uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку 👈

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

Закритий канал

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

Показати більше
3 617
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів
Архів дописів
Most of you answered "yes". What are you waiting for then. I created opportunity for you to achieve that.

#attention #mustread #diqqat Nima uchun ko'pchilik til o'rganuvchilar yillarni til o'rganishga sarflashiga ingliz tilida gaplasha olmaydi? Ishonch bilan aytishim mumkinki, kamida 95% til o'rganuvchilarda bu asosiy muommodir. Xo'sh, buning sabablari nimada, yechimi bormi? Albatta, yechimi bor. Dunyoda 1,5 mlrd ga yaqin inson ingliz tilida gaplasha oladi. Ularning 1 mlrd ga yaqini ingliz tilini ikkinchi til sifatida o'rgangan, xuddi siz bilan menga o'xshab. Eng asosiy muommo menimcha yechimni bilmasligimizda emas, balki nima qilishni, qanaqa metodlardan foydalanish kerakligini bilamizu, lekin intizomni yetishmasligi sabab bilganlarimizni amalda qo'llamaymiz, qo'llasak ham ikki-uch kun biron metodni sinab ko'rib, to'xtatib qo'yamiz. Self-discipline is extremely important! Without discipline you never be able to reach the level you want. Most of us know what to do in order to improve our speaking skill. The real problem is that we don't do what we know. Aksariyat til o'rganuvchilarning nima desangiz bir bahonasi doim tayyor bo'ladi. Ma'suliyatni to'liq o'z qo'llariga olishmaydi. Nima uchun praktika qilmayapsan deb so'rasam, har doim kimnidir va nimanidir sababchi qilib ko'rsatishadi. Hamma ingliz tilida gaplashishni xoxlaydi, lekin qilinishi kerak bo'lgan vazifalarni o'z vaqtida va davomiy qilishmaydi. Tezroq o'rganishni yo'lini qidirib, oylarni, ba'zan yillarni bekorga sarflashadi. @SpeakingEnglish_uz

Reading out loud uchun kitob, sodda tilda yozilgan, darajasi pre-intermediate va undan yuqori til o'rganuvchilar ushbu kitobdan bemalol foydalanishingiz mumkin.

learn_english_300_faster.pdf5.12 KB

Do you want to speak English fluently and naturaly?
Anonymous voting

#attention #diqqat #mustread SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISH UCHUN NIMA QILISH KERAK #part2 2. OVOZ CHIQARIB KITOB O'QING. Ovoz chiqarib kitob o'qish orqali nafaqat "bir o'q bilan 2 ta quyonni" balki 3 ta quyonni urasiz. Sababi, ovoz chiqarib ingliz tilida kitob yoki biron tekstni o'qiganingizda — ham READING, ham SPEAKING, ham PRONUNCIATION skillaringizni rivojlantirasiz. Bu mashq faqatgina Speaking o'stirish uchun mo'ljallanmaganligiga qaramasdan, bugun siz bilan asosan speakingga oid qismiga e'tibor qaratamiz. Nima uchun ovoz chiqarib o'qish aynan Speakingni rivojlantirish uchun foydali deb o'ylashingiz mumkin. Ingliz tilida so'zlarni yozilishi bilan ularni tallaffuzi o'rtasida kattagina farq bor. Odatda, ko'pchilik til o'rganuvchilarning ingliz tilida gapirish jarayonida so'zlardan foydalana olmasligining asosiy sabablaridan biri ham ularni to'g'ri talaffuz qilishni bilmasligi bilan bog'liq. Agar so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishni bilmasangiz, ulardan gapirish jarayonida foydalana olish ehtimolingiz juda past bo'ladi. Chunki, miyangiz yang so'zlarni eslab qolish uchun ulardan qanday foydalanishni bilishingiz kerak. Ingliz tilida tekstlarni, kitoblarni ovoz chiqarib o'qish orqali og'iz muskullarini ingliz tilidagi tovushlarga moslashtirasiz. Chunki, ingliz tilida aksariyat tovushlar bizni tilimizda yo'q. Shuning uchun ham ko'pchilik til o'rganuvchilar so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishga qiynaladi. Ushbu mashqni bajarish jarayonida e'tibor berishingiz kerak bo'lgan bir qancha jihatlar bor. DARAJANGIZGA MOS MATERIAL TANLANG. Praktika qilish uchun tanlagan hikoya, maqola, kitobingiz darajangizga mos bo'lishiga e'tibor qarating. To'xtab qolmasdan, bir tekisda gapira olishingiz kerak boladi. O'qish uchun o'ta qiyin bo'lgan materiallardan: romanlar, ilmiy asarlar, iqtisodiy va siyosiy maqolalardan va shuningdek qiziqishingiz doirasidan tashqarida bo'lgan reading materiallardan foydalanmaslikni maslahat beraman. Bu yerda maqsad yangi bilimlarni o'rganish emas, Speaking qobiliyatingizni rivojlantirishdir. OVOZ OHANGI, INTONATSIYASI VA RITMI. Ovoz chiqarib o'qish jarayonida robotga o'xshab qolmaslikka harakat qiling. So'zlarni talaffuz qilish jarayonida ulardagi urg'uga, intonatsiya, aytilish ohangiga e'tibor qarating. Agarda savolli gapni o'qiyotgan bo'lsangiz, ovozingiz ohangi ham shuni bilidirib tursin.Chunki, inglizlar aksariyat hollarda darak gaplarni strukturasini o'zgartirmasdan, faqatgina aytilish ohangini o'zgartirib so'roq gap yasashadi. Misol uchun: 1. Is there an after party? — so'roq gap. 2. There is an after party. — darak gap. 2. There is an after party? — so'roq gap 2–chi va 3–chi gap o'rtasida farq yo'q lekin, biri darak gap ikkinchisi esa so'roq gap. Farqi shundaki ikkinchisini so'roq gapga aylantirish uchun gapni ohirida ovoz ohangi ko'tariladi, darak gaplarda esa aksincha. Bu kabi jihatlarga ko'pchilik e'tibor qaratmaydi. Ingliz tilida intonatsiyani ham o'z o'rni va ahamiyati bor. Bu haqida Pronunciation haqida gaplashganimizda batafsil to'xtalamiz. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: Telegram | Instagram | TikTok

Tarixdagi eng buyuk tarixiy shaxsni bilasizmi? @Dtm_Tarixdan_testlar
Tarixdagi eng buyuk tarixiy shaxsni bilasizmi? @Dtm_Tarixdan_testlar

Kurs tartibi: ▪️ Haftada 3 kun Zoomda o'tkaziladi. ▪️ Har kuni Telegramda yopiq guruhda kerakli materiallar va ko'rsatmalar berib boriladi. ▪️ Kunlik voice chatda speaking praktika qilinadi jamoa bilan. ▪️ Darslar 6-8 kishilik kichik guruhlarda o'tkaziladi. ▪️ Dars vaqti 17:00–18:30 Kusrda qatnashish uchun talablar: ▪️ Darajangiz kamida pre-intermediate yoki intermediate bo'lishi; ▪️ Kuniga 3-4 soat dars uchun vaqt ajrata olishingiz; ▪️ Berilgan topshiriq va vazifalarni o'z vaqtida qilishingiz; ▪️ Eng asosiysi, maqsadingiz ingliz tilida erkin va ravon gaplashishni o'rganish bo'lishi lozim. Fee: 250 ming. Shoshiling! Joylar soni chegaralangan. Murojaat uchun: @Baxtiyor_Toshboyev ⚠️ Iltimos, kurs haqidagi ma'lumotlar bilan to'liq tanishib chiqib keyin murojaat qiling.

Ingliz tilida erkin va ravon gaplashishni istovchi til o'rganuvchilar diqqatiga! – Ingliz tilini uzoq vaqtdan beri o'rganayotganingizga qaramasdan hali ham gaplashishga qiynalasizmi? – Qancha ko'p so'z o'rganmang, ulardan suhbat jarayonida foydalana olmaysizmi? – Speakingni rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi omillarni yengib o'tishni istaysizmi? – Ingliz tilini o'ta zerikarli va deyarli samarasiz a'nanaviy metodlardan o'rganib charchadingizmi? Agar yuqoridagi savollarga "ha" deb javob bergan bo'lsangiz, sizni 2 oylik "Intensiv Speaking Kurs" ga taklif qilaman. Kurs davomida: ▪️Ingliz tilida erkin va ravon gaplashishni o'rganasiz; ▪️Speakingni aktiv va davomiy praktika qilasiz; ▪️Eng samarali metod va uslublardan foydalanib har bitta skilni rivojlantirasiz. Murojaat uchun: @Baxtiyor_Toshboyev

Ingliz tilini qachondan beri o'rganyapsiz?
Anonymous voting

🇺🇸Ingliz tili darajangizni maxsus Speaking va Listening uchun ishlangan kinolar orqali ko'tarmoqchimisiz unda bular sizlar
🇺🇸Ingliz tili darajangizni maxsus Speaking va Listening uchun ishlangan kinolar orqali ko'tarmoqchimisiz unda bular sizlar uchun👇 🎬Film for Beginner learners 🎬Film for Elementary learners 🎬Film for Pre Intermediate learners 🎬Film for Intermediate learners 🎬Film for Advanced learners ☝️eslatma: Ushbu kinolar Ingliz tili o'rganuvchilar uchun maxsus ishlangan va judayam foydali. 😐Qo'shimcha manzilimiz👇 https://t.me/+Qpta46GoS8NjNGQy 📌O'zingizga kerakli darajani ustiga bosing

#attention #diqqat #mustread "SHADOWING" TEXNIKASI QANCHALIK FOYDALI part2 SHADOWING TEXNIKASI AYNAN QAYSI SKILLARNI RIVOJLANTIRISHGA YORDAM BERADI? 1. SPEAKING. Shadowing texnikasi shubhasiz, speakingni rivojlantirishga, tabiylik va ravonlikni oshirishga yordam beradi. Doimiy shadowing qilish (kamida bir kunda 1 ta videoni shadowing qilsangiz 1 oy ichida natijalarni sezib boshlaysiz) speakingizni kuchaytirishga katta yordam qiladi. Bu texnikadan shaxsan o'zim deyarli har kuni foydalanaman, yuqori effektli metod bo'lmaganida sizga tavsiya qilib o'tirmasdim. Lekin muhim bir jihat bor — "Consistency is the key here". Bugun bitta video shadowing qilib, bir oydan keyin yana bitta video shadowing qiladigan bo'lsangiz 10 yilda ham natijasini his qilmaysiz🤦‍♂️. Practice makes perfect. Har kuni kamida 1 ta video shadowing qiling, effekti 💯 2. PRONUNCIATION Pronunciation bu — so'zlarni talaffuz qilish. Menimcha, til o'rganuvchilar orasida eng kam ahamiyat beriladigan, e'tiborsiz qoldiriladigan skill hisoblanadi. Sababi ham bir tomondan tushunarli, bizga ingliz tilini o'rganishimizda to'g'ridan–to'g'ri foydasi yo'qdek tuyuladi ( Pronunciation haqida hali alohida bir necha kun gapiramiz balki haftalar ketar, chunki juda muhim va katta tema). Shadowing qiish tabiiy ravishda so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishingizga yordam beradi. Borgan sari "tilingiz kelishib" boradi. Og'iz va til mushaklari uchun shadowing texnikasi bu bir "exercise". Bundan ko'rinib turibdiki, qancha ko'p va davomiy shadowing metodi praktika qilinsa, shuncha yaxshi natijalarga erishish mumkin. 3. INTONATSIYA VA RITM Intonatsiya bu gapirganingizda so'zlarni ohangining ko'tarilishi va tushishi. Intonatsiyadan to'g'ri foydalanish gapirganda robotga o'xshab qolmasligingizni ta'minlaydi. Inson hissoyotlari ham u gapirganda so'z intonatsiyasiga ta'sir qiladi. Ritm esa gapdagi so'zlarni tempi, stressi hisoblanadi. Stress bu urg'u. Ochig'ini aytsam, ko'pincha Intonatsiya va ritmga alohida e'tibor qaratilmadi ( bu haqida ham alohida gaplashamiz). Intonatsiya, ritm va stress borligi uchun musiqa mavjud. Ularsiz robotlarga o'xshab gaplashgan bo'lardik. SHAXSIY "SHADOWING" METODIM Yuqorida keltirilgan Shadowing texnikasi dunyoda umumiy va keng tarqalgan uslub. Effekti 💯 bo'ladi. Juda ko'p lingvistlar, soha mutaxassislari, poliglotlar shadowing texnikasidan foydalanishadi va tavsiya qilishadi. Shadowing metodining effekti borasida o'tkazilgan bir necha xalqaro miqyosdagi tadqiqotlar ham buni tasdiqlaydi. Men foydalanadigan shadowing texnikasi biroz boshqacharoq. 1. Videoni subtitrni yoqib qo'yib ko'raman, shu bilan birga ovoz chiqarmasdan (ichimda) birma-bir speakerni qaytaraman. Kontekt, speaker ishlatayotgan so'zlar bilan tanishib chiqaman. 2. Ikkinchi marta sal boshqacharoq bo'ladi. Videoni 2-marta qaytadan ko'raman, bu safar "Setting" dan videoni ovozini butunlay ochirib qo'yaman, agar videoni tempi juda yuqori bo'lsa (agar speaker juda tez gapirsa) gapirish tezligini 0,75 ga (Youtube "Setting" da "Playback speed" degan joyi bor, ana o'sha yerdan o'zgartirish mumkin) qo'yaman, shunda subtitr sekinroq chiqadi. Bu safar ovozimni chiqarib subtitrga qarab gapiraman. Bunda ko'proq xuddi o'zimni nutqimni gapirayotgandek tutaman. Kinolarda ko'rgan bo'lsangiz kerak buni: teleboshlovchilar uchun kamera ortida nutq matni berib boriladi. Ular esa yodlab aytgandek gapirishadi. Men ham huddi shunday qilaman. Qisqasi, to'g'ri tushuntira oldim deb o'yliman! P.s. Shadowing texnikasi bo'yicha ma'lumotlar foydali bo'ladi degan umiddaman. Fikringizni botda qoldiring. @reallifeenglishbot Telegram | Instagram | TikTok

DUNYO BILAN — sizga dunyo mo'jizalarini ko'rsatib beruvchi kanal. 🤩 Eng noyob ma'lumotlardan baxramand bo'ling. Dunyoni birg
DUNYO BILAN — sizga dunyo mo'jizalarini ko'rsatib beruvchi kanal. 🤩 Eng noyob ma'lumotlardan baxramand bo'ling. Dunyoni birgalikda qayta kashf etamiz 😉. A'zo bo'lib bilimingizni biz bilan oshiring. Kanal: @With_The_World

How to pronounce "Patriarchy" @SpeakingEnglish_uz .

Speakingni self study qilib rivojlantirayotganlar uchun shadowing o'ta samarali metod,

Har kuni yangi so'z yodliman, lekin ulardan foydalana olmayman.... Bu holat ishonch bilan aytishim mumkinki 99% til o'rganuvchilarga tanish va ularning asosiy muommolaridan biri. Nima uchun kerakli so'zlarning kerakli vaqtda miyaga kelmasligining asosiy sabablaridan biri ularning to'g'ri talaffuzini bilmasligingizda bo'lishi mumkin. @SpeakingEnglish_uz .

#attention #diqqat #mustread "SHADOWING" TEXNIKASI QANCHALIK FOYDALI "Shadowing" texnikasi haqida eshitganmisiz? Nima uchun hozirgi kunda til o'rganuvchilar orasida trendga aylanib boryapti? Chindan ham samaralimi? Shadowing texnikasi SPEAKING, LISTENING va PRONUNCIATION skillarini rivojlantirishning ajoyib usuli. Lekin ko'pchilik bu texnika haqida yetarli ma'lumotga ega emas. Shadowing texnikasini qulayliklari: 1. Hech kimning yordamisiz yolg'iz bajara olishingiz 2. Ko'p vaqt talab qilmasligi ( odatda 15-20 minut) 3. O'ta samarali 4. Umuman pul talab qilmasligi SHADOWING O'ZI QANAQA METOD? Sodda qilib qilib aytganda, shadowing bu — til o'rganish texnikasi, bunda siz audio yoki videoni eshitasiz va orqasidan nimani eshitgan bo'lsangiz takrorlaysiz. Ya'ni soyaga o'xshab qaytarasiz, "shadowing" so'zi ham shundan kelib chiqqan.Video yoki Audiodagi speakerni eshitasiz va ovoz chiqarib uni so'zlarini qaytarasiz. E'tibor bering videoni ko'rib, uni to'xtatib, keyin qaytarmaysiz. Videoni ko'rayotganingizda (audioni eshitayotganingizd) uni to'xtatmasdan orqasidan qaytarasiz, bir vaqtni o'zida. SHADOWING TEXNIKASIDAN QANDAY TO'G'RI FOYDALANILADI? Shadowing qilish tartibini bosqichma–bosqich ko'rib chiqamiz. 1. Video (yoki Audio) tanlab oling. Video (yoki audio) tanlaganda sizni qiziqtiradigan sohada bo'lishiga e'tibor bering. Faqat ingliz tiliga oid video bo'lishi shart emas. Istagan sohada bo'lishi mumkin; food, dizayn, lifestyle, fashion, psixologiya, biznes, sevimli aktyor yoki aktrisangizni intervyulari bo'lishi mumkin. Ahamiyat berishingiz kerak bo'lgan jihat shundaki: speakerni aksenti siz o'rganayotgan aksentda bo'lishi, nisbatan sekinroq va tushunarliroq gapirishi kerak. 2. Videoni birinchi oxirigacha ko'ring (audioni oxirigacha eshiting). Qisqa videolar tanlashni tavsiya qilaman. Shaxsan men 10-12 minutlik videolardan foydalanib shadowing qilaman. Birinchi, videoni to'liq ko'rib chiqing, nechchi foiz tushunyapsiz, yangi so'zlar chiqyaptimi, shularga e'tibor bering. Darajangizga mos bo'lgan videolarni tanlashni tavsiya qilaman. 3. Shadowing qiling. Subtitrni istasangiz yoqib yoki ochirib qo'yib shadowing qilishingiz mumkin. Subtitr bilan shadowing qilish ancha osonroq. Shadowing qilayotganda diqqatingizni nima deyilayotganiga emas, so'zlarni talaffuziga qarating. Bitta videoni bir necha marta qaytarishingiz mumkin. Lekin 2-3 martadan ko'p qaytarmaslikni maslahat beraman. Davomi bor... 2–qismda Shadowing texnikasini aynan nimalarda foyda berishini ko'rib chiqamiz. Shuningdek, shaxsiy shadowing texnikam haqida ma'lumot beraman. Kanaldan uzoqlashmang! Telegram | Instagram | TikTok