Engineering Notes
Відкрити в Telegram
Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi. Ba'zi postlarda xatoliklar bor. Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat. Contact: @Bobosher_Musurmonov LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov
Показати більше2 573
Підписники
+524 години
+57 днів
+2030 день
Архів дописів
2 573
Bugungi advent of code masalasini hozirgina ko'rdim. Lagrange polynomial bilan bruteforce qilib yuborsammikan deb o'ylab turibman ))
2 573
Repost from Tabiiy Intellekt
GPT is becoming a Turing machine : "Tegishli "promtpting" orqali, GPT-3 modellarni kompyuter ilmi va intervyularda uchraydigan muammolarni yechuvchi takrorlanuvchi dasturlardek iterativ tabiatga undash mumkin... "
Boshqa joyda o'qigan edim, LLM'larning o'rgatish vaqtida qilingan xarajatlar bilan bashorat/generatsiya vaqtidagi xarajatlar orasida kompromis bor. Ko'p va to'g'ri qilingan o'rgatish tushunarliki kuchli modellarni yuzaga keltiradi. Teskari fikr esa juda qiziqarli: kam o'rgatilgan model ham juda kuchli hisoblovchi bo'lishi mumkin yetarlicha ko'p xarajat qilinsa. Bu qarash LLM'larga berilgan "promtp"lar ahamiyatini oshiradi.
Fikrimcha, kerakli prompt'larni yoza olish va hech kimda yo'q ma'lumotlarga ega bo'lish yaqin kelajak tadbirkorlari xususiyatlaridan biriga aylanadi.
2 573
Hali bugungi "Advent Of Code" masalasini yechishga ulgurmadim, lekin yo'lda 1-qismiga ko'z yugurtirib chiqdim. Agar hech narsani esdan chiqarmagan bo'lsam, oddiy integral orqali O(1) da hisoblasa bo'ladi. Shaxsan men uchun kutilmagan masala.
2 573
Men:
— MDCga registratsiya qilsammikan yo yo'qmi? Baribir C# ni bilmasam...
2 minutdan keyin:
— Eee, shoshma, Javani bilaman-ku.
2 573
Repost from Python FAQ
Tanlov 2023 - 💰 5 million so'mlik yutuq
Python dasturlash tilidan O'zbek tilidagi savollar tanlovi: savol tuzing va bizga jo'nating.
⏰ 2023-yilning 1-dekabridan 2023-yilning 21-dekabrigacha savollar qabul qilinadi.
2 573
Qaysi dasturlash tilidan boshlay deb so'raganingda
P.S. Rasmlarni ruxsatsiz ishlatdim, rozi bo'lasizlar.
2 573
Mehmon chaqirmoqchi edim, o'zim chaqiriladigan bo'ldim. Talk database internals'ga endi qiziqishni boshlaganlar uchun foydali bo'ladi deb umid qilaman.
P.S. Anaqqisa, posterni share qilsanglar xursand bo'lardik.
2 573
Repost from Otabek’s I/O
#TechTalks 2-soni efirda!
Applied Labs kompaniyasida Software Engineer bo'lib ishlagan, Backend va Data Engineering sohasiga aloqador ko'plab foydali postlar yozgan mexmon - Bobosher Musurmonov bilan o'zgacha suxbat.
Ushbu suhbat ochiq, samimiy va boshqalaridan qiziq bo'ladi, ishonavering. Sizga qiziq bo'lgan savollarni esa izohlarda qoldiring.
Vaqt: 21:00 (Toshkent vaqti bilan)
Sana: 26-Noyabr
Mavzu: Trip to Database internals
@otabekswe
2 573
Bugun birinchi marta ish uchun ChatGPT ishlatib ko'rdim. Ish effektivligini anchagina oshirar ekan. Hozircha yangi narsa o'rganish uchun emas, linux, docker, postgresql va hokazolarga "cheatsheet" sifatida ishlatayapman. Menimcha shunisi yaxshiroq.
2 573
Category theorydan functional programmingga kirib kelgan idealarni original kontekstda o'rganish sohadagi "pitfall"larga tushib qolishdan saqlaydi va to'g'ri yo'nalishda fikrlashga yordam beradi deb o'ylayman. Masalan, "funksiya kodni duplicate qilmaslik uchun ishlatiladi" degan keng tarqalgan fikr paydo bo'lishiga sabab ham konseptni noto'g'ri kontekstda o'rganish. Natija? Functional programmingni procedural programmingdan ajrata olmaydigan avlod va ular keyingi avlodga ham shunday deb o'rgatishda davom etayapti.
2 573
Yaqinda Asaxiy Booksdan birinchi marta e-book sotib olib o'qidim. Bu mendagi kitob o'qish bilan bog'liq eng yomon experience bo'ldi. Mobile app buglarga to'la, hozircha hech kimga tavsiya qila olmayman.
Ochig'i, buni kanalda yozish niyatim yo'q edi. Lekin bir necha kun harakat qilib ham tech supportga bog'lanolmaganim uchun (telefon orqali ham, Telegram bot orqali ham) shu yerda yozishga qaror qildim. Kanalda Asaxiy booksda ishlaydiganlar bo'lsa bemalol shaxsiyga yozishingiz mumkin, buglar haqida batafsilroq yozaman.
2 573
Repost from Vohid Karimov
Shu sababli ham Westminsterda o'qiyotganimda INHAda o'qiyotgan o'rtoqlarimga havas qilardim.
Chunki web, mobile, va boshqa high-level texnologiyalarni o'zingiz o'rganib olsangiz bo'ladi. Fundamental Computer Science mavzularini esa professorlar bilan o'rganish osonroq va qiziqarliroq (albatta yaxshi professor bo'lsa).
Shuning uchun ham universitetni bitirganimdan keyin 2-3ta yaqin dasturchi o'rtoqlar bilan shu fundamental bilimlarni top universitetlarda yozib olingan CS darslaridan o'rganishni davom ettirganmiz.
Sizga ham shunday kurslar qiziq bo'lsa, Awesome CS Courses github reposini foydalanishni maslahat beraman.
