Toshkent viloyati FVBB / Rasmiy kanal
Відкрити в Telegram
2 412
Підписники
-424 години
+37 днів
+6130 днів
Архів дописів
"Xavfsiz evakuatsiya to‘g‘ri harakatdan boshlanadi!"Favqulodda vaziyat yuz berganda xavfsiz evakuatsiyani tashkil etish bo‘yicha muhim tavsiyalar! —
"Хавфсиз эвакуация тўғри ҳаракатдан бошланади!"Фавқулодда вазият юз берганда хавфсиз эвакуацияни ташкил этиш бўйича муҳим тавсиялар! ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
Yong‘in sodir bo‘lganda har bir soniya muhimXonadon va ish joylarida o‘t o‘chirgichlar bo‘lishi, undan foydalanish tartibini bilib olish va yong‘in haqida xabar beruvchi tutun datchiklarini o‘rnatish yong‘inni tez aniqlash va uni tezkorlik bilan bartaraf imkonini beradi. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
Repost from Сейсмопрогностик мониторинг Республика маркази
O'zbekistonda zilzila sodir bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Olmaliq shahrida 3 ball, 9 km.
Piskent tumanida 2-3 ball, 23 km.
Oxangaron tumanida 2 ball, 26 km.
Nurafshon shahrida 2 ball, 40 km.
Angren shahrida 2 ball, 41 km.
Zilzila episentri Toshkentdan 66 km janubiy-sharqda
Vaqti: 09:03:00 28.09.2026
Magnituda: 3,6
Chuqurligi: 15 km
Episentr: Piskent tumani, Toshkent viloyati, O'zbekiston
Koordinatalari: 40,79 N, 69,69 E
--------------
Землетрясение на территории Узбекистана.
Сила подземных толчков на территории Узбекистана:
город Алмалык: 3 балла, 9 км.
Пскентский район: 2-3 балла, 23 км.
Ахангаранский район: 2 балла, 26 км.
город Нурафшан: 2 балла, 40 км.
город Ангрен: 2 балла, 41 км.
Расстояние от эпицентра до Ташкента 66 км в юго-восточном направлении
Время: 09:03:00 28.09.2026
Магнитуда: 3,6
Глубина: 15 км
Эпицентр: Пскентский район, Ташкентская область, Узбекистан
Координаты: 40,79 N, 69,69 E
--------------
Batafsil ma'lumot uchun: https://smrm.uz
--------------
Kanalimizga qo'shiling: https://t.me/rcsm_fvv
O‘ZBEKISTON — IKKI KARRA SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI!
Kuni kecha, Samarqand shahrida o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Nufuzli xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ikki karra shaxmat olimpiadasi chempioni degan yuksak natijani qayd etdi.
Olimpiada davomida ishtirokchilar, mehmonlar va musobaqa obyektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan namunali xizmat tashkil etildi.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com
#kun_prognozi
28-SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-26° bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechqurun biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog’ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog’li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 28 СЕНТЯБРЯ
Сегодня днем без осадков, лишь к вечеру по Ташкенткой области местами возможен кратковременный дождь, гроза. Ветер 7-12 м/с. Температура 21-26°.
В столице днем без осадков, вечером возможен небольшой кратковременный дождь, гроза. Ветер 3-8 м/с. Температура 23-25°.
По предгорным и горным районам местами кратковременный дождь, гроза. В высокогорьях возможен переход в снег. Ветер 7-12 м/с. Температура 13-18°.
Facebook|Instagram |YouTube|Telegram
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan hafta davomida fuqarolarga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar
Qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar – 481 ta;
Amaliy yordam ko‘rsatilgan fuqarolar soni – 569 nafar.
—
Фавқулодда вазиятлар вазирлиги қутқарувчилари томонидан ҳафта давомида фуқароларга кўрсатилган амалий ёрдамлар
Қийин аҳволга тушиб қолган фуқаролардан келиб тушган мурожаатлар – 481 та;
Амалий ёрдам кўрсатилган фуқаролар сони – 569 нафар.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
#Bu_qiziq
Favqulodda vaziyatlar vazirligi zamonaviy qutqaruv texnikalari bilan jihozlangan. Ushbu videolavhada yong‘in o‘chirish avtonarvonining imkoniyatlari va qanday vazifalarni bajarishi haqida ma'lumot berilgan.
—
#Это_интересно
МЧС оснащено современной спасательной техникой. В этом видеоролике мы вам расскажем о том, какие задачи способна выполнять пожарная автолестница.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
#kun_prognozi
27-SENTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog’li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo‘ladi.
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 27 СЕНТЯБРЯ
Сегодня днем без осадков. Ветер 7-12 м/с. Температура 20-25°.
В столице без осадков. Ветер 3-8 м/с. Температура 23-25°.
По предгорным и горным районам местами кратковременный дождь, гроза. В высокогорьях возможен переход в снег. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с. Температура 13-18°.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Rasmiy axborot
⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro hamjamiyat va nufuzli anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo'ldi.
"Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor."https://t.me/Rasmiy_axborot_official
⚡ Muhammedaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammedali ismli bolaning samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan videosi ko‘pchilikning e’tiborini tortgan edi.
💬 Prezidentimiz bolaning murojaatini ko‘rib, uning samimiy tilaklaridan mamnun bo‘lganini bildirgan hamda Muhammedaliga minnatdorlik maktubini yo‘llagan.Bugun ushbu maktub hamda Prezident sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay O‘rinbayev Prezidentimizning samimiy maktubini o‘qib eshittirdi. 🎗 Shuningdek, Muhammedaliga, uning ota-onasi va tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga Prezident sovg‘alari topshirildi. Bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga esa Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni berildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Toshkent viloyati FVBB xodimlari tomonidan Chirchiq shahridagi savdo majmualaridan birida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Tafsilotlar videorolikda.
—
Тошкент вилояти ФВББ ходимлари томонидан Чирчиқ шаҳридаги савдо мажмуаларидан бирида махсус-тактик ўқув машғулоти ўтказилди. Тафсилотлар видеороликда.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+9
XONADONLARDA PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Toshkent viloyati FVBB boshlig‘ining profilaktika yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik D. Normatov tomonidan Quyichirchiq va Yangiyo‘l tumanlarida aholi xonadonlarida olib borilayotgan profilaktik ishlar o‘rganildi.Batafsil...
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
+3
SHANBA — OBODONLASHTIRISH KUNI
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan “Shanba — obodonlashtirish kuni” doirasida bosh boshqarma binosi va unga tutash hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida hududlar tozalanib, yashil maydonlar tartibga keltirildi hamda hududning sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirildi.
Obod va ozoda hudud — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
+6
📚 “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida shaxsiy tarkib o‘rtasida “Har oyda bir kitob mutolaasi” shiori ostida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltirishdagi o‘rni, yosh xodimlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, badiiy adabiyot orqali milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va insoniy fazilatlarni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, shaxsiy tarkib tomonidan mutolaa qilingan asarlar yuzasidan fikr va taassurotlar almashildi. Kitob o‘qishning kasbiy faoliyat, ma’naviy-ruhiy kamolot hamda keng dunyoqarashni shakllantirishdagi ahamiyati ta’kidlandi.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
26-sentyabr — Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini kasb bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
—
26-сентябрь — Давлат хавфсизлик хизмати органлари ходимлари куни
Фавқулодда вазиятлар вазирлиги Давлат хавфсизлик хизмати органлари ходимларини касб байрами муносабати билан самимий муборакбод этади.
Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
#kun_prognozi
26-SENTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog’li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 26 СЕНТЯБРЯ
Сегодня днем без осадков. Ветер 7-12 м/с, по пустынной зоне местами возможно усиление до 13-18 м/с, в отдельных районах с пыльным поземком. Температура 22-27°.
В столице без осадков. Ветер 5-10 м/с. Температура 25-27°.
По предгорным и горным районам местами кратковременный дождь, гроза. В высокогорьях возможен переход в снег. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с. Температура 15-20°.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Rasmiy axborot
+4
💝 Saida Mirziyoyeva: O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – yosh avlod
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) rahbari Diene Keyta bilan uchrashdi.
Muloqotda demografik barqarorlikni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish va yosh avlod uchun keng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
“O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – uning yosh avlodi”, - dedi Saida Mirziyoyeva.Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun, avvalo, insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga bugundan investitsiya kiritish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va manzilli rejalashtirish maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani qayd etildi. Mamlakat kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo insonlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar bilan belgilanadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
