cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

Peshku.uz Бухоро вилояти Пешку тумани ҳокимлигининг телеграмдаги расмий канали. Мурожаатлар учун: @peshkumurojaatbot

Більше
Рекламні дописи
8 013
Підписники
+324 години
-187 днів
-5930 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

⚡️⚡️⚡️Пешку тумани аҳолиси диққатига ! Фуқароларнинг муаммо ва таклифларингиз ўрганиш, фуқароларга керакли кўрсатмалар бериш ҳамда аҳоли муаммоларини қисқа муддатда ижобий ҳал этиш мақсадида Пешку туман ҳокимлиги биносида "ТУМАН ШТАБИ" ташкил этилди. Бунда фуқаролармиз ўзларининг муаммо ва таклифлари ечим топиш ҳамда саволларига жавоб олишлари учун мурожаат қилишлари мумкин. Мурожаат учун тел: ☎️ (65) 353-18-69 https://t.me/peshkuhokimiyat
Показати все...
👍 5
Показати все...
Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

2024-yil 26-29-aprel kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan 3 kunlik o‘quv-seminari bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur seminarga uzviy bog‘liq tarzda tumandan ishtirtok etgan mas’ul Gadoyev Javohir moderatorligida tumandagi barcha Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida Peshku tumanidagi 41-IDUMda “Umumta'lim…

👍 1
✅Peshku tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida o'z faoliyatini boshlagan Robototexnika to’garagidan lavhalar. 🟢🟢🟢2 yillik harakatlarimiz, izlanishlarimiz samarasi o'laroq bolalarning kreativ fikrlash qobiliyatini kuchaytirish ustida bosh qotirdik, bola ijodiy fikrlasa , IQ darajasi oshadi, natijada yangi g'oyalar yaratishga moyilligi ortadi, bu esa o'quvchilarimizning yangidan yangi islohotlarni amalga oshirishida zamin bo'lib xizmat qiladi. Bizning oliy maqsadimiz: fanlar aro kelajak kasblarini puxta o’rganib, Vatanimiz taraqqiyotiga òz hissalarini qòshadigan yosh avlodni tarbiyalash va Yangi Òzbekistonning ilm-fanini jahon arenasiga olib chiqishdir. P.S.:Kanalimizga obuna bòlishni unutmang, bundan-da yuqori natijalarni siz bilan baham kòrishdan behad minnatdormiz. Hurmat bilan J.S.Abdurashidov!!! https://t.me/Peshku_PTMA https://t.me/Peshku_PTMA
Показати все...
👍 19 2🔥 1👏 1
DXX kubogi musobaqasining chorak final bosqichi ♾ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring ✅Telegram| ✅Facebook| 📹Youtube
Показати все...
👍 11
Birgina musobaqa menga ko'plab imkoniyatlar eshigini ochdi Qahramonimiz Mohinur Nuriddinova Peshku tumanidan. Yoshligidan futbolga qiziqishi baland bo‘lgan. Mohinur 2024 yil boshidan beri FK Buxoro Vomen klubida to‘p surib kelmoqda.
- Men bir yil oldin "DXX kubogi" musobaqalari doirasidagi qizlar o‘rtasida tashkil etilgan futbol musobaqalarida " O‘zbakon" mahallasidan O‘zbegim jamoasi bo‘lib mahalladoshlarimiz bilan qatnashib, viloyatda birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo'lga kiritgan edik. Birgina shu musobaqa meni hayotimni o‘zgartirib yubordi. Musobaqalarda faol ishtirokimni FK Buxoro Vomen klubi bosh murabbiyi Yusufbek Rajabov kuzatib, meni ushbu klubga taklif qildilar. Ochig‘i men buni kutmagan edim. 2024 yil boshida men bilan shartnoma imzolandi. Bugunga qadar beshta turda asosiy tarkibda o‘yin o‘tkazdim. Natijalar yomonmas, doim harakatdaman. Kelajakda futbol murabbiysi bo‘lishni niyat qilganman — deydi Mohinur suhbat davomida.
✍️ Ma'lumot o'rnida shuni aytishimiz mumkinki Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan 2021 yildan eʼtiboran yoshlarni sportga keng jalb qilish va iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni saralab olish maqsadida DXX kubogi uchun futbol va mini futbol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib kelinayotgan bo‘lsa bu davr mobaynida ko‘plab isteʼdodli va sportchi yoshlar kashf qilinmoqda. Telegram |Instagram You tube | Facebook
Показати все...
👍 3
⚡️TOP-100 Yoshlar yetakchilari reytingi! 2024-yilning 1-choragi davomida mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan Yoshlar yetakchilarining TOP-100 reytingi aniqlandi. Mazkur reyting natijalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 92-sonli qarori hamda PF-209-sonida belgilangan vazifalarni sifatli va yuqori darajada bajarganligiga qarab belgilangan. Ushbu reyting natijalari har chorakda yangilanib boriladi. 🏆 Mazkur yoshlar yetakchilari bugungi kunda mahalla tizimida bor kuch-imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanib yoshlarning haqiqiy yetakchisi bo’lib mehnat qilayotgan yosh kadrlar deyishimiz mumkin. Eng quvonarlisi Peshku tumanidan ,,O'zbek'' MFY yoshlar yetakchisi Mirjalol Boboqulov ham bor #TOPreyting Bizning sahifalarimiz: @Peshkuyia
Показати все...
👍 11
#ҳоким_ҳудудларда #Пешку_тумани “Қорақалпоқ” маҳалласи "Қорақалпоқ" қишлоғида яшовчи Нафиса Рамазонова саккиз йиллик иш тажрибасига эга пиллакорлардан. Нафиса опа бу йил бир қути ипак қурти олиб, уларни парваришига киришган. Йиллар давомида орттирган тажрибаси унга жорий йилги баҳор мавсумида 75 кгдан ортиқ саноат учун қимматбаҳо хом ашё-сара пилла етиштиришда қўл келмоқда. Ботир Зарипов мазкур хонадонда бўлиб, ипак қурти парваришининг бориши билан танишди. Пиллакор билан суҳбатлашиб, оиланинг бошқа ташвишлари, муаммолари билан кизикди. Шунингдек, хонадон томорқасида етиштирилаётган маҳсулот билан қизиқди. Унинг ишларига омад тилади. Маълумот учун, “Қорақалпоқ” маҳалласидаги 25 нафар касаначига 70 қути, фермер хўжаликларига 45 қути ипак қурти тарқатилган бўлиб, 9 тоннага яқин ҳосил йиғиш режа қилинган. Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
👍 12
👍 8
#Ҳудудлар_ҳаёти #Пешку_тумани Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 30 декабрдаги “Ўзбекистон Республикасининг 2022-2026 йилларга мўлжалланган инвестиция дастурини тасдиқлаш ҳамда инвестиция лойиҳаларини бошқаришнинг янги ёндашув ва механизмларини жорий этиш тўғрисида”ги қарорига асосан Пешку тумани "Зандани" маҳалла фуқаролар йиғинида "Бухара Пеш Тех" МЧЖ томонидан ип-калава ишлаб чиқариш лойиҳаси амалга оширилмоқда. Лойиҳа 2 босқичда амалга оширилиб, дастлабки босқичда 640 та, 2-босқичда эса 400 та янги ши ўрни яратилиши кўзда тутилган. Дастлабки босқич - ип-калава ишлаб чиқариш лойиҳаси бўлиб, унинг қиймати 243,5 млрд сўм. Шундан, 119 млрд сўми тадбиркорнинг ўз маблағи, 11 млн доллари банк кредити маблағи ҳисобланади. Қуввати 5000 тонна ип-калава ишлаб чиқаришга мослашган мазкур лойиҳа жорий йил якунига қадар фойдаланишга топширилади. Ботир Зарипов мазкур объектда бўлиб, қурилиш-монтаж ишларининг бориши билан яқиндан танишди. Жамият мутасаддилари билан лойиҳани амалга ошириш механизмлари, мавжуд муаммолар ҳақида суҳбатлашди. Муаммоларни ҳал қилиш ва объектни қисқа фурсатда фойдаланишга топшириш бўйича масъулларга топшириқ ва кўрсатмалар берди. Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
👍 9
👍 8