cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Farmatsevtika ARM

Toshkent farmatsevtika instituti Axborot resurs markazi Rasmiy bot: @FarmiARMinfo_bot Murojaat uchun: @FarmiARM_aloqabot

Більше
Країна не вказанаМова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
637
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Hurmatli Toshkent Farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari, va talabalari. Institut Axborot-resurs markazi 📚 sizlarga o‘zining yangi “ Pharmi_library”axborot-ma’lumot kanalini ishga tushirganligini ma’lum qiladi. Ushbu kanalda Axborot-resurs markaziga oid xabar va yangiliklar, barcha tadbirlar, farmatsevtikaga oid eng nodir, eng ilğor xorijiy OTM adabiyotlari, mahalliy va xorijiy davriy nashrlar, yangi avlod darsliklari, xalqaro ta'lim bazalari mavjud ziyo maskanlari xaqida ma’lumotlar berib boriladi. Bundan tashqari barcha kitobxonlar uchun qiziqarli sovrinli tanlovlar, viktorinalar tashkil etib boriladi. Axborot-resurs markazi eng yaxshilarini tavsiya qiladi. Kanalga ushbu havola oraqli ulanasiz 👉 @pharmi_library
Показати все...
Показати все...
Марказий Осиёда биринчи бўлиб ботаника соҳасида инглиз тилида чоп этиладиган журнал Ўзбекистонда ташкил этилди

Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси Ботаника институти 2022 йилдан бошлаб Марказий Осиё давлатлари орасида биринчи

📌 Yaponyadagi bog'larning biridagi haykal ostida shunday izohni ko'rishingiz mumkin ! 📌 "Sizning qiymatingiz kilogramm yoki hajm bilan emas, balki siz o'qigan kitoblar bilan o'lchanadi !" @pharmi_book
Показати все...
Показати все...
📚 14 fevral kuni butun dunyoda "Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni" (International Book Giving Day) o‘tkaziladi. 📕Uning maqsadi oddiy va olijanob - bolaga yaxshi kitobni taqdim etish hamda shunday ishlarga boshqalarni ham jalb qilish va qiziqtirishdir. 📗"Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni"ni oddiy tarzda nishonlash mumkin. 📘 Do‘stingizga yoki oila a’zolaringizga kitob sovg‘a qiling. Bolaga yangi yoki o‘zingizning eski kitobingizni sovg‘a qiling. 📙O‘z kitoblaringizni hadya qiling. Ulg‘aygan bolalaringizga kerak bo‘lmagan kitoblarini yig‘ib, ulardan birortasini o‘qib ko‘radigan bolalarga bering. O‘z kitoblaringizni kutubxonaga, maktabga, bolalar shifoxonasiga, mehribonlik uyiga hadya qiling. 📖Bundan tashqari, shaxsiy kitoblaringizni xalqaro miqyosda bolalarga kitob tarqatish bilan faoliyat yuritadigan hayriya tashkilotlariga ham keltirib berishingiz mumkin. 🖇 "Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni" faqat ko‘ngillilar tashabbusi bilan o‘tkaziladi. 📌Ushbu bayramga o‘z tashkilotingiz a’zolarining e’tiborini jalb qilishingiz mumkin. 👉@pharmi_book👈
Показати все...
Показати все...
🕌 Bugun — 14 fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun 1️⃣ Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. 2️⃣ Asl ismi — Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi. 3️⃣ Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bo‘lgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o‘tiradi (1494 yil iyun). 4️⃣ Bobur Afg‘onistonda «Bog‘i Shahroro», «Bog‘i Jahonoro», «O‘rtabog‘», «Bog‘i vafo» va «Bog‘i Bobur» kabi oromgohlar tashkil etgan. 5️⃣ Boburning Humoyun, Komron, Askariy, Hindol va Gulbadanbegim ismli farzandlari Kobulda tug‘ilgan. 6️⃣ Bobur 1526 yil aprelda (43 yoshida) Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning 100 ming kishilik qo‘shinini 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo‘lgan qismini o‘ziga bo‘ysundiradi. 7️⃣ Boburning «Mubayyin» asari masnaviy tarzida yozilgan bo‘lib, Islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bag‘ishlangan. 8️⃣ "Boburnoma" voqealari Andijon, Samarqand, Xo‘jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo‘lgan qamrovga ega. Unda O‘rta Osiyodan boshlab Hindistongacha bo‘lgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan. 9️⃣ Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi. 🔟 Bobur asos solgan boburiylar sulolasi Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan. @pharmi_book
Показати все...
Показати все...
2.38 MB
Pharmi_book
Показати все...
2.38 MB
🕌 Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan 2022 yil 11 - fevral kuni Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Navoiyni anglash”, “Buyuk ijodkor - Alisher Navoiyga ehtirom” mavzularida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. ✅ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi Sayfiddin Sayfullo, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, institut Akademik litsey ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Yeraliyeva, ARM rahbari M.T.Shamaqova, Talabalarni turar joy bilan taminlashishlarini muvofiqlashtiruvchi bolim boshlig`i N.E.Yusupova, institut talabalari va Akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdi. Suhbat jarayonida filologiya fanlari nomzodi Sayfiddin Sayfullo tomonidan Alisher Navoiy asarlarida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ilm, hunar egallash afzalliklari, o‘zbek tilining boyligi, so‘zni qadrlash, ustozlarga ehtirom ko‘rsatish xususida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, institut Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan Navoiy ijodidan parchalar aytildi. ✅ Tadbirda jami 112 nafar rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar ishtirok etdi. @pharmi_book
Показати все...