Uztelecom matbuot kotibi | Timur Mamadjanov
Відкрити в Telegram
"O`zbektelekom" AK Boshqaruvi raisi Matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Timur Mamadjanovning sohaga oid Telegram kanali Rasmiy sayt: www.uztelecom.uz Blog: https://uztelecompress.uz
Показати більше7 257
Підписники
-224 години
-547 днів
+26830 день
Архів дописів
Repost from Rasmiy axborot
+2
🇺🇸 Oregon shtati 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
📆 AQShning Oregon shtati gubernatori Tina Kotek 2026-yil 1-sentabrni shtat miqyosida “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” (Uzbekistan Independence Day) deb rasman e’lon qildi. Tegishli proklamatsiya Oregon davlat kotibi Tobias Rid tomonidan ham tasdiqlangan.
Mazkur qaror O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan. Proklamatsiyada mamlakatimizning suverenitetini mustahkamlash, boy madaniy merosini asrab-avaylash, tinchlik va farovonlikni ta’minlash, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni izchil amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlari qayd etilgan. Hujjatda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni, shuningdek, O‘zbekiston–AQSh munosabatlarining savdo, investitsiyalar, texnologiyalar, ta’lim, toza energetika, turizm va xalqlararo almashinuvlar yo‘nalishlarida kengayib borayotgani e’tirof etilgan.O‘zbekiston Mustaqilligi kunining AQShning butun bir shtati miqyosida rasman e’tirof etilishi mamlakatimizga bo‘lgan xalqaro e’tibor va O‘zbekiston–AQSh munosabatlari tobora kengayib borayotganining muhim ifodasidir.
📌Ma’lumot uchun, Oregon AQShning Tinch okeani sohilidagi muhim iqtisodiy va texnologik markazlardan biri bo‘lib, shtat aholisi 4,3 milliondan ortiq. Shtatda yuqori texnologiyalar, xususan, yarimo‘tkazgichlar sanoati rivojlangan bo‘lib, Intel kompaniyasining yirik ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi ham shu hududda joylashgan.Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident Administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov ushbu tashabbus uchun amerikalik hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildirdi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
35 — bu shunchaki raqam emas, bu bizning bayramona taklifimiz! 🇺🇿✨
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Uztelecom’dan Bayram 35 GB internet-paketi:
📱 35 GB internet
💰 35 000 so‘m
📅 35 kun
Muloqot, ish, o‘qish va sevimli kontentingiz uchun — ko‘proq internet, yanada qulay shartlarda.
Bayram 35 GB paketini MyUztelecom ilovasi yoki 500*1# USSD-buyrug‘i orqali faollashtiring.
😀Uztelecom
Barcha uchun texnologiyalar
___
35 — это не просто цифра, это наше праздничное предложение! 🇺🇿✨
К 35-летию Независимости Узбекистана Uztelecom представляет интернет-пакет Bayram 35 GB:
📱 35 GB интернета
💰 35 000 сум
📅 35 дней
Для общения, работы, учебы и любимого контента — больше интернета на удобных условиях.
Подключайте Bayram 35 GB в приложении MyUztelecom или с помощью USSD-команды *500*1#.
😀Uztelecom
Технологии для каждого
MyUZTELECOM | Telegram | Facebook | Instagram | Website
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
—
Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам:
Telegram
Youtube
Facebook
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Rasmiy axborot
🇺🇿Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan. 🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan. 🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan. 🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35 | #Uzb35
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Qadriyatlar o‘zgarmaydi, ulug‘lanadi. Mustaqillik – xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng bebaho qadriyat!
Bugun Uztelecom yurtimizda ro‘y berayotgan har bir yangilanish, har bir bunyodkorlik manzilida bor. Bu – millionlab xalqimizning tanlovi!
Mustaqillik tufayli, yurtimizda amalga oshirilayotgan yuksak islohotlar natijasida bugungi Yangi O‘zbekiston – yangi marralarni zabt etmoqda. Biz kelajakni birga quryapmiz!
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
😀 “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati
👍 Social media | 🛜 Mobile App | 🛜 PRESS | 👍 Blog
Repost from Rasmiy axborot
✍ “Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди
АҚШ ва Канадада яшаётган 500 нафар ўзбекистонлик Президент Шавкат Мирзиёевга мурожаат йўллаб, Янги Ўзбекистондаги ўзгаришлар ва мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузи юксалаётганини алоҳида эътироф этди.
Мурожаатда сўнгги йилларда давлатнинг очиқлиги, хориждаги ватандошлар билан муносабат мутлақо янги босқичга кўтарилгани, улар билан мулоқот қилиш, фикрини эшитиш ва Ватан билан алоқаларини мустаҳкамлашга катта эътибор қаратилаётгани қайд этилган.
🇺🇸🇺🇿 Айниқса, Ўзбекистон ва АҚШ муносабатларининг янги босқичга кўтарилаётгани ватандошларда катта умид уйғотаётгани таъкидланган. Улар Президент Шавкат Мирзиёевнинг Дональд Трамп билан бўлажак бевосита ва ишончли мулоқоти, олий даражадаги учрашувлар, шунингдек, АҚШ ҳукумати, Конгресси ва ишбилармон доиралари билан кенгайиб бораётган ҳамкорлик Ўзбекистон учун янги имкониятлар очишига ишонч билдирган.
🔷“Сиз олиб бораётган сиёсат бизга нафақат янги имкониятлар яратмоқда, балки зиммамизга катта масъулият ҳам юкламоқда. Биз хорижда яшаётган ватандошлар Ўзбекистоннинг муносиб вакиллари бўлишимиз, Ватанимизнинг ҳақиқий қиёфасини кенг жамоатчиликка етказишимиз керак”, — дейилади мурожаатда.Ватандошлар америкалик тадбиркор ва инвесторларни Ўзбекистонга жалб қилиш, янги технологиялар, билим ва тажрибаларни Ватанга олиб бориш, таълимий ва маданий алоқаларни кучайтиришга ҳисса қўшишга тайёр эканини билдирган. Мурожаатда яна бир муҳим фикр алоҳида урғуланган:
🔷“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз. Ўзбекистоннинг ютуғи — бизнинг ютуғимиз. Ўзбекистон байроғининг дунё майдонида баланд кўтарилиши — ҳар бир ватандошимиз учун фахр ва ифтихордир”.Мактуб якунида ватандошлар Президент Шавкат Мирзиёевни ва Ўзбекистон халқини яқинлашиб келаётган Мустақиллик байрами билан табриклаб, мамлакат тинчлиги, халқ фаровонлиги ва Янги Ўзбекистон тараққиёти йўлидаги ислоҳотларга муваффақият тилаган. Мурожаат “Vatan Global Alliance” жамияти раиси Озод Солиев, Ўзбекистон халқ артистлари Эркин Малаков ва Муҳаббат Шамаева, Ватан Филадельфия жамияти раиси Саидулло Аҳмедов, Ватан Нью-Йорк жамияти раиси Бахтиёр Қодиров ҳамда Америкада яшаётган 500 нафар ватандош номидан йўлланган. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды в преддверии празднования Дня независимости.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны.
#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
