uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

Закритий канал

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

Показати більше
3 617
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів
Архів дописів
#Grammar_Test The train leaves____4:00 A) in B) on C) at 🔶Javobni pastdagi tugmalar orqali belgilang 👇
#Grammar_Test The train leaves____4:00 A) in B) on C) at 🔶Javobni pastdagi tugmalar orqali belgilang 👇

Grammar time 📌Be careful when you are choosing the correct answer ❇️ 69% people make a mistake ❎ 📌Fill in the gap ____ comes home back first should cook dinner.

#attention #diqqat #mustread SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISHGA TO'SQINLIK QILUVCHI SABABLAR. Bugun siz bilan o'ta muhim temada suhbatlashamiz. Ehtimol, sizni qiynab kelayotgan bir qancha savollarga javob ham toparsiz. SPEAKING — deyarli barcha til o'rganuvchilarning eng og'riqli nuqtasi. Aksariyatimiz yillarni sarflaymiz ingliz tilini o'rganish uchun, lekin shunga qaramasdan ingliz tilida erkin va ravon gapira olmaymiz. Nima uchun? degan tabiiy savol tug'iladi, albatta. Demak, buni bir qancha ko'pchilik til o'rganuvchilar uchun tanish bo'lgan sabablari mavjud. Ularni birma bir ko'rib chiqamiz. Speakingni rivojlantirishga oid ko'rsatmalarni berishdan oldin, Spekingni o'stirishga to'sqinlik qiluvchi sabablarni tushuntirib o'tishni lozim topdim. Chunki muommoga yechim qidirishdan oldin, uni keltirib chiqargan sababga oydinlik kiritish kerak deb hisoblayman. 1. INGLIZ TILINI GAPIRISH JARAYONIDA O'ZINGIZGA BO'LGAN ISHONCHNI VA DADILLIKNI YETISHMASLIGI. Lack of confidence is one of the reasons by which the students cannot speak English language. Ingliz tilida gapira olish qobiliyatimizga bo'lgan ishonchni yetishmasligi speakingni rivojlantirishga to'sqinlik qiladi. Buni to'g'ri tushunishingiz kerak. Chunki, juda ko'pchilik yetarli darajada kerakli ko'nikma va bilimlarga ega bo'lishiga qaramasadan, o'zini gapirish qobiliyatiga past baho beradi. Natijada, speaking praktika qilishni ortga surib yurishadi. Menimcha, bu holat hammamizga taalluqli. Ingliz tilida eng muhim skill bu shubxasiz — SPEAKING. Buni yaxshi bilamiz, lekin Speakingni rivojlantirish, uni ustida ishlash uchun kuniga 20-30 daqiqa vaqt ajrata olamizmi? Eng muhim skill ekan, nima uchun eng ko'p vaqtimizni speakingni rivojlantirishga qaratmaymiz. Ingliz tilida gapirish qobiliyatingizni rivojlantirishda ishonch va dadillikni yetishmasligi aksariyat hollarda ingliz tili o'qituvchilari va repetitorlarga bog'liq. Chunki o'qituvchi o'quvchilarda o'ziga bo'lgan ishonch va dadillikni oshirishga ruhlantira olishi kerak. Lekin, ko'pchilik o'qitivchilar buni o'rniga bir hil metodga yopishib olib, til o'rgatishga faqat kitobiy usulda yondashishadi. Offline kurslarda sinfxonada speakingni praktika qilish uchun muhit yaratishmaydi. Insonni o'ziga bo'lgan ishonchi uni har qanday sohada muvaffaqqiyatining kafolatidir. Nafaqat til o'rganish jarayonida, balki istagan sohada yuqoriga ko'tarilishni istasangiz, birinchi navbatda bunga qodir ekanligingizga ishonishingiz kerak. Davomi bor... P.s. Shaxsan meni ham kanalni yuritishimdan asosiy maqsadim sizni — kim bo'lishingizdan qa'tiy nazar ingliz tilida erkin va ravon, o'zingizga ishonch bilan, tabiiy va qo'rqmasdan gapira olishingizga ishontirishdir.

Chen Qiufan A sci-fi vision of life in 2041 TED - English.srt0.09 KB

#attention #diqqat #mustread Chen Qiufan: A sci-fi vision of life in 2041 | TED Sci-fi writer Chen Qiufan doesn't fear a dystopian future. Instead, he believes developments in artificial intelligence will make all of our lives better, healthier and safer. He takes us on a tour of the next 20 years of AI and shares some astonishing predictions for the advancements in science and technology that could await us. "For every future we wish to create, we must first learn to imagine it," he says. #TED

#2021 da ingliz tilidan tushgan savollardan biri : Your success depends .... your hard work . Find an appropriate preposition
#2021 da ingliz tilidan tushgan savollardan biri : Your success depends .... your hard work . Find an appropriate preposition ?

#attention #diqqat #mustread SPEAKING — OG'RIQLI NUQTA... #part1 Ko'pchilikning eng og'riqli nuqtasi bu shubxasiz – speaking. Buning sabablari ham tushunarli albatta. Bunga asosiy sabab, bizda muhitni mavjud emasligi. Tabiiyki praktika qiladigan sherikni bo'lmasligi, bo'lsa ham yetarli darajada emasligi uchun odatda speakingni rivojlantirishga qiynalamiz. Bir nima umuman yodingizdan chiqarmang! Deyarli, har bitta til o'rganuvchida speakingni riojlantirish muommosi mavjud. Mendan juda ko'p maslahat so'rashadi bu borada. Ochig'ini aytadigan bo'lsam, bizda tizimni ham xatosi mavjud. Nimaga desangiz, maktablarda faqat gramatika o'rgatiladi, gramatik mashqlar beriladi. Deyarli speakingga etibor berilmaydi. Keyinchalik institutga kirish imtixonlari ham faqat gramatikadan, biz nima qilamiz birinchi gramatikani yodlimiz, ingliz tilida "2ta gapni qo'shib gapira olmasak" ham imtixondan 100% natija olib chiqishimiz mumkin. Muommo shundaki, to'liq gramatikani yod olgan til o'rganuvchilar keyinchalik speakingni rivojlantirishga qiynalishadi, (shaxsan menda ham shunday bo'lgan) har safar ingliz tilida nimadir demoqchi bo'lganimizda, miyamizda turli xil strukturalar aylanadi. O'zimizga savollar beramiz: " Qaysi zamondan foydalanishim kerak bu yerda? " yoki " Aniq artiklmi yo noaniq" kabi o'nlab savollar aylanadi. Qisqasi, ancha qiyin kechadi jarayon. Speakingda eng muhimi to'xtamasdan, hotirjamlik bilan va tabiiy gapirishdir. Bunga esa osonlikcha erishib bo'lmaydi. Doimiy mehnat va vaqt talab etiladi buning uchun. Ps. " Men ingliz tilida hech qachon gaplasha olmasam kerak" degan gapni butunlay miyangizdan chiqarib tashlang. Butun dunyoda 1,5 mlrd dan oshiqroq inson ingliz tilida gaplasha oladi. Ularni deyarli 1 mlrd ga yaqini ingliz tilini siz bilan menga o'xshab ikkinchi til sifatida o'rganishgan. Feel free to leave a comment❗️

Do'stlar, hafta davomida Speaking haqida gaplashamiz. Kanaldan uzoqlashmang❗️

The Laws Of Human Nature

#attention #diqqat #mustread THE LAWS OF HUMAN NATURE #review #book Kitobning asosiy obyekti bu — insonlar va ularning xulq atvori, hatti harakati, tabiatining o'zgaruvchanligi. Kitob muallifi Robert Greene insonlar har qanday sohada muvaffaqqiyatga erishishning yagona kalitidir deb hisoblaydi. Shaxsan men ham bu fikrga qo'shilgan bo'lardim. Chunki chindan ham biz doim atrofimizdagi insonlar bilan muloqatda bo'lamiz va ularni o'rganish, tushunish va "o'qiy olish" bizga katta manfaat va foyda olib kelishi shubhasiz. Inson tabiatining o'ziga xos qonunlari bilan tanishish sizni hayotda "yaxshi" ni "yomin" dan, "samimiy" ni "soxta" dan ajrata olishingizga yordam beradi. Kitobni "Reading List" ilarga qo'shib qo'yishni tavsiya qilaman. Robert Greene inson psixologiyasi va tabiatini o'rganishga butun hayotini bag'ishlagan inson, sohaning chinakam eksperti. P.s. Blogimda tavsiya qilayotgan har bitta kitobni shaxsan o'qib chiqganman. Biron joydan to'g'ri kelgan kitobni olib sizga tavsiya qilmayman. Shu jihatni e'tiborga oling! Kitob haqida fikringizni izohlarda qoldiring!

photo content

Sizni qiynayotgan skill qaysi?
Anonymous voting

Grammar time 📌Be careful when you are choosing the correct answer ❇️ 69% people make a mistake ❎ 📌Fill in the gap ____ comes home back first should cook dinner.

🤯IQ Darajasi 140 dan yuqori bo'lgan odamlar uchun murakkab jumboq Shu 3 ta Ayoldan Qaysi biri jodigar??? Javobingizni pastda
🤯IQ Darajasi 140 dan yuqori bo'lgan odamlar uchun murakkab jumboq Shu 3 ta Ayoldan Qaysi biri jodigar??? Javobingizni pastdagi tugmalar orqali belgilang 👇👇 Send

#diqqat #quote #mustread Insonlar ko'pincha muvaffaqqiyatsizlikka uchrashdan qo'rqib, qimmatli vaqtlarini reja tuzishga, tayy
#diqqat #quote #mustread Insonlar ko'pincha muvaffaqqiyatsizlikka uchrashdan qo'rqib, qimmatli vaqtlarini reja tuzishga, tayyorgarlik ko'rishga sarflashadi. Urushda eng yaxshi strategiya kutilmaganda, qo'qqisdan hujum qilishdir. Follow me on Instagram for more. https://instagram.com/ts_baxtiyor

📽Learning English With Famous Speeches 🗣Mariah Carey | Full Power of Women At Variety's Power of Women ceremony, Mariah Carey talked about the challenges she's faced in her career and how women have begun to triumph over the "misogynistic society of corporate asses" in the country. Mariah Carey is an American singer-songwriter, record producer, and actress. Known for her five-octave vocal range, melismatic singing style, and signature use of the whistle register, she is referred to as the "Songbird Supreme" and the "Queen of Christmas". #English_With_Famous_Speeches

📲 Telegram asoschisi Pavel Durov o'z sahifasida qiziq maslahatlar berib turadi. 37 yoshga to'lgan kunida muxlislar bilan ba'zi o'gitlarini baham ko'ribdi. 🤔 Yetarli qadrlanmaydigan uch narsa. 1. Uyqu. Uyqu immunitetni kuchaytiradi, ijodkorlik va psixologik sog'likni yaxshilaydi. 2. Tabiat. Tabiat biz biologik jihatdan o'zimizni yaxshi his qiladigan muhitdir. 3. Yolg'izlik. Yolg'iz bo'lish odamga ruhiy va intellektual kashfiyotlar qilish uchun erkinlik beradi. 🤨 Keragidan ortiq qadrlanadigan yetti narsa. 1. Katta shaharlar. Ulardagi resurslardan foydalanish yaxshi, lekin ulardan tashqarida yashash tavsiya qilinadi. 2. Restoranlar. Restoranlar eng sekin va samarasiz ovqatlanish yo'li hisoblanadi. Uyda ovqat qilish sog'lom turmush tarzi va ovqat tarkibini nazorat qilish imkonini beradi. 3. Issiq ob-havo. Quyoshli havo nafaqat odamni dangasa qiladi, balki tez qarish va saratonga chalinish xavfini ham oshiradi. Sovuqroq harorat, aksincha, ruh, badan va aqlni tozalaydi. 4. Moda. Doim o'zgarib boradigan trendlarga ergashish qimmat va keraksizdir. Qulay kiyinishga e'tibor berish hayotni osonroq qiladi va muhim narsalar uchun joy qoldiradi. 5. Ko'chmas mulk. Ko'chmas mulk sotib olish odamning tanlov imkoniyatini cheklaydi va savol ostidagi sarmoyadir. Ijara esa erkin harakat qilish va turli hududlarni ko'rish imkoniyatini beradi. 6. Ijtimoiy tarmoqlar. Ijtimoiy tarmoqlardan miyamizga tinimsiz oqib kirayotgan axlat baxtni va ijodkorlikni kamaytiradi. Bunday internet xizmatlaridan uzilish istalgan bir kunda biz qilishimiz mumkin bo'lgan eng yaxshi narsadir. 7. Mashhurlar maslahati. Mashhur odamlar ko'pincha o'zlarining sohasi bo'lmagan yo'nalishlarda maslahatlar beradi. Hayotdagi muhim mavzularda ilm-fanga va ekspertlar fikriga ergashish kerak.

#attention #diqqat #mustread Telegram asoschisi Pavel Durovning hayot maslahatlari. 🎂 As I am turning 37, I put together a list of 3 undervalued and 7 overvalued things in life. 3️⃣ Undervalued 1. Sleep. Sleep gives a boost to immunity, creativity and psychological well-being. 2. Nature. Nature is the environment that we are biologically designed to feel good in. 3. Solitude. Being alone offers the freedom to make spiritual and intellectual breakthroughs. 7️⃣ Overvalued 1. Big cities. Big cities are sources of pollution, crime and noise. It's good to have access to their resources, but advisable to live outside their borders. 2. Restaurants. Restaurants offer the slowest and least efficient way to eat. Cooking at home allows for healthier diets and more control over ingredients. 3. Hot weather. Sunny weather can bring about not only a lax attitude, but also a risk of cancer and faster aging. Colder temperatures, on the contrary, clarify spirit, body and mind. 4. Fashion. The endless quest to conform with ever-changing trends is expensive and unnecessary. Focusing on comfortable clothes makes life simpler and frees space for things that matter. 5. Real estate. Buying real estate often limits one's choices and is a questionable investment. Renting gives more freedom to move and explore different locations. 6. Social media. The incessant flow of junk cluttering our minds from social media decreases our happiness and creativity. Disconnecting from these internet services is the best thing we can do on any given day. 7. Celebrity advice. Famous people often give unwarranted advice outside their fields of expertise. For all important things in life, it's best to rely on hard science and expert opinion.

You're in control of your life. So act like that. https://instagram.com/ts_baxtiyor