Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
Відкрити в Telegram
Samarqand viloyat Statistika boshqarmasining rasmiy sahifasi 🌐 www.samstat.uz - vebsayt 👥 @samstat - Murojaat uchun (telegram guruh)
Показати більше606
Підписники
Немає даних24 години
-17 днів
-1430 день
Архів дописів
+1
Yangi so‘z va atamalarni rasmiy muomalaga kiritsh masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
🔹Bugun Samarqand viloyati statistika boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2026-yil 30-iyundagi “Ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 58-son bayoni ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyat hokimligining chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Batafsil ...📲
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊5 oyda O‘zbekistonda 57,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan
2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 57,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 7,9 foizga oshgan.
Hududlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 10,2 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 7,9 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 7,7 trln so‘m;
Andijon viloyati — 4,5 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 4,5 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 3,7 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 3,5 trln so‘m;
Namangan viloyati — 3,5 trln so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2,5 trln so‘m;
Navoiy viloyati — 2,4 trln so‘m;
Xorazm viloyati — 1,8 trln so‘m;
Surxondaryo viloyati — 1,7 trln so‘m;
Sirdaryo viloyati — 1,7 trln so‘m;
Jizzax viloyati — 1,6 trln so‘m.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊O‘zbekistonda MCHJlar soni 343 mingtadan oshdi
2026-yilning 1-iyun holatiga O‘zbekistonda 430,9 mingta tijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 343,6 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 79,7 foizini tashkil etdi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 343 584 ta (79,7 %);
Xususiy korxonalar – 46 515 ta (10,8 %);
Oilaviy korxonalar – 36 697 ta (8,5 %);
Aksiyadorlik jamiyati – 645 ta (0,2 %);
Boshqalar – 3 496 ta (0,8 %).
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊O‘zbekiston–Belarus o‘rtasida turistik tashriflar soni ortib bormoqda
2026-yil yanvar–may oylarida O‘zbekistonga 14 251 nafar Belarus fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,7 foizga oshgan.
Belarus fuqarolarining safar maqsadlari tahlil qilinganda — sayohat maqsadida 7 053 nafar, xizmat yuzasidan 5 688 nafar, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 1 502 nafar, davolanish uchun 5 nafar va o‘qish uchun 3 nafar tashrif qayd etilgan.
Shuningdek, mazkur davrda O‘zbekistondan Belarusga jami 1 101 nafar fuqaro turistik maqsadlarda safar qilgan.
O‘zbekistonliklarning ham safar maqsadlari tarkibida sayohat ustunlik qilib, 914 nafarni tashkil etgan. Shuningdek, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 121 nafar, xizmat yuzasidan 31 nafar, o‘qish uchun 28 nafar hamda davolanish uchun 7 nafar fuqaro safar qilgan.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
+2
📊 Siyosiy-ma’rifiy bilim — samarali davlat fuqarolik xizmatining muhim omili
🔹 Davlat fuqarolik xizmatchilarini mamlakatimiz va jahon miqyosida yuz berayotgan muhim siyosiy-ijtimoiy voqea-hodisalar bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida har haftaning juma kunlari "Siyosiy-ma’rifat soati" onlayn o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda.
🔹 Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston va xorijda sodir bo‘layotgan muhim voqea-hodisalar yuzasidan tayyorlangan siyosiy dayjest hamda ma’naviy-ma’rifiy videolavhalar namoyish etildi.
🔹 Shuningdek, ishtirokchilar dolzarb mavzular yuzasidan zarur ma’lumotlarga ega bo‘lib, siyosiy-huquqiy bilimlari va dunyoqarashlarini yanada mustahkamladilar.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash xizmatlariga 5 oyda 9 trln so‘mdan ziyod mablag‘ sarfladi
2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 9,1 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,7 foizga oshgan.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 16,8 foizi tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlariga, 20 foizi shifoxona muassasalari xizmatlariga hamda 63,2 foizi boshqa xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 4,2 trln so‘m
Toshkent viloyati — 862,1 mlrd so‘m
Samarqand viloyati — 694,1 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati — 593 mlrd so‘m
Andijon viloyati — 428,9 mlrd so‘m
Namangan viloyati — 415 mlrd so‘m
Buxoro viloyati — 353,9 mlrd so‘m
Xorazm viloyati — 335,9 mlrd so‘m
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊O‘zbekistonda gazetalar soni nechta?
2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan gazetalar soni 219 tani tashkil etgan.
Gazetalarning yillik tiraji 30,2 mln nusxani tashkil qilgan.
Yillar kesimida gazetalar soni:
2010-yil — 649 ta;
2015-yil — 620 ta;
2020-yil — 366 ta;
2025-yil — 219 ta.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Tog‘-kon sanoati hajmi 34,7 trln so‘mga yetdi
2026-yilning yanvar oyida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, hajmi 436,2 trln so‘mni tashkil etdi.
Seksiyalar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishi hajmi quyidagicha:
— ishlab chiqarish sanoati – 436,2 trln so‘m (86,2 %)
— tog‘-kon va ochiq konlarni ishlash – 34,7 trln so‘m (6,9 %)
— elektr gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 32,4 trln so‘m (6,4 %)
— suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 2,7 trln so‘m (0,5 %)
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
+6
📊Samarqandda yalpi hududiy mahsulotni tahlil qilish va hududiy iqtosodiy rivojlanishni baholash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi
Samarqand viloyatidagi "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda Milliy statistika qo‘mitasi hamkorligida "Yalpi hududiy mahsulot (YHM)ni tahlil qilish va hududiy iqtisodiy rivojlanishni baholash" mavzusida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.
Unda, Samarqand viloyati, shuningdek tuman va shahar hokimlari hamda ularning iqtisodiyot masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Tadbirni Milliy statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Sherzod Abraev hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Golibjon Tursunkulov olib bordi.
Batafsil ... 📲
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
🎓 O‘zbekistonliklar 5 oyda ta’lim xizmatlari uchun 18 trln so‘mdan ziyod mablag‘ sarflagan
📅 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 18,8 trln so‘mni tashkil etdi.
📈 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 21 foizga oshgan.
🎓 Ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar eng yuqori ulushga ega bo‘lib, jami ta’lim xizmatlarining 44,7 foizini tashkil etdi.
📍 Hududlar kesimida ta’lim xizmatlari hajmi:
🥇 Toshkent shahri — 9,7 trln so‘m
🥈 Samarqand viloyati — 1,3 trln so‘m
🥉 Farg‘ona viloyati — 1,1 trln so‘m
📌 Boshqa hududlar:
🎓 Andijon viloyati — 918,9 mlrd so‘m
🎓 Toshkent viloyati — 908,4 mlrd so‘m
🎓 Namangan viloyati — 901,3 mlrd so‘m
🎓 Buxoro viloyati — 799 mlrd so‘m
🎓 Qashqadaryo viloyati — 782,2 mlrd so‘m
🎓 Xorazm viloyati — 578,9 mlrd so‘m
🎓 Surxondaryo viloyati — 577,5 mlrd so‘m
🎓 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 533,2 mlrd so‘m
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
🏛 O‘zbekiston muzeylariga 5,5 mln kishi tashrif buyurdi
📅 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 137 ta muzey faoliyat yuritgan (filiallarni qo‘shgan holda).
👥 2025-yil davomida muzeylarga 5,5 million kishi tashrif buyurgan.
📈 Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan:
🔹 692,3 ming nafarga ko‘paygan;
🔹 14,5 foizga o‘sgan.
📊 Har ming nafar aholiga nisbatan muzeylarga tashriflar soni 145 tani tashkil etgan.
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📅 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda 505,9 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
📍 Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi:
🥇 Navoiy viloyati — 128,5 trln so‘m
🥈 Toshkent shahri — 81,7 trln so‘m
🥉 Toshkent viloyati — 80,0 trln so‘m
📌 Boshqa hududlar:
🏭 Andijon viloyati — 44,0 trln so‘m
🏭 Samarqand viloyati — 25,5 trln so‘m
🏭 Farg‘ona viloyati — 23,1 trln so‘m
🏭 Buxoro viloyati — 20,7 trln so‘m
🏭 Qashqadaryo viloyati — 19,3 trln so‘m
🏭 Namangan viloyati — 16,1 trln so‘m
🏭 Jizzax viloyati — 15,6 trln so‘m
🏭 Xorazm viloyati — 14,6 trln so‘m
🏭 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 12,1 trln so‘m
🏭 Sirdaryo viloyati — 11,0 trln so‘m
🏭 Surxondaryo viloyati — 7,6 trln so‘m
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
🏟 O‘zbekistonda sport inshootlari soni 53 mingtani tashkil etdi
📅 2025-yilda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan sport inshootlari soni 53 mingtani tashkil etdi.
📌 Shundan:
🏙 Shahar joylarda — 24,5 mingta
🌳 Qishloq joylarda — 28,5 mingta
👥 Sport inshootlarining bir kunlik quvvati 2,2 million kishini tashkil etdi.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
🎓 Talabalar statistikasi: ta’lim bosqichi va hududlar kesimidagi taqsimot
📚 2025/2026 o‘quv yili boshida O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 535 ming nafarni tashkil etdi.
👨🎓 Ta’lim bosqichlari bo‘yicha:
🎓 Bakalavriat — 1 478,7 ming nafar
📖 Magistratura — 56,3 ming nafar
📍 Hududlar kesimida talabalar soni:
🏙 Toshkent shahri — 579,3 ming nafar
📍 Buxoro viloyati — 117,7 ming nafar
📍 Qashqadaryo viloyati — 111,6 ming nafar
📍 Toshkent viloyati — 101,5 ming nafar
📍 Farg‘ona viloyati — 98,9 ming nafar
📍 Samarqand viloyati — 93,9 ming nafar
📍 Surxondaryo viloyati — 76,2 ming nafar
📍 Xorazm viloyati — 65,9 ming nafar
📍 Andijon viloyati — 65,7 ming nafar
📍 Namangan viloyati — 52,5 ming nafar
📍 Navoiy viloyati — 42,5 ming nafar
📍 Jizzax viloyati — 32,4 ming nafar
📍 Sirdaryo viloyati — 23,2 ming nafar
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊 YAIM tarkibida xizmatlar sohasi eng yuqori ulushga ega
📅 2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 447,9 trln so‘mni tashkil etdi.
📌 YAIM tarkibida:
🔹 Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati — 427,5 trln so‘m (95,4%)
🔹 Mahsulotlarga sof soliqlar — 20,4 trln so‘m (4,6%)
📈 Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida:
🟢 Xizmatlar sohasi — 240,1 trln so‘m (56,2%)
🏭 Sanoat — 124,9 trln so‘m (29,2%)
🌾 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 36,2 trln so‘m (8,4%)
🏗 Qurilish — 26,4 trln so‘m (6,2%)
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
Repost from UZSTAT | Rasmiy kanal
⚡️ Ўзбекистонда аёллар эркаклардан узоқроқ умр кўрмоқда
🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилда Ўзбекистонда доимий аҳолининг ўртача умр кўриш давомийлиги 75,4 ёшни ташкил этган.
📊 Ушбу кўрсаткич:
Аёлларда — 77,3 ёш
Эркакларда — 72,9 ёш
Аввалроқ, Ўзбекистон аҳолисининг ўртача ёши ҳақида маълумот берилган эди.
Repost from Рўйхатга олиш – 2026
🏘 Рўйхатга олиш давомида 78,2 мингта қўшимча турар жойлар аниқланди
🇺🇿 Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш жараёнида республика бўйича 6,3 млнта турар жой объектлари аниқланган.
📊 Бу жорий ҳисоб-китоблардан 78,2 мингтага кўпдир.🛣 Шунингдек, аниқланган ички кўчалар узунлиги 193 518 кмни ташкил этди.
📊 Бу кўрсаткич аввалги маълумотларга нисбатан 2 754 кмга кўп.
📊O‘zbekiston 5 oyda 36,5 mln dollarlik gilos eksport qildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 36,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 16,8 ming tonna gilos eksport qilgan.
Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 ming tonnaga kamaygan.
Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p gilos yetkazib bergan davlatlar:
Rossiya – 11,7 ming tonna;
Qirg‘iz Respublikasi– 2,6 ming tonna;
Qozog‘iston – 2 ming tonna;
Belarus – 135,3 tonna;
BAA – 116,7 tonna;
Boshqa davlatlar – 140 tonna.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Har uchinchi yangi mashina — Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-may oylarida turli rusumdagi 190 480 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,3 ming donaga oshgan.
Ular rusumlar bo‘yicha quyidagicha:
Cobalt – 69 302 dona;
Damas – 35 269 dona;
Tracker – 18 519 dona;
Onix – 15 157 dona;
KIA – 11 128 dona;
BYD – 10 120 dona;
Haval – 4 038 dona;
Chery – 3 156 dona;
Maxsus yengil avtomobillar – 23 791 dona.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊O‘zbekistonda qaysi xizmat turlari eng tez o‘smoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 533,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Xizmatlar turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha:
moliyaviy xizmatlar — 124,9 %;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,2 %;
ta’lim sohasidagi xizmatlar — 121,0 %;
ijara xizmatlari — 117,6 %;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 117,5 %;
me’morchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 115,3 %;
sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 114,7 %;
yashash va ovqatlanish xizmatlari — 114,1 %;
savdo xizmatlari — 114,0 %;
transport xizmatlari — 113,3 %;
kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 113,0 %;
shaxsiy xizmatlar — 111,6 %;
boshqa xizmatlar — 115,8 %.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
