cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

KARA SEVDA❤

Eng sara suratlar Naslihan

Більше
Узбекистан66 935Мова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
179
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

00:05
Відео недоступнеДивитись в Telegram
4.82 KB
Ассалому алайкум
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Xafa bo'lmang! Agar odamlar yuragingizni sindirsa, xafa bo'lmang! Axir, Rahmon "Men singan yurakdanman" deb aytmadimi? Xo'sh, nega hafa bo'ldingiz, Jon? Agar siz kunduzi kabi porlashni istasangiz, qorong'u nafsingizni tundek kuydiring! Siz "Menda dard bor" deysiz. Ammo, og'riq insonni Haqiqatga olib boradigan Xudodir va siz buni yaxshi bilasiz. "Men tashvishlanayotgan yagona men" deb o'ylamang. Bilingki, sizning qayg'uringizni baraka deb biladiganlar bor. Umid qilmang, Yusufni eslang! Qayerda og'riq bo'lsa, davo u erga boradi. Qashshoqlik bo'lgan joyda baraka bo'ladi. Qaerda savol bo'lsa, javob o'sha erda beriladi! ©Hazrati Mavlono Rumiy @Malxamimsan — Qalblar shifosi!
Показати все...
00:18
Відео недоступнеДивитись в Telegram
2.08 MB
🥀🥀 Menga Armon Bõlgan🥀🥀 🥀GULIM🥀 #Muallif_Matyakubova_M 4-qism Farishtadek Gulimni. Qora Tuproqga qoʻydilar. Yosh Umrini hazon qilib. Qotiliga aylandilar. -- "Oʻldirishga odam qurib qolganmidi dada? Akamni oʻzi qayerda? Doim akamning muommolarini deb men javob beraman men. Qachongacha davom etadi bu qachongacha? Men aralashmayman akamning ishiga endi. Bilganini qilsin".-- dedi. sherzod jahli chiqib qattiq baqirib gapirdi dadasiga. -- " Ha bir ikki soʻm pul topib aqlli boʻlib qoldingmi uka?!"-- dedi Umid. Sherzodning akasini ismi. Noqonuniy ishlarga oʻzi bilmagan holda kirib qolgan keyinchalik uni ham bu ish qiziqtirib qoʻygan. -- "Aka men ham tinch yashashni hohlayman hohlaganingizcha oʻylang men ketdim".--dedi sherzod va jahl bilan yana tashqariga chiqib ketdi... Shohruhning kecha juda jahli chiqgandi Zahro va Dianani oʻz honasiga chaqirtirdi.. Shohruh oʻz ishiga juda pishiq har bitta ish kam koʻstsiz qilishni yoqtiradigan yigit edi. Kecha doʻstlari oldida ozroq uyalib qolgani uchun endi qizlarga dakki berib qoʻyishi kerak. Zahro va Diana qoʻrqib endi ishdan boʻshadik haydaydi bizni deya yigʻlamsirab kirib kelishdi. Shoruh derazadan shaxarni tomosha qilib turardi. -- Assalomu alaykum".--deyishdi ikkalasi bir. -- Va alaykum assaloom! Ishkalchi qizlar".--dedi Shohruh ular tomonga qarab. Zahro uyalib yerga qarab turardi Diana boʻlsa boshini tik tutib magʻrur shohruhga qarab turardi. Shohruhning eng yomon koʻrgani ayol kishi erkak kishining yuziga tik qarashi edi. -- Isming nima?".--dedi shohruh qoʻlini begiz qilib Dianaga qarab. --- Diana --- Diana eshitib ol! Menga erkak kishini yuziga tik qaraydigan ayollar yoqmaydi. Asabimni buzib yuzimga tik qarama".--dedi Shohruh jahl bilan. -- Singlizmanmi? Opayizmanmi? Endi sizdan soʻraymanmi?"--dedi Diana va shohruh dianaga qanday gʻazab bilan qaragan boʻlsa u ham shunday shohruhga qaradi. Zahro Diananini turtib qoʻydi. -- Tiling uzun ekan. Bu yerda men seni boshligʻingman ana uu zaxar tilingni kalta qil. Koʻpga bormaysan".-- dedi shohruh yanada qattiqroq ovozda. -- Endi senda..... Diana endi gapiryapganda Zahro dianani ogʻzini qoʻli bilan yopdi va -- Uzur Shohruh Nodirovich kechagi ishimiz boshqa takrorlanmaydi"..-- dedi zahro. -- tort qoʻlingni zahro" Diana zahroni qoʻlini olib tashladi Shohruh uni mazxara qilgandek kulib qarab turardi. -- Jim boʻl Diana boshqa ishlaydigan joyimiz yoʻq".--dedi Zahro koʻzlari yoshga toʻlib. Diana ham uning gapidan keyin jimim qoldi. -- Ishdan boʻshamaysizlar havotir olmanglar". -- Rahmat!'--dedi Zahro. -- Rah-mat!".--dedi Diana dona dona qilib va ortiga oʻgirilib chiqib ketdi. Uning ortidan zahro ham chiqib ketdi. -- Tavba hudoning balosi ekan-ku bu qiz. Oʻzi nega men gapirolmay qoldim u qizga. Birinchi marta gapimni topa olmay qoldim a? Tavba qildim"..-- dedi shohruh oʻziga oʻzi qizlar chiqib ketishi bilan. -- Chunki bir koʻrishda sevib qolgansan'".-- sherzod kirib keldi gapirib. -- hech qachon bu yalmogʻizni sevib qolmayman".--dedi shohruh. -- Ha ha toʼgʻri qilasan. -- Nima boʻldi Sher?"---dedi shohruh sherzodga qarab. Sherzod asabiylashgan payti doʻstlari bilan koʻrishishga borardi. Bugun shohruhni yoniga keldi. -- Hech nima doʻstim."--dedi sherzod uzoq oʻyga tolib. -- Oʻxshamayapti gapiraver".--dedi shohruh ham joyiga oʻtirib. -- Akamda. Burakni oʻgʻlini oʻldiribdi. Akamdan yolvorib iltimos qilgandim endi oʻynashmang Burak bilan deb hop degandi, bu ishlarimni tashlayman yordam qil degandi. Yana ahvol oʻsha oʻsha".--dedi sherzod afsus bilan -- Eh doʻstim siqilma. Biz yoningdamizku senga tahdidi qilganni jonini olamiz".--dedi Shohruh. -- Baxtimga sizlar borsizlar. Uch kun togʻga chiqaylik hozir qish qor ham yogʻib juda yoqimli boʻlib turgan".--dedi sherzod. -- Menga maqul oʻzi juda charchaganman shu kunlarda ertaga yoʻlga chiqamiz Dilyor bilan Imronga oʻzing habar berarsan. -- Albatta unda ertaga saxar ketamiz". -- Kelishdik #Davomi_Bor #Muallif_Matyakubova_M #IMRONBEK @Maxzun_Yuraklar
Показати все...
🥀🥀 Menga Armon Bõlgan🥀🥀 🥀GULIM🥀 #Muallif_Matyakubova_M 5-qism Farishtadek Gulimni. Qora Tuproqga qoʻydilar. Yosh Umrini hazon qilib. Qotiliga aylandilar. -- Dia Zaynab bilan Maftunani ham oʻzimizga qoʻshib olaylik juda yaqin dugonalar boʻlib qoldik-ku".--dedi Zahro dianaga. -- Toʻgʻri aytasan. Birga togʻga chiqamizmi ertaga? Dam olish kuni-ku".--- dedi Diana. Zahro biroz oʻylanib gapirdi. -- Dia mening uncha pulim yoʻq-ku".--dedi zahro hafa boʻlib. -- Asalim bu nima deganing men borman-ku hammasi yaxshi boʻladi ertaga saxar ketamiz hopmi?"--dedi Diana Zahroni quchib. Zahro hursand boʻlib Dianani quchib oldi. Zahro yoshi 22 da bolalar uyida katta boʻlgan Tirik yetim Onasi olamdan oʻtgandan keyin otasi 7 yoshli Zahroni ikkinchi xotinining yolgʻon yigʻisi bilan bolalar uyiga tashlab ketgan. Diana Yoshi 23 da otasi va akasi avtohalokatda olamdan oʻtgan onasi bilan yolgʻiz yashardi. Zahro bilan universitetda tanishib qolishgan va yaqin dugona opa singil boʻlishgan. Keyinchalik Dianani onasi zahroni oʻz qizidek yaxshi koʻrib qoladi va uylari yashashni iltimos qiladi. Hozirda Zahro Diana va onasi bilan birga yashaydi. * * * -- Davron aka hammani chaqiring oddiy ishchilarni hammasini qoravulgacha tez hammani yigʻing".--dedi hovliqib Imron ish boshqaruvchisiga. -- Hop Imronbek tinchlikmi? -- Yoʻq shoshiling".--dedi Imron va honasiga kirib ketdi. Davron yugur yugur qilib hamma ishchilarni yigʻib chiqib Imronni chaqirdi Imron oʻrtada turgan stol ustiga chiqib olib ishchilariga gapira boshladi. --- Assalomu alaykum akalar, opalar, singillar, ukalar. Hullas gapni choʻzishni yoqtirmayman bilasizlar. Bizning hamma shirinliklarimiz Amerikaliklarga maqul keldi. Shu munosabat bilan hammangizni qoʻshimcha maosh va uch kunlik tatil bilan mukofotlamoqchiman. Va bundan keyin yana gʻayrat bilan ishlashingizni soʻrayman".--dedi Imron. Hamma qarsak chalib hursand boʻlishdi faqat bir chekkada turgan bitta qiz bir nuqtaga tikilgancha oʻylanib turardi qizning bu turishi Imronni eʼtiboridan chetda qolmadi. Hamma ish ishiga tarqalib ketdi ammo qiz hali ham oʻylanib turardi. Imron uning yoniga bordi . -- Tinchlikmi yaxshi qiz".--dedi Imron koʻz qisib. -- A? Uzur janob".--dedi qiz shoshib. -- Isming nima? -- Maftuna".--dedi qiz yerga qarab. -- Buncha chiroyli ism. Nega bu yerda homush turibsan? -- Oʻzim shunchaki men ishimga boray".-- dedi Maftuna yugurib ketib qoldi. Maftuna 23 yoshda oʻrta hol oila farzandi Ota onasi akasi bilan birga yashaydi. Akasi Rossiyada ishlaydi dadasi Kasal boʻlib yurolmaydigan boʻlib qolgan. Onasi uy bekasi.... #Davomi_Bor #Muallif_Matyakubova_M #IMRONBEK @Maxzun_Yuraklar
Показати все...
🍀 Eʼtibor berganmisiz... Kunlar bir xil oʻtmaydi... Bir kun juda quvonasiz, kayfiyatingiz chogʻ yuradi... Bir kun besabab mahzun tortasiz, tushkunlikka choʻmasiz.... Hatto kunlar turfa ekanini bilgan holda, butun umr bir xil oʻtib ketishiga ishonish... Ertangi kundan noumid boʻlish xato emasmi?! Bugun baxtlimisiz, Allohga shukrona ayting-ki, Alloh uni ziyoda etsin... Bugun mahzunmisiz, Allohga nisbatan goʻzal gumon, goʻzal ishonch, goʻzal duo qilingki, bu mahzunlikni sizdan tezroq olsin... Lekin aslo unutmang... Hech narsa abadiy emas... Dardlar ham, insonlar ham, hayot ham... Hali yahshi kunlar keladi, oʻz vaqtida, oʻz fursatida, bir lahza ham kechikmay keladi... 🙂 va bari unut boʻladi... #Adasini_erkasi @maxzun_yuraklar
Показати все...
🥀🥀 Menga Armon Bõlgan🥀🥀 🥀GULIM🥀 #Muallif_Matyakubova_M 3-qism Farishtadek Gulimni. Qora Tuproqga qoʻydilar. Yosh Umrini hazon qilib. Qotiliga aylandilar. -- "Shohruh! Gaplarimizni poylashga qizlarni taklif qildingmi?"--dedi sherzod kulib shohruhga qarar ekan. -- Jinnimisan? Kameralargacha oʻchirtirganman-ku bugun".--dedi Shohruh. -- Shoh! Stol tagiga qaragin".--dedi sherzod va qattiq kulib yubordi. Imron bilan Dulyor hayron hech nimaga tushunmay oʻtirishibdi. Shohruh sekin stol tagiga egilib qaradi. Zahro va Diana Shohruhga qarab yigʻlab yuborishdi. Sherzod yanada baralla kula boshladi. Shohruhning jahli chiqib qizarib ketdi. -- "Chiq ikkalang ham".-- baqirdi shohruh qizlar qoʻrqib ketishganidan tezda chiqamiz deb ikkalasi bir biriga urulib oʻtirib qolishdi shohruh peshonasini ushlab oʻzini tinchlantirishga harakat qilardi. Zahro va Diana sekin stol tagidan chiqib shohruhni oldida yerga qarab turishardi. -- shu yerda ham qizlar".--dedi Imron kulib. -- Bular bizning guvohlarimizmi endi sirlarimiz ochilib qoladi-ku".--dedi Dilyor. -- Nima qilyapsizlar bu yerda? Yangmisizlar?"--dedi Shohruh ularga jiddiy qarab. -- Ha! Bir hafta boʻldi ishga kelganimizga. Hona xizmatidan. Amerikadan kelgan mehmonlarimizning ayolini uzugi tushibb qolibdi shuni qidiryapgandik".--dedi Zahro. Shohruhning yanada jahli chiqib. -- "Amerika prezidenti kelganda ham imzo qoʻyadi yoʻqolgan narsalarimga mehmonxona javob bermaydi deb. Oʻsha amerikaliklar ham shunga rozi boʻlishgan. Senlar nima qilyapsan?."-- dedi shohruh jahl bilan. -- Shoh shoh sekinroq qizlar-ku. Yangi ekanlar".-- dedi sherzod va shohruhni joyiga oʻtqazdi. Qizlarga qarab ketaveringlar deb ishora qildi. Shohruh joyiga oʻtirib suv ichib galastugini yechib stolga tashladi-da. -- Rasvo qilishdi hammasini".--dedi. -- Shoh kundan kunga jizzaki boʻlib boryapsan. Ozroq dam olib ishlagin. Bunaqada oʻzingni yeb bitirasan-ku".-- dedi Dilyor shohruhning yelkasiga qoʻlini qoʻyib. -- Dilyor toʻgʻri aytyapti bir toqqa chiqib dam olib kelmaymizmi?.-- dedi Imron.. -- Ha ha bu eng zoʻr taklif qiz... Sherzodni gapi chala qoldi.. -- Sher qizlar kerakmas".-- dedi Dilyor -- Oʻle. Yigitlar yarim tungacha birga oʻtirib koʻngilxushlik qilishdi. Hammasi Mehmonxonada qolishdi. Shohruh ularga alohida e'tibor bilan qarardi.. *. *. * -- " Assalomu alaykum dada men keldim".--dedi sherzod uyiga kelib. -- " Oʻgʻlim qayerda eding? Izimizga tushishgan. Ehtiyot boʻlishing kerak. Hatto har bir yemoqchi boʻlgan narsangni oldin boshqa birovga yedirib koʻrgin".--dedi Nosir amaki. -- " Yana nima boshlandi dada? -- " Hech nima akang ahmoqlik qilibdi".--dedi Nosir amaki hech nima boʻlmagandek. -- Nimani boshladingizlar yana. -- " Burakbeyni oʻgʻlini oʻldiribdi" -- Nimaaa? Baqirib yubordi Sherzod. #Davomi_Bor #Muallif_Matyakubova_M #IMRONBEK @Maxzun_Yuraklar
Показати все...
🥀🥀 Menga Armon Bõlgan🥀🥀 🥀GULIM🥀 #Muallif_Matyakubova_M 2-qism Farishtadek Gulimni. Qora Tuproqga qoʻydilar. Yosh Umrini hazon qilib. Qotiliga aylandilar. Shohruh va Imron gaplashib kulishib oʻtirishsa Sherzod yugurib kelib oʻtirdi. Uni koʻrgan Imron bilan shohruh oʻrnidan turishdi ishkal qildi deb oʻylab. -- Nima boʻldi Sher nega yuguryapsan terlab ketibsan-ku"?--dedi Imron sherzodni peshonasining terini sochiq bilan artib ham kulib. -- " Ey oʻlib ketsin. Bitta qiz bilan kelyapganimda tanishib qolgandim. Yaxshi qiz deb oʻrayapsan oldin gaplashib tashlab ketgan qizlarimdan ekan. Yonidagi dugonalariga qarasam ikkitasi bilan hozir gaplashyapgan ekanman ikkitasini oldin gaplashib aldab ketgan ekanman. Alvasti qizlar hammasi bir boʻlib sumkasi bilan urishga tushishdi qochib qoldim".--dedi Sherzod hansirab suv ichib. Sherzodni oʻtirishini koʻrgan shohruh bilan Imron qornini ushlab qotib qotib kula boshlashdi. -- Shoh men senga aytgandim-ku bu yana bitta qizga ilakishib qolgan deb".-- Imron oʻtirib olib tinmay kulardi. -- " Sher insofingni yeb yubordingmi? Seni dastingdan sevilmagan qiz qolmadi".--dedi shohruh va oʻzi ham kulib yubordi gapiga. -- " Ey ustimdan kulishni toʻxtat ikkalang ham. Dilyor kelmadimi? -- U hali uygʻonmagan, qaysidir qizni uyida qolgan bu".--dedi Imron. Imron gapini tugatishi bilan Dilyor kirib keldi koʻzlari qizargan, sochlari toʻzgʻigan bir qoʻli bilan boshini ushlab alkashlardek kirib keldi. -- " Ha Dilyor senga nima boʻldi doʻstim"?--dedi sherzod. -- " Albasti, Jodugar, shaytonning urgʻochisi ekan".--dedi Dilyor jahl bilan. -- Kimni aytyapsan? Yoki yana kimdir osilib oldimi menga uylanasan deb?"---dedi Shohruh va kulib yubordi. -- Ha! Kecha klubda bitta qiz asabimni buzub suykalib oʻlgandi. Ichimligimga uhlatadigan dori qoʻshibdi Yalmogʻiz uyiga olib boribdi bilmabman. Uygʻonsam yonimda yotibda lallayib. Tagʻin menga uylanasiz deydi. -- Shoh! Ikkimizdan aqllisi yoʻq baribir, qizlar bilan gaplashmaymiz".--dedi Imron shohruhga qarab. - Ha ha! Gaplashmaysizlar".-- dedi sherzod kesatib. -- Ey boʻldi yigitlar, taomlarni aytaveraymi? Olib kelishsinmi?-- dedi shohruh hozir gapirmasa sirlari ochilib qolishini bilib. -- Ha ayt taomingni qoch gapdan".--dedi Dilyor Shohruh kulib, afitsantlarni chaqirdi har xil taomlarni olib kelib dasturxonni toʻldirib tashlashdi. Afitsant qizlarning oralaridan bittasi oldin Imron bilan gaplashgan edi Imron uni koʻrib tanib yuzini berkitib oldi. Dilyor buni sezib Imronga koʻzini uzmasdan qarab oʻtiraverdi. Qizlar ovqatlarni qoʻyib ketishgandan keyin. Dilyor endi gapiraman deb ogʻiz juftlagandi Imron oʻzi sezib gapirdi. -- Dilyor ishtaxamni boʻgʻmasdan jim oʻtir kechadan beri hech nima yemaganman. Ha men ham gaplashaman nima edi".-- dedi Imron va hech kimga qaramasdan jim ovqatini yeb boshladi. Sherzod bilan shohruh yuzini berkitib olib kulishardi... Hammasi jim ovqatlanib oʻtirishgandi sherzodning oyogʻi nimagadir tegaverdi va sekin egilib qarasa ikkita qiz Sherzodga qarab turardi. Mehmonhona xizmatchilari ekani aniq edi. Qizlar Sherzodga shohruh bilmasin degandek koʻzlari yoshga toʻlib qarashdi. Sherzod oʻzini kulib yubormaslik uchun zoʻrgʻa tutub turardi. -- Sher nega stol tagidan koʻz uzolmay qolding"?-- turtdi Dilyor. -- A? Yoʻq hech nima".--dedi Sherzod va boshini koʻtarib kulib yubormaslik uchun suv icha boshladi. -- Sherni boshiga qattiq urushgan shekilli kuydirgan kallaga oʻxshashini qaranglar".--dedi Shohruh. Sherzod jim suv ichar ovqatini yerdi. Besh minutcha jim oʻtirdi oxiri chiday olmadi shohruhga qarab gapirdi #Davomi_Bor #Muallif_Matyakubova_M #IMRONBEK @Maxzun_Yuraklar
Показати все...
😭💔
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.