uk
Feedback
murodalidev />

murodalidev />

Відкрити в Telegram

Life is short, use Python Welcome to community: @djangouzb

Показати більше
792
Підписники
Немає даних24 години
-27 днів
+430 день
Архів дописів
#vakansiya_backend 📌Python: Middle dasturchi 📌Kampaniya: UNICORP IT komponya. 💴 Oylik Maosh: 10 + mln : 15 mln so'm (xususiy tashkilot) 🕔Ish vaqti: Dushanbadan – Jumagacha 10:00 – 19:00 📍Ish joyi: Toshkent shahar(office) 🖊 rasmiy ishga olinadi. 🍽 tushlik: ishxona hisobidan. 🍹 ishxona xisobidan tekin cofee Talablar: - SQL so'rovlarini yozish, RDBMS bilan ishlash qobiliyati; - Python (Django, DRF, Celery) 3 yil real tajribaga ega bo’lish; - Git (Github/Gitlab) bilan ishlay olish; - API bilan ishlay olish ko'nikmasi; - Deploy qilish (Nginx, Docker, CI/CD, AWS); - Web-Sockets; - Kodni doimiy tahlil qilish, optimallashtirish va kengaytirish - Microservislar bilan ishlay olish - To‘lov tizimlari (Payme, Click va h.k.) - Oliy maʼlumotga ega boʼlish majburiy emas😁 ! Afzal ko’riladi: - SOAP protokoli bilan ishlay olish; - SOLID, DRY tamoyillarini bilish; - FastApi; - ERP/CRM loyihalarda ishlagan bo'lishi - Rus va Ingliz tilini bilish. Yuqorida koʼrsatilgan texnologiyalar asosida qilingan ishlari boʼlishi talab etiladi. Resume yoki CV ni quyidagi akkauntga yuboring: ✍️ @Unicorp_uz ▶️ @suniy_intelekt_uzb

Repost from Uz Python Meetup
Assalomu alaykum, barchaga! Uz Python Community tomonidan yana MeetUp rejalashtirilmoqda, SMM bo'yicha bizga yordam kerak, MeetUp haqida qiziqarli postlarni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish va yanada koproq o'quvchilarni jalb qilish uchun, shu maqsadda volontiyorlar bolsa bu tadbirda o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin. murojaat uchun: @murodali_narzullaev 👉@UzPythonMeetup

Repost from Uz Python Meetup
Assalomu alaykum, barchaga! Yaqin vaqtlar ichida yangi meetup tashkillashtirmoqchimiz. Shu munosabat bilan quyidagi uch narsa bo'yicha sizlarni fikr va mulohazalaringni bilmoqchi edik: - Meetupda qanday mavzularda suhbat bo'lishini istaysiz? - Meetupda kimlar nutq so'zlashini(speaker) istaysiz? - O'tgan safargi Meetupda qanday kamchiliklar bo'ldi? Barcha fikr va mulohazalarni izohda yozib qoldirishingiz mumkin! 👉@UzPythonMeetup

Python boyicha yangi bilimlarni doim kuzatib borishingiz uchun Davronbekdev kanalini tavsiya qilaman.... Har kuni yangi bilim, foydali misollar orqali ilmingizni oshirib boring @murodalidev

William Vincent taqiniga ko'ra eng yaxshi Django bo'yicha kitoblar ro'yhati. Agar kimgadir nimadir sovg'a qilishni o'ylab yurgan bo'lsangiz bu ro'yhani ko'rib chiqing. @murodalidev

Django parollarni xavfsiz saqlashda qanday yondashadi? Django foydalanuvchi parollarini oddiy hash bilan emas, balki kuchli algoritmlar (masalan, Argon2 yoki PBKDF2) yordamida xavfsiz va zamonaviy usulda saqlaydi. Login vaqtida eski usulda saqlangan parollar aniqlansa, ular avtomatik tarzda yangilanishi mumkin, bu esa tizim xavfsizligini doimiy yangilab borishga yordam beradi. To‘liq postni o‘qib chiqish uchun quyini halovaga o'ting. 👇👇👇 Parol xeshlash algoritmini Argon2 ga yangilang. @murodalidev

Hech Qachon Kredit Karta Ma’lumotlarini Saqlamang. Agar siz PCI-DSS xavfsizlik standartlari (https://pcisecuritystandards.org) haqida chuqur bilimga ega bo‘lmasangiz va PCI muvofiqligini (compliance) tasdiqlash uchun yetarli vaqt, resurs va mablag‘ga ega bo‘lmasangiz, unda kredit karta ma’lumotlarini saqlash katta xavf tug‘diradi va bundan voz kechish kerak. Buning o‘rniga PayPal, Click, Payme, UzumPay kabi uchinchi tomon to‘lov xizmatlaridan foydalanishni tavsiya qilamiz. Bu xizmatlar kredit karta ma’lumotlarini xavfsiz tarzda o‘zlari saqlaydi va sizga maxsus tokenlar orqali ularga murojaat qilish imkonini beradi. Bu xizmatlarning deyarli barchasida yaxshi hujjatlar, Python va Django bilan integratsiya qilish bo‘yicha qo‘llanmalar mavjud. Ularni loyihangizga qo‘shishga ajratilgan vaqt albatta o‘zini oqlaydi. PCI Muvofiqligi Haqida O‘qing: Ken Cochrane tomonidan yozilgan ajoyib blogpost mavjud: "A Developer’s Guide to PCI Compliant Web Applications" Havola: kencochrane.net/blog/2012/01/developers-guide-to-pci-compliant-web-applications E-commerce Dastur Kodlarini Tahlil Qiling: Agar siz Django asosidagi open source e-commerce yechimlaridan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, uning to‘lov tizimi qanday ishlashini tekshirib chiqing. Agar siz foydalanayotgan echim kredit karta ma’lumotlarini (hatto shifrlangan bo‘lsa ham) o‘z bazasida saqlayotgan bo‘lsa, undan voz kechib, boshqa yechim qidirganingiz ma’qul. pov: Kredit karta ma’lumotlarini o‘zingiz saqlash katta mas’uliyat va xavf bilan bog‘liq. Bu boradagi talablar qattiq va talabchan. Shu bois xavfsizlikni ishonchli uchinchi tomon xizmatlariga topshiring. @murodalidev

python-magic — bu libmagic nomli fayl turini aniqlovchi kutubxonaga Python interfeysidir. libmagic fayl turlarini aniqlashda ularning sarlavhalarini (header) oldindan belgilangan fayl turlari ro‘yxatiga qarab tekshiradi.
>>> import magic
>>> magic.from_file("testdata/test.pdf", mime=True)
'application/pdf'
Ushbu funksionallik Unix tizimlarida file komandasi orqali buyruq satrida (command line) ishlatiladi. @murodalidev

Bir mavzuda, sizning fikrlaringiz muhim, Yani siz buni qanday tushunasiz?
SECURE_HSTS_SECONDS = 31536000  # 1 yil

Ko‘pchilik Django dasturchilar web-server konfiguratsiyasini ikkinchi darajali deb hisoblaydi. Aslida esa, noto‘g‘ri yoki yetarli bo‘lmagan Nginx sozlamalari sizning ilovangizni sekinlashtirishi, xavf ostida qoldirishi yoki foydalanuvchilarga yomon tajriba berishi mumkin. Bu postda 10 ta real va muhim Nginx konfiguratsiyasini ko‘rib chiqamiz. Ular sizning Django ilovangiz uchun HTTPS xavfsizligini ta’minlaydi, statik fayllarni optimallashtiradi va resurslardan to‘g‘ri foydalanishga yordam beradi. - HTTP → HTTPS redirect - HSTS (Strict Transport Security) - Statik fayllarni xavfsiz xizmat qilish - XSS, MIME va iframe xavflaridan himoya - Va yana ko‘plab foydali konfiguratsiyalar... Django kodni mukammal yozish yetarli emas - backend'da xizmat qiluvchi web-server’ni ham to‘g‘ri sozlash muhim. To‘liq postni o‘qib chiqing va loyihalaringiz xavfsizligiga yangi daraja qo‘shing. 👇👇👇 Xavfsizlikni Django koddan tashqarida saqlang. @murodalidev

Django’dagi ORM so‘rovlari loyihangizni sekinlashtiryaptimi? Har safar bir xil ma’lumotlar uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qilinayotganini sezganmisiz? Men bugun django-cacheops yordamida Redis asosida avtomatik query caching qilish va qanday qilib loyihani sezilarli darajada tezlashtirish mumkinligini real kodlar va monitoring misollari bilan yozdim. 👇👇👇 Django uchun samarali ORM keshlash @murodalidev

Unit testlar yozayotganingizda Mock dan foydalaning. Unit test — faqat test qilinayotgan funksiya yoki metod ichidagi xatti-harakatni tekshirishi kerak. Bu degani, test vaqtida tashqi API lar, email yuborish, webhooklar qabul qilish yoki boshqa tashqi tizimlar bilan hech qanday aloqa bo‘lmasligi kerak. Ammo bu muammo tug‘diradi... Agar siz tashqi API bilan ishlovchi funksiyani test qilmoqchi bo‘lsangiz, qanday yo‘l tutasiz? 1-variant: Unit testni integratsion testga aylantiring. Ya’ni, siz API bilan haqiqiy aloqa o‘rnatasiz va sistemangiz qanday ishlashini test qilasiz. 2-variant: Mock kutubxonasidan foydalaning va tashqi API’ning javobini soxta qilib ko‘rsating. Mock — Michael Foord tomonidan yaratilgan kutubxona bo‘lib, u orqali siz vaqtincha istalgan funksiya yoki kutubxonani “monkey-patch” (ya’ni vaqtincha o‘zgartirish) qilishingiz mumkin. Shunday qilib, siz tashqi API ishlayaptimi-yo‘qmi degan masalaga emas, o‘zingizning kodingizning ichki mantiqiga e’tibor berasiz. @murodalidev

Admin panelga kirishni IP manzillariga limit qo'ying! Veb-serveringizni shunday sozlangki, faqat ma’lum IP manzillardan Django admin paneliga kirish mumkin bo‘lsin. Bu sizning veb-serveringiz turiga bog‘liq bo‘ladi, masalan nginx uchun shu linkdagi ko'rsatmalarga amal qiling. Alternativ usul sifatida bu mantiqni middleware ichiga yozish mumkin, lekin Bu nazoratni web-server darajasida qilish afzal, chunki har bir middleware sizning view’laringiz atrofida qo‘shimcha mantiqiy qatlam hosil qiladi. Nginx web serverda buni qanday amalga oshirishni ko'ramiz:
upstream app_servers {
  server 127.0.0.1:8000;
}

server {
  listen 80;

  location ^~ /admin/ {
    allow               123.456.789.012;
    allow               123.456.789.013; # va yana bir nechta IP manzilni qoshishingiz mumkin
    deny                all;
    proxy_pass          http://app_servers;
    proxy_read_timeout  90;
    proxy_set_header    Host $host;
    proxy_set_header    X-Real-IP $remote_addr;
    proxy_set_header    X-Forwarded-For $proxy_add_x_forwarded_for;
  }

  location / {
    proxy_pass          http://app_servers;
    proxy_read_timeout  90;
    proxy_set_header    Host $host;
    proxy_set_header    X-Real-IP $remote_addr;
    proxy_set_header    X-Forwarded-For $proxy_add_x_forwarded_for;
  }
}
@murodalidev

Endi pulini to'lasangiz gaplashamiz! -Telegramning yangi versiyasida siz kanal adminiga togridan togri murojat qilishingiz mumkin, bu sizlar uchun foydali bo'lishi mumkin, hamma savollaringizga javob berishga harakat qilaman 😄 O'zim bilan kelishga holda murojat naxini bitta kofe narxiga tenglashtirdim, siz savolingizga javob olasiz, men esa sizning hisobingizdan kofe ichib javob beraman. @murodalidev

Testlash zerikarli va pulni bekorga sarflashdir! 😄 Eng yaxshi kitobni topib o'qiyotganingda shunaqa bo'imlar chiqib qoladi i
Testlash zerikarli va pulni bekorga sarflashdir! 😄 Eng yaxshi kitobni topib o'qiyotganingda shunaqa bo'imlar chiqib qoladi ichida @murodalidev

Bugun men o'qigan eng chiroyli jumla:
Python - dunyodagi eng tushunarli, ixcham va nafis dasturlash tillaridan biri hisoblanadi
@murodalidev

Funksiyaning asl qiymatlarini hech qachon o'zgarishiga yo'l qo'ymang, bunda sizga pythonning standart kubxonasi functools yor
+1
Funksiyaning asl qiymatlarini hech qachon o'zgarishiga yo'l qo'ymang, bunda sizga pythonning standart kubxonasi functools yordam beradi. @murodalidev