cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi

Rasmiy sayt: Kasbit.uz Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali. Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin. Murojaat uchun: @Kasbi_hokimiga_mu Link: https://t.me/joinchat/AAAAAE9dMGsa_svRHaIs2w

Більше
Рекламні дописи
5 602
Підписники
Немає даних24 години
+77 днів
+6230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

02:45
Відео недоступнеДивитись в Telegram
❗️ Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari, yer qazish texnikasi egalari va yerdan foydalanuvchilar diqqatiga! ❌ Aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan yer osti magistral aloqa kabellari davlat muhofazasiga olingan. Ularning har ikki tomondan 2 metr qismi himoya hududi hisoblanadi. Mazkur hududlarda ruxsatsiz barcha turdagi yer qazish-ko‘mish va turli shakldagi qurilish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi! 🗣 Agar aloqa kabeli o‘tgan hududlarda yer qazish va qurilish ishlarini amalga oshirish zaruriyati tug‘ilsa, "O‘zbektelekom" AKning joylardagi xodimlariga yoki 📞 1133 qisqa raqamiga murojaat qilish tavsiya etiladi. 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining "Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Qarori ⚡️ Batafsil ma'lumot havolada 👍 “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati 👍 Social media | 📱 Mobile App | 👍 PRESS | 👍 Blog
Показати все...
Ер казиш ишлари.MP414.08 MB
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi qanchaga yetdi? 2024-yilning yanvar- mart oylarida Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 202,1 mlrd. so‘mni yoki 2023 yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 5,8 % ni tashkil qildi. Kanalga ulaning 👉@kasbi_tuman_hokimligi
Показати все...
👍 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ta’mirlash ishlari sababli Kasbi tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi 2024-yil 10-iyul kuni soat 11-30 dan 15-00 gacha kuz-qish mavsumi oldidan ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, tumandagi Yuksalish, Xo'jaxayron, Obod Yurt va Komilon mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. Kasbi tumani elektr tarmoqlari korxonasi. Kanalga ulaning 👉@kasbi_tuman_hokimligi
Показати все...
👍 3👏 1🤯 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Kibermadaniyatni_yuksaltirish_oyligi Har kuni millionlab odamlar raqamli pul operatsiyalarini amalga oshiradilar. Ular navbatlardan qochish va vaqtlarini tejash uchun ham ishni onlayn tarzda bajaradi. So‘nggi bir necha yil ichida raqamli tranzaksiyalar ko‘paygan bo‘lsa-da, kiber firibgarlik holatlari ham xuddi shunday sur’atda oshdi. Kiber jinoyatchilar turli yo‘llar bilan odamlarning pullarini talon-taroj qilishmoqda. Bu haqida doimiy ravishda tushuntirish kampaniyalari olib borilmoqda, ammo bundan keyin ham firibgarliklar to‘xtamay, kiber jinoyatchilar odamlarni yangi yo‘llar bilan o‘zlarining qurbonlariga aylantirmoqdalar. Ushbu tavsiyalar yordamida siz onlayn firibgarliklardan himoyalanishingiz va xavfsiz raqamli to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. "Yuksalish" harakati Qashqadaryo bo‘linmasi
Показати все...
👍 7
Фото недоступнеДивитись в Telegram
"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida tuman Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Bugun, Kasbi tumani Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi xodimlari tomonidan kiberjinoyatlar qurboniga aylanishning oldini olish hamda ularda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda "kibergigiyena"ni shakllantirish yuzasidan bo'linmaga tashrif buyurgan chet el fuqarolariga batafsil tushunchalar berildi va targ'ibot materiallari tarqatildi. Kanalga ulaning 👉@kasbi_tuman_hokimligi
Показати все...
👍 8 1
Kasbi tumanida g‘o‘za parvarishi uchun agrotexnik tadbirlarni sifatli oʻtkazish yuzasidan seminar tashkil etildi Kasbi tumanida oʻtkazilgan seminarda viloyat hokimi o'rinbosari U.Uzoqov, viloyat prokurorining o‘rinbosari O'.Yusupov, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i A.Boymirov, tuman hokimi T.Meyliyev, sektor rahbarlari, barcha qishloq xoʻjaligi vakillari hamda fermerlar ishtirok etishdi. Seminarda gʻoʻza parvarishida masʼuliyatli davr ekanligi, agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish lozimligi, yaganalash, chuqur yumshatish, shira tripsiga qarshi biologik usulda kurashishni kengaytirish, maydonlarni begona oʻtlardan tozalash kabi tadbirlarni o'z vaqtida bajarish lozimligi aytildi. Shuningdek, tumandagi mavjud biolaboratoriyalar bilan ishlash oʻta muhimligi ta'kidlandi. Kanalga ulaning 👉@kasbi_tuman_hokimligi
Показати все...
👍 7
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qashqadaryo viloyatida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi qancha? 2024- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 57,6 % ni tashkil etdi. Kanalga ulaning 👉@kasbi_tuman_hokimligi
Показати все...
👍 3
Kasbi tumanida Kiber madaniyatni yuksaltirish bo'yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda Bugun Kasbi tumani hokimi T.Meyliyev hamda tuman IIB boshligʻi O.Raximov tomonidan tuman "Madaniyat markazi"da Kiber madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri oʻtkazilib, huquqiy tushunchalar berildi. Tadbir davomida, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilinishi va har xil aldovlarga ishonib qolmasliklari tushuntirildi. Kanalga ulaning 👉@kasbi_tuman_hokimligi
Показати все...
👍 9🙏 1
Repost from IHMA Qashqadaryo
Фото недоступнеДивитись в Telegram
✍️ Onlayn murojaat qoldiring! 🥹 Fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining rasmiy boti @IHMAQashqadaryobot ishga tushirilganligini eslatib o'tmoqchimiz. 🖋 Bunda siz ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam, nogironlikni belgilash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, sanatoriyaga yo'llanma, Muruvvat va Saxovat uylariga joylashish kabi bir nechta mavzular yuzasidan onlayn murojaat qilishingiz mumkin. 📝 Telegram | 💻 Instagram 📝 Facebook | 🎞 Youtube
Показати все...
👍 4
“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” Kasbi tumanida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari bo’lib o’tmoqda. Xususan, mazkur oylik doirasida tuman IIB boshlig‘i O.Raximov tomonidan qishloq xo‘jaligi xodimlari, MMTP raislari hamda fermerlar ishtirokida tushuntirish ishlari olib borilib, kiber jinoyat turlari, ulardan himoyalanish usullari hamda o‘tkazilayotgan targ‘ibot oyligi davomida o‘tkaziladigan ko‘rik tanlovlar haqida ma’lumot berildi. Kanalga ulaning 👉@kasbi_tuman_hokimligi
Показати все...
👍 6🤯 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.