cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

ILHOM RASHID SHE'RLARI

Рекламні дописи
3 116
Підписники
-324 години
-447 днів
-26330 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Аз Намангон ё Андижон, Гирифти ту аз дилам жо. Гуфта шишти жон-жон, Духтари водий ширин забонам. Ёки ту аз Фарғона, Надон маро бегона. Омади худам жонона, Духтари водий ширин забонам. Доди бар ман шароб, Ишкам ба ту макун сароб. Дилама макун хуноб, Духтари водий ширин забонам Ба ту шуд ихтиёрам, Туро бенам бахтиёрам. Ба пеши ман биё ёрам, Духтари водий ширин забонам. Ман тожикча гап мезанам, Шод мешавам туро бенам. Баройи ту дил мезанад Меояд аз ту бўйи бахор, Духтари водий ширин забонам. Мебиёд бўй ишқ баҳораш, Намебирад гул ифораш. Мегўм туро ҳай-ҳай жонаш, Духтари водий ширин забонам. Наввоти ширинам қани, Асали ширинам қани. Шакари ширинам қани, Духтари водий ширин забонам. Мебўром ман ўнгу-ростад, Мучи кунам якто рўяд. Меқабам жонам аз дастад, Духтари водий ширин забонам.              Илҳом Рашид
Показати все...
536🤩 504🔥 263👍 131🥰 49👏 11
Ман туро нагз мебенам, Ман туро хоб мебенам. Адо мешам набенам, Жону жаҳони худам. Ҳаёл карда мебуром, Ту тараф ман мебирам. Туро бенам бар ман ором, Жону жаҳони худам. Тамом кардку ишқад, Адо кардку рашқад. Намонд дар ман тоқат, Жону жаҳону худам. Чашми сиёҳ дилобар, Париваши як лобар. Мебиёд бўй хуш анбар, Жону жаҳону худам. Намекунам фаромуш, Макун манро ту хомуш. Ту тилойи якта кумуш, Жону жаҳону худам. Надор бар ман осон, Макун ишқамро арзон. Макун ишқ кўчам хазон, Жону жаҳону худам. Илҳом Рашид
Показати все...
🥰 432🤩 347👏 286 221🔥 192👍 181
Qoldingiz o'zingiz jabrda, Qoldiraman deb jabrda. Yotibsiz endi siz qabrda, Meni o'ladi deganlarim. Berdingiz azoblar qaqshatib, Hiylalar qildingiz o'xshatib. Qo'ydimku oxiri ko'rsatib, Meni o'ladi deganlarim. Bu dunyoni ko'rib yuribman, Siz yo'qsiz davrimni suribman. Qarang endi yashab turibman, Meni o'ladi deganlarim. Dastingizdan jafo to'ldiku, Sizlarga mehrim o'ldiku. Allohning aytgani bo'ldiku, Meni o'ladi deganlarim. Amalga oshmadimi maqsad, Dilingizda to'lganmi hasad. Mo'ljallab yurdingiz ko'p fursat, Meni o'ladi deganlarim. Umrim uzoq bo'lar ziyoda, Hali ko'p yashayman dunyoda. Qanisiz ayting bu dunyoda, Meni o'ladi deganlarim. Olovda yondirolmadingiz, Kuydirib yoqdirolmadingiz. Meni siz sindirolmadingiz, Meni o'ladi deganlarim. Ilhom Rashid 21:06.2024 19:26
Показати все...
👍 20
Bo'larmikan ajabo har bir odamda, O'ylayveraman bosgan har bir qadamda. Turolmayman afsus bergan va'damda, Sevmayman deymanu sevaveraman. Ketaman deymanu keta olmayman, Ahd qilganimga sirayam yetolmayman. Nima qilay seni unutolmayman, Sevmayman deymanu sevaveraman. Bormayman deymanu men qaytib- qaytib, Voz kechaman bo'ldida deya aytib. Kulaman ich-ichimdan qotib-qotib, Sevmayman deymanu sevaveraman. Qanday radlar qilayin injig'imni, Suyaveraman tegsang ham jig'imni. Qalampirday bo'lsang ham achig'imni, Sevmayman deymanu sevaveraman. Sochlari go'zalim ey taram-taram, Senga oshiqmanda qoshi qoram. Qanchalar tilsang hamki o'zing yaram, Sevmayman deymanu sevaveraman. Ishqingda qolganmanda yonib-yonib, Sevib qolganmanda faqat yor tanib. Ketolmadim netay sendan men tonib, Sevmayman deymanu sevaveraman. Ilhom Rashid 18:06.2024 21:14
Показати все...
👍 1969
01:29
Відео недоступнеДивитись в Telegram
8.99 MB
👍 873🎉 114 1
Shoqollar makillab qolar, Laychalar akilab qolar. Qo'zilar tikilib qolar, Arslonning qarashidan. Qochishga topolmaydi joy, Tegma deb qilar iltijo. Titrab ketar har bir joy, Arslonning qarashidan. Nomi ulug' uning oliy, O'lmaydi dunyoda hali. Qaqshab ketar butun vodiy, Arslonning qarashidan. Boshini egib bo'lmas, Yoshini to'kib bo'lmas. Bepisandlik chekib bo'lmas, Arslonning qarashidan. Borib bo'lmas u tomonga, Boshi qarar bir osmonga. Dil tortar orqa tomonga, Arslonning qarashidan. Xarakteri og'ir bosiq, Unga to'siqmas hech to'siq. Bo'lmas unga qadam bosib, Arslonning qarashidan. Barcha jonzot qirolidir, Mardlik uning qurolidir. Barcha unga tengdek loldir, Arslonning qarashidan. Ilhom Rashid
Показати все...
🤩 789👍 314 220🥰 207🔥 197👏 37
Lablari oh qizilim, So'zim rost yo'q hazilim. Kel kelaqol go'zalim, Bir marta sen kulaqol. Qo'yganman o'zim suyib, Ishqingda o'zim kuyib. Turibman seni kutib, Bir marta sen kulaqol. Seni deganimmi ayb, Seni tanladiku qalb. Qo'ygin bitta jilmayib, Bir marta sen kulaqol. O'zgani qo'yma suyib, Qoldim ishqingni tuyib. Qo'y qolma qovoq uyib, Bir marta sen kulaqol. Chiroy senga atalgan, Isming dilga qadalgan. She'rlar senga bitilgan, Bir marta sen kulaqol. Yaxshiyam eh o'zing bor, Yuribman men beg'ubor. Sengadir bor e'tibor, Bir marta sen kulaqol. Ilhom Rashid 21:16 15.06.2024
Показати все...
🎉 2914🔥 583👍 3
Mushtarak bosilgan har bir qadamlar, Siz deb yasharib yuribdi olamlar. Musulmon ahli eshiting odamlar, Hayit arafalar bo'lsin muborak. Har yil kutamiz ushbu bir bayramni, Shodlik kirgizib yo'q qilar yarani. Musulmonning asli kutgan bayrami, Hayit arafalar bo'lsin muborak. Ishonch berib dildan mehrlarin qo'ygan, Mehrdan barchaning ko'ngillar to'ygan. Allohim ushbu kunni chindan suygan, Hayit arafalar bo'lsin muborak. Aslin olsa topar shu kundan vafo, Tuzalmas dardlarga topilar davo. Xush kelding ulug' kun o'zing marhabo, Hayit arafalar bo'lsin muborak. Kelarsan odamning dilin yayratib, Odamning qalbida mehr yaratib. Qo'yding mo'minni o'zingga qaratib, Hayit arafalar bo'lsin muborak. Jar solib kelarsan to'ldirib sen quvonch, O'zing kirgizgansan qanchalar ishonch. Ey musulmonlar ahli bag'ringni och, Hayit arafalar bo'lsin muborak. Quyosh bugun boshqacha nurlar sochar, Olamlar bugundan bag'rini ochar. Barcha qayg'u-hasratlar butun qochar, Hayit arafalar bo'lsin muborak. Ilhom Rashid 15.06.2024
Показати все...
🎉 1670👍 5
Ijodlarimni o'zing bilmay gullatding, G'amlarimni asta-sekin qulatding. Menga shodlik,quvonchlarni yo'latding, Qo'llar senga she'r yozishga yaralgan. Bilmayman yoninga men boraveraman, Ichimdagi borimni yoraveraman. Seni ko'rsam satrlar yozaveraman, Qo'llar senga sheʼr yozishga yaralgan. Ayro qilolmaydi hech bir to'siqlar, Axir bizmiz chindan sevgan oshiqlar. Yozaman she'rlar, kuylaru qo'shiqlar, Qo'llar senga she'r yozishga yaralgan. Ko'rsam doimo shahlo ko'zlaring, Eshitsam shirali,go'zal so'zlaring. Ilhom keladi ko'rsam bu yuzlaring, Qo'llar senga she'r yozishga yaralgan. Boshqalarga urmaydida eh yurak, Sendan go'zalini topolmasam kerak. Sening husning ko'rib to'ldida varaq, Qo'llar senga she'r yozishga yaralgan. Sendan boshqalarga yurak yashamas, Seni ko'rmasam misralar o'xshamas. Faqat mening yorimsan bilib qo'ygin, Qo'llar senga she'r yozishga yaralar. Sensiz be'ma'nodir olam-dunyolar, Senla yorishadi barcha-barcha yo'llar. Yozaveraman seni surib hayollar, Qo'llar senga she'r yozishga yaralgan. Ilhom Rashid 14.06.2024 16:35
Показати все...
👍 2471👏 2
Senga kuchli bu ishqim, Senga yonar bu rashqim. Hammon o'zing oshig'im, Onajonisi. Meni sen anglaganim, O'zing yor tanlaganim. Kechalar tinglaganim, Onajonisi. Yetmoq bo'lmadi oson, Bo'ldimey qancha sarson. Qadrimdasan jon har on, Onajonisi. Olgansan hayol o'y, Orzuyim eding xushro'y. Yodimda o'tgan to'y, Onajonisi. Farzandlarim bekasi Yuragimning erkasi. Kelajagim ertasi, Onajonisi. G'amlarim unutaman, Shodliklarni yutaman. Tabbasuming kutaman, Onajonisi. Lablari go'zal gilos, Ko'zlari yorqin charos. Yodimda o'sha har so'z, Onajonisi. Yodimda o'sha damlar, Yo'q edida alamlar. Qo'yarding ko'p qadamlar, Onajonisi. Sen tomon suykalarman, Hamisha erkalarman. Qalbinga o't qalarman, Onajonisi. Dardimga o'zing davo, Ko'rsam toparman shifo. Faqat sendandir vafo, Onajonisi. Bo'lsak ham biz qari, Bo'lasan go'zal pari. Yosharib ko'rgan sari, Onajonisi Ilhom Rashid 11.01.2024
Показати все...
👍 80🔥 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.