Toshkent viloyati FVBB / Rasmiy kanal
Відкрити в Telegram
2 412
Підписники
-424 години
+37 днів
+6130 днів
Архів дописів
"Bir piyola choy" tuzog‘i: Mehmondo‘stlik niqobidagi alohida iltifotlar amaldorni ma’naviy jilovlab olish va kelgusida noqonuniy qarorlarga majburlash qurolidir.
—
"Бир пийола чой" тузоғи: Меҳмондўстлик ниқобидаги алоҳида илтифотлар амалдорни маънавий жиловлаб олиш ва келгусида ноқонуний қарорларга мажбурлаш қуролидир.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+8
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hamda uning shahar va tuman boshqarmalar hamda bo‘limlarida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida “Onlayn qimor — inqiroz va halokat tomon bosilgan qadam” mavzusida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning inson hayoti, oilaviy muhit va jamiyatga salbiy ta’siri, shuningdek, bunday illatlarga berilishning ijtimoiy va huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Fuqarolarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda hushyorlikni oshirish, shubhali onlayn o‘yinlar va qimor platformalaridan yiroq bo‘lish, yoshlarni zararli odatlardan asrash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Unutmang: qimor — daromad manbai emas, balki insonni moddiy va ma’naviy inqiroz sari yetaklashi mumkin bo‘lgan xavfli illatdir.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
Olmaliq shahrida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan rasmiy ma’lumot
Bugun, 27-avgust kuni soat 02:30 da Toshkent viloyati FVBBga Olmaliq shahri, “Xilol” MFY hududidagi “Jahongir Parvoz” fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv boʻlinmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib borgan. Yong‘in soat 03:13 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
+5
🛡 FUQARO MUHOFAZASI BO‘YICHA AMALIY SEMINAR
Qibray tumani “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida Qibray tumani FVB hamda Markaz xodimlari ishtirokida fuqaro muhofazasi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
🔹 Seminar davomida fuqaro muhofazasi tizimining asosiy vazifalari, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda amalga oshiriladigan harakatlar hamda xavfsizlik choralariga rioya etish bo‘yicha tushunchalar berildi.
🔹 Shuningdek, “Dolzarb 60 kun” maxsus profilaktik tadbiri doirasida yong‘inlar va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+9
Favqulodda vaziyatlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
“Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajakni yaratamiz!” shiori ostida oʼtkazilgan ushbu tadbir Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I.Ikramovning faxriylar, harbiy xizmatchilar va xizmatchilarga bayram tabrigi bilan boshlandi. Batafsil...
—
Фавқулодда вазиятлар вазирлигида Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали байрам тадбири бўлиб ўтди
“Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажакни яратамиз!” шиори остида ўтказилган ушбу тадбир Фавқулодда вазиятлар вазири генерал-майор А.И.Икрамовнинг фахрийлар, ҳарбий хизматчилар ва хизматчиларга байрам табриги билан бошланди. Батафсил...
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+9
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TAQDIRLASH
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining bir guruh harbiy xizmatchilari hamda fidoyi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-168-son Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Taqdirlash marosimida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i A. Alimatov tomonidan esdalik nishonlari fidoyi xodimlarga tantanali ravishda topshirildi.
🏅 Mazkur e’tirof yurt tinchligi, aholi xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan xodimlarning mehnatiga berilgan yuksak bahodir.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды в преддверии празднования Дня независимости.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны.
#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi.
Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi.
Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi.
Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
– Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman,– dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda e’tirof etilayotganini ta’kidladi.
– Hech shubhasiz, yuqoridagi barcha o‘zgarishlar ko‘p millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan amalga oshmoqda,– dedi davlatimiz rahbari. Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish har bir inson uchun katta baxt ekani ta’kidlandi. Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Prezidentimiz har bir mukofotlanganning mashaqqatli mehnat yo‘li, erishgan yutuqlari va yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini yaxshi bilishini ta’kidladi. Mukofotlanganlar orasida butun umrini bunyodkorlikka bag‘ishlagan xorazmlik otaxon Rustam Sultonov ham bor. U kishi tabarruk yoshda bo‘lsalar-da, viloyat nuroniylariga boshchilik qilib, mahalla va qishloqlarni obod qilishda yoshlarga chinakam ibrat bo‘lib kelmoqda. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,– dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi.
—
Сегодня в резиденции «Куксарой» Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды по случаю 35-й годовщины независимости нашей страны.
Facebook|Instagram|X
🟦🟦🟦🟦🟦
⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar bilan Samarqand viloyati, Samarqand shahrida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hamda soha faxriylarini ijtimoiy himoya qilish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarni joylarga chiqqan holda oʻrganib, hal qilinishini taʼminlash maqsadida, ommaviy sayyor qabul oʻtkaziladi.
📊 Qabul 2026-yil 27-avgust kuni soat 11:00 da Samarqand shahar, "Xazora" MFY, "Spitamen" shoh ko‘chasi, 157-uy manzilida joylashgan Samarqand garnizoni Ma'naviyat va ma'rifat markazi binosida boshlanadi.Shu munosabat bilan, murojaatlaringiz boʻyicha ushbu ommaviy sayyor qabulda ishtirok etish uchun taklif etamiz. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+5
Bo‘ka tumani Madaniyat mahallasi hududidagi “Markaziy o‘yingoh”da bayram tadbiri vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida hamkorlikdagi xizmatlar voqea joyiga tezkor jalb etilib, shaxsiy tarkibning jangovar shayligi sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, o‘yingoh xodimlarining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Mazkur amaliy mashg‘ulotlar aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
