cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Farg'ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi | Rasmiy kanal

Farg’ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi rasmiy kanali Murojaat uchun : @fargonamohm_bot

Більше
Рекламні дописи
579
Підписники
+924 години
+37 днів
+3930 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Показати все...
KONFERENSIYA Farg‘ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi

“PISA-2022 xalqaro baholash tadqiqoti natijalari tahlili va ta’lim sifatini oshirishning dolzarb masalalari: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusida Respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi #KONFERENSIYA #Farg‘ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi

#Vazir_soati Joriy yilning iyun-iyul oylari “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist va tarbiyachilari o‘rtasidagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish, O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotida ishtirokini tashkil etish jarayonlari hamda ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi. Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga o‘tishdan oldin joriy yilning aprel-may oylarida bo‘lib o‘tgan vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga to‘xtalib o‘tdi. Qayd etilganidek, ushbu sinovlarda 189 858 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi hamda ularning 33 035 nafari yoki 17,4 foizi majburiy, 156 823 nafari yoki 82,6 foizi navbatdan tashqari attestatsiyalarda qatnashdi. Jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashda vazirlik va uning tizimidagi barcha tashkilotlar vakillari o‘z vakolatlari doirasida tizimli ish olib borishgani e’tirof etildi. ⚡️Bundan tashqari, Buxoro shahrida o’tkazilgan “Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichi va Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasini yuqori saviyada tashkil etilganligi ham alohida qayd etildi. Yig‘ilishda muhim masalalardan biri sifatida, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini tashkil etish jarayonlariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Aytilganidek, mazkur tanlovning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘rta-maxsus ma’lumotli tarbiyachilar oliy ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozini qo‘lga kiritishadi. ❗️Shuningdek, vazir yig’ilish davomida barchani Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklab, o’z ezgu tilaklarini bildirdi. 👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1640 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показати все...
💫 Shundan so‘ng huquq fani metodisti M.Xoshimova, tarix fani metodisti S. Ibroximova va tarbiya fani metodisti D.Ro‘ziyevlar o‘z kasb mahoratlari haqida qisqacha suhbat o‘tkazdilar va barcha ustozlarni seminar mashg‘ulotlariga taklif etdilar. O‘quv-seminari oflayn tarzda o‘tkazilishi bilan bir qatorda, Respublika bo‘ylab zoom platformasi orqali onlayn tarzda ham olib borildi. ⭐️ Seminar yakunida pedagogik markaz tomonidan mahorat darslarini o‘tkazgan trener-ustozlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Показати все...
👍 3
#O‘quv_seminar ⚡️ Joriy yining 13-iyun kuni Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Respublika ta'lim markazi va Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi hamkorligida “Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ijtimoiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy ta’lim talablari va yangicha yondashuvlar” mavzusida Respublika o‘quv-seminari tashkil etildi. ✨ Seminar maktab yosh iqtidor egalarining kuy va qo‘shiqlari bilan boshlandi. Dastlab ushbu jarayonni Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi rahbari S.Boborahimov o‘z nutqi bilan ochib berdilar.
Показати все...
👍 1
#KONFERENSIYA 🔰 Bugun Farg‘ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “PISA-2022 xalqaro baholash tadqiqoti natijalari tahlili va ta’lim sifatini oshirishning dolzarb masalalari: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusida Respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. ♻️ 2022-yilda oʻtkazilgan PISA tadqiqotlari, unda oʻquvchilarning matematik, tabiiy-ilmiy va oʻqish savodxonliklari baholandi. Navbatdagi bunday tadqiqotlar 2025-yilda oʻtkaziladi va unda oʻquvchilarning tabiiy-ilmiy, matematik va oʻqish savodxonliklari hamda raqamli dunyoda oʻrganish koʻnikmasi baholanadi.
✅ Konferensiyaning maqsadi xalqaro baholash dasturlari boʻyicha topshiriqlar tuzish va ularni yechish metodikasi, oʻquvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash, oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish sohalaridagi ilgʻor tajribalar, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, fan, та’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlashning ilmiy yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlib, xalqaro baholash dasturlari boʻyicha topshiriqlar tuzish va ularni yechish metodikasi, oʻquvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash, oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish sohasidagi zamonaviy metodikalar va texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini tashkil etishga doir mahalliy va xorijiy ilmiy tadqiqotlarni toʻplash, tajribalarni oʻrganish, aniqlash, ommalashtirish, shu orqali bevosita maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan istiqbolli rejalarni belgilab olishdir.
❇️ Konferensiya so‘ngida fikr va mulohazalar bildirildi, tavsiyalar ishlab chiqildi. Konferensiya o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.
Показати все...
👍 1
#KONFERENSIYA 🔰Ayni paytda Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “PISA-2022 xalqaro baholash tadqiqoti natijalari tahlili va ta’lim sifatini oshirishning dolzarb masalalari: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusidagi Respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. ♻️ Mavzularning dolzarbligi tadqiqotchilar va keng o‘qituvchilar ommasini e’tiborini tortmoqda.
Показати все...
Перейти до архіву дописів