SSV matbuot kotibi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanali Twitter: twitter.com/furqatsanayev Facebook: facebook.com/furkatsanaev Instagram: instagram.com/furkat_sanayev Vazirlik telegram kanali - @ssvuz
Показати більше📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу SSV matbuot kotibi
Канал SSV matbuot kotibi (@ssvmatbuotkotibi) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 129 141 підписників, посідаючи 409 місце в категорії Політика та 367 місце у регіоні Узбекистан.
📊 Показники аудиторії та динаміка
З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 129 141 підписників.
За останніми даними від 30 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -2 503, а за останні 24 години на -148, загальне охоплення залишається високим.
- Статус верифікації: Не верифікований
- Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 4.32%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 2.87% реакцій від загальної кількості підписників.
- Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 5 584 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 3 708 переглядів.
- Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 4.
📝 Опис та контентна політика
Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanali
Twitter: twitter.com/furqatsanayev
Facebook: facebook.com/furkatsanaev
Instagram: instagram.com/furkat_sanayev
Vazirlik telegram kanali - @ssvuz”
Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 31 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Політика.
👍 Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari tomonidan sotib olinadigan uy-joy dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibiga doir tegishli nizom tasdiqlangani haqida xabar bergandik.❓Xo‘sh, bu imkoniyatdan kimlar foydalana oladi? ❓ Qancha miqdorda subsidiya ajratiladi? ❓Ariza topshirish tartibi qanday? ❓ Gʻoliblar qanday aniqlanadi? SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga batafsil javob topasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🖥 2018-yilda Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi ushbu haftalikni sog‘liqni saqlash sohasini targ‘ib qilishning muhim chorasi sifatida tashkil etishni qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiya qabul qilgan.🟡 Shundan beri har yili avgust oyining birinchi haftasida yurtimizda ham ona suti bilan oziqlantirish uchun qo‘llab-quvvatlovchi muhitni yaratish, jumladan, emizishning ona va bola uchun foydali tomonlari haqida aholiga ma’lumot berish maqsadida turli tadbirlar o‘tkaziladi. 📊 "O‘zbekiston — 2030" strategiyasiga asosan mamlakatimizda 2030-yilgacha 6 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarni istisnosiz ona suti bilan oziqlantirish darajasini 80 foizga yetkazish maqsad qilingan. 📝 2019-yil 23-oktyabrda “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan. ❌ Unga muvofiq, mamlakatimizda ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish taqiqlangan. Chunki bunday sun’iy mahsulotlar bola o‘sishining sekinlashishi va organizmida mikroelementlar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. 🔎 O‘tgan yili esa Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash dasturi tasdiqlandi. 🤱 Emizish bolalar salomatligini yaxshilashning eng samarali usullaridan biridir, ammo hozirda jahonda olti oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarning yarmidan kamrog‘igina faqat ona suti bilan oziqlantiriladi. 🗣Shu sababli yurtimizda go‘daklarni ko‘krak suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chaqaloq uchun tarkibida yuzdan ziyod shifobaxsh mikroelementlar jamlangan, immunoglobulinga boy ona sutidan ham ko‘ra mukammalroq ozuqa yo‘q. Shu bois u go‘dakni turli infeksiyalardan himoyalaydi, immunitetini mustahkamlaydi. 🔆 Ona suti — bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishini ta’minlashda eng asosiy elementlardan biri. Qolaversa, uning onalar salomatligini yaxshilashdagi ahamiyati katta. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Prezidentimizning 2026-yil 5-maydagi tegishli Farmonida tibbiyot xodimlarining ma’lumotlarini hrm.gov.uz elektron platformasi orqali shakllantirish ko‘zda tutilgan. Bu orqali sohada faoliyat yuritayotgan barcha tibbiyot xodimlariga oid ma’lumotlar yagona elektron bazada jamlanadi va inson resurslarini boshqarish jarayoni zamonaviy raqamli yechimlar asosida tashkil etiladi.Sog‘liqni saqlash vazirligida tibbiyot muassasalari mas’ul xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan amaliy seminar shu masalaga bag‘ishlandi. Tadbirda platformaning ishlash tamoyillari, tibbiyot xodimlarini unga kiritish tartibi, tizimdan foydalanish, inson resurslarini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari hamda yangi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Qayd etilganidek, tizim yordamida tibbiyot xodimlari kasbiy faoliyati, malaka darajasi, sertifikatlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish natijalari, mehnat faoliyati hamda boshqa muhim ma’lumotlar elektron shakllantiriladi. Bu inson resurslarini boshqarishning zamonaviy, shaffof va samarali modelini amaliyotga tatbiq etish uchun zamin yaratadi. Qolaversa, yangi platforma sog‘liqni saqlash muassasalarida kadrlar taqsimotini tahlildan o‘tkazish, mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni prognozlash, vakant lavozimlarni monitoring qilish, xodimlar malakasini baholash, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur statistik va analitik ma’lumotlarni shakllantirish imkonini beradi. Shuningdek, u orqali tibbiyot xodimlarining hududlar bo‘yicha taqsimoti, vakant ish o‘rinlari, mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj va kadrlar harakati real vaqt rejimida monitoring qilib boriladi. Eslatib o‘tamiz, platformadan foydalanish bepul amalga oshiriladi. SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Shu paytgacha “Salomatlik marafoni” bir qator hududlarda yuqori saviyada o‘tkazilgan bo‘lsa, kuni kecha Sirdaryo viloyatida ushbu aksiyaga start berildi.❓Uning doirasidan qanday tadbirlar o‘rin olgan? ❓Aholi qaysi turdagi tibbiy ko‘riklardan o‘tyapti? ❓Sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti olis hududlarga ham yetib bordimi? SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. ______
До этого «Марафон здоровья» на высоком уровне прошел в ряде регионов, а недавно эта акция стартовала в Сырдарьинской области.❓Какие мероприятия входят в его программу? ❓Какие виды медицинских обследований проходит население? ❓Достигла ли пропаганда здорового образа жизни отдаленных районов? Ответы — в нашем видеосюжете. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2024-yil 5-sentabrdagi tegishli qarori bilan sog‘liqni saqlash tizimida yangi moliyalashtirish tizimi joriy etildi. Bugunga kelib, ushbu islohot o‘zining dastlabki natijalarini bera boshladi.Buni joriy yilning dastlabki olti oyi yakunlari ham tasdiqlaydi. Xususan, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 1 mln. 490 ming 126 nafar bemorga shifoxona sharoitida tibbiy yordam ko‘rsatildi. Buning uchun tibbiyot muassasalariga Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 752,6 mlrd. so‘m o‘tkazildi. Natijada minglab oilalarning davolanish bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlari davlat tomonidan qoplab berildi. Hududlar kesimida eng ko‘p mablag‘ Samarqand (105,6 mlrd. so‘m), Qashqadaryo (93 mlrd. so‘m) va Farg‘ona (74,2 mlrd. so‘m) viloyatlariga yo‘naltirildi. Moliyalashtirish hajmi barqaror o‘sib, iyunda eng yuqori ko‘rsatkichga (155,7 mlrd. so‘m) yetdi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
❓Xo‘sh, bu imkoniyatdan kimlar foydalana oladi?💬 Ushbu imkoniyatdan davlat tibbiyot muassasalarida tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi sifatida ishlayotgan hamda davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yillik mehnat stajiga ega xodimlar foydalanishi mumkin.
❓ Qancha miqdorda subsidiya ajratiladi?💬 Ipoteka krediti asosida birlamchi uy-joy bozoridan kvartira yoki uy sotib olinganda, hisoblangan dastlabki badalning 25 foizi subsidiya sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligining Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
❓Qayerdan uy sotib olish mumkin?💬 Fuqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan hududidan qat’i nazar, yurtimizning istalgan hududidan subsidiya dasturi doirasida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishi mumkin.
❓Ariza topshirish tartibi qanday?💬 Buning uchun brauzer orqali my.gov.uz rasmiy saytiga kiring. Saytning yuqori qismidagi “Kirish” tugmasini bosib, OneID orqali shaxsiy kabinetingizga o‘ting. Qidiruv maydoniga “Davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ajratish” deb yozing va shu bo‘limga kiring. Xizmat sahifasida imtiyozdan kimlar foydalanishi, asosiy talablar va ariza berish shartlari bilan tanishing. Shundan keyin "Ariza yuborish" tugmasini bosing. Tizimda avtomatik shakllangan shaxsiy ma’lumotlaringiz, ish joyingiz va mehnat stajingizni diqqat bilan tekshiring. Ma’lumotlarning asosiy qismi tegishli davlat axborot tizimlaridan avtomatik ravishda olinadi. Sizdan faqat zarur maydonlarni to‘ldirish, ma’lumotlarni tekshirish hamda shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish va elektron tekshiruvlarga rozilik bildirish talab etiladi. Barcha ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilganiga ishonch hosil qilgach, “Yuborish” tugmasini bosing. Ariza qabul qilinganidan so‘ng unga maxsus ID raqami beriladi. Arizaning holatini shaxsiy kabinet orqali kuzatib borish mumkin.
❓ Gʻoliblar qanday aniqlanadi?💬 Talablarga javob bergan arizalar orasidan har chorakda 125 nafar g‘olib elektron tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi.
❓ Subsidiya necha marta beriladi?💬 Subsidiya bir oilaga, ya’ni er yoki xotindan faqat biriga bir marta beriladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🏥 Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazida innovatsion texnologiyalar joriy etilishi natijasida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishiga erishilmoqda.⚡️ 2022-yilda yurtimiz davlat tibbiyot muassasalari orasida birinchi bo‘lib, 2025-yilda esa qayta xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi. 📍 9 ta viloyat filialllari ushbu nufuzli sertifikatga ega. 🖥 Zamonaviy boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilib, “Menejment markazi” faoliyat yuritmoqda. 🇷🇺 Raqamlashtirish tizimi to‘liq joriy qilingan. 📊 Tibbiy xizmatlar samaradorligini real vaqt rejimida monitoring va tahlil qilishga qaratilgan shtab tashkil qilingan. 📱 Navbatdagi videolavhamiz markaz faoliyatiga bag‘ishlangan. 🚑 SSV Matbuot xizmati. —————————————
🏥 Благодаря внедрению инновационных технологий в Республиканском специализированном научно-практическом центре здоровья матери и ребенка, населению предоставляются высококачественные медицинские услуги.⚡️ В 2022 году первым среди государственных медучреждений, а в 2025 году повторно прошел международную аккредитацию. 📍 9 региональных филиалов тоже получили этот престижный сертификат. 🖥 Создана современная система управления и функционирует «Центр менеджмента». 🇷🇺 Полностью внедрена система цифровизации. 📊 Создан штаб для мониторинга и анализа эффективности медицинских услуг в режиме реального времени. 📱 Наш следующий видеосюжет — о деятельности центра. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
✅ Sog‘liqni saqlash tizimida nafaqat korrupsiyaviy jinoyatlarning oqibati bilan kurashish, balki ularning turli omillarini o‘z vaqtida aniqlab, oldini olishga katta e'tibor qaratilmoqda.🖥 Vazirlikda “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish masalalari” mavzusida tashkil qilingan huquqiy-ma’rifiy o‘quv-amaliy seminar ham shunga bag‘ishlandi. 📹 Yuqoridagi videolavhamizda shu haqda so‘z boradi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. ———————————————
✅ В системе здравоохранения большое внимание уделяется не только борьбе с последствиями коррупционных преступлений, но и своевременному выявлению и предотвращению различных факторов таких действий.🖥 Об этом говорилось и на учебно-практическом семинаре, организованном в министерстве на тему «Вопросы соблюдения требований законодательных актов в области борьбы с коррупцией среди государственных служащих». 📹 Подробнее об этом — в нашем следующем видеосюжете. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
❓ Xo‘sh, bu imtiyoz kimlarga tatbiq etiladi?💬 Ushbu subsidiya davlat tibbiyot muassasasida amalda ishlayotgan va kamida 15 yillik mehnat stajiga ega tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga beriladi.
❓ Subsidiya miqdori qancha?💬 Хodimning ta’lim olayotgan yoki talabalikka tavsiya etilgan farzandlariga O‘zbekiston hududidagi davlat va xususiy oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismi qoplab beriladi. Mazkur mablag‘ xodim yoki talabaning bank kartasiga o‘tkazilmaydi. Subsidiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri farzand tahsil olayotgan oliy ta’lim tashkilotining tegishli hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
❓ Ariza qanday shakllantiriladi?💬 Kontrakt subsidiyasi uchun ariza topshirish maqsadida brauzer orqali subsidiya.imv.uz rasmiy manziliga kiring. Tizimdagi amaldagi identifikatsiya usuli orqali avtorizatsiyadan o‘ting. Yo‘nalish menyusini bosing va “Ta’lim sohasini rivojlantirish” bo‘limidan “Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish” xizmatini tanlang. Arizada o‘zingizning JShShIR va aloqa ma’lumotlaringizni tekshiring. Keyin farzandingizning JShShIRi va tug‘ilgan sanasini kiriting. Farzand bilan qarindoshlik, O‘zbekiston hududidagi davlat va xususiy oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat bosqichi, talaba maqomi va kontrakt summasiga oid ma’lumotlar tegishli axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Barcha ma’lumotlarni qayta tekshirgandan so‘ng elektron rozilik va arizani tasdiqlang.
❓ Natija qanday tekshiriladi?💬 Arizaga ID raqami beriladi. Uning qabul qilingani, ko‘rib chiqilayotgani, rad etilgani yoki subsidiya ajratilgani haqidagi ma’lumotni shaxsiy kabinet orqali kuzatish mumkin.
❓ Bir ariza bilan bir necha farzandga subsidiya beriladimi?💬 Bir nechta farzand bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan (yoki talabalikka tavsiya etilgan) bo‘lsa, har bir farzand uchun alohida ariza yuboriladi va subsidiya alohida hisoblanadi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Farzandining eshitishida muammo borligini bilgan ota-onaning qalbidan kechadigan iztirobni so‘z bilan ifodalash qiyin.Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyoda 26 million nafar bola aynan tug‘ma karlik nuqsonidan aziyat chekmoqda. Quvonarlisi, Prezidentimizning Qurbon hayiti arafasida e’lon qilingan tegishli qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish zaifligi bo‘lgan jajji bemorlarda koxlear implantatsiya amaliyoti bepul o‘tkazilyapti. Bu esa ko‘plab oilalar va ota-onalar qalbiga cheksiz quvonch baxsh etmoqda. SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
➕ Tibbiy profilaktika, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga qaratilgan mazkur marafon doirasidan bir qator muhim tadbirlar o‘rin olgan.✅ Erta tongdan aholi Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan 5 ming metrga yurish aksiyasida qatnashdi. Marafonning ochilish marosimi Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimligi mas’ullari, soha xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida so‘lim xiyobonda tashkil etildi. 😍 Tadbir davomida tajriba-sinov loyihasiga kirgan Sirdaryo tumanilik 11 nafar patronaj hamshirasiga xizmat skuterlari topshirildi. 🩺 Shu yerning o‘zida 22 ta tor soha bo‘yicha mutaxassislar chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlarni boshlab yubordi. Marafon davomida sog‘lom ovqatlanish targ‘ibotiga qaratilgan “yashil”, “sariq” va “qizil” dasturxonlar taqdim qilindi. 📌 “Salomatli marafoni” bir oy mobaynida viloyat tuman va shaharlari bo‘ylab davom ettiriladi. 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu jarayonlar haqidagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
✅ Poytaxtimizdagi EMU universiteti “Salomatlik volontyorlari” harakatining I qurultoyiga mezbonlik qildi.❓Xo‘sh, volontyorlikning asosiy vazifasi nimadan iborat? ❓Anjumanda uni rivojlantirishga oid qanday masalalar ko‘rildi? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. ——————————— 🔴 ‼️‼️
✅ В университете EMU в Ташкенте состоялся I курултай движения «Волонтёры здоровья».❓Итак, в чем заключается основная задача волонтерства? ❓Какие вопросы обсуждались здесь? 📹 Ответы на эти вопросы — в нашем видеосюжете. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
💻 SSV Matbuot xizmatining yangicha formatdagi “Tibbiyot novatorlari” medialoyihasi jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.🖥 Xususan, uning doirasida O‘zbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor 5000 kilometr masofadan turib robotlashtirilgan jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli bajargan Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassisi Abdurashid Abdukarimov haqida tayyorlangan videokontent ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi. ⬇️ Quyida ulardan ayrimlarining havolalarini taqdim etamiz:
Kun uz — https://t.me/kunuzofficial/171233 GENERALISSIMUS — https://t.me/u_generalissimus/23971 Uzbekistanofficial — https://t.me/uzbekistanofficial/116379 Shopirlar — https://t.me/shopirlar/116499; Kanallani Dodasi — https://t.me/KDUZB/159367; PATRUL UZ — https://t.me/patrul_uz/94575 MILITSIYA UZB — https://t.me/MILITSIYA_UZB/168175 Shokirjonov news — https://t.me/shokirjonov/10571 Kun Yangiliklari 24 — https://t.me/kun_xabarlari_yangiliklari/1938 A’zamxo‘jayev — https://t.me/muhrim2022/8089 Геосиёсат — https://t.me/GeoPolitico/23440 UzbekTV — https://t.me/uzbektv_yangiliklar/25872.🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurrahman Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi.Bugun delegatsiya vakillari ishtirokida Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda "BioPharma City" innovatsion farmatsevtika klasteri salohiyati taqdimot qilindi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar farmatsevtika sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy sheriklikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🖥В Ферганской области прошли выездные приемы с участием сотрудников Министерства здравоохранения. В ходе мероприятия были тщательно изучены обращения населения и проблемы были решены на месте.🩺 Также в рамках мероприятия был проведен углубленный медицинский осмотр граждан, включенных в реестр социальной защиты, лиц с инвалидностью, людей, проживающих в отдаленных и труднодоступных районах региона. 📹 Подробности — в данном видеосюжете. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Virusli gepatit — dunyoda keng tarqalgan xavfli kasalliklardan biri.Ushbu yuqumli xastalikka qarshi samarali kurashish va uning oldini olish maqsadida har yili dunyo bo‘ylab 28-iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida mazkur sanaga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, soha olimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Qayd etilganidek, har yili jahonda ko‘plab insonlar virusli gepatit bilan kasallanadi. Shu jumladan yurtimizda ham. Shu bois mamlakatimizda mazkur xavfli kasallikni o‘z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2022-yil 16-maydagi tegishli qaroriga muvofiq, birlamchi bo‘g‘inda gepatitning B va C turlarini erta aniqlash maqsadida bepul skrininglar o‘tkazilyapti. Kasallikning C turi tasdiqlangan bemorlarga zarur dori vositalari bepul berilmoqda. Shuningdek, 2021-yildan boshlab yurtimizda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni gepatit B ga qarshi emlash tadbiri Milliy emlash taqvimiga kiritilgan. Tadbirda shu haqda so‘z borar ekan, xastalikning yuqish yo‘llari, oldini olish choralari, emlanishning ahamiyati xususida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot berildi. Qolaversa, sog‘lom turmush tarzi va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish hamda profilaktik tibbiy ko‘riklardan doimiy o‘tish orqali virusli gepatitning oldini olish mumkinligi alohida ta’kidlandi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🇺🇿🇸🇦 Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurrahman Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.❓Xo‘sh, tashrif doirasida qanday uchrashuvlar o‘tkazildi? ❓Muloqotda kimlar ishtirok etdi? ❓Qaysi kompaniyalar bilan kelishuvga erishildi? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda so‘z yuritiladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
📍 Yaqinda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib qaytdi. Prezidentimizning Qurbon hayiti arafasida e’lon qilingan qarori asosida boshlangan ezgu ishlar ushbu hududda davom ettirildi.❓ Shu jarayonda qancha bemor operatsiya qilindi? ❓ Qanday murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi? ❓ Bundan Orolbo‘yi aholisi mamnunmi? 🎥 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. __________ 📍Недавно команда Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра травматологии и ортопедии вернулась из Каракалпакстана. В этом регионе продолжилась благородная работа, начатая согласно постановлению Президента страны, принятого накануне Курбан хайита. ❓ Сколько пациентов было прооперировано в ходе этой работы? ❓ Какие сложные хирургические операции были выполнены? ❓ Довольны ли этим жители Приаралья? 🎥 Ответы на эти вопросы — в нашем видеосюжете. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
