cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Yurist_Mamayusupov_KHusan.

Mazkur kanal sizlar bilan 24 soat davomida faoliyat olib boradi. Murojaat uchun: https://t.me/Yuristmaslahatlari Advokat bilan bog'lanish uchun. @Mamayusupov_KHusan Savollar uchun: @YuristVIPbot Yaratildi: 6.08.2021.

Більше
Рекламні дописи
1 354
Підписники
-124 години
-217 днів
-3230 днів
Час активного постингу

Триває завантаження даних...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Аналітика публікацій
ДописиПерегляди
Поширення
Динаміка переглядів
01
​​⚡️⚡️MAHALLA YETTILIGI TAVSIYASI BILAN UY-JOY QURISH VA TAʼMIRLASH UCHUN 120 MILLION SOʻMGACHA AJRATILADIGAN IPOTEKA KREDITLARI TOʻGʻRISIDA (Koʻp berilgan savollarga javob beramiz) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (PF-70-son, 30.04.2024-y.) Farmoni qabul qilindi. ☑️Farmonga koʻra, 2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj shaxslarga uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million soʻmgacha ipoteka kreditlari ajratiladi. Savol: Ushbu kreditlarning muddati qancha? Javob: Ipoteka kreditlari 120 million soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ajratiladi. Savol: Kreditlarning foizi qancha? Javob: Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavkada uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun ajratiladi (Ayni paytda asosiy stavka 14%ni tashkil etadi. Unga 4 foiz qoʻshilsa, fuqarolarga 18%dan ajratiladi); Savol: Mazkur ipoteka kreditlariga subsidiya olsa ham boʻladimi? Javob: Ha, boʻladi. Ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlanishi belgilangan. 2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar boʻyicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga toʻlanadi. Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024-yilgi Dasturdan boshlab qatʼiy belgilangan 30 million soʻm miqdorida toʻlanadi. Savol: “Mahalla yettiligi” tavsiyasi nima? Uni qayerdan oladi? Javob: Farmonda belgilanganidek, ushbu ipoteka kreditlari barchaga ajratilmaydi. Faqatgina kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj shaxslarga ajratiladi. Bu masalada mahallangizdagi hokim yordamchisiga uchrashing. Aynan u oʻzining “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali “Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar” roʻyhatini shakllantirmoqda. Savol: Hozir ushbu kreditlarni qaysi banklar ajratmoqda? Javob: Banklarning rasmiy sahifalaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, ayni kunda quyidagi tijorat banklari mazkur ipoteka kreditlarini ajratmoqda: ▪️Mikrokreditbank (Bank saytiga havola); ▪️Oʻzsanoatqurilishbank (Bank saytiga havola); ▪️Oʻzmilliybank (Bank saytiga havola); ▪️Aloqabank (Bank saytiga havola). 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
3997Loading...
02
❗️KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERGAN SHAXSLAR RAGʻBATLANTIRILADI 📄 Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020-yildagi 829-son qaroriga asosan, ➖ Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslar BHMning 25 baravarigacha (8 mln 500 ming soʻm) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
5192Loading...
03
❗️HARBIY XIZMATCHILARGA BERILADIGAN IMTIYOZLI IPOTEKA KREDITI 📄 Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017-yildagi 619-son qaroriga asosan, ➖ Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish yoki qurish uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi. ✅ Imtiyoz uy-joy narxining 25 foizini davlat tomonidan qoplab berish shaklida beriladi. ✅ Shuningdek, uy qurib bitkazulguniga qadar harbiylarga xizmat turar joyi kvartira uchun har oylik pul kompensatsiya beriladi. ❗️Kredit olgan harbiy xizmatchi halok boʻlgan yoki xizmat vazifalarini bajarishda ogʻir tana shikastlanishi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotganda kredit va uning foizlari tashkilot rahbarining qarori asosida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
7323Loading...
04
❗️JINOYAT UCHUN QOʻLLANILADIGAN JAZOLAR 📄 Jinoyat kodeksining 43-moddasiga asosan, ➖ jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qoʻllanilishi mumkin: a) — jarima; b) — muayyan huquqdan mahrum qilish; v) — axloq tuzatish ishlari; g) — xizmat boʻyicha cheklash; ye) — intizomiy qismga joʻnatish; j) — ozodlikdan mahrum qilish; z) — umrbod ozodlikdan mahrum qilish. ❗️Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qoʻshimcha jazo ham qoʻllanilishi mumkin. ✔️ Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllaniladi. ‼️ Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qoʻshimcha jazo tariqasida ham qoʻllanilishi mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
6411Loading...
05
Oʻqituvchilar maktablardagi boʻsh sinfxonalarda pullik repititorlik kurslarini tashkil etishi mumkinmi? ❌ Yoʻq, oʻqituvchilari sinflarda oʻzlari mustaqil repitirorlik qila olishmaydi. ✅ Bu vaziyatda siz 2 xil yoʻl tutishingiz mumkin. Yo repititor sifatida shartnoma imzolaysiz yoki shu kursni maktab tashkil etadigan usulni tanlaysiz. 1⃣ Birinchi holatda 3 tomonlama ijara shartnomasini imzolaysiz. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qaroriga ilovada tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 17-bandiga koʻra Ijara shartnomasi ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va balansda saqlovchi oʻrtasida tuziladi. 🔹Bunda ijaraga beruvchi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markazlari; 🔹Ijarga oluvchi – repititor yaʼni siz. 🔹Balansda saqlovchi – maktab hisoblanadi. Maktab oʻziga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan binodan faqat belgilangan maqsadlardagina foydalanishga haqli. Agar u binoni yoki uning bir qismini ijaraga bersa, unda albatta hududiy ijara markazlari bilan 3 tomonlama shartnoma imzolashi shart. ✅ Birinchi usulda faoliyat yuritish uchun YATT ochishingiz yoki oʻzini oʻzi band qilgan fuqaro sifatida roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin. 2⃣ Ikkinchi usul. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-son qaroriga ilovada tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga maktablarda tashkil etiladigan qoʻshimcha taʼlim berishga qaratilgan pullik taʼlim xizmatlari maktablarning oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat taʼlim standartlaridan tashqari) mashgʻulotlar boʻyicha maktab direktori va oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida koʻrsatiladi. Shuningdek, nizomning 8-bandiga koʻra buyurtmachilar tomonidan kelib tushadigan mablagʻlar (lekin 50 foizidan kam boʻlmagan miqdori) oʻqituvchilarga haq toʻlashga yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda qonunchilikda belgilangan soliqlar va yigʻimlar mazkur summadan chegirib olinadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
7041Loading...
06
Kimlar kasbiy sertifikat olishi kerak? Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni 3-bandida 2024-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilishi belgilangan. Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy Reglamenti 2-bandiga koʻra davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy maʼlumotli jismoniy shaxs – stajyor oʻqituvchi hisoblanib, ular kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovlariga jalb qilinadilar. ❗️Agar tugallangan oliy maʼlumotli shaxs stajyor oʻqituvchi sifatida ishga qabul qilingan boʻlsa, unda nazorat sinovidan oʻtish lozim. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
6721Loading...
07
Barcha moʻmin musulmonlarga Qurbon hayiti muborak boʻlsin! 👉 @professional_yuristlar
7521Loading...
08
Bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak! Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Ertaga, 16-iyun — Qurbon hayitining birinchi kuni, ishlanmaydigan bayram kuni. Demak, bugun, 15-iyun kuni rasman ishga chiqqanlar, xususan 6 kunlik ish haftasida ishlovchi barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor. Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
7280Loading...
09
QACHON AVTOMOBILLARNI TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZISH KERAK? 📄 Prezidentimizning 28.06.2022-yil kungi PQ-298-son qaroriga koʻra;  ✅ Jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha boʻlgan yengil avtomototransportlar texnik koʻrikdan ixtiyoriy ravishda oʻtkaziladi; ❗️Yengil avtomototransportlar (tijorat asosida yoʻlovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransportlar bundan mustasno)quyidagi muddatlarda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi: ✅ ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha boʻlgan yengil avtomototransportlar – 2 yilda bir marta; ✅ ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq boʻlgan yengil avtomototransportlar – 1 yilda bir marta. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
7651Loading...
10
⚡️ YANGI FARMON. ❗️JINOYAT ISHLARI BOʻYICHA TUMAN, SHAHAR SUDLARIDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI JORIY ETILADI 📄 Prezidentning 10.06.2024-yil kungi PF-89-son “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. ⚡️Farmonga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan: ✅ jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqilishi tartibi joriy etiladi; ✅ jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi; ✅ jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyatsiya instansiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta koʻrib chiqilishi tartibi belgilandi; ✅ tergov sudyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati beriladi; ✅ tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqiladigan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta koʻrib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
9073Loading...
11
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda #abituriyent Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi. Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin. ✅ Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha oliygoh (yo‘nalish), ta’lim shaklini, tanlov ustuvorligini tanlaydi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 2596Loading...
12
Nomaqbul bayonot beradigan chet elliklarning Oʻzbekistonga kirishi taqiqlanadi Oʻzbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid boʻlgan, davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi hamda Oʻzbekiston xalqining shaʼnini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarolari (yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar) mamlakatda boʻlishi nomaqbul deb topiladi. Bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasiga koʻra, bunday shaxslarga besh yil davomida Oʻzbekistonga kirish, banklarda hisobvaraq ochish, koʻchmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishish taqiqlanadi. Oʻzbekiston hududida qonuniy asoslarda yashash va boʻlish huquqi bekor qilinib, mazkur shaxs deportatsiya qilinadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
9180Loading...
13
❗️ Qurbon Hayiti munosabati bilan 16-iyun, yakshanba kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tongi soat 03:00 dan ish boshlaydi. Shuningdek, bu kunda metropoliten soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi. Boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8313Loading...
14
❗️BOLALAR NAFAQASI VA MODDIY YORDAM QANCHA MUDDATGA TAYINLANADI ? Vazirlar Mahkamasining 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, ➖Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib tayinlanadi. ✅ Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi oʻn sakkiz yoshga toʻlgan oyning oxirigacha toʻlanadi. ✅ Moddiy yordam bolalari boʻlmagan yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta boʻlgan oilalarga va yakka-yolgʻiz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va toʻlanadi. ❗️Agar bir oilada tugʻilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak boʻlsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha boʻlgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki toʻrtinchi hisoblanadi. ✏️ Yaʼni, oilada tugʻilgan 3 yoshga toʻlmagan egizak bolalarning har ikkisi xam bir xil miqdorda bolalar nafaqasi olmaydi. Bunda, egizaklarning biri 3 yoshga toʻlmagan bolalarga beriladigan miqdorda, ikkinchisi esa uch yoshdan katta yoshdagi bolalarga beriladigan miqdorda bolalar nafaqasi oladi degani bu. ✅ Oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish hamda ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qarorlar “Yagona reyestr” ATda shakllantiriladi va qabul qilinadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 3178Loading...
15
⚡️Yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi — Prezident Qarori. Kanalga ulanish:  ➖@Hasan_Mamayusupov_maslahati
8494Loading...
16
❗️MAʼLUMOT UCHUN: 📄 Oila kodeksining 16-moddasiga koʻra, ➖ quyidagi hollarda nikoh tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi: 👉 nikohlanuvchilardan bittasi boshqa nikohda turgan boʻlsa; (Yaʼni boshqasi bilan qonuniy nikohi uzilmagan boʻlsa) 👉 nikohlanuvchilar nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar boʻlsa, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar bilan opa-singillar oʻrtasida nikoh tuzilayotgan boʻlsa shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida nikoh tuzilayotgan boʻlsa; 👉 nikohlanuvchilardan biri ruhiy kasallik  sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 1334Loading...
17
❗️RASMIY: “Hisorak” suv omboriga shikast yetmagan — FVV bayonoti Bugun, 10-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak GES” UK boshqarmasiga qarashli “Hisorak” suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan. Avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlari olib borilmoqda. Holat Favqulodda vaziyatlar vazirligi nazoratida. Suv omboriga shikast yetmagan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Hurmatli fuqarolar, ortiqcha xavotirga oʻrin yoʻq. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan. 👉 @xushnudbek 👈
8272Loading...
18
Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor? Haqorat qilganlik – shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln soʻmdan 12 mln soʻmgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan. Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilsa, huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi. Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga: 60 mln soʻmgacha miqdorda jarima; 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari; 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin. Haqorat qilish nashr qilish, boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoki OAV orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat toʻgʻridan-toʻgʻri jinoyat hisoblanadi va aybdor: 60 mln soʻmdan 120 mln soʻmgacha jarima; 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari; 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin. Agarda haqorat qilish: ➖jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda; ➖xavfli retsidivist tomonidan; ➖tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan boʻlsa: 120 mln soʻmdan 180 mln soʻmgacha miqdorda jarima; 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.  Kanalga ulanish👇👇👇👇 @Hasan_Mamayusupov_maslahati
2 00710Loading...
19
Oʻrindosh oʻqituvchilarga taʼtil qanday hisoblanadi. Juda koʻp xodimlar oʻz ish joyidan tashqari boshqa joyda oʻrindoshlik asosida mehnat faoliyatini olib boradi va taʼtilga chiqayotganda albatta ularda savol tugʻiladi. oʻrindosh ishlovchi xodimlarga taʼtil pullari toʻlanadimi? Vazirlar Mahkamasining 297-sonli “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 16-bandida Oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek oʻrindoshlar haqli boʻlgan qoʻshimcha taʼtillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat taʼtili bilan bir vaqtda beriladi. Birinchi ish yilida olti oy ishlagan oʻrindoshlarning mehnat taʼtiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat taʼtiliga oʻrindoshlik asosidagi ishning oʻrtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq toʻlanadi. Yaʼni xodimga oʻrindoshlik ish joyidan taʼtil va taʼtil puli toʻlanadi. Bu jarayon qanday amalga oshiriladi? Agar oʻrindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan boʻlsa, u holda oʻrindoshlik asosidagi ishda taʼtil uchun ishlangan vaqtga proporsional haq toʻlanadi. Bilasiz xodimda taʼtil olish huquqi u ish joyida 6 oy ishlagandan keyin vujudga keladi. Biroq agar xodimning oʻrindoshlik asosidagi ishga kirganiga 6 oy boʻlmagan boʻlsa, biroq asosiy ish joyidan taʼtilga chiqsa, ish beruvchi unga 6 oyga toʻlmagan boʻlsa taʼtil berisha va ishlagan davriga mutanosib tarzda haq toʻlashga majbur. Agar xodimning oʻrindoshlik joyidagi mehnat taʼtili qisqa boʻlsa, qanday tartibga solinadi? Asosiy ish joyi boʻyicha haq toʻlanadigan mehnat taʼtilining davomiyligi oʻrindoshlik asosidagi ish haqi toʻlanadigan mehnat taʼtilining davomiyligidan ortiq boʻlsa, u holda ish beruvchi oʻrindoshning iltimosiga koʻra unga oʻrindoshlik asosidagi ish haqi toʻlanadigan taʼtildan tashqari asosiy ish boʻyicha haq toʻlanadigan taʼtilning qancha davom etishi bilan oʻrindoshlik asosidagi ish haqi toʻlanadigan taʼtilning tafovutini tashkil etuvchi kunlar uchun ish haqi saqlanmaydigan taʼtil berishga majburdir. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8815Loading...
20
❗️OLIY TAʼLIMGA OʻQISHGA KIRISHDA IMTIYOZ KIMLARGA BERILADI? ⚡️ Quyidagi abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozga ega: 🟢 Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari; 👈 🟢 Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari boʻlgan bitiruvchilar; 👈 🟢 Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari; 👈 🟢 “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari; 👈 🟢 “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi gʻoliblari; 👈 🟢 Tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi gʻoliblari; 👈 🟢 “Nihol” mukofoti sovrindorlari; 👈 🟢 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi respublika komissiyasi (Pedagogika yoʻnalishlariga) bergan tavsiyanoma sovrindorlar 👈 🟢 Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtab, harbiy tavsiyanomaga ega boʻlganlar; 👈 🟢 Chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi V2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega 👈 abituriyentlar; 🟢 Harbiy qism qoʻmondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tavsiyanomasiga ega boʻlganlar; 👈 🟢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun oʻqish davrini aʼlo baholarga oʻqigan bitiruvchilari; 👈 🟢 Mutaxassisligi boʻyicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar; 🟢 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; 👈 🟢 Ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega profilaktika (katta) inspektorlari; 👈 🟢 Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolar; 👈 🟢 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilari. 👈 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 0774Loading...
21
⚡️1-iyundan 1-avgustgacha “metan” gazning eng baland narxi 3750 soʻm qilib belgilandi - Hukumat qarori 2024-yil 25-may kuni Vazirlar Mahkamasining “metan” gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish koʻzda tutilgan qarori qabul qilindi. Yaʼni 1-iyundan eʼtiboran yakuniga yetishi kerak boʻlgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim oʻzgartishlar bilan amal qiladi 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 0975Loading...
22
⚡️MAʼLUMOT UCHUN: ❗️Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uni erga tegishiga toʻsqinlik qilish jinoyat xisoblanadi! 📄 Jinoyat kodeksining 136-moddasiga asosan, ➖ ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda boʻlish uchun oʻgʻrilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga toʻsqinlik qilish — BHM 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 - 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8703Loading...
23
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 49-maslahat. ⭕️ Diqqat: Foto va video qayd etish uskunasi orqali chiqarilgan jarimalar bekor qilinadi. Agarda.... Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 3403Loading...
24
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi Qonun quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi: — davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga; — davlat muassasalariga; — davlat unitar korxonalariga; — davlat maqsadli jamg‘armalariga; — ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga. ✔️ Quyidagi shaxslar davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb e’tirof etiladi: ➖ davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari; ➖ davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs; ➖ davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki a’zosi bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs. 📋 Qonunga ko‘ra, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi quyidagi hollarda mavjud manfaatlar to‘qnashuvi o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran 1 ish kuni ichida mavjud manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi belgilangan shakldagi xabarnomani to‘ldirishi va o‘zining bevosita rahbariga (tashkilot rahbariga – yuqori turuvchi rahbarga) yoki maxsus bo‘linmaga taqdim etishi shart, agar: 🔸yaqin qarindoshlari bevosita xodimning bo‘ysunuvidagi ishga qabul qilingan bo‘lsa (davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimga ishga qabul qilingan hollar bundan mustasno) yoki xodimning ishiga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida o‘ziga aloqador shaxslar jalb etilgan bo‘lsa; 🔸u o‘ziga aloqador shaxslarga taalluqli masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etayotgan bo‘lsa; 🔸yaqin qarindoshi tekshiruv o‘tkazilayotgan obyektda (yuridik shaxsda) tekshiruv yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan bo‘lsa yoki mazkur tekshiruv obyekti (yuridik shaxs) unga aloqador shaxs bo‘lsa; 🔸boshqa har qanday mavjud manfaatlar to‘qnashuvi o‘ziga ma’lum bo‘lib qolsa. ✅ Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi. 👉 @xushnudbek 👈
9416Loading...
25
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun bizga nima beradi? Kecha Prezident "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonunni imzolagani haqida xabar berilgan edi. Qonun katta emas, bir o‘tirishda bemalol o‘qib chiqasiz, qiziq bandlari bor. Mana bu yerda to‘liq matni bor. Xo‘sh, o‘zi bu qanaqa qonun? Maqsadi, vazifasi nima, bizga nima beradi o‘zi? Shu kabi savollarga javob berishga harakat qilaman. Eng avvalo ushbu qonun "manfaatlar to‘qnashuvi" degan tushunchani rasmiylashtirgani bilan ahamiyatli. Avvallari faqat jurnalistlarning maqolasiyu, blogerlarning postlarida uchratardik, "axir bu manfaatlar to‘qnashuvi emasmi?" degan tanqidlarda ko‘rardik xolos. Mazkur tushunchaning qonunda aks etgani psixologik tomondan juda muhim edi. Qonunning asosiy g‘oyasi: jamiyat va davlat manfaatlari shaxsiy manfaatlardan ustun turadi. Umuman olganda butun boshli qonunni shaxsiy manfaatdorlik yo‘lidagi qarindosh-urug‘chilikni cheklashga qaratilgan, desak ham bo‘ladi. Qonun garchi keng jabhali bo‘lsada, lekin men unda asosan 2 ta yo‘nalishni ko‘rdim: 1. iqtisodiy, yaʼni davlat xaridlari va umuman davlat tashkilotlaridagi moliyaviy munosabatlarda qarindosh-urug‘chilikka yo‘l qo‘ymaslik; 2. mehnat munosabatlari, yaʼni davlat tashkilotlarida qarindosh-urug‘larning bir-birining qo‘l ostida ishlashiga barham berish. Ikkala yo‘nalishda ham qonunda cheklovlar va bu bo‘yicha ko‘riladigan choralar belgilangan.  Masalan, biror tashkilotda rahbarning yaqin qarindoshi uning bevosita bo‘ysunuvida ishlasa, qonun kuchga kirgach, bu haqda xabarnoma orqali oshkor qilishi va eng asosiysi o‘sha xodimni manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelmaydigan boshqa rahbarning bo‘ysunuviga o‘tkazishi shart. Jaydari tilda aytganda, qo‘l ostidagi qarindoshlarini ishdan bo‘shatishi kerak. Yo‘qsa bu qonun buzilishi bo‘ladi va javobgarlikka olib keladi. Bunda davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimga ishga qabul qilingan hollar mustasno hisoblanadi. Bunday lavozimlar ro‘yxati alohida tasdiqlanadi. Mazkur ro‘yxatda qayd etilmagan barcha lavozimlarga qonun talabi birdek amal qiladi, yaʼni fuqarolik lavozimlarida ham, harbiy lavozimlarda ham qarindosh-urug‘lar bir-biriga bevosita bo‘ysunuvchi sifatida ishlay olmaydi. Qonunda yana bir qiziq band bor ekan. Manfaatlar to‘qnashuvi qanday aniqlanadi, degan moddada bir qancha manbalar sanalgan. Masalan, xabarnoma va deklaratsiyalar, fuqarolarning murojaatlari, davlatga qarashli elektron platformalar (FHDË, yagona mehnat va h.k.), davlat xaridlaridagi shartnomalar va boshqalar. Shu manbalar qatorida OAV yoki Internetga joylangan maʼlumotlar ham davlat xizmatchisiga nisbatan manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan tekshiruv tayinlashga asos bo‘lishi belgilanibdi. Taqiq bo‘lgandan keyin, javobgarlik ham bo‘lishi kerak. Qonun bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlarni, vaqtida xabar bermaganlarga maʼmuriy javobgarlik belgilash bo‘yicha bayonnoma tuzib, sudga oshirish vakolati berildi. Ha, aytgancha, qonuning yana bir tomoni, endilikda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi sababli davlat tashkilotiga moliyaviy-iqtisodiy zarar yetsa, ushbu zararni manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan insonning o‘zi qoplaydi. 👉 @xushnudbek 👈
9824Loading...
26
❗️Abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi #abituriyent 🌐 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 📆 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. 👩‍🎓 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi: ➖ kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etil tushuniladi; ➖ to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; ➖ turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; ➖ nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; ➖ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; ➖ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. ✅ Ayrimlar tavsiyanoma faqat 2 ming kishiga beriladi, deb xato o’ylaydi. Aslida tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi. Ya’ni tavsiyanomalar soniga cheklov yo’q, necha kishi to’g’ri kelsa, barchasiga beriladi. 2 ming bu ajratilgan kvota. Ya’ni tavsiyanoma olgan xotin-qizlar jami 10 ming nafar bo’lsa, shularning orasidan 2 ming kishi qo’shimcha kvotaga talabalikka qabul qilinadi. ❗️Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi. Ko’pchilik tushunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega o’qishga qabul qilinmadim” deb e’tiroz bildiradi. ⏳❓Tavsiyanoma muddati qancha? 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi. ‼️ESLATMA: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi. ℹ️ Ma’lumot uchun: bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi. 👉 @xushnudbek 👈
1 0826Loading...
27
Ayollar daftarida turadigan ayollarga tikuv mashinasi olish uchun subsidiya berilishi haqida. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga asosan tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha subsidiyalar ajratiladi. Buning uchun Siz 7 million soʻmgacha subsidiyalar ajratilishini soʻrab Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga (mehnat birjasi) (dastlab roʻyxatdan oʻtgan holda) ariza bilan murojaat qilasiz. Arizangizda oʻz faoliyatingizni boshlashi uchun kerak boʻladigan asbob-uskuna, mehnat qurollarining nomi va turi, soni, tahminiy xarid narxi va boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakani oshirish va tadbirkorlik koʻnikmalari kurslarini tugatganligi hamda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat xizmatlari markazida davlat roʻyxatidan oʻtganligingiz yoki oʻzini oʻzi band qilish istagidagi fuqarolar faoliyat turlari boʻyicha soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtganliginngizni tasdiqlovchi hujjat nusxasini ilova qilishingiz lozim. Arizangiz uzogʻi 3 kun muddatda koʻrib chiqiladi. Arizangizni koʻrib chiqish natijasida hujjatlar toʻliq taqdim etilgan va unda kamchiliklar yoki yolgʻon maʼlumotlar aniqlanmagan taqdirda, sizga tegishli mehnat quroli dalolatnoma asosida topshiriladi. Kanalga ulanish👇👇👇👇 https://t.me/Professional_yuristlar
1 0859Loading...
28
❗️Manfaatlar to'qnashuvini aniqlashda faol yordam bergan shaxslar mukofotlanadi 2024-yil yakunigacha “E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar to'qnashuvi bilan bog'liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi. Manfaatlar to'qnashuvi bilan bog'liq holatlarni aniqlashda jamoatchilik ishtirokini ta'minlash maqsadida quyidagi amaliyotlar joriy etiladi: — davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to'qnashuvi holatlari bo'yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli berish; — Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan har chorakda davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yilgan holatlar, ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo'yicha ko'rilgan choralar haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 0153Loading...
29
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlganlarga 120 000 000 soʻmgacha kredit beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 30.04.2024-yil kungi PF-70-son Farmoniga asosan, ➖ 2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi. ▪️Bunda: ➖ipoteka kreditlari 120 million soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun ajratiladi; ➖ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlanadi. 👉@professional_yuristlar - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 04420Loading...
30
❗️NOGIRONLIGI BOʻLGAN YoSHLARGA 17 000 000 SOʻMGACHA SUBSIDIYA BERILADI 📄 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2021-yildagi PQ-57-son qaroriga asosan, har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi: 1) ✅ Nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga oʻrgatish, ularda kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrgatish; 2) ✅ Tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun. ❗️ Subsidiyalar yuqoridagi ikki yoʻnalishdan bittasi uchun har bir nogironligi boʻlgan yoshning talabiga muvofiq, BHMning 50 baravari (17 000 000 soʻm)gacha miqdorda ajratiladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8465Loading...
31
‼️Bugun qabul boshlandi. Bugun, 5-iyundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Lekin hozircha ro'yxatdan o'tish ochilmadi, ertalab ochilib qolsa kerak. Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8395Loading...
32
Advokatura sohasiga kirish yanada yengillashdi! Avvallari advokatlik tuzilmalarida stajirovka oʻtash uchun 6 tadan ortiq (baʼzida bundan ham koʻp) hujjatlar taqdim etilishi, shuningdek, stajirovka oʻtash davomida reja tasdiqlatish, referat tayyorlash va uni himoya qilish, ish boʻyicha nutq yozish, yozma hisobotlar tayyorlash talab etilar edi. Bu esa, ortiqcha vaqt sarflanishiga va ovoragarchilikka sabab boʻlardi. Bundan tashqari, stajyorning oʻrindoshlik asosida ishlashi ham mumkin emas edi. Zamonaviy advokaturani joriy etish va advokatlik tuzilmasi xodimlari faoliyatini tashkil etishni yengillashtirish maqsadida Adliya vaziri buyrugʻi bilan Advokat stajyori va advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom yangidan tasdiqlandi. Endilikda, stajyor tomonidan stajirovka oʻtash uchun taqdim qilinadigan hujjatlar qariyb 2 baravarga kamaytirildi (qatʼiy 4 ta hujjat talab qilinishi belgilanmoqda). Stajirovka davrida esa, reja tasdiqlatish, referat tayyorlash, uni himoya qilish, ish boʻyicha nutq yozish, yozma hisobotlar tayyorlash kabi byurokratik toʻsiqlar bekor qilindi (stajirovka amaliy koʻnikmalarga yoʻnaltiriladi). Shu bilan birga, quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etilmoqda: - stajyor va yordamchiga sud yoki tergov organlarini ruxsati asosida advokat bilan birgalikda sudda yoki tergov organlarida ishtirok etish huquqi berildi; - stajyorlarga oʻrindoshlik asosida stajirovka oʻtashga ruxsat berildi; - stajyorga rahbar boʻlgan advokat litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilganda stajyor stajirovkani boshqa advokatlik tuzilmasida davom ettirishi mumkinligi belgilandi; - advokat stajyori va advokat yordamchisining faoliyati yuzasidan ikkita idoraviy normativ-huquqiy hujjat unifikatsiya qilindi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8723Loading...
33
❓Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomani olish uchun qaysi mezonlarga qaraladi? ✅ Ushbu tavsiyanomani olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarga mos tushishi kerak: — kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik о‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi); — tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; — turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; — nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; — ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; — ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan, shuningdek, umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi. ❗️Tavsiyanoma olish uchun xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron ariza yuborish kerak. Arizalar 8-iyunga qadar qabul qilinadi. ❓Ehtiyojmand xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi? Batafsil bu yerda: https://t.me/Huquqshunos_yordami/4592 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
9244Loading...
34
❓Ehtiyojmand xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi? Ko‘pchilik shu savol bilan murojaat qilayotgani uchun aniq misol bilan tushuntirmoqchiman. Juda ko‘p xotin-qizlar "tavsiyanoma oldim, endi aniq o‘qishga kiraman" deb o‘ylayapti. Ammo bu xato. Tavsiyanomadan tashqari ular yuqori ball ham to‘plashi kerak, yaʼni bilim ham muhim. Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarga respublika bo‘ylab kunduzgi taʼlimga davlat granti asosida jami 2000 ta QO‘SHIMCHA kvota ajratilgan. Sirtqi va kechki taʼlimda imtiyoz berilmaydi. ❗️Ko‘pchilik tavsiyanoma olganlar “menga ball qo‘shib beradi”, deb o‘ylaydi. Bu ham xato. Mazkur tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi. ‼️BU MUHIM: 2000 ta o‘rin uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun imtiyozli kvota faqat BIRINCHI yo‘nalishga o‘tadi. Shu sababli birinchi yo‘nalishga kunduzgi taʼlimni tanlash kerak. Agar birinchi yo‘nalishga sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlansa, unda imtiyozli kvotaga daʼvogarlik qila olishmaydi. Birinchiga kunduzgini tanlab, 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishga sirtqi, kechki, masofaviyni tanlash mumkin. Hisoblash tartibi Keling, Samarqand misolida ko‘rib chiqamiz. Samarqand uchun ajratiladigan kvotalar Samarqandda doimiy ro‘yxatda (propiska) turadigan xotin-qizlar uchun mo’ljallangan bo’ladi, Samarqanddagi OTMlarga hujjat topshirganlar uchun emas. Samarqandlik tavsiyanoma olgan xotin-qizlar faqat Samarqandga hujjat topshirishi shart emas, ular istalgan hududni (masalan, Toshkent) tanlashi mumkin. ❓Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Imtiyoz qanday qo‘llanadi? Buning tartibi quyidagicha: ➖ tushunish osonroq bo‘lishi uchun Samarqand viloyatiga 5 ta kvota berilgan deb, tasavvur qilamiz; ➖ aytaylik Samarqand viloyatida jami 40 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi; ➖ pastdagi 1-rasmga qarasangiz, tavsiyanoma olgan 40 nafar xotin-qizlar respublikaning istalgan OTMlariga hujjat topshirgan (bu yerda osonroq tushunarli bo‘lishi uchun OTMlar nomlarini oldim, yo‘nalishlarga bo‘lib o‘tirmadim); ➖ abituriyentlar turlicha ball to‘plashdi; ➖ Samarqanddan tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar orasida eng yuqori ball olgan 5 nafar abituriyentlar grant asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi (2-rasmda yashil rang bilan berilgan); ➖ rasmga qarasangiz, grantga kirgan xotin-qizlar turli hududlardagi OTMlarni tanlaganini ko‘rish mumkin; ➖ qolgan xotin-qizlar o‘zining bali bilan umumiy, el qatori tanlovda ishtirok etadi, yaʼni imtiyoz doirasida o‘qishga kira olmasa ham umumiy tartibda tanlovda qatnashaveradi. ℹ️ Faqat yana bir jihati bor: dastlabki yilda kvotalar hudud kesimida umumiy berilar edi. O’tgan yildan boshlab 3 ta sohaga alohida kvota ajratildi: 1) aniq va tabiiy fanlar; 2) texnika fanlari; 3) tibbiyot fanlari; Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun ajratildi. Masalan, o’tgan yili Andijon uchun umumiy kvota 183 ta edi. Shu jumladan, aniq va tabiiy fanlar uchun 43 ta, texnika fanlari uchun 24 ta, tibbiyot fanlari uchun 29 ta kvota. Jami 96 ta o‘rin mana shu 3 ta sohaga ajratildi. Qolgan 87 ta o‘rin esa boshqa barcha sohalar, masalan gumanitar, ijtimoiy, xizmatlar sohalari va h.k. uchun umumiy tanlov sifatida berilgandi. Har bi soha uchun alohida tanlov bo’lgan. Shu sababli o’tgan yili tavsiyanoma olgan xotin-qizlar bitta sohada 140 ball bilan ham kirolmagan, boshqa sohada 80 ball bilan ham kirgan. Kvotalarni sohalarga bo’lish orqali mana shunday nomutanosiblik va ijtimoiy adolatsizlik yuzaga kelgandi. Ko’ramiz, bu yil qanaqa bo’lar ekan. Sohalarga kvota beriladimi yoki umumiy bo’ladimi, hozircha noma’lum. Xullas, tartibi shunaqa. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8743Loading...
35
⚡️ 1-IYUNDAN BOSHLAB ❗️MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLARNI ISHGA OLGANLARGA SUBSIDIYA BERILADI 📃 Prezidentning 04.04.2024-yil kungi PF-59-son Farmoniga asosan. ✅ 2024-yil 1-iyundan: ➖ Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming soʻmdan subsidiya toʻlanadi (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar mustasno). ❗️Subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan toʻlanadi; ➖ mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya toʻlash uchun asos boʻlib hisoblanadi; ✔️ mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan koʻp vaqt boʻlmagan shaxslar tushuniladi; ⚡️Shuningdek, 2024-yil 1-iyundan: ✅ mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda ularning oila aʼzolarini bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish; ✅ mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, ijtimoiy ahamiyatli kasallikka chalingan shaxslarga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatiga muvofiq bepul tibbiy yordam koʻrsatish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
9154Loading...
36
📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi Yurist bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
9020Loading...
37
❗️Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilangan 📄 Vazirlar Mahkamasining 29.08.2023-yil kungi 426-son qarori bilan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan ✅ Nizomga koʻra, manfaatdor shaxs bu masalada Davlat kadastrlari palatasi masʼul xodimlarining harakatlari  yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilib, Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolarni koʻrib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin. ✅ Qolaversa nizomda yuqoridagi komissiya tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari va tartibi xamda norozi tarafning apellyatsiya berish jarayonigacha boʻlgan holatlar belgilangan. ❗️Manfaatdor shaxslar bu tartib boʻyicha Komissiya va Apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi boʻlgan holatlarda bevosita sudga shikoyat qilish huquqidan foydalanishlari mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
9462Loading...
38
❗️MAʼLUMOT UCHUN: 📄 Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, ➖ "Farzandlariga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari yoki maktablar koʻrsatadigan taʼlimga oid xizmatlar uchun ota-ona va farzandlikka oluvchilar tomonidan har bir farzand uchun toʻlanadigan oyiga 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlar» daromad soligʻiga tortilmaydigan toʻlovlar xisoblanishi belgilangan. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8330Loading...
39
❗️ ID-KARTA YOʻQOLIB QOLSA QANCHA JARIMA TOʻLANADI? ⚡️JAVOB; Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 223-moddasida, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini, xorijga chiqish uchun biometrik pasportini qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yoʻqotib qoʻyishi,__ bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi (170 000)dan uch baravari (1 020 000)gacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi deb koʻrsatilgan. ❗️Demak, ID-kartani yoʻqotib qoʻyganligingiz uchun Sizga 170 000 soʻmdan 1 020 000 soʻmgacha jarima qoʻllanishi mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
9026Loading...
40
Toshkentda bayram munosabati bilan tashkil etilgan tekinga narsalar tarqatish aksiyalari toʻxtatildi — Ichki ishlar vazirligi Bugun, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Ashxobod” sayilgohida tekinga oʻyinchoqlar tarqatilishi haqida eʼlon qilinishi ortidan soat 12:00 larda bogʻ atrofida va uning ichida tiqilinch vaziyat yuzaga kelgan. Shuningdek, sayilgoh yaqinidagi avtomobil yoʻllarida tirbandliklar kelib chiqqan. Shu sababli Ichki ishlar vazirligi poytaxtda jamoat joylarida bayram munosabati bilan tashkil etilishi rejalashtirilgan bu kabi aksiyalar toʻxtatilganini maʼlum qildi. Ayni paytda vaziyat toʻliq nazoratga olingani, tiqilinchlar va yoʻllardagi tirbandliklarni bartaraf etish boʻyicha ishlar amalga oshirilayotgani bildirildi. Yuzaga kelgan vaziyatda jarohatlanganlar va tobi qochganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan. 👉@professional_yuristlar - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling.
9241Loading...
​​⚡️⚡️MAHALLA YETTILIGI TAVSIYASI BILAN UY-JOY QURISH VA TAʼMIRLASH UCHUN 120 MILLION SOʻMGACHA AJRATILADIGAN IPOTEKA KREDITLARI TOʻGʻRISIDA (Koʻp berilgan savollarga javob beramiz) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (PF-70-son, 30.04.2024-y.) Farmoni qabul qilindi. ☑️Farmonga koʻra, 2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj shaxslarga uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million soʻmgacha ipoteka kreditlari ajratiladi. Savol: Ushbu kreditlarning muddati qancha? Javob: Ipoteka kreditlari 120 million soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ajratiladi. Savol: Kreditlarning foizi qancha? Javob: Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavkada uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun ajratiladi (Ayni paytda asosiy stavka 14%ni tashkil etadi. Unga 4 foiz qoʻshilsa, fuqarolarga 18%dan ajratiladi); Savol: Mazkur ipoteka kreditlariga subsidiya olsa ham boʻladimi? Javob: Ha, boʻladi. Ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlanishi belgilangan. 2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar boʻyicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga toʻlanadi. Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024-yilgi Dasturdan boshlab qatʼiy belgilangan 30 million soʻm miqdorida toʻlanadi. Savol: “Mahalla yettiligi” tavsiyasi nima? Uni qayerdan oladi? Javob: Farmonda belgilanganidek, ushbu ipoteka kreditlari barchaga ajratilmaydi. Faqatgina kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj shaxslarga ajratiladi. Bu masalada mahallangizdagi hokim yordamchisiga uchrashing. Aynan u oʻzining “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali “Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar” roʻyhatini shakllantirmoqda. Savol: Hozir ushbu kreditlarni qaysi banklar ajratmoqda? Javob: Banklarning rasmiy sahifalaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, ayni kunda quyidagi tijorat banklari mazkur ipoteka kreditlarini ajratmoqda: ▪️Mikrokreditbank (Bank saytiga havola); ▪️Oʻzsanoatqurilishbank (Bank saytiga havola); ▪️Oʻzmilliybank (Bank saytiga havola); ▪️Aloqabank (Bank saytiga havola). 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Показати все...
❗️KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERGAN SHAXSLAR RAGʻBATLANTIRILADI 📄 Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020-yildagi 829-son qaroriga asosan, ➖ Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslar BHMning 25 baravarigacha (8 mln 500 ming soʻm) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Показати все...
❗️HARBIY XIZMATCHILARGA BERILADIGAN IMTIYOZLI IPOTEKA KREDITI 📄 Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017-yildagi 619-son qaroriga asosan, ➖ Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish yoki qurish uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi. ✅ Imtiyoz uy-joy narxining 25 foizini davlat tomonidan qoplab berish shaklida beriladi. ✅ Shuningdek, uy qurib bitkazulguniga qadar harbiylarga xizmat turar joyi kvartira uchun har oylik pul kompensatsiya beriladi. ❗️Kredit olgan harbiy xizmatchi halok boʻlgan yoki xizmat vazifalarini bajarishda ogʻir tana shikastlanishi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotganda kredit va uning foizlari tashkilot rahbarining qarori asosida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Показати все...
❗️JINOYAT UCHUN QOʻLLANILADIGAN JAZOLAR 📄 Jinoyat kodeksining 43-moddasiga asosan, ➖ jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qoʻllanilishi mumkin: a) — jarima; b) — muayyan huquqdan mahrum qilish; v) — axloq tuzatish ishlari; g) — xizmat boʻyicha cheklash; ye) — intizomiy qismga joʻnatish; j) — ozodlikdan mahrum qilish; z) — umrbod ozodlikdan mahrum qilish. ❗️Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qoʻshimcha jazo ham qoʻllanilishi mumkin. ✔️ Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllaniladi. ‼️ Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qoʻshimcha jazo tariqasida ham qoʻllanilishi mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Показати все...
👍 2
Oʻqituvchilar maktablardagi boʻsh sinfxonalarda pullik repititorlik kurslarini tashkil etishi mumkinmi? ❌ Yoʻq, oʻqituvchilari sinflarda oʻzlari mustaqil repitirorlik qila olishmaydi. ✅ Bu vaziyatda siz 2 xil yoʻl tutishingiz mumkin. Yo repititor sifatida shartnoma imzolaysiz yoki shu kursni maktab tashkil etadigan usulni tanlaysiz. 1⃣ Birinchi holatda 3 tomonlama ijara shartnomasini imzolaysiz. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qaroriga ilovada tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 17-bandiga koʻra Ijara shartnomasi ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va balansda saqlovchi oʻrtasida tuziladi. 🔹Bunda ijaraga beruvchi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markazlari; 🔹Ijarga oluvchi – repititor yaʼni siz. 🔹Balansda saqlovchi – maktab hisoblanadi. Maktab oʻziga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan binodan faqat belgilangan maqsadlardagina foydalanishga haqli. Agar u binoni yoki uning bir qismini ijaraga bersa, unda albatta hududiy ijara markazlari bilan 3 tomonlama shartnoma imzolashi shart. ✅ Birinchi usulda faoliyat yuritish uchun YATT ochishingiz yoki oʻzini oʻzi band qilgan fuqaro sifatida roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin. 2⃣ Ikkinchi usul. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-son qaroriga ilovada tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga maktablarda tashkil etiladigan qoʻshimcha taʼlim berishga qaratilgan pullik taʼlim xizmatlari maktablarning oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat taʼlim standartlaridan tashqari) mashgʻulotlar boʻyicha maktab direktori va oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida koʻrsatiladi. Shuningdek, nizomning 8-bandiga koʻra buyurtmachilar tomonidan kelib tushadigan mablagʻlar (lekin 50 foizidan kam boʻlmagan miqdori) oʻqituvchilarga haq toʻlashga yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda qonunchilikda belgilangan soliqlar va yigʻimlar mazkur summadan chegirib olinadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Показати все...
👍 1
Kimlar kasbiy sertifikat olishi kerak? Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni 3-bandida 2024-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilishi belgilangan. Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy Reglamenti 2-bandiga koʻra davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy maʼlumotli jismoniy shaxs – stajyor oʻqituvchi hisoblanib, ular kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovlariga jalb qilinadilar. ❗️Agar tugallangan oliy maʼlumotli shaxs stajyor oʻqituvchi sifatida ishga qabul qilingan boʻlsa, unda nazorat sinovidan oʻtish lozim. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Показати все...
👍 1
Barcha moʻmin musulmonlarga Qurbon hayiti muborak boʻlsin! 👉 @professional_yuristlar
Показати все...
👍 9 5