uk
Feedback
Sardor Rahimxon | RASMIY

Sardor Rahimxon | RASMIY

Відкрити в Telegram

Sardor Rahimxonning rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! • instagram.com/sardor_rahimxon_officialyoutube.com/@sardorrahimxonsi ▫️Yurak Amri rasmiy sahifasi: t.me/yurak_amri_rasmiy

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Sardor Rahimxon | RASMIY

Канал Sardor Rahimxon | RASMIY (@sardor_rahimxon_telegram) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 15 080 підписників, посідаючи 5 604 місце в категорії Релігія і духовність та 5 208 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 15 080 підписників.

За останніми даними від 22 вересня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 1 077, а за останні 24 години на -29, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Верифікований (Офіційно підтверджено Telegram)
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 26.35%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 27.19% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 3 982 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 4 109 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 45.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Sardor Rahimxonning rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! • instagram.com/sardor_rahimxon_official • youtube.com/@sardorrahimxonsi ▫️Yurak Amri rasmiy sahifasi: t.me/yurak_amri_rasmiy

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 23 вересня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Релігія і духовність.

15 080
Підписники
-2924 години
+7607 днів
+1 07730 днів
Архів дописів
🇵🇰 Pokistonda amaldagi vazir kunduz kuni oʻgʻirlab ketildi Pokistonda qurollangan nomaʼlum shaxslar Xayber-Paxtunxva viloyati jamoat ishlari va kommunikatsiyalar vaziri Fazal Shakur Xonni oʻgʻirlab ketgani maʼlum boʻldi.
Tarqalgan videolavhalarga koʻra, niqoblangan qurolli guruh vazirning avtomobilini yoʻl oʻrtasida toʻxtatib, uni majburlab nomaʼlum tomonga olib ketgan. Muxolifatdagi partiya vakillari va vazirning oilasi buni siyosiy bosim deb atab, uning taqdirini aniqlash boʻyicha sudga murojaat qilgan. Politsiya holat yuzasidan tezkor surishtiruv boshlagan. Siyosiy nizolar va hokimiyat kurashlari inson hayoti va xavfsizligini oyoqosti qilmasligi kerak. Qonun ustuvorligi va adolat yoʻqolgan joyda doim xaos va beqarorlik boshlanadi. Alloh taolo qardosh Pokiston xalqiga tinchlik, omonlik va siyosiy barqarorlik bersin.
Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

❗️BMTda yana boykot? Ertaga Netanyaxu minbarga chiqqanda bu holat takrorlanishi mumkin Tarmoqlarda Netanyaxu minbarga chiqqanida diplomatlar zalni tark etgani aks etgan video aylanmoqda. Bu lavha aslida 2024-yilgi sessiyada tasvirga olingan.
Biroq joriy yilda Netanyaxuning BMTdagi nutqi aynan ertaga — 24-sentyabr kuni Nyu-Yorkda boʻlib oʻtadi. Xalqaro OAVlarga koʻra, ertaga ham oʻnlab davlatlar vakillari uning chiqishiga ommaviy boykot eʼlon qilib, zalni tark etishi kutilmoqda. ⚡️Zulm va qon toʻkilishiga qarshi norozilik soʻngani yoʻq. Alloh taolo barcha mazlumlarga nusrat, yer yuziga mustahkam adolat ato etsin.
Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

❗️#Dunyo: Braziliya prezidentidan olamshumul bayonot: “Trampning butun dunyoni boshqarishga haqqi yoʻq!” 🇧🇷 Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva BMT Bosh Assambleyasi doirasida xalqaro minbarlardan turib, AQSh prezidenti Donald Trampning dunyoga oʻz irodasini oʻtkazishga urinishlarini keskin tanqid qilib:
“Tramp AQSh prezidenti etib saylangan. U Amerikani boshqarishga haqli, ammo boshqa mamlakatlarga oʻz shartlarini majburlashga va butun dunyo nomidan qaror qabul qilishga mutlaqo haqqi yoʻq!” deya taʼkidladi. Shuningdek, Braziliya yetakchisi BMT Xavfsizlik Kengashining ojizligini ochiq fosh qildi. Uning aytishicha, kengashdagi bor-yoʻgʻi 5 ta davlat doimiy veto huquqi bilan dunyo taqdirini oʻz qoʻliga olgan, ammo Gʻazoda 70 mingdan ortiq ayollar va begunoh goʻdaklar qirgʻin qilinayotgan, yillab qon toʻkilayotgan bir paytda bu urushlarni toʻxtatish uchun bir joyga yigʻilishni ham xohlamayapti. “Biz bugun Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng koʻp nizolar davrida yashamoqdamiz. Ayrim siyosiy yetakchilarning bunday oʻzboshimchaligi va manmanligi meni chuqur tashvishga solmoqda”, — dedi Braziliya rahbari. ⚡️Dunyo hech qachon bir yoki bir necha qudratli davlatlarning shaxsiy mulki boʻlmagan. Qayerdaki manmanlik, zoʻravonlik va qurolga tayangan adolatsizlik hukm sursa, u yerda faqat begunoh xalqlar aziyat chekadi. 🤲🏻 Alloh taolo barcha davlat rahbarlarining qalbiga insof, adolat va rahm-shafqat bersin. Dunyodagi barcha mazlum xalqlarga najot, yer yuziga esa mustahkam tinchlik ato etsin.
Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

🇵🇸 #IslomOlami: Erdoʻgʻon BMT minbaridan: “Falastinni mustaqil davlat deb tan oling!” Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Nyu-Yorkda oʻtayotgan BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi chiqishida butun dunyo davlatlarini Falastin mustaqilligini zudlik bilan tan olishga chaqirdi.
Erdoʻgʻon soʻnggi 12 oy dunyodagi 60 dan ortiq nizo va urushlar fonida insoniyat tarixining soʻnggi 30 yildagi eng qonli davri boʻlganini, yer yuzida 250 mingdan ortiq begunoh inson hayotdan koʻz yumganini maʼlum qildi. Ayniqsa Gʻazodagi fojia haqida toʻxtalib, 74 mingdan ziyod begunoh insonlar — aksariyati ayollar va norasida goʻdaklar qurbon boʻlganini, ota-onalar hamon vayronalar ostidan farzandlarini qidirayotganini taʼkidladi. “Falastinlik qardoshlarimizga qilinayotgan bu nohaqlik har bir tirik vijdonni qonatmoqda. Hali ham Falastin davlatini tan olmagan barcha mamlakatlarni oʻz qarorlarini qayta koʻrib chiqishga va Falastinni tan olishga chaqiraman”, — dedi Turkiya yetakchisi. ⚡️Adolat va haqiqat yoʻlida dadil aytilgan har bir haq soʻz nihoyatda qadrlidir. Dunyo zolimning zulmiga tomoshabin boʻlib turgan bir paytda, mazlumlarning huquqini himoya qilish har bir vijdonli insonning burchidir. 🤲🏻 Alloh taolo qon yutayotgan Falastin zaminiga va butun islom olamiga omonlik, zafarlar bersin. Mazlum xalqlarning koʻz yoshlarini aritib, yer yuziga mustahkam adolat va tinchlikni nasib etsin.
Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

🟢🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 🟦🟦 🕊 QORAQALPOG'ISTON SAFARI: Xalqimizning omonatlarini yetkazish vaqti keldi! Azizlar, ezgu niyatlar bilan yo'lga chiqayotgan navbatdagi ehson karvonimiz 24-27-sentyabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'ladi. ▫️ Qoraqalpog'istondagi yuzlab muhtoj oilalar holidan xabar olish va ularga xalqimizning omonat ehsonlarini tarqatish. ▫️ Bu degani — 500 dan ziyod yetim bolajonlarga mehr va xursandchilik ulashamiz demakdir! ⚡️Ushbu ulug' savobli tarqatish jarayonlarida xizmat qilib, bevosita yordam berish istagidagi xolis insonlarni, qoraqalpog'istonliklarni kutib qolamiz. 📍 Manzil va batafsil ma'lumot: 📞 +998 33 091 99 99Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

+2
🇹🇷 #Tezkor: Turkiyadagi maktab oldida otishma sodir boʻldi Bugun ertalab Turkiyaning Manisa viloyati, Turgutlu tumanidagi litsey oldida qurolli shaxs tartibsiz ravishda oʻq uzishi oqibatida mudhish hodisa yuz berdi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, taʼlim muassasasi oldida sodir etilgan ushbu qurolli hujum oqibatida 1 nafar oʻquvchi halok boʻlgan, yana 4 nafar oʻsmir tan jarohati olib shifoxonaga yetkazilgan. Voqea joyiga zudlik bilan xavfsizlik kuchlari va tez tibbiy yordam brigadalari jalb qilingan. Hozirda jinoyatchini qoʻlga olish va hujum sabablarini aniqlash boʻyicha tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Maktab — ilm, tarbiya va tinchlik maskanidir. Unda oʻqiyotgan begunoh bolalarga nisbatan qurol koʻtarish — hech bir qolipga sigʻmaydigan ogʻir qabihlikdir. ⚡️Alloh taolo halok boʻlgan oʻquvchining oilasiga sabr bersin, jarohatlangan bolajonlarga tez orada komil shifo ato etsin. Barcha yurtlardagi bolalarning hayotini tinch va xavfsiz qilsin. ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

Xayrli tong! Ota-onangiz hayot bo'lsa — bugun ularning duosini oling. Telefon qiling, hol-ahvol so'rang, ko'ngillarini ko'taring.
▪️ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jannat onalarning oyoqlari ostidadir.» (Imom Nasoiy rivoyati)
Ularning duosi — sizning qalqoningiz. • Barakali kun bo'lsin!Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

🕋 Masjidul Harom muazzini Shayx Ibrohim al-Madaniy vafot etdi Inna lillahi va inna ilayhi roji’un… Bugun — 21-sentyabr kuni Baytullohda yillar davomida jaranglagan tanish va mungli azon ovozi sohibi, Masjidul Harom muazzini Shayx Ibrohim bin Odil al-Madaniy 51 yoshida bu foniy dunyoni tark etdilar.
U zot uzoq yillar Kaʼbatullohda xizmat qilib, ayniqsa Bomdod azonlari, juma va hayit takbirlari hamda namozda imom ortidan takbirlarni yetkazib turishlari bilan millionlab ziyoratchilar va musulmonlar qalbidan chuqur joy olgan edilar. Shayx bir suhbatida: “Kaʼba qarshisida ilk bor azon aytganimda, atrofda tavof qilayotgan odamlarni koʻrib, bu buyuk sharaf va masʼuliyatdan koʻz yoshlarimni toʻxtata olmaganman”, deb xotirlagan edi. Umrini yer yuzidagi eng muqaddas maskanda Allohning kalomini baralla aytishga, bandalarni najotga chorlashga bagʻishlagan inson qanday baxtli! 📖 Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytganlar: “Qiyomat kunida muazzinlar odamlarning eng boʻyni uzunlari (eng darajasi baland va sharaflilari) boʻladilar.” (Imom Muslim, “Sahih Muslim”, 387-hadis) Alloh taolo marhum muazzinning barcha solih amallarini Oʻz dargohida qabul qilsin, Kaʼbada aytgan har bir azonini qabrida nur, qiyomatda shafoatchi qilsin. Oilalariga va butun islom ummatiga sabri jamil bersin.
Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

🟢 #TEZKOR #DOLZARB #TARQATING Millionlab mehribon insonlar kutgan safar — Qoraqalpog’iston Respublikasiga! 🤩 Jannat sari yuring, azizlar! 🗓 24-25-26-27-sentyabr kunlari biz Qoraqalpog’iston Respublikasidamiz. Ulkan ajrlarga ulgurib qoling!
❤️ #YurakAmrining beshinchi katta safariga marhamat, Allohni suygan, yetimsevar, saxiy va mehribon insonlar! ☝🏻 Ayniqsa, Qoraqalpoq diyorining mardlari, saxovatpeshalari, "Xolis xizmat qilaman" deganlar — himmatingizni va Allohga muhabbatingizni ko'rsatadigan ayni vaqti! Nukusliklar, yonimizda turing!
🚚 Damas, Labo va Gazel avtomobili bor haydovchilarni ham xolis xizmatga chorlaymiz. Safimizga albatta qo'shiling! 📞 Murojaat uchun: +998 33 091 99 99
💳 "YURAK AMRI" RASMIY KARTALARI: 🪙 Oziq-ovqat uchun: ▫️ 5614 6812 5948 5450 (Uzcard) ▫️ 4466 1489 2601 2580 (Visa) ❤️ Xarajatlar uchun: ▫️ 5614 6812 5905 1062 (Uzcard) ⚡️(Karta bog'langan raqam: 33 091 99 99, Ipoteka bank)
💳 Ehson qiling, biz yillar davomida sinalgan do'stmiz! ✊🏻 ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

❗️Inson va robot oktagonda — fantastika haqiqatga aylanmoqdami? Ijtimoiy tarmoqlarda sunʼiy intellekt boshqaruvidagi odamsimon robotning qafas ichida inson bilan jangga kirishgani va uni yiqitgani aks etgan kadrlar qizgʻin muhokama qilinmoqda.
AQShning San-Fransisko shahrida REK Robotics kompaniyasi 180 sm boʻyli robot va bloger Frenki LaPenna oʻrtasida koʻrgazmali sparring tashkil qildi. Unda robot inson zarbalaridan qochib, unga qarshi zarba berishi sinovdan oʻtkazildi. Shu bilan birga, Xitoyning Unitree kompaniyasi ham oʻzining G1 robotiga yangi sunʼiy intellekt tizimini oʻrnatib, u pultsizm, mustaqil harakatlarni hisoblab boks tusha olishini namoyish etdi. Ilgari faqat fantastik filmlarda koʻrganimiz — mustaqil harakatlanuvchi, insonning zarbasi va harakatini soniyaning ulushlarida hisoblay oladigan robotlar bugun koʻz oldimizda gavdalanmoqda. Biroq texnologiya qanchalik rivojlanmasin, robot hech qachon insondagi qalb, mehr, vijdon va ruhiyatning oʻrnini bosa olmaydi. ⚡️Asosiysi, insoniyat oʻz qoʻli bilan yaratayotgan bu ulkan aql va kuch urush yoki vayronagarchilikka emas, faqat ezgulik va insonlar ogʻirini yengil qilishga xizmat qilsin.
Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

🔴#TEZKOR #DOLZARB INSON BO’LSANGIZ, VIDEONI KO’RING ☝🏻 CHUNKI BU VIDEO "INSON"LAR UCHUN! ❤️ 2019-YIL BOLALARI QIRILIB KETAD
🔴#TEZKOR #DOLZARB INSON BO’LSANGIZ, VIDEONI KO’RING ☝🏻 CHUNKI BU VIDEO "INSON"LAR UCHUN! ❤️ 2019-YIL BOLALARI QIRILIB KETADIMI...?! 😱 ASTAG’FIRULLOH! 🆘 Har kuni hayoti uchun kurashib kelayotgan, oddiygina dori-darmoniga pul topolmayotgan minglab begunoh bolajonlarga yordam bermasak — kimga yordam beramiz o'zi?! ▶️ Videoni to'liq ko'ring: ⬇️ ⬇️ ⬇️ ⬇️ ⬇️ ⬇️ ⬇️ ⬇️ ↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️ https://youtu.be/xIf7iBZqF_g ↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️ Befarq o'tib ketmang, rolikni tarqating, ehson qiling! Xasta bolajonlarga yordam bering, aziz vatandoshlar! 🤲🏻❤️
💳 "YURAK AMRI" RASMIY KARTALARI: 🩺 Tibbiyot uchun: ▫️ 5614 6812 5985 4002 (Uzcard) ▫️ 9860 0101 0645 7426 (Humo) ▫️ 4466 1489 2141 5952 (Visa) ❤️ Xarajatlar uchun: ▫️ 5614 6812 5905 1062 (Uzcard) ▫️ 9860 0101 0670 9883 (Humo) ⚡️(Karta bog'langan raqam: 33 091 99 99, Ipoteka bank)
💳 Ehson qiling, biz yillar davomida sinalgan do'stmiz! ✊🏻 ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

🌍 #Dunyo: Jonli efirda oʻldirilgan jurnalist — Perudagi mudhish fojia Dunyo matbuoti Peruda saylovoldi uchrashuvi paytida sodir etilgan qonli suiqasd haqida yozmoqda.
19-sentyabr kuni Ankash viloyati gubernatorligiga nomzod, taniqli surishtiruvchi jurnalist Susi Aponte Polo (“China Polo”) gavjum bozor oʻrtasida xalq bilan uchrashuv oʻtkazayotgan paytda otib ketildi. Afsuski, 43 yoshli jurnalist ayol olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok boʻldi. Uzoq vaqt davomida korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashib kelgan jurnalist bunga qadar unga jiddiy tahdidlar boʻlayotganini bildirgan edi. Hozirda Peru huquq-tartibot organlari gumonlanuvchilarni qoʻlga olgan, biroq bu voqea butun dunyoda adolat va inson hayotining qanchalik xavf ostida qolayotganini yana bir bor koʻrsatdi. Nafs, mansab va qora niyat insonni shu qadar koʻr qiladiki, begunoh jonning zavoli ham ularni toʻxtatib qololmaydi. Hayot esa bir lahzali omonat. Biz bugun tinch va xotirjam zaminda, jonimiz va yaqinlarimiz omonligida yashayotganimiz qanday buyuk neʼmat ekanini unutmaylik. Tinchlikning qadriga yetish eng katta shukronalikdir.
Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

🔴#TEZKOR #DOLZARB INSON BO’LSANGIZ, VIDEONI KO’RING ☝🏻 CHUNKI BU VIDEO "INSON"LAR UCHUN! ❤️ 2019-YIL BOLALARI QIRILIB KETADIMI...?! 😱 ASTAG’FIRULLOH! 🆘 Har kuni hayoti uchun kurashib kelayotgan, oddiygina dori-darmoniga pul topolmayotgan minglab begunoh bolajonlarga yordam bermasak — kimga yordam beramiz o'zi?! ▶️ Videoni to'liq ko'ring: ⬇️ ⬇️ ⬇️ ⬇️ ⬇️ ⬇️ ⬇️ ⬇️ ↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️ https://youtu.be/xIf7iBZqF_g ↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️ Befarq o'tib ketmang, rolikni tarqating, ehson qiling! Xasta bolajonlarga yordam bering, aziz vatandoshlar! 🤲🏻❤️
💳 "YURAK AMRI" RASMIY KARTALARI: 🩺 Tibbiyot uchun: ▫️ 5614 6812 5985 4002 (Uzcard) ▫️ 9860 0101 0645 7426 (Humo) ▫️ 4466 1489 2141 5952 (Visa) ❤️ Xarajatlar uchun: ▫️ 5614 6812 5905 1062 (Uzcard) ▫️ 9860 0101 0670 9883 (Humo) ⚡️(Karta bog'langan raqam: 33 091 99 99, Ipoteka bank)
💳 Ehson qiling, biz yillar davomida sinalgan do'stmiz! ✊🏻 ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

+1
❗️#Mulohaza: Qizamiqni oddiy shamollash deb bilmang — SSPE xavfidan ogoh boʻling! Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qizamiqdan keyin yuzaga keladigan va miyani zararlaydigan ogʻir asorat — SSPE kasalligi haqida xabarlar koʻpaydi. Sogʻliqni saqlash vazirligi ham ushbu xastalik boʻyicha rasmiy maʼlumot berib, ota-onalarni ogohlikka chaqirdi.
SSPE (oʻtkir osti sklerozlanuvchi panensefalit) — qizamiq virusi keltirib chiqaradigan, davosi mavjud boʻlmagan ogʻir asoratdir. U bola qizamiq bilan ogʻrib tuzalganidan bir necha yil oʻtib, bosh miyaning asta-sekin yemirilishi bilan namoyon boʻladi. Tibbiyotda kasallik 4 bosqichda kechadi: 1) Xulq-atvor oʻzgarishi: bolaning feʼl-atvori oʻzgaradi, xotirasi susayadi, darslarni oʻzlashtirishi pasayib, loqaydlik paydo boʻladi; 2) Harakat buzilishlari: tana mushaklarida beixtiyor tortishishlar, tutqanoqlar va tez-tez sababsiz yiqilishlar boshlanadi; 3) Nutq va ongning soʻnishi: bola gapirishdan toʻxtaydi, yutish qiyinlashadi, tana mushaklari qotib, toʻshakka mixlanadi; 4) Koma holati: markaziy asab tizimi butunlay faoliyatdan toʻxtaydi va bemor chuqur komaga tushadi. Ushbu xavfli kasallikning oldini olishning yagona yoʻli — bolani qizamiq yuqtirishdan asrash va oʻz vaqtida emlatishdir. Muhim eslatma: Oʻzbekiston Milliy emlash taqvimiga koʻra, qizamiqqa (KPK) qarshi emlash bolaning 12 oyligida (1 yoshida) hamda 6 yoshida amalga oshiriladi. Farzandingiz salomatligini xavfga qoʻymang, emlashni oʻz vaqtida oling! Alloh taolo barcha xonadonlardagi jajji bolajonlarimizni turli xatarli kasalliklardan Oʻz panohida asrasin, dardmandlarga komil shifo bersin.
Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

🇵🇸 #IslomOlami: Indoneziya Prezidenti minbarda “Falastinga ozodlik!” deb hayqirdi 🇮🇩 Dunyoning eng yirik musulmon davlati hisoblangan Indoneziya Prezidenti Prabowo Subiantoning xalqaro anjumandagi taʼsirli chiqishi barcha OAVlarda keng tarqalmoqda.
Davlat rahbari nufuzli “Gontor” islom maskanining 100 yillik yubiley tantanasida minbardan turib, butun dunyoga eshitiladigan qilib bir necha bor: “Free Palestine!” (“Falastinga ozodlik!”) deya hayqirdi. Nutqdan soʻng zalda oʻtirgan Falastin elchisi sahnaga koʻtarilib, hurmat va minnatdorchilik ramzi sifatida Prezident yelkasiga Falastin kufiyasini kiydirdi va ular qardoshlarcha bir-birlarini bagʻriga bosishdi. Bu shunchaki siyosiy bayonot emas, balki 280 millionlik butun bir xalqning mazlum Falastin xalqiga boʻlgan chin dildan ehtiromi, birodarlik va iymon rishtalarining namoyonidir. Dunyodagi har bir musulmon xalq bir-birining dardini oʻz dardi deb bilsa, bir-biriga haqiqiy tayanch boʻlsa, adolat albatta qaror topadi. Alloh taolo barcha mazlum birodarlarimizga omonlik, zafarlar bersin, Falastin zaminiga tez kunlarda tinchlik va ozodlikni nasib aylasin. Butun islom ummatining birligini yanada mustahkam qilsin.
Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

🩺 #Mulohaza: Birgina eʼtiborsizlik inson hayotini xavf ostida qoldirmasin! Angren shahridagi xususiy klinikalarning birida o
🩺 #Mulohaza: Birgina eʼtiborsizlik inson hayotini xavf ostida qoldirmasin! Angren shahridagi xususiy klinikalarning birida oddiy shamollash bilan murojaat qilgan 20 yoshli yigit tomiridan dori yuborilganidan soʻng ogʻir ahvolda komaga tushib qolgani maʼlum boʻldi.
Ota-onasining bildirishicha, muolajadan oldin allergik sinama (“proba”) qilinmagan, oqibatda bemor hushini yoʻqotib, nafas yoʻllarini ochish uchun shoshilinch operatsiya qilingan va 1,5 oydan buyon reanimatsiyada qolmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi maxsus ishchi guruh tuzib, xizmat tekshiruvi boshlanganini maʼlum qildi. Inson salomatligi va hayoti — Allohning eng ulugʻ omonati. Tibbiyot sohasi esa zarracha shoshqaloqlikni, loqaydlikni yoki beparvolikni koʻtarmaydigan oʻta nozik va masʼuliyatli burchdir. Barcha yurtdoshlarimizdan iltimos qilamiz: har qanday inʼyeksiya yoki kuchli dori vositalarini qabul qilishdan oldin albatta sinama (proba) talab qiling, salomatligingizga aslo befarq boʻlmang. Alloh taolo shu navqiron yigitimizga Oʻzining cheksiz marhamati bilan komil shifo bersin, koʻz yosh toʻkayotgan ota-onasining bagʻriga sogʻ-salomat qaytishini nasib etsin.
Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

Namangandagi “koʻcha bezorilari” qoʻlga olindi — barchasi 2010-yilgi bolalar boʻlib chiqdi! Namanganda talabalarni koʻchada b
Namangandagi “koʻcha bezorilari” qoʻlga olindi — barchasi 2010-yilgi bolalar boʻlib chiqdi! Namanganda talabalarni koʻchada burchakka qisib, qoʻrqitish yoʻli bilan pul va soatlarini tortib olayotgani aks etgan video boʻyicha munosabat bildirgan edik. Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB zudlik bilan harakat qilib, videoda aks etgan barcha ishtirokchilarning shaxsini aniqladi va ularni qoʻlga oldi.
Eng achinarlisi, oʻzini “zoʻr” koʻrsatmoqchi boʻlgan bu yoshlar 2-sonli kasb-hunar texnikumining 1-bosqichida oʻqiydigan, hali voyaga yetmagan 2010-yilda tugʻilgan (14 yoshli) 7 nafar bola boʻlib chiqdi. Ular 4 nafar tengdoshining pul, soat va telefonlarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Qonun oldida hamma barobar, jazoning muqarrarligi taʼminlangani yaxshi. Ammo 14 yoshli norasidalarning maktab partasini koʻcha bezoriligiga almashtirib, ogʻir jinoyatga qoʻl urishi — barchamiz uchun katta fojia va ogohlikdir. Ota-onalar, iltimos, farzandingiz kim bilan doʻstlashyapti, boʻsh vaqtini qayerda oʻtkazmoqda — qattiq eʼtibor bering. Koʻchadagi arzon obroʻ deb yosh umr panjara ortida barbod boʻlmasin.
Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

☝🏻 #Mulohaza: Kuchingizni ojizlarga emas, oriyatga sarflang! Namanganda bir guruh yigitlarning koʻcha oʻrtasida talabalarni chetga olib chiqib, qoʻrqitish yoʻli bilan pul va buyumlarini tortib olayotgani aks etgan video tarqaldi.
Oʻzini “zoʻr” deb bilgan ayrim yoshlar ilm istab kelgan sodda talabalarni burchakka qisib, zoʻravonlik va tovlamachilik qilmoqda. Bir ojiz insonning haqqini nohaq yeyish, uni qoʻrqitib koʻnglini sindirish — nafaqat qonun oldida jinoyat, balki Alloh oldida eng katta zulmdir. Bu holat yuzasidan mutasaddilar tegishli chora koʻrishiga ishonamiz, ammo eng avvalo ota-onalar farzandining kimlar bilan yurgani va topayotgan puli qayerdan kelayotganiga hushyor boʻlishi shart. Birovning haqini tortib olib yegan nonda ham, unday hayotda ham aslo baraka boʻlmaydi. Kuch-quvvat borida ojizni himoya qilish mardlikdir, uni ezish emas. 📖 “Mazlumning duo (qargʻish)idan qoʻrqing! Zero, u bilan Allohning oʻrtasida hech qanday toʻsiq (parda) yoʻqdir.” (Imom Buxoriy, “Sahihul Buxoriy”, 2448-hadis; Imom Muslim, 19-hadis)
Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

❗️ “Bormasang, medkoloniyaga yuboramiz deb qoʻrqitishdi!” Ijtimoiy tarmoqlarda Margʻilon shahridagi Mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi Nurmuhammadning koʻzda yosh bilan qilgan murojaati tarqaldi.
Yigitning aytishicha, uni oʻz xohishiga qarshi, “agar bormasang medkoloniyaga tiqamiz, koʻchada qolib ketasan” degan tahdidlar bilan majburan bir oilaga farzandlikka berishgan. U oila bilan kelisha olmagach, yana koʻchada qolgan. Eng achinarlisi, qogʻozda “farzandlikka olingan” deb qayd etib yuborilgani sababli, u boshqa yetim tengdoshlari kabi davlat tomonidan beriladigan uy-joy huquqidan mahrum boʻlgan va 4 yildan beri koʻchalarda sarson yuribdi. Hokimiyatga borsa — Ijtimoiy himoyaga, Ijtimoiy himoyaga borsa — yana hokimiyatga sarson qilishmoqda. Fargʻona viloyati mutasaddilari esa unga yordam berolmasligini bildirgan.
⚡️ Aslida qonun nima deydi? 10 yoshdan oshgan bolani uning oʻz roziligisiz oilaga berish qatʼiyan taqiqlanadi! Bolani medkoloniya bilan qoʻrqitish esa uning huquqlarini poymol qilish va ochiq ruhiy zoʻravonlikdir. Yetimning haqqi — eng nozik masala. Davlat va jamiyat ota-onasiz qolgan har bir bolaga chinakam homiy boʻlishi, ularni koʻchada qoldirmasligi shart. Bir norasidaning 4 yil koʻchada sarson boʻlib yurishiga befarq qarab boʻlmaydi. Ushbu holat Bolalar ombudsmani, Fargʻona viloyati hokimligi va mutasaddi idoralar tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, yigitning qonuniy huquqlari tiklanishiga ishonamiz.
📖 “Bas, yetimga qahr qilmang!” (Zuho surasi, 9-oyat)
Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube

🌍 #Dunyo: Dunyo notinch — tinchlikning qadriga yetaylik! Bugun dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan xabarlar har bir in
+1
🌍 #Dunyo: Dunyo notinch — tinchlikning qadriga yetaylik! Bugun dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan xabarlar har bir inson qalbini larzaga solmoqda. Yaqin Sharqdagi beqarorliklar ortidan, bugun tunda Moskva va uning atrofidagi yirik sanoat inshootlariga ommaviy dron zarbalari berilib, osmonni qora tutun va olov qopladi.
Bir tomonda urush va vayronagarchilik, ikkinchi tomonda esa millionlab begunoh odamlarning sarosima va qoʻrquv ichida tong ottirishi davom etmoqda. Insoniyat nizo va qurol vositasida oʻzini olov girdobiga itarar ekan, bu hodisalar hayotning qanchalik omonat, osoyishtalikning qanchalik nozik ekanini yana bir bor yodga solyapti. Biz bugun tinch va xotirjam xonadonda, farzandlarimiz va ota-onamiz bagʻrida tong ottirayotganimiz naqadar ulugʻ baxt ekanini his qilyapmizmi? Zero, tinchlik — dunyoning hech bir boyligiga almashtirib boʻlmaydigan eng bebaho neʼmatdir. Alloh taolo yer yuzidagi barcha begunoh insonlarga, ahli islomga tinchlik va omonlik bersin. Jonajon yurtimiz osmonini hamisha musaffo qilib, xalqimizni turli balo-qazolardan Oʻz panohida asrasin.
Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube