cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Ravzai mujda

...mujdalar keltirdim baxt otligʻ..

Більше
Рекламні дописи
196
Підписники
Немає даних24 години
-47 днів
-430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
30-may - O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir tavallud topgan kun SHOIRLAR (Esdaliklardan) Uch-to‘rt shoir to‘planib olib, Bir-birlarin maqtashar biyron: -Men Pushkinman, sen – Mirzo G‘olib, U – Navoiy, bu esa – Bayron. Alahlashar bitta niyatda: Uni yo‘qot, bunisin yemir. To tonggacha Adabiyotda Ter to‘kadi yolg‘iz Mirtemir. 09.03.2009-yil Abdulla Oripov
Показати все...
Kundalikdan (qizimga) Ey baxti kulgan qizim, muhabbat va ardog'imizdagi farzandim, Yaratgan senga mehrga to'lgan musulmon ota-ona bilan birga to'kinlik, tinchlik, salomatlik, husn, tafakkur va boshqa adoqsiz ne'matlar berdi. Alhamdulillah! Dunyoda millionlab bolalar och qolayotgan, tug'iliboq portlab ketayotgan, bog'chalaridan, uylaridan kuchuk bolalaridek tashqariga itqitilayotgan, vatanlaridan, yaqinlaridan ayrilayotgan vaqtda senga baxtli yashash imkonini beryapti. Alhamdulillah! Qurbimiz yetgunicha do'konga kirib istaganingni olishing, yaxshi ta'liming, chiroyli kiyinishing, husni xulq bo'lishing, sog'lom va aqlli bo'lishing uchun hamma sharoitni muntazir qilyapmiz. Sen har kuni ovqatlardan bosh tortasan,( ilohim rizqing keng bo'lsin hamisha) boshqa yerda tengqurlaring bir tishlam yemakka muhtoj bo'lib so'ladi. Aziz qizim, sen ular uchun ham zukko bo'lishing, yiqilmasliging, jahon ilm maydonida mung'aymasliging, oxirgi nafaslaringgacha kuchli bo'lishing zarur! Yorug', shinam sinfxonalarda shunchaki vaqt o'tkazmasliging kerak. Dining va e'tiqodingda sobit bo'lishing, nafsing va iymoningni o'z o'rinda tuta olishing muhim. Senga va senga o'xshagan baxtli bolalarga xasta tabiatni, bemor dunyoni meros qoldiramiz. Bu aniq. Ammo tafakkur va iymoningni salomat saqlasang, ikkisining kamoloti uchun harakat qilishdan to'xtamasang g'olib bo'lasan, Insha'Allah! Atrofingdagilarga doim xushyor bo'l. O'z vazifangni qil, gardaningda bo'lmaganlariga aralashma. Muhabbat ko'rsatganlarni, sadoqatlilarni unutma. So'zi va tarbiyasi bilan qalbingga ozor bermoqchi bo'lganlarga qiyo ham boqma. Zotan ularning hisobi qilingan. Sen o'z vazifangni bajar! Shunchaki ish qilma. Yolg'onga yaqinlashma! Seni va barcha bolalarni doim Allohga omonat qildim. Hotirjam bo'l, hotirjam va puxta harakat qil. Seni yaxshi ko'ramiz.
Показати все...
Mirtemir dahosi ortidagi kenglikni ilk marta she'rlarini o'qigan chog'larimdan beri o'ylayman. Bu buyuk shoirni baxtli, saodatli kunlari ko'p bo'lgan bo'lsa kerak deb yurardim. Domla haqidagi xotiralarni o'qirkanman, she'riyatidagi umidlangan, qayta-qayta yashashga kuch topgan tuyg'ularining ma'nosiga endi tushunyotgandekman. Uning shaxsiyati, ijodiga qilingan kamsitishlar, ur-surlarning adog'i bo'lmagan ekan. Ustozim Xurshidabonu doim nega Mirtemir she'rlarini buncha yaxshi ko'rishimni so'rganida izohlab berolmagandim. Yoshim sal kattarib endi javob topdim. Inson har qanday jim-jimalardan baribir bir kuni zerikadi. So'zda ham amalda ham asil, oxor berilmagan haqiqatni izlay boshlaydi. Mirtemir boboning yozganlarida ana shu asliyat go'zalligi, doimiyligi bor. Oxiratingiz obod bo'lsin ustoz! (She'rni o'zi o'qigan)
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Muoviya roziyallohu anhu: " Halimlik tajribali kishida bo'ladi", deydi.
Показати все...
00:24
Відео недоступнеДивитись в Telegram
01:00
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Kundalikdan Aziz farzandim, oftobcham, o'zimning shirin qizim, shu kunlarda ravon gapira boshlading. Fikrlashlaring ham o'sayotgandek. O'yinchoqlaringni o'ynab bo'lgach yig'ib qo'yishing, o'z sochiqlaringni avaylab taxlashing, biror narsaga rozi bo'lmaygina mayli desam, ko'nglim uchun voz kechishlaringdan Alloh menga qanday ham aqlli, mulohazali dilband berganini tushunib boryapman. Chaqaloqligida yig'loqroq bo'lganlar, ulg'aygani sari vazminlashib, eshituvchan bo'ladi deyishardi. Rost shekilli. Sho'xliging, erkaliging bir tomon, eshitishni bilishing, murosa qila olishing boshqa tomon. Muhabbatingng chegarasiz. Shovqin yoqmaydi. Kulmay qo'yasan. Nimanidir o'ylagan kishidek jim bo'lib ketasan. Ozodalikni sevasan. Kiyimningga biror choy tomsa ham "almashtiringg" deb yig'lamsiraysan. E'tiborimiz chalg'ib qolsa amallab alishtirib ham olasan. Kuni kecha somsa qilayotib yumaloqchalardan berdim. Kattagina o'qlov bilan ishshilay-ishshilay chiroyli qilib yoyib berding. Senga munosib ona bo'lishga harakat qilaman!❤️
Показати все...
Repost from Ravzai mujda
Фото недоступнеДивитись в Telegram
"*** Hali biror ishni qilmadim udda, Va lekin umrimdan mamnunman bot-bot. Qancha sinab, qancha ayagan bo'lsa, Shuncha to'lishtirdi aqlimni hayot. Ko'zi yoshliklarga malham qil dedim, Muhabbat so'radim halol, munavvar, Rizolik tilandim O'zidan to'kis, Obod bo'lsin dedim oxir va avval... E'zoza Obidjonova
Показати все...
Bizning arxitektura🏠
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Vilyam Jeyms "Alloh gunohlarimizni kechiradi, ammo asab tizimimiz hech qachon bunday qila olmaydi", deydi. To'pa to'g'ri aytadi. 😅Asablaringizni asrang yaxshilar!
Показати все...