cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Jomboy tongi gazetasi

Samarqand viloyati Jomboy tumani “Jomboy tongi” gazetasining rasmiy kanali Bot (Xabar qoldirish): @jomboytongibot ☎️(0366) 475-27-00, (94) 186-23-85 🔗http://jomboytongi.uz http://facebook.com/jomboy-tongi-gazetasi 🏛Jomboy shahri, Archazor koʻchasi, 13-uy.

Більше
Рекламні дописи
395
Підписники
-124 години
-27 днів
-430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

📌 Mahalla binosi – jamoatchilik uyi So‘nggi bir yilda barpo etilgan mahalla binolaridagi ish jarayoni bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Qayd etilishicha, bugungi kunda tumanimizda mavjud 38 ta mahallaning 36 tasi o‘z binosiga ega. Shundan 10 tasi so‘nggi 2 yilda barpo etilgan. Bundan tashqari, mahallalar moddiy texnik bazasini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilning mart oyida Taldirazzoq, Tut, Xitoypoyon, Nogahon, Samarqand, Nazar, Eski Jomboy, may oyida Qang‘li, Qo‘rg‘onsolomon, Qo‘ng‘irot va Quduqli mahallalariga kompyuter jamlanmasi berilgan. Tumandagi Qo‘ng‘irot va Quduqli mahallalari o‘z xizmat binosiga ega emas, hozirgi kunda ushbu mahallalarning binosini qurish ishlari davom etmoqda. @jomboytongi
Показати все...
👍 1
📌 Tajribali tomorqachilar zamon qahramoni Samarali ish yuritayotgan tomorqachilar faoliyati bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Qishloq xo‘jaligi bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda Sarichashma mahallasidagi Hadicha Narziyeva tajribasi taqdimot qilindi. Ushbu xonadonda 12 sotix tomorqa maydoni mavjud bo‘lib, turli sabzavotlar ekilgan. Undan tashqari 2 sotix issiqxona ham mavjud. Bu yerda pomidor yetishtirib, yiliga 3 marta hosil olinmoqda. Tadbir davomida bu kabi tajribali tomorqachilar tumanda ko‘plab ekani ta’kidlandi.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📌 Harbiy ta’lim yoshlar tarbiyasida muhim 26-umumta’lim maktabida barpo etilgan harbiy maydoncha faoliyati bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Unda chaqiruvga qadar boshlang‘ich ta’lim sinf xonasi, sport va harbiy-o‘quv qurollar, harbiy maydonchada yaratilgan sharoitlar taqdimot qilindi. Qayd etish joizki, ushbu maydoncha Prezidentimizning 2022-yildagi tumanimizga tashrifi davomida bergan topshiriqlaridan kelib chiqib barpo etilgan. Bu yerda harbiy ta’lim uchun zarur eng zamonaviy sharoitlar mavjud. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. @jomboytongi
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📌 Mavsum yumushlari hosil cho‘g‘ini belgilaydi Agroinspeksiya tuman bo‘limi tomonidan mavsum yumushlarining borishi bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Qayd etilishicha, ayni kunlarda kuzgi boshoqli don hosilini yig‘ib olish jarayoni jadallik bilan davom etmoqda. Shuningdek, g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekinlar yetishtirish maqsadida ishlar boshlab yuborilgan. Ta’kidlandiki, joriy mavsumda 8901 gektar maydonga takroriy ekin ekiladi. Bunda 4 ta toifa xo‘jaliklaridagi ekin yerlari tanlab olinmoqda. @jomboytongi
Показати все...
📌 Renovatsiya asosida 2 ta uy qurilmoqda Renovatsiya usulida barpo etilayotgan uy-joylar bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Qayd etilishicha, 2024-yil 12-fevral kuni Prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida respublikamiz bo‘ylab avariya holatidagi 247 ta ko‘p qavatli uy-joylar renovatsiya qilinishi belgilangan. Shu asosda tumanimizning Shodlik mahallasida joylashgan 53-uy, Alisher Navoiy mahallasidagi 55A-uy renovatsiya sharti asosida qayta barpo etilishi boshlandi. Bu yerda bajarilgan ishlar tadbir ishtirokchilariga taqdimot qilindi. @jomboytongi
Показати все...
📌 Ajziy maktabi – milliy uyg‘onish o‘chogi Holvoyi mahallasida Saidahmat Siddiqiy-Ajziy asos solgan jadid maktabi haqida jamoatchilikka axborot berish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbir avvalida ishtirokchilarga ulug‘ ma’rifatparvar shoir Ajziy ijodi haqida ma’lumot berildi. Qayd etish joizki, Ajziy milliy uyg’onish davrining yirik vakillaridan biri sanaladi. 1864-yilda Holvoyi qishlog‘ida hunarmand oilasida tug‘ilgan. Samarqand, Buxoro madrasalarida o‘qigan. arab, fors, ozarbayjon tillarini mukammal bilgan. Keyinroq rus tilini ham o‘rgangan. 1901-1903-yillarda Kavkaz, Arab mamlakatlari va Rossiyaga sayohat qilgan. Samarqandga qaytgach, ona qishlog‘ida yangi usuldagi maktab ochib, o‘qituvchilik qilgan. Ushbu maktab bugungi kunda 19-umumta’lim maktabi ixtiyorida bo‘lib, muzeyga aylantirilgan. Press-turda jadidlar davriga oid eksponatlar ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. @jomboytongi
Показати все...
📌 7 milliardlik ssuda nima maqsadda ishlatilgan? Davlat ssudasi hisobidan obodonlashtirish boshqarmasiga xarid qilingan texnikalar bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Qayd etilishcha, bugungi kunda boshqarma balansida 4 ta samosval, 2 ta greyder, 2 ta katok, 1 ta freza, 1 ta pogruzchik 1 ta manipulyator mavjud. Bundan tashqari, Holvoyi mahallasida beton-ustunlar quyish sexi ham faoliyat yuritmoqda. – Bularning barchasi 7 milliard so‘mlik davlat ssudasi hisobidan xarid qilingan, – deydi boshqarma boshlig‘i Kamoliddin Salohiddinov. – 2022-yilda Prezidentimiz tumanimizga tashrif buyurib, jamoatchilik faollari bilan muloqot qilgandi. Ushbu uchrashuvda bildirilgan jomboylik faollar iltimosiga ko‘ra, ssuda ajratilgan. Natijada tumanimizni yanada obod qilish imkoniga ega bo‘ldik. Joriy yildan ssuda qarzini bosqichma-bosqich qaytaryapmiz. Mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. @jomboytongi
Показати все...
👍 1
📌 Marvar opaning kumush qo‘llari Taniqli pillakor Marvar Bo‘riyeva rahbarlik qilayotgan xo‘jalik faoliyati bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Qayd etish joizki, “To‘lqin Hamdamov XTX” pillachilik fermer xo‘jaligi tuman hokimining 2018-yil 19-noyabrdagi qaroriga asosan tashkil qilingan. Xo‘jalik rahbari Marvar Bo‘riyeva tomonidan 2,8 gektar tutzor barpo qilinib, har mavsumda 14 quti ipak qurti boqiladi. 2022-yilda 766 kilogramm (rejaga nisbatan 109 foiz), 2023-yilda 847 kilogramm (110 foiz), joriy yilda esa 980 kilogramm (117 foiz) hosil olingani e’tiborga molikdir. Ustoz agronom M.Bo‘riyeva tajribasi yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi. @jomboytongi
Показати все...
👍 1
Marvar opaning kumush qo‘llari Taniqli pillakor Marvar Bo‘riyeva rahbarlik qilayotgan xo‘jalik faoliyati bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Qayd etish joizki, “To‘lqin Hamdamov XTX” pillachilik fermer xo‘jaligi tuman hokimining 2018-yil 19-noyabrdagi qaroriga asosan tashkil qilingan. Xo‘jalik rahbari Marvar Bo‘riyeva tomonidan 2,8 gektar tutzor barpo qilinib, har mavsumda 14 quti ipak qurti boqiladi. 2022-yilda 766 kilogramm (rejaga nisbatan 109 foiz), 2023-yilda 847 kilogramm (110 foiz), joriy yilda esa 980 kilogramm (117 foiz) hosil olingani e’tiborga molikdir. Ustoz agronom M.Bo‘riyeva tajribasi yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi. @jomboytongi
Показати все...
📌 Markazdan olis “Zarafshon” – namunali tibbiy punkt Namunali ish yuritayotgan “Zarafshon” oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Qayd etilishicha, hudud aholisi 6 ming nafardan ortiq bo‘lib, asosan, Olmazor mahallasida istiqomat qiladi. Ularga xizmat ko‘rsatish uchun 3 ta tibbiy brigada tashkil qilingan. Jumladan, 2 ta oilaviy shifokor, 13 ta hamshira, 1 ta doya aholi xizmatida. Tadbir ishtirokchilariga tibbiy punkt faoliyati amaliy tarzda taqdimot qilindi. @jomboytongi
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.