KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMI | Rasmiy kanal
Відкрити в Telegram
Kattaqo‘rg‘on shahar MMMTB rasmiy telegram kanali. 📢 Ta'lim sohasidagi yangiliklar, e'lonlar va tadbirlar. 🌐 Sayt: http://kattakurgon-shmmtb.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/katta.sh.mmtb 📸 Instagram: https://instagram.com/katta.sh.mmtb
Показати більше1 542
Підписники
-324 години
-117 днів
-3830 день
Триває завантаження даних...
Схожі канали
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
липень '26
липень '26
+27
в 2 каналах
червень '26
+33
в 2 каналах
Get PRO
травень '26
+53
в 6 каналах
Get PRO
квітень '26
+65
в 5 каналах
Get PRO
березень '26
+64
в 6 каналах
Get PRO
лютий '26
+211
в 3 каналах
Get PRO
січень '26
+29
в 3 каналах
Get PRO
грудень '25
+53
в 2 каналах
Get PRO
листопад '25
+24
в 3 каналах
Get PRO
жовтень '25
+63
в 5 каналах
Get PRO
вересень '25
+51
в 3 каналах
Get PRO
серпень '25
+29
в 1 каналах
Get PRO
липень '25
+15
в 1 каналах
Get PRO
червень '25
+9
в 3 каналах
Get PRO
травень '25
+15
в 1 каналах
Get PRO
квітень '25
+13
в 3 каналах
Get PRO
березень '25
+8 060
в 6 каналах
Get PRO
лютий '25
+56
в 3 каналах
Get PRO
січень '25
+22
в 1 каналах
Get PRO
грудень '24
+36
в 0 каналах
Get PRO
листопад '24
+44
в 3 каналах
Get PRO
жовтень '24
+20
в 3 каналах
Get PRO
вересень '24
+31
в 1 каналах
Get PRO
серпень '24
+455
в 0 каналах
Get PRO
липень '24
+29
в 1 каналах
Get PRO
червень '24
+49
в 0 каналах
Get PRO
травень '24
+62
в 4 каналах
Get PRO
квітень '24
+40
в 0 каналах
Get PRO
березень '24
+74
в 3 каналах
Get PRO
лютий '24
+87
в 5 каналах
Get PRO
січень '24
+198
в 5 каналах
Get PRO
грудень '23
+145
в 2 каналах
Get PRO
листопад '23
+40
в 1 каналах
Get PRO
жовтень '23
+34
в 2 каналах
Get PRO
вересень '23
+37
в 0 каналах
Get PRO
серпень '23
+27
в 0 каналах
Get PRO
липень '23
+29
в 0 каналах
Get PRO
червень '23
+48
в 0 каналах
Get PRO
травень '23
+30
в 0 каналах
Get PRO
квітень '23
+60
в 0 каналах
Get PRO
березень '23
+24
в 0 каналах
Get PRO
лютий '23
+33
в 0 каналах
Get PRO
січень '23
+30
в 0 каналах
Get PRO
грудень '22
+24
в 0 каналах
Get PRO
листопад '22
+78
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '22
+37
в 0 каналах
Get PRO
вересень '22
+61
в 0 каналах
Get PRO
серпень '22
+33
в 0 каналах
Get PRO
липень '22
+33
в 0 каналах
Get PRO
червень '22
+47
в 0 каналах
Get PRO
травень '22
+27
в 0 каналах
Get PRO
квітень '22
+24
в 0 каналах
Get PRO
березень '22
+83
в 0 каналах
Get PRO
лютий '22
+24
в 0 каналах
Get PRO
січень '22
+125
в 0 каналах
Get PRO
грудень '21
+23
в 0 каналах
Get PRO
листопад '21
+18
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '21
+14
в 0 каналах
Get PRO
вересень '21
+32
в 0 каналах
Get PRO
серпень '21
+145
в 0 каналах
Get PRO
липень '21
+9
в 0 каналах
Get PRO
червень '21
+4
в 0 каналах
Get PRO
травень '21
+77
в 0 каналах
Get PRO
квітень '21
+303
в 0 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 31 липня | 0 | |||
| 30 липня | +2 | |||
| 29 липня | +1 | |||
| 28 липня | +2 | |||
| 27 липня | +1 | |||
| 26 липня | 0 | |||
| 25 липня | 0 | |||
| 24 липня | +1 | |||
| 23 липня | 0 | |||
| 22 липня | +4 | |||
| 21 липня | 0 | |||
| 20 липня | +1 | |||
| 19 липня | 0 | |||
| 18 липня | 0 | |||
| 17 липня | +1 | |||
| 16 липня | 0 | |||
| 15 липня | 0 | |||
| 14 липня | +1 | |||
| 13 липня | 0 | |||
| 12 липня | +1 | |||
| 11 липня | +1 | |||
| 10 липня | +2 | |||
| 09 липня | +1 | |||
| 08 липня | +1 | |||
| 07 липня | +1 | |||
| 06 липня | +1 | |||
| 05 липня | 0 | |||
| 04 липня | +3 | |||
| 03 липня | +2 | |||
| 02 липня | 0 | |||
| 01 липня | 0 |
Дописи каналу
+5
“Jajji nurli yulduzlar” tanlovining shahar bosqichi g'oliblari taqdirlandi.
Kattaqo‘rg‘on shahrida 16-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Jajji nurli yulduzlar” tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovning asosiy maqsadi – maktabgacha yoshdagi isteʼdodli bolalarni aniqlash va ularning ijodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, xalq ogʻzaki ijodiyotini yanada rivojlantirish, milliy va umumbashariy qadriyatlarni targʻib qilish va ragʻbatlantirishdan iborat.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, 16-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti eng yuqori natijani qayd etib, g‘olib deb topildi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi hamda tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
| 2 | ⚡️YANGI O‘QUV YILIDAN DARS TAQSIMOTI QUYIDAGICHA BO‘LADI.
Adliya vazirligidan 2025-yil 28-oktyabr kuni 3271-1-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan qo'shma qarorga ko'ra.
Dars soatlari setkasi pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi: Bu jarayon 2026-yil 1-avgustdan amalda.
🔹oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
🔹dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilar (sertifikatning belgilangan darajasi va amal qilish muddatiga koʻra);
🔹birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
🔹ikkinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
🔹oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
🔹qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar (o‘qituvchida qayta tayyorlash mutaxassisligi boʻyicha mazkur bandning ikkinchi – oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lganda taalluqliligiga koʻra tegishli ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan oʻqituvchilar bilan teng ustuvorlikka ega bo‘ladi);
🔹oʻrindoshlik asosida ishlayotgan oliy maʼlumotli oʻqituvchilar;
🔹oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishi boʻyicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari;
🔹oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar (faqat boshlangʻich sinflarda dars beruvchi oʻqituvchilar uchun);
🔹oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.
🔹Boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha dars soatlarini taqsimlashda oʻqituvchilarning boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlangʻich sinflarda oʻqitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinadi.
🔹Umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.
➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.
👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!
«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇
@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_ | 246 |
| 3 | ❗️RASMIY BAYONOT
Ijtimoiy tarmoqlar va telefon orqali o‘zini Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimi, "Davron" deb tanishtirib, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 10 foizlik ustama ro‘yxatiga kiritish evaziga shaxsiy bank kartalariga pul o‘tkazishni talab qilayotgan firibgarlar haqida murojaatlar kelib tushmoqda.
Ma’lum qilamizki, Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida Davron ismli xodim faoliyat yuritmaydi hamda tizimda hech qanday to‘lov shaxsiy bank kartalariga qabul qilinmaydi.
❗️Firibgarlarga aldanib qolmang!
Bunday noqonuniy talab va va’dalarga ishonmaslikni, shubhali holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga (@sammmb_bot, telefon:55-704-74-00) murojaat qilishingizni so‘raymiz.
🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube | 191 |
| 4 | Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida Kattaqo’rg’on shahar “Kelajak” markazi va “School 21” xalqaro maktabi bilan hamkorlikda dasturlash sohasining 13 yo’nalishi bo’yicha maktab o’quvchilari, yoshlar va sohaga qiziquvchi barcha fuqarolar uchun seminar o’tkazildi. | 252 |
| 5 | #Sayyor_qabul
📣Samarqandda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Sayyor qabuli” tashkil etilmoqda.
⏰Vaqti: 2026-yil 1-avgust kuni soat 11:30 da
📍Manzil: Samarqand shahridagi 45-maktab (Samarqand shahar, Ko'ksaroy MFY, Shoxrux ko'chasi 45-uy)
Mo'ljal: Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi
📞Bog‘lanish uchun: (55) 704-74-00, (55) 703-74-00 (130)
🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt | 213 |
| 6 | 📌 Rustam Yo‘ldoshev Kattaqo‘rg‘on shahrida sayyor qabul o‘tkazdi
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rustam Yo‘ldoshev Kattaqo‘rg‘on shahrida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida 10 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Murojaatlar asosan farzandlarni 1-sinfga qabul qilish, maktablarga ishga joylashish hamda sud qaroriga asosan ishga tiklangan xodimning mehnat huquqlarini ta’minlash masalalariga oid bo‘ldi.
Sayyor qabulda har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni amaldagi qonunchilik talablari asosida atroflicha o‘rganish va ijobiy hal etish choralarini ko‘rish belgilandi.
Boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rustam Yo‘ldoshev fuqarolarning murojaatlari doimiy e’tibor markazida bo‘lishi, har bir masala qonunchilik doirasida adolatli va shaffof tarzda ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.
🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt | 222 |
| 7 | Samarqand ta’limida islohotlar samarasi: Kattaqo‘rg‘ondagi press-turda ustuvor vazifalar va yutuqlar taqdim etildi
Kattaqo‘rg‘on shahrida Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida ta’lim muassasalarida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, bunyodkorlik ishlari hamda so‘nggi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Press-tur dastlab Kattaqo‘rg‘on shahridagi 17-son umumta’lim maktabida qurilayotgan qo‘shimcha bino bilan tanishishdan boshlandi. Shuningdek, ishtirokchilar davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan 150 o‘rinli "Afsona" maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 8-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar va ta’lim-tarbiya jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Kattaqo‘rg‘on shahrida 17 ta umumta’lim maktabi, 25 ta davlat, 34 ta nodavlat, 3 ta xususiy, 4 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda 27 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. 2016-yildan buyon shaharda 3 ta yangi davlat bog‘chasi qurilib, 9 ta maktab va 9 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilindi, 6 ta maktab mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, 3 ta xususiy, 4 ta DXSH asosidagi va 27 ta oilaviy bog‘cha tashkil etildi.
Press-turning yakuniy qismi Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rustam Yo‘ldoshev ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Samarqand viloyatida 1 278 ta umumta’lim maktabi, 782 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 169 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha hamda 3 293 ta oilaviy bog‘cha faoliyat yuritmoqda.
Mustaqillik yillarida viloyatda 21 ta yangi maktab, 398 ta yangi davlat bog‘chasi barpo etildi, 852 ta maktab rekonstruksiya qilinib, 248 ta maktab mukammal ta’mirlandi. Xususan, 2016-yildan buyon 21 ta yangi maktab, 227 ta davlat bog‘chasi foydalanishga topshirildi, 557 ta maktab va 216 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilindi, 184 ta maktab mukammal ta’mirlandi.
Shuningdek, viloyatda ta’lim sifati ko‘rsatkichlari ham izchil oshib bormoqda. 2025-yilda 52 mingdan ortiq bitiruvchining 1 549 nafari milliy sertifikatga ega bo‘ldi, 87 nafar bitiruvchi dunyoning nufuzli oliygohlariga muddatidan oldin qabul qilindi. Viloyat o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida 5 ta medalni qo‘lga kiritib, nufuzli tanlov va musobaqalarda ham munosib natijalarni qayd etdi.
Ta’kidlanganidek, ta’lim tizimida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, zamonaviy infratuzilmani kengaytirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar Samarqand viloyatida raqobatbardosh va zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Press-tur davomida namoyish etilgan amaliy ishlar ana shu islohotlarning izchil va samarali amalga oshirilayotganini yana bir bor tasdiqladi.
🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt | 181 |
| 8 | #Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
📌 Kattaqo‘rg‘on shahrida ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan yosh kadrlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rustam Yo‘ldoshev Kattaqo‘rg‘on shahrida ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yosh pedagog kadrlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ta’lim sohasidagi mavjud masalalar, yosh o‘qituvchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Xususan, pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonidagi test savollarining murakkabligi, 1-sinflarda ingliz tili fani dars soatlarini ko‘paytirish, shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan boshqa qator taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.
Muloqot chog‘ida barcha murojaatlar atroflicha muhokama qilinib, ularning amaldagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar asosida hal etilishi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bildirilgan takliflarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Bunday ochiq muloqotlar ta’lim tizimidagi dolzarb muammolarni aniqlash, yosh pedagoglarning fikrini inobatga olish hamda sohani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt | 210 |
| 9 | BOSHQARMA BOSHLIG‘I YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONINI O‘RGANDI
Yangi 2026–2027 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Yuldashev Kattaqo'rg'on shahridagi 11-umumta'lim maktabida bo'lib, amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida sinf xonalari, fan kabinetlari, kutubxona, tibbiyot xonasi hamda maktab hududining obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yangi darsliklar bilan ta'minlanganlik, jihozlarning shayligi, yong‘in va texnika xavfsizligi talablari atroflicha muhokama qilindi. | 252 |
| 10 | Бошланғич таълим ўқитувчилари ва тил ўрганувчилар учун муҳим янгилик! 🔔
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2026 йил 29 июлдаги 411-сон қарори билан миллий сертификат бериш тизимида катта ўзгаришлар жорий этилмоқда.
📄 Миллий сертификат тизимида янгилик: Кимларга устама берилади?
2026/2027 ўқув йилидан бошлаб қуйидаги фанлардан миллий сертификат бериш йўлга қўйилади:
🔹 Бошланғич таълим ўқитувчилари учун билим даражаси ва педагогик маҳоратини аниқлаш имтиҳонлари.
🔹 Ҳуқуқшунослик фани.
🔹 11 та чет тилидан кўп даражали (Multi-level) тест тизими (хитой, корейс, япон, испан, итальян, форс, дари, пушту, урду, ҳиндий ва уйғур тиллари).
💰 Бошланғич синф ўқитувчиларига 15% устама!
Қарорга кўра, В+ ва ундан юқори даражадаги миллий сертификатга эга бўлган бошланғич синф ўқитувчиларига ҳар ойда лавозим маошига 15 фоиз миқдорида қўшимча устама тўланади.
Сертификат 3 йил муддатга берилади.
Аттестациядан ўтишда мажбурий малака синовидан максимал балл берилади ва улар синовдан озод этилади.
📊 Натижалар қандай баҳоланади (Раш модели асосида)?
Имтиҳон натижалари халқаро баҳолаш тизими бўйича қуйидаги даражаларга бўлинади:
🥇 А+ даража — 70 баллдан юқори
🥈 А даража — 65 - 69,9 балл
🥉 В+ даража — 60 - 64,9 балл (устама бериладиган қуйи чегара)
🏅 В даража — 55 - 59,9 балл
🎖 С+ даража — 50 - 54,9 балл
🎖 С даража — 46 - 49,9 балл
📝 Рўйхатдан ўтиш ва тўлов шартлари
🖥 Рўйхатдан ўтиш ЯИДХП (my.gov.uz) орқали электрон шаклда амалга оширилади.
💳 Имтиҳон тўлови БҲМнинг 1,5 баравари миқдорида. Портал орқали топширилганда 10% чегирма қўлланади.
🤝 Ижтимоий чегирмалар: Ижтимоий реестрга кирган камбағал оила аъзолари ҳамда I ва II гуруҳ ногиронлиги бор шахсларга 50%, давлат таъминотидаги оилаларга эса 75% чегирма берилади.
Имтиҳон натижалари 21 иш куни ичида эълон қилинади ва QR-кодли электрон сертификат юборилади.
👉 Pedkadr.tdi.uz — Педагоглар учун энг муҳим ҳуқуқий маълумотлар канали!
Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot | 237 |
| 11 | 🔴#Ayni_paytda
⚡️Kattaqo‘rg‘on shahrida press-tur davom etmoqda. Ayni paytda Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2-umumta‘lim maktabida Press-tur ishtirokchilariga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rustam Yo‘ldoshev viloyatda keyingi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda ta’lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot bermoqda.
🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt | 227 |
| 12 | Ayni_paytda
Press-tur ishtirokchilari Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2019-yilda tashkil etilgan "Afsona" Davlat xususiy sherikchilik asosidagi 150 o‘rinli maktabgacha ta‘lim tashkiloti da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt | 231 |
| 13 | 🔴Ayni_paytda
✳️Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahridagi ta‘lim muassasalariga press-turi boshlandi.
⚡️Dastlab press tadbir ishtirokchilari 17-umumta‘lim maktabi qo‘shimcha binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishmoqda.
🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt | 219 |
| 14 | Farzandini mikrohududdan tashqaridagi maktabga bermoqchi bo‘lganlar uchun arizalar shaffof tartibda qabul qilinadi!
❗️Hurmatli ota-onalar! Farzandingizni o‘z mikrohududingizda bo‘lmagan boshqa maktabga (bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lsa) joylashtirmoqchi bo‘lsangiz, 1-avgustdan e’tiboran yangi ariza yuborishingiz mumkin.
⏺️Eng asosiy qoida: Birinchi va ikkinchi bosqichlar bir-biriga mutlaqo bog‘liq emas! Avval topshirgan arizangiz, yangi ariza yuborishingizga xalaqit bermaydi. Uni bekor qilish yoki o‘chirish talab etilmaydi.
👉1-avgustdan bajarilishi kerak bo‘lgan 5 ta oddiy qadam:
1️⃣Avvalgi arizangiz tizimda qolaversin, uni bekor qilish shart emas.
2️⃣my.gov.uz portalidagi “1-sinfga qabul“ xizmatiga kiring, farzandingizni tanlang va jarayonni qaytadan boshlang.
3️⃣Hududiy darajani to‘g‘ri tanlang. Ma’lumotlarni to‘ldirishda «Ariza topshirishning hududiy darajasi» maydonida albatta «Tuman doirasida qabul» bandini belgilang. Shunda keyingi qadamda tizim sizga mikrohududingizdan tashqaridagi hududni tanlash imkoniyatini beradi.
4️⃣Bo‘sh o‘rinlari mavjud bo‘lgan kerakli maktabni tanlang hamda arizani tasdiqlang.
5️⃣Yangi arizangiz tasdiqlangach, tizim avtomatik ravishda maktabga borish vaqtini belgilaydi (u haqida bildirishnoma yuboriladi).
⚠️Hujjat topshirish bo‘yicha muhim eslatma:
Yangi (2-bosqich) ariza bo‘yicha ijobiy javob olganingizdan so‘ng, farzandingizning hujjatlar to‘plamini yangi tanlangan maktabga shaxsan borib topshirishingiz shart. | 274 |
| 15 | ⚡️⚡️1-avgustdan 2-bosqich boshlanadi!
Farzandini mikrohududdan tashqaridagi maktabga bermoqchi bo‘lganlar uchun arizalar shaffof tartibda qabul qilinadi! | 270 |
| 16 | 💎Yosh maslahatchilarga tavsiyanomalar topshirildi
📍Shahrimizdagi Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limida maktab maslahatchilariga tavsiyanomalarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿Unda shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etib, yangi tayinlangan “Kelajak” markazi direktori Doston Ochilovga hamda masʼuliyatli vazifani bajarishga kirishgan maktab maslahatchilariga tavsiyanomalarni topshirdi
va ularning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
Shuningdek, tadbir davomida marosimda qatnashgan taʼlim muassasalari rahbarlariga maktab maslahatchilarining samarali faoliyat yuritishi uchun yaqindan amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur tavsiyalar berib o‘tildi.
Yangi tashabbus va yosh kadrlar faoliyati shahrimiz taʼlim tizimi rivojiga yana-da katta hissa qo‘shishi shubhasiz.
✔️Rasmiy sahifalarimiz:
📱|Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📱YouTube|🌐Web-sayt | 260 |
| 17 | ➖KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR TA'LIM TIZIMI RAQAMLARDA
Bugungi kunda:
🏫 17 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi,
🏡 25 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti,
👶 34 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti,
3 ta Xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti
4 ta DXSh asosidagi bog‘cha
27 ta oilaviy bog‘cha faoliyati yuritadi.
◀️Mustaqillik yillarida (35 yil davomida)
🏗 1 ta yangi maktab qurildi.
🏗 6 ta maktab rekonstruksiya qilindi.
🏗 4 ta maktab mukammal ta'mirlandi.
🏗 1 ta yangi davlat bog‘chasi qurildi.
🔖Shundan, 2016-yildan buyon;
✅ 3 ta yangi davlat bog‘chasi qurildi;
✅ 9 ta maktab, 9 ta DMTT rekonstruksiya qilingan.
✅ 6 ta maktab mukammal ta'mirlandi.
✅ 3 Xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti
✅ 4 ta DXSh bog‘chasi tashkil etildi.
✅ 27 ta oilaviy bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yildi. | 323 |
| 18 | "Гўзалкент" маҳалласининг обод хонадонлари тажрибаси
Каттақўрғон шаҳрида кенг кўламли ободонлаштириш ҳамда кўкаламзорлаштириш ишлари уюшқоқлик билан давом этмоқда. Шаҳримиздаги «Гўзалкент» маҳалласида ҳам ана шундай озодалиги, файзи ва тартиблилиги билан бошқаларга ўрнак бўлаётган ибратли хонадонлар талайгина.
Маҳалланинг Ипак йўли кўчасида яшовчи Шахноза опа Муминованинг хонадони ҳақиқий гулзор. Ҳовлидаги турли гуллар ва манзаравий ўсимликлар ҳар бир меҳмонда илиқ таассурот қолдиради. Хонадон бекаси Гулнора опанинг таъкидлашича, у ҳар йили баҳор ва ёш мавсумида гулларни парвариш қилишни, ҳовлисига янада кўрк бағишлашни кундалик юмушига айлантирган.
Шаҳар ҳокими Гавҳар Алимова ушбу хонадонда бўлиб, яратилган гўзаллик ва озодаликни кўздан кечирди. Хонадон бекасининг меҳнатсеварлигини эътироф этар экан, бу каби «Обод хонадон» тажрибасини нафақат ушбу маҳаллада, балки бошқа оилаларга ҳам намуна қилиб кўрсатиш лозимлигини таъкидлади.
Расмий саҳифаларимиз:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Web-sayt | 266 |
| 19 | ✅YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Kattaqo'rg'on shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi boshlig‘i M.Bekova rahbarligida shahardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari hamda mas'ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash, 2026–2027-o‘quv yiliga ta’lim tashkilotlarini tayyorlash ishlarining borishi hamda ijro intizomini ta’minlash masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. | 345 |
| 20 | ⚡️3- ва 4-курс талабалари учун "Педагог" платформасида янги қулайлик жорий этилди
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги янги ташкил этилаётган мактабларга ишга қабул қилиш учун ариза топшираётган олий таълим муассасаларининг 3- ва 4-курс талабалари эндиликда диплом нусхасини юкламасдан ариза юборишлари мумкин.
"Педагог" платформасида ариза тўлдириш жараёнида "Дипломлар" босқичига ўтилганда тизим фойдаланувчининг талаба мақомини аниқлайди ва махсус рухсатнома ойнасини тақдим этади. Шундан сўнг талабалар ҳеч қандай диплом ҳужжатини юкламасдан "Кейингиси" тугмасини босиб, ариза топширишни давом эттиришлари мумкин.
👉 @yangi_oylikbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот.
Ўқитувчи | Мактаб таълими каналига обуна бўлинг 👇👇👇
https://t.me/+fIFNV3-cyDcyYjEy
https://t.me/+fIFNV3-cyDcyYjEy | 322 |
