cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Kitoblar ombori (blog)

Adabiyot, kitoblar, qiziqarli va tahliliy maqolalar, tavsiya hamda tanqidlar Admin bilan aloqa uchun: @TezkorXatlarbot

Більше
Узбекистан5 352Мова не вказанаКниги1 691
Рекламні дописи
14 689
Підписники
-224 години
-1047 днів
+57830 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

📙 Kitob tanlashda uning “bestsellar” ekanligiga diqqat qaratish urfga aylangan. Bestsellar sifati aslida faqatgina kitob savdosiga nisbatan ishlatilmaydi. Keng ommalashgan, talabgir musiqa albomi, mobil o‘yinlar, filmlar ham bestseller bo‘lishi mumkin. Ya’ni bestseller – xit. Inglizchadan so‘zma-so‘z tarjima qilganda “yaxshi sotilgan” degan ma’noni anglatsa-da, faqatgina sotuvning zo‘rligiga qarab emas, asosan kitobning ommalashganlik, qiziqish bildirilishi darajasiga qarab belgilanadi. 📗 Bestsellerlar ro‘yxati turlicha shakllantiriladi. Yirik nashriyotlar, kitob do‘konlari tarmoqlari, axborot portallari o‘z nazdidagi bestsellerlar ro‘yxatini tuzishi mumkin. Va ularning har biri turlicha mezonlar asosida ishlaydi. Misol, Amazon faqatgina o‘z portalida mavjud va shu yerda sotilgan kitoblar statistikasi asosida ro‘yxatni tuzadi. Portalda odamlar qaysi kitobni ko‘proq izlayotganini algoritm avtomatik hisoblaydi. Bestsellerning mashhur ro‘yxatlaridan yana biri The New York Times tomonidan tuziladi. U ko‘proq ulgurji savdoda kitoblarga bo‘lgan talab darajasiga asoslanadi. 📕 Aytgancha, “longseller” degan tushuncha ham bor. U uzoq vaqt diqqat markazida, ya’ni trendda bo‘lgan kitob mahsulotlariga nisbatan ishlatiladi. #qiziqarli @kitob_ombori
Показати все...
👏 33👍 28 9❤‍🔥 7🔥 7💊 1
O'zingizni bir so'z bilan ta'riflashga to'g'ri kelsa, nima degan bo'lardingiz?
Показати все...
👍 23🔥 9
Показати все...
22👍 2
​​Dardingizni to‘kishdan oldin, idishni teshik emasligiga ishonch hosil qiling. Bernard Shou @edmondclub
Показати все...
80🔥 29👍 18😇 8❤‍🔥 1💘 1
O'z-o'zimga nisbatan har narsada me'yor qo'yganman. Uxlashda ham ovqatlanishda ham, ishlashda ham hatto vaqtni chog' o'tkazishda ham. Lekin hozirgi kundagi eng muhim me'yorni ijtimoiy tarmoqlargs nisbatan qo'yganman. Agar buni nazorat qila olmasangiz u sizni nazoratidan chiqarmaydi. Telegramda maksimal tarzda kanallar sonini kamaytirganman. A'zo bo'ladigan kanallarimni ham oliftachasiga aytsam chertib-chertib tanlayman. Haqiqatda menga real foydasi tegadiganlariga a'zo bo'laman va faol tarzda ularni kuzataman. @creo_blog ham shu tanlangan kanallardan biri)) Ukamiz hozir yevropada o'qimoqda. Sahifasida ta'lim, shaxsiy rivojlanish va sayohatlaridagi taassurotlarini ulashib turadi. Saviyasi ancha yuqori yigit. Bugun Skandinaviyaliklarni Baxt formulasini bilish uchun o'sha yoqlarga ketyapti😅
Показати все...
👍 39 7🔥 6😁 5❤‍🔥 1💊 1
Repost from Bobil kutubxonasi
Do’stlar, shu hafta yakshanba kuni “Taxtlar O’yini” asari bo’yicha kanalda ovozli muhokama bo’lib o’tadi. Muhokamada fikr-mulohazalar bilan birga hozirda tarjimasi davom etayotgan “Qirollar To’qnashuvi” kitobi haqida ham ba’zi yangiliklarni bo’lishaman. Muhokamada qatnashuvchi kanallar: @kitob_ombori @vasilbro @salimov_blogi @dildora_bookaholic @bookerberg @quyoshtaraflarda @rakhmonalievs_blog @timur_books @bobil_kutubxonasi
Показати все...
👍 38👎 9 7🔥 5❤‍🔥 3👏 1
00:10
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Bir insonni sevish uchun uning yonida bo‘lish shart emas. Goh-goh uning suratiga qarash va unda hammasi yaxshiligini bilish kifoya. @kitob_ombori
Показати все...
74❤‍🔥 26🤣 18👍 16🔥 6😢 6👏 2👨‍💻 1💘 1
1:30:55
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🎥 Nomi: Yefreytor Zbruevning yetti qaylig'i 📹 Sifati: 480p 📆 Yili: 1970 🎞 Janri: Komediya 🌐 Davlati: SSSR 🎙 Tarjima: O'zbek tilida
Показати все...
👍 23🤣 18😁 6🔥 3 2❤‍🔥 1🌚 1
Boylik illyuziyasiga aldanmang. Katta uylar, hashamatli mashinalar, brend kiyimlar va dabdabali dam olishlar boylik emas. Ehtimol, bular qarzdur. Boylik - bu erkinlik, imkoniyatlar, vaqt va salomatlik. O‘ylab ko‘ring …
Показати все...
👍 125🔥 28 25 5🫡 4❤‍🔥 1
Repost from Remarkdan qaydlar
O‘lim haqidagi xabarlar va ta’ziyanomalarni o‘qir ekansan, inson mutlaqo mukammal mavjudot, olamda nuqul oliyjanob otalar, beg‘ubor erlar, namunali farzandlar, fidoyi va o‘zini qurbon qilishga tayyor onalar, hammaga aza tutadigan bobolar, buvilar, hamma birdek sevuvchi generallar, insoniylikda tengi yo‘q advokatlar, qurol ishlab chiqaruvchi avliyosifat fabrikantlar mavjud, degan tasavvur paydo bo‘ladi. Qisqasi, ta’ziyanomalarga ishonadigan bo‘lsang, yer yuzida qanotsiz farishtachalar galasi jamlangan bo‘lib chiqadi, biz esa buni payqamay kelganmiz. Hayotda juda kamdan-kam uchraydigan muhabbat allakimning vafotidan keyin har tomondan barq ura boshlaydi va har qadamda unga duch kelaverasan. Ezgulik, g‘amxo‘rlikka yo‘g‘rilgan sadoqat, chuqur dindorlik, o‘ta yuqori fidoyilik haqidagi so‘zlarnigina eshita boshlaysan, marhumning ortida qolganlar qattiq iztirob qarshisida qolgandek – voh, bu qanchalik ulkan qayg‘u, yo‘qotish naqadarog‘ir, marhum har doim qalblarda yashaydi: Bunday satrlarni o‘qib to‘lqinlanib ketasan, hatto bu qadar oliyjanob tuyg‘ularga ega mavjudot toifasiga mansubligingdan faxrlangandek ham bo‘lasan. "Qora haykal"
Показати все...
38👍 14🔥 13😢 12❤‍🔥 6😁 3