cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Jizzax viloyat kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Jizzax viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rasmiy kanali👉

Більше
Рекламні дописи
584
Підписники
-124 години
-47 днів
-2130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Repost from Bandlik Vazirligi
❗️Bugundan O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti boshqaruv kengashida o‘z ovoziga ega Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Jenevada Xalqaro mehnat konferensiyasining 112-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Uning doirasida XMT Boshqaruv kengashiga 2024-2027-yillar uchun a’zo davlatni tayinlash bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish jarayonlarida 209 davlat ishtirok etdi. Unga ko‘ra O‘zbekiston XMT Yevropa mintaqaviy guruhida 194 ta ovoz oldi va nomzod davlatlardan hisoblangan Avstriya, Xorvatiya, Kipr, Vengriya, Niderlandiya va Daniya orasida 1-o‘rinni egalladi. Bu voqeani haqli ravishda tarixiy desa bo‘ladi, sababi O‘zbekiston birinchi marta tashkilot siyosati va strategiyalarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun mas’ul bo‘lgan XMT ijroiya organiga saylandi. Xalqaro mehnat tashkilotining boshqaruv kengashi uning ijro etuvchi organi hisoblanadi. Kengashning asosiy vazifasi konferensiya sessiyalari davrida tashkilot ishiga rahbarlik qiladi va uning qarorlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Boshqaruv kengashi tarkibi 56 nafar a’zodan iborat bo‘lib ular ichiga 28 ta hukumat vakili, 14 ta ish beruvchi va 14 nafar ishchi kiradi. Shuningdek, 28 ta davlat vakillari, 19 ta ish beruvchi va 19 ta ishchidan iborat 66 nafar o‘rinbosar mavjud. XMTning boshqaruv kengashi a’zolarining 10 ta o‘rni doimiy asosda dunyoning yetakchi davlatlari – Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Fransiya va Yaponiya tomonidan band qilingan. Kengashning qolgan a’zolari, boshqa davlatlar hukumatlari vakillari har 3 yilda rotatsiya asosida qayta saylanadi. Konferensiyada Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev o‘z nutqi bilan ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, gender tengligiga erishish va majburiy mehnatga barham berishga qaratilgan islohotlari borasida ma’lumot berib o‘tildi. Mazkur chora-tadbirlar XMT kun tartibiga to‘liq mos keladi va ijtimoiy adolat, iqtisodiy xavfsizlik hamda imkoniyatlar tengligiga intilishlarni aks ettiradi. Shuningdek, vazir Behzod Musaev konferensiya doirasida Xalqaro mehnat tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Unda XMТning bosh direktori Jilber Fossum Ungboning joriy yil 8-11-iyul kunlari O‘zbekistonga amalga oshiradigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish, Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalarini va bayonnomalarini ratifikatsiya qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirish, mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish, ipakchilik hamda xizmat ko‘rsatish (jamoat ovqatlanish) sohasida mehnat sharoitlarining mustaqil monitoringini o‘tkazish va boshqa masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan. Konferensiyada Senatning gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etmoqda. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
Repost from Bandlik Vazirligi
00:44
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Payvandchi, hamshira, haydovchi, oshpaz, quruvchi... 20 dan ortiq kasb egalarini Germaniya, Angliya, Slovakiya, Latviya, Rossiya, Belarus kabi davlatlar ishga taklif etmoqda. Qaysi kasblar, oylik maoshi qancha, talablari qanday? Barchasi xorijdaish.uz saytida. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
17.08 MB
Repost from Bandlik Vazirligi
#yoshlar_oyligi “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan "Yoshlar oyligi" doirasida O’zbekiston Respublikasi Kambag’аllikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi “Yoshlar uchrashuvi Samarqandda start oldi. Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan tizimdagi yoshlar Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida kutib olindi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
Repost from Bandlik Vazirligi
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak. Agar intizomiy jazo berilgan kundan e’tiboran 1 yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qo‘llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining buyrug‘i chiqmasidan avtomatik tarzda tugallanadi. Ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, 1 yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
Repost from Bandlik Vazirligi
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🇷🇸Serbiyada mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlashni xohlaysizmi? ▪️ish haqi 688 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangandan keyin); ▪️yosh chegarasi - 20-50 yosh; ▪️kafolatlangan oylik ish soati - 200 soat; ▪️bepul yashash joyi; ▪️bepul 3 mahal ovqat; ▪️tibbiy sug‘urta; ▪️shartnoma yakunlangandan so'ng 150 yevro bonus. Talablar: ▪️rus tilini bilish; ▪️jismonan sog‘lom bo‘lish; ▪️Serbiyaga ketish xarajatlarini qoplash. Shartnoma muddati 10.08.2024 dan 10.12.2024 gacha! Nomzodlar soni 500 nafarga yetganda ro'yxatdan o'tish yakunlanadi. 👉 Ro‘yxatdan o‘tish OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
Repost from Bandlik Vazirligi
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🇩🇪 Germaniya ish beruvchilari "Mehnat yarmarkasi" o‘tkazmoqchi, Siz uchun qiziqmi? Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va ushbu davlatning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor "Mehnat yarmarkasi" o‘tkaziladi. Qachon va qayerda? ▪️2024-yil 19-iyun soat 9:00 dan 17:00 gacha; ▪️2024-yil 20-iyun soat 9:00 dan 12:00 gacha; 📍Toshkent shahridagi “Ishga marhamat“ monomarkazida. 👉 lokatsiya Talablar ▫️18 yoshdan 40 yoshgacha; ▫️nemis tilidan kamida B1 sertifikat; ▫️kasbiy malaka diplomi (texnikum, kollej yoki bakalavr diplomi); ▫️1 yillik kasbiy tajriba. Sohalar: - elektrik; - payvandchi; - duradgor; - avtochilangar; - mehmonxona; - restoran; - IT; - qishloq xo‘jaligi; - hamshiralik; - parvarishlash. Mehnat yarmarkasi doirasida to'g'ridan-to'g'ri tanlovlar o'tkaziladi. 👉 Ro'yxatdan o'tish Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
Repost from Bandlik Vazirligi
Ayni daqiqalarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva Toshkent shahri tumanlarida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida bajarilayotgan ishlar holatini joyiga chiqib o‘rganmoqda. Jumladan, Mirobod tumanidagi tanishuvlar jarayonida 17 nafar ishsiz ayolga subsidiya asosida ikkitadan tikuv mashina jamlanmasi topshirildi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
IMG_8313.MOV28.36 MB
Repost from Bandlik Vazirligi
Xabar berganimizdek, vazir o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2024-yilda yangi ish o'rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko'maklashish dasturi to'g'risida»gi Qarorining joylardagi ijrosini o‘rganish maqsadida poytaxtimizning Mirobod tumanida bo‘ldi. Xususan, Alfraganus" majmuasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, yaratilgan va kelgusida yaratiladigan ish o‘rinlari borasida ma’lumot oldi. Ayni paytda majmuada aholi turar joylari, mehmonxonalar, o‘quv muassasalari, bog‘ hamda yirik savdo majmuasi barpo etilmoqda. Majmuada dastlab 800 ta, to‘liq quvvatda ish boshlagach 2000 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi. Ish beruvchilar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda amalga oshiriladigan yangi loyihalar uchun ishchi kuchini yetkazib berish masalalari muhokama qilindi. Majmuada kelgusida qaysi soha vakillariga ehtiyoj ortishidan kelib chiqib “Ishga marhamat” monomarkazlarida ayni o‘sha yo‘nalish bo‘yicha fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilishi va tayyor mutaxassis sifatida ushbu kompleksga jalb qilinishi aytib o‘tildi. Asosiy masala ish beruvchilar va vazirlikning tuman bo‘limlari o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash lozimligiga qaratildi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
Repost from Bandlik Vazirligi
Фото недоступнеДивитись в Telegram
2024-yilda global ishsizlik darajasi 4,9 foizni tashkil etishi taxmin qilinmoqda Xalqaro Mehnat Tashkilot (XMT)ning statistik ma’lumotlariga ko‘ra ishsizlar soni pandemiyagacha bo‘lgan darajadan pastga tushdi. 2023-yilda global ishsizlik darajasi 5,0 foizni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan (5,3 foiz) biroz yaxshiroq. 2024 va 2025-yillarda mazkur ko‘rsatkich 4,9 foizni tashkil etishi taxmin qilinmoqda. XMTning metodologiyasiga ko‘ra ishsizlik bu- biror bir mamlakatda iqtisodiy faol aholining bir qismini tashkil etuvchi, ishlashga qodir, lekin ish topa olmayotgan odamlarning mavjudligidir. O‘z navbatida yollanma ishchi va o‘z-o‘zini band qilganlar ishsizlar safiga kirmaydi. Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlarning xalqaro qiyoslanishini ta’minlash uchun 15 yoshdan oshgan barcha odamlarni mehnatga layoqatli yosh deb tasniflashni tavsiya qiladi. Shu bilan birga, har bir davlat mehnat qobiliyatining yosh mezonlarini mustaqil tanlash huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
Repost from Bandlik Vazirligi
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Rus yoki ingliz tilini biladigan payvandchilar Latviyaga ishga taklif etiladi! 🔹ish haqi 1500 yevro (netto); 🔹haftada 5 ish kuni; 🔹bepul yashash joyi; 🔹tibbiy sug‘urta; 🔹bajarilgan ish hajmiga qarab turli bonuslar. Talablar: 📍18-45 yosh; 📍TIG payvandlash sertifikati; 📍kamida 4 yillik ish tajribasi; 📍chizmalarni o‘qish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; 📍rus yoki ingliz tilini bilish; 📍jismonan sog‘lom bo‘lish; 📍viza va Latviyaga borish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash. Ish tajribasi rasmiy bo‘lishi lozim! Ushbu talablarga mos keluvchi fuqarolardan quyidagi havola orqali 7-iyun soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi. 👉 Ro‘yxatdan o‘tish OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...