uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

Закритий канал

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

Показати більше
3 617
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів
Архів дописів
#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILIDA ERKIN MULOQOT QILA OLISHIM UCHUN NECHTA SO'Z BILISHIM KERAK? part1 "Oxford English Dictionary" ga ko'ra hozirda Ingliz tilida 171,146 mingta so'z mavjud. #1 maslahat yangi so'z o'rganish masalasida bu — eng ko'p ishlatiladigan so'zlarni o'rganing! Ko'pchilikni asosiy muommosi Vocabulary masalasida bu so'zlarni jadval asosida, "common words" mi yo "uncommon words" e'tibor bermasdan o'rganishidadir. Bu bilan nima demoqchiman, inglizlar ni o'zi 171,146 so'zning bor yo'g'i taxminan 10% dan foydalanishadi. "Native speaker"lar 10 ming 20 ming atrofida so'z bilishadi. Og'zaki nutqda esa, ya'ni kundalik muloqotda 5 ming – 7 ming atrofida so'zlardan foydalanishadi. Kundalik muloqotni 100% deb oladigan bo'lsak, Ingliz tilida eng ko'p ishlatiladigan 1000 ta so'z — uning 88% ni tashkil etadi. Eng ko'p ishlatiladigan 2000 ta so'z esa og'zaki nutqning deyarli 93% ni tashkil etadi. Eng ko'p ishlatiladigan 3000 ta so'z og'zaki nutqning 94% ni tashkil etadi. Qisqasi, Ingliz tilida gaplashishni boshlash uchun 1000 ta so'z yetarli. Eng ko'p ishlatiladigan 1000 ta so'zni nazarda tutyapman, duch kelgan so'zlarni jadval ko'rinishida yodlang demoqchimasman. O'zizga ishonch bilan, erkin va ravon hamda tabiiy muloqot qila olish uchun eng ko'p ishlatiladigan 2500-3000 ta so'z yetarli. 2500-3000 ta so'z bilan deyarli istagan temada, istagan inson bilan, u native bo'ladimi yoki non-native mi farqi yo'q bemalol muloqot qila olasiz! Endi asosiy muommaga etiborizni qarating. "Men 2500-3000 so'zni bilaman lekin shunda ham gaplasha olmayapman" deyishingiz mumkin. So'zni "bilish" boshqa uni gapda "ishlata olish" umuman boshqa narsa. Mana asosiy muommo nimada, har kuni yangi so'zlar yodlimiz, lekin ularni "Active Vocabulary" ga aylantirmasdan(bu ni o'zi alohida katta bir tema, hali bu haqida alohida gaplashamiz) "Passive Vocabulary" holatida qoldiramiz. Speakingga kelganda esa nimaga shuncha yodlagan so'zlarimiz miyamizga kemayapti deb o'zimizga o'zimiz savol beramiz. Davomi bor...

English Fluency Journey with Anna 👩‍🦰 ▪️Active Listening ▪️Speech Analysis ▪️Importance of Intonation Improve your speaking and listening skills with such an awesome instructor. @SpeakingEnglish_uz

Ingliz tilidagi quyidagi iborani " Of course " o'zbek tiliga tarijima qiling

#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILIDA TEZ GAPIRISH YO'LI ▪️Ain't = Am not/are not/is not - emas • I ain't sure - ishonchim komil emas ▪️Ain't = Has not/have not - ...magan • He ain't finished yet - u tugatmagan hali ▪️Wanna = Want to - hohlayman • I wanna go home. - men uyga ketishni hohlayman ▪️Wanna = Want a - hohlayman bitta • I wanna coffee. - hohlayman bitta kofe ▪️Whatcha = What are you - san nima • Whatcha gonna do? - san nima qimoqchisan? ▪️What Kinda = Kind of - qanaqa • What kinda movie is that? - U qanqa kino ▪️Sorta = Sort of - sal, ozgina • I’m sorta tired - man sal charchadim ▪️Outta = Out of - ...dan tashqari • Get outta here - chiq bu yerdan tashqariga ▪️Alotta = A lot of - ko'p • I eat alotta cake. - man ko'p to'rt yeyman ▪️Lotsa = Lots of - ko'p • I have lotsa money - manda ko'p pul bor ▪️Mucha = Much of - ko'pi • Much of time was wasted - vaqtni ko'pi bekor ketti ▪️Cuppa = Cup of - bir chashka • Would you like a cuppa coffee? - bir chashka kofe hohlaysizmi? ▪️Dunno = Don’t know - bilmadim • I dunno - bilmadim ▪️Lemme = Let me - ruhsat ber • Lemme see! - ruhsatiz bn ko'raychi ▪️Gimme = Give me - ber manga • Gimme the pen! - ber manga ruchkani ▪️Tell’em = Tell them - ayt ularga • I don’t wanna tell’em - man hohlamiman etishni ulaga ▪️Cos = Because - chunki • I don’t like this house cos it’s too big - manga bu uy yoqmayapti chunki o'ta katta ekan ▪️Bitta = bit of - ozgina, sal ▪️I’mma = I’m going to - ...moqchiman • I’mma talk to her - man u bn gaplashmoqchiman ▪️Gonna = Going to - ...moqchi • I'm not gonna tell you - sanga aytmoqchimasman ▪️Needa = Need to - kerak/muhtoj • You needa know about him - sen u haqida bilishing kk ▪️Oughta = Ought to - kerak • You oughta phone your sister - Siz singlizga tel qiliwingiz kk ▪️Hafta = Have to - kerak • You hafta go - siz ketishiz kk ▪️Hasta = Has to - kerak • She hasta work today - u bugun ishlashi kerak ▪️Usta = Used to - manosi: oldin shunaqa edi, hozi unaqa emas • She usta live in London - u (oldin) Londonda yashar edi. @SpeakingEnglish_uz

📍 Juda ko'pchilik ushbu testni xato ishlamoqda deyishmoqda. ❗️ Mening kanalim a'zolari uchun qiyin emas a😉. Urinib ko'ring! ⁉️We lived in Tashkent ...... 1999 and 2002. A) Since B) Among C) For D) Between 🧐 To'g'ri Javobni topdinglarmi?

Intermediate Plateau nima ekanligi haqida sizda tushuncha paydo bo'ldimi?

#attention #diqqat #mustread INTERMEDIATE PLATEAU NIMA VA UNI QANDAY YENGIB O'TISH MUMKIN. #part2 Intermediate Plateau — Intermediate darajaga chiqqanda til o'rganish jarayonining murakkablashishi natijasida progresning sekinlashishi yoki to'xtab qolishidir. Demak, bu holatni oldini olishi va yengib o'tish uchun nima qilish kerak. 1. O'QUV USLUBNI O'ZGARTIRISH. Birinchi qilishingiz kerak bo'lgan ish — foydalanayotgan o'quv uslub va metodingizni boshqa samaraliroq, effektivroq metodga o'zgartirishingiz kerak. Til o'rganishni endi boshlaganingizda rezultatga erishish nisbatan osonroq bo'ladi. Har kuni yangi nimadir o'rganayotgandek, oldinga siljiyotgandek his qilasiz o'zingizni. Intermediatedan Advancedga chiqishda esa jarayon o'z-o'zidan murakkablashadi. Bu esa qiziqishni, motivatsiyani yo'qolishiga sabab bo'ladi. Kerakli mashg'ulotlar: ▪️qiziqishingiz doirasidagi podkastlarni eshiting, lekin bu safar nisbatan qiyinroq va "og'irroq" temadagi podkastlarni tanlang. ▪️qiziqishingiz doirasidagi kitob va jurnallarni o'qing. Kitoblarni tili juda sodda bo'lmasligiga e'tibor bering. ▪️ilmiy, tarixiy yoki hujjatli filmlar ko'ring. Kinolar shundoq ham native speakerlar uchun mo'ljallangan. Listeningni Advanced darajaga chiqarishni eng zo'r usullaridan biri shubhasiz — kino ko'rishdir. ▪️ijtimoiy tarmoqlardan faqat ingliz tilida foydalaning. ▪️podkast eshitayotganingizda, kino ko'rayotganingizda, kitob yoki jurnallar o'qiyotganingizda uchrayotgan yangi so'zlarni yozib olib yodlashga harakat qiling. Bu konteksdan o'rganish deyiladi. ▪️har kuni speaking praktika qilishni kundalik hayotingizning bir qismiga aylantiring. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: Telegram | Instagram | TikTok

#attention #diqqat #mustread IMPORTANT ANNOUNCEMENT 🧐 Do'stlar, siz uchun qisqa e'lonim bor! "VOCABULARY FOR WRITING AND SPEAKING" KITOBI SOTUVDA! Kitob haqida qisqacha ma'lumot: ➕ So'zlar sinonim shaklda alohida guruhlarga tartiblashtirilgan; ➕ Har bitta so'zni ma'nosi va ishlatilishi to'liq ko'rsatilgan; ➕ Shuningdek, so'zlar ishtirokidagi gaplar misol tariqasida berilgan; ➕ Kitob to'liq ingliz tilida. Endi siz kitobni elektron (PDF) shaklini 15 000 so'mga ( asl narxi 25 000 so'm) chegirma narxida faqat bugun harid qilib olishingiz va uyda shu kitob bilan ingliz tilida eng ko'p ishlatiladigan so'zlarni o'rganishingiz mumkin. 35 minglik "SUCCESS IELTS READING TESTS" kitobi bonus sifatida qo'shib beriladi KITOBNI OLMOQCHI BO'LSANGIZ @reallifeenglishbot ga "kitobni olmoqchiman" deb yozib qoldiring. P.s. Kitob mualliflik huquqiga ega, boshqa hech qayerda ekvivalenti yo'q.

#attention #diqqat #mustread INTERMEDIATE PLATEAU NIMA VA UNI QANDAY YENGIB O'TISH MUMKIN. #part1 Intermediate plateau — ingliz tili darajangiz Intermediatega chiqqanda kuzatiladi. Rivojlanish, o'sish deyarli to'xtagandek tuyuladi yoki juda sekin davom etadi. Ingliz tilini endi o'rganishni boshlagangizda o'zingizda progresni kuzatish nisbatan oson kechadi. Ko'pchikda "Intermediatedan Advanced" darajaga chiqish imkonsizdek tuyiladi. Ingliz tilidan kursga qatnab boshlaganingizda har bitta levelni tugatishingiz uchun taxminan 3 oy kerak bo'ladi deylik. Misol uchun aytayapman, albatta. 3 oy beginner, 3 oy elementary, 3 oy pre-intermediate o'qitishadi aksariyat o'quv markazlar, ingliz tili o'qituvchilar. Intermediatedan Advanced ga o'tishda esa bu uslub deyarli foydasiz. Ko'pchilik yaxshi tushunmaydigan bir jihat bor. "Beginnerdan Intermediatega chiqish bilan Intermediatedan Advancedga chiqish orasidan ancha katta farq bor." Darajangiz oshgani sari til o'rganish jarayoni qiyinlashib boradi. O'rganishingiz kerak bo'lgan qoidalar, gramatik strukturalar, so'zlar, iboralar ham murakkablashib boradi. Shuning uchun ham ingliz tilini 0 dan boshlab 6-10 oyda IELTS 6,5 olganlarni ko'p eshitamiz. Lekin, 6,5 dan 8; 8,5 ga chiqish esa bir necha barobar qiyinroq va uzoqroq muddat talab qiladi. Aksariyat 8; 8,5 ball olganlar ingliz tilini bir necha yillardan beri o'rganayotgan bo'lishadi, qayta-qayta topshirishadi. Har qanday tilda bu holat "plateau" deyiladi ya'ni — "bir joyda turib qolish" deb tarjima qilish mumkin. Bunday holatga hamma duch keladi. Shaxsan men ham Intermediatedan Advancedga o'tish uchun bir necha yillarni sarflaganman. Darajangiz intermediatega chiqqandan keyin, til o'rganish uslubingizni o'rgartirishingiz kerak. Chunki, faqatgina textbookda mashq yechib, gramatik qoidalarni yodlab ingliz tilida Advanced darajaga chiqishning iloji yo'q. Buni juda ko'p qaytaraman. "Har qanday til o'rganish jarayonida tanlagan va foydalanayotgan metodingizning qanchalik samarali va effektiv ekanligi til o'rganish jarayonining eng muhim qismi hisoblanadi." 90% til o'rganuvchilar noto'g'ri va samarasiz, zerikarli va ananaviy uslub va metodlardan foydlanib ingliz tilini o'rganish jarayonida oylar va yillarni behuda sarflashadi. Davomi bor... Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: Telegram | Instagram | TikTok

📹 Band 9.0 IELTS Practice Speaking Exam (mock test) - with feedback - Saskia (2) from Sri Lanka @SpeakingEnglish_uz

📹 IELTS Speaking test band score of 9 with feedback @SpeakingEnglish_uz

The reason I asked you guys this question cuz, I'm planning on opening an online book store. That is why I wanted know your exprience with buying books online.

- "Akang Kuchaydi" IELTS 8.0+ oladi akang! - Qanday bilasiz? IELTS imtihoni uchun Ballingizni aniqlab beradigan bot ochilibdi
- "Akang Kuchaydi" IELTS 8.0+ oladi akang! - Qanday bilasiz? IELTS imtihoni uchun Ballingizni aniqlab beradigan bot ochilibdiku! Har bir section-dan Testlar orqali darajani aniqlayapti. Hammani Tekinga imtihon qilib beradi! 👉IELTS-dan balingizni aniqlash

📍 Juda ko'pchilik ushbu testni xato ishlamoqda deyishmoqda. ❗️ Mening kanalim a'zolari uchun qiyin emas a😉. Urinib ko'ring! ⁉️We lived in Tashkent ...... 1999 and 2002. A) Since B) Among C) For D) Between 🧐 To'g'ri Javobni topdinglarmi?