Bahodir AnkLavi
@bahodirahmedoff нинг шаталоқ отадиган канали
Більше- Підписники
- Перегляди допису
- ER - коефіцієнт залучення
Триває завантаження даних...
Триває завантаження даних...
Pashsha va chivin mojarosi bizni doim ikki qutbga bo'lib kelgan: vodiy-Toshkent va voha tomonlar. Voha (Buxoro amirligi hududlari) da kunduzi uchadigan qora rangli hasharotni chivin deydi. Toshkent-Farg'ona vodiysi hududida esa kechasi chaqadigan hasharotni chivin deydi. Va aksincha. Xo'sh aslida qaysi biri to'g'ri? Vikipediya ma'lumotlarini izlasak o'zbek tilidagi pashshalar so'zi ostida aynan qora rangli kunduzi uchadigan hasharot keltirilgan. Shu bilan birga uning Toshkent shevasiga xos ekani ham ta'kidlangan. Shu ma'lumotni boshqa turkiy tillardagilar bilan solishtirsak, ularning hammasida chivinning boshqacha o'qilishi va yozilishi berilgan. Masalan, qirg'izchada chimin, totorchada cheben, boshqirdchada seben vhk. Demak, kunduzi uchadigan qora rangli toshkentcha pashsha aslida chivin. Pashshaga kelsak, Buxoroda kechasi uchadigan chaquvchi hasharot pashsha deyiladi. Fors tilidagi Vikipediyada esa chaqadigan hasharotni pashsha deb berilgan. Demak, yakun yasaydigan bo'lsak, kunduzgisi chivin, kechkisi pashsha…