеолавҳа орқали шу ҳақда батафсил танишишингиз мумкин.
Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.
@ssvuz|@ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram
#HAYAJONLI_LAHZALAR_YAQIN!!
⚖⏳Siz intizor bòlib kutgan kun keldi.
🗓Ertaga 15.07.2023 yil
⏰Soat:9:00 da
📜🪶Ijtimoiy tarmoqlar orqali odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish yo‘nalishida yoshlar faolligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy roliklar tanlov:👇👇👇
🥇🥈🥉🏆 ĞOLIBlar e'lon qilinadi.
👉ĞOLIBLAR:✍🎼🖨📽📸📀🎞
- eng yaxshi TV syujet;
- eng yaxshi maqola;
- ijtimoiy tarmoqlardagi eng yaxshi material (videorolik);
- eng yaxshi chizma rasm;
- eng yaxshi insho.
YÒNALISHLARIDA TAQDIRLANADI🎯🎊🎁🛍📦🎉
🌅Manzil:Ma’naviyat va ma’rifat markazi
💥💥BARCHA TANLOV💥💥
💥💥QATNASHCHILARIGA💥💥
💥💥OMAD💥💥
💥💥TILAYMIZ💥💥
📸💥Ġoliblar👇👇👇
@KITOBTUMAN24_7
https://t.me/RMMM_KITOB
Telegramm kanallarida yoritib beriladi
👇👇
@Kitobtuman24_7
@Kitobxalqi
🎓🎓🎓🎓16-iyul 🎓🎓🎓🎓🎓
Hurmatli abiturentlar!
Sizlarda bilimingizni sinash va BMBA (DTM) imtihoni atmosferasining real ishtirokchisi bo'lish uchun ajoyib imkoniyat bor. Shahrisabz shahar "KOICA" o'quv markazida 2023-yil 16-iyul kuni o'z mutaxassisligingiz bo'yicha BMBA (DTM) namunasida mutaxassis ustozlar tomonidan 5 ta fan bo'yicha blok testlar tashkil etiladi. Bizda ona tili va adabiyot, tarix, huquq, ingliz tili, kimyo, biologiya, matematika, fizika fanlari bo'yicha namunaviy blok test sinovlari mavjud. O'rinlar chegaralangan, ro'yxatdan o'tishga shoshiling.
Bu imkoniyat faqat SIZ UCHUN!
Ro'yxatdan o'tish uchun oxirgi muddat 13-iyul 21:00 gacha
Nazoratchi ustozlar:
📍M.Elmurodova
📍A.Normamatov
murojat uchun
08:00 dan 20:00 gacha
@KenjayevaKumush
tel 📞 99 946 35 57
📣📣📣✅✅✅
kanalga ulanish👇👇👇👇
https://t.me/azizbekxusanovich
📣#Diqqat_tanlov!!! 📢
🔊🔊Hurmatli yoshlar! ‼️‼️
🔃Ijtimoiy tarmoqlar orqali odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish yo‘nalishida yoshlar faolligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy roliklar tanlovini e’lon qilamiz!
Ⓜ️MAVZU:
“Odam savdosini to‘xtatamiz!”,
“Odam savdosi haqida siz nima bilasiz?”,
“Odam savdosining ayanchli qismatlari!”
mavzusida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:
🎯Eng yaxshi jurnalistik material uchun tanlovga start berildi:
- eng yaxshi TV syujet;
- eng yaxshi maqola;
- ijtimoiy tarmoqlardagi eng yaxshi material (videorolik);
- eng yaxshi chizma rasm;
- eng yaxshi insho.
🗞🎞📠 Materiallar 2023-yil 15-iyul kuni Kitob tumani “Ma’naviyat maskani”da qabul qilinadi.
⚖Tanlov g‘oliblari hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi
🎊🛍🎁🎉
Hamkor tashkilotlar:
➡️Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kitob tuman bo‘linmasi.
➡️Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bòlim.
➡️Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi.
➡️Tuman ichki ishlar bo‘limi.
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiyalar.
➡️Nodavlat-notijorat tashkilotlari.
📸💥Ġoliblar👇👇👇
@KITOBTUMAN24_7
https://t.me/RMMM_KITOB
Telegramm kanallarida yoritib beriladi
👇👇👇
@Kitobtuman24_7
@Kitobxalqi
