cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Sherzod Uktamovich

Bloger Sherzod Uktamovichning rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! ⚡️Talabalar, abituriyentlar, o’quvchilar va umuman barcha O’zbekiston xalqi uchun rasmiy xabarlar va yangiliklar kanali

Більше
Рекламні дописи
484
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

​​Prokrastinatsiya - hayotiy muammolar va ruhiy iztiroblarga olib keladigan muhim, shoshilinch ishlarni doimiy ravishda ortga suraverishga moyillik. Qisqa qilib aytganda, to’siqlarni ko’rganda paydo bo’ladigan oddiy qo’rquv. Lekin, bilasizmi? Qo’rquv sizga cho’t emas. Hozir va shu yerda va eng kichigidan boshlang. Katta-katta yumushlar bilan yuragingizga vahm solmang. Hammasi boshidan, kichigidan boshlanadi. Masalan, o’zingiz ham bolalaligingizda avval emaklab yurishni, keyin nimagadir suyanib turishni, keyinchalik esa, bemalol yurish va yugurishni o’rgangansiz. Misol uchun, har kuni yolg’iz qolib, tafakkur qilishga vaqt ajrata olmayapizmi? Bugun 6 daqiqa ajrating. Bir necha kundan keyin bu sizga o’rganish bo’ladi va ko’proq , 10 yoki 15 daqiqa vaqt ajratasiz. Kitob o’qishga qiynalyapsizmi? Bugun 15 daqiqa o’qing, keyinchalik o’rganish sayin vaqtini ham oshirib boraverasiz. Fikrni bir joyga jamlab, o’z-o’zini ruhlantirib va rag’batlantirish bu inson uchun eng kerakli omillardan biri. O’zingiz uchun katta ishni birinchi qilishga harakat qilib, o’xshamasa, o’zingizni bunaqa qo’rqitib qo’ymang. Sport zaliga chiqib, birinchi kundan o’zingizga zo’r berib ishlab, hamma mushaklaringizni qaqshatib og’ritib, ertasi kuni sport zaldan uzoqroq o’tadigan darajaga bormang. Hammasini osonidan va yengilidan boshlang. Ruhiyat va tana o’rgansin, o’rganish hosil qilsin. Undan keyin, bemalol, darajangizni oshirib boraverasiz. Aytmoqchimanki, oldingizdagi to’siqlardan qo’rqmang. Qo’rqish hissini tuydingizmi, avval osonidan boshlang. Vaqt o’tgan sayin darajasini ham oshirib boring. Shunda natijani ko’rasiz, nasib. @uktamovich_shaxsiy
Показати все...

❗️Oliy ta’lim muassasasini grantga tamomlagan shaxslarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor bo‘ldimi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.06.2005-yildagi PQ-92-son Qarori bilan 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash amaliyotini joriy etilgan edi. Lekin mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qaroriga 3-ilovada tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari ro‘yxatiga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan. Demak, endilikda oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan shaxslarning diplomni olish uchun 3 yil ishlab berish majburiyati ham bekor bo‘ldi. Mazkur qaror (PQ – 279-son) oliy ta’lim muassasalarini 2022-2023-yildan boshlab tamomlagan talabalarga tatbiq etiladi. Shunday ekan, bu yil OTMni davlat granti asosida tamomlaganlar diplomlarini ishlab berish majburiyatisiz olishlari mumkin. Manba @sherzod_uktamovich
Показати все...
O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti har yili Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya shifoxonasida davolanayotgan muhtoj oilalarga yordam berish maqsadida faol hayriya qilib kelmoqda. 2-Hayriya ( O'ta shoshilinch!) Malak 12 yosh O'tgan yilidan buyon Qon raki bo'yicha davolanib kelyapti hozirda ahvoli og'ir Turkiyada Operatsiya qildirish uchun ham hayriya davom etyapti. Operatsiya uchun jami  60.000 dollar kerak bo'lar ekan hozirga qadar 190.000.000 yig'ildi va bugun 5.000 dan ortiq sahovatpesha insonlar hayriyada faol bo'lib turishibdi. Hurmatli azizlar! Sizlarni ham Malakning operatsiyasi uchun yordam berishingizni so'rab qolardik va 18.04.2023 sanada Malakning onasiga pulni yetkazamiz In Shaa Allah. Hayriya shbu kartada yig'ilyapti: 9860600408887740 Saidrizayev S Agarda naqd pul shaklida hayriya qilishni istaganlar 3- Ingliz o'quv binolarida o'rnatilgan qutilarga exson qilishingiz mumkin ! Zero exsonning mukofoti faqatgina exsondir !! @thirdenglishfaculty
Показати все...
​​Nafs tarbiyasi. Eng katta dushmanlarimizdan biri o'z nafsimizdir. Bu borada, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "A'do aduvvika nafsukal latiy bayna janbayk", - deganlar. Bu nafs isloh qilinmagunicha insonning kamolga yetishi mumkin emas, deganidir. Onadan tug'ilganda inson bolasi ikki xulq bilan tug'iladi. Bulardan biri havoyi istak, ikkinchisi g'azabdir. Havo shahvatni keltirib chiqarganidan, bola o'z manfaati taqozosiga ko'ra, onasining ko'kragini istaydi. G'azabi bilan esa, o'zini himoya qilishga urinadi. Tug'ilgandanoq yuzaga kelgan yuqoridagi ikki yomon xulqdan va bulardan hosil bo'lgan hirs, tama, tuli amal, dunyo sevgisi, kibr, ujb, adovat va hasad kabi oltmishdan oshadigan yomon xulqlardan qutulish va bularni yaxshi xulqlarga o'zgartirishga harakat qilmoq inson saodatining taqozosidir. ("Nafs nimadir" kitobi, Muhammad Zohid Qutqu) Kitobda aytilganidek, nafs insonning eng xavfli dushmanlaridan biridir. Nafsdan butkul qutulish esa imkonsizdir, faqat uni tarbiyalasa bo'ladi, albatta. Nafsni muvozanatda ushlash kerak. Birinchi o'rinda, nafsimiz juda istagan narsadan tiyilishimiz, me'yorini ushlashimiz kerak. Bir nechta inson amal qilishi qiyin, lekin amal qilsa, nafsni me'yorda ushlasa bo'ladigan tavsiyalarni berib o'taman: - G'iybat qilma, g'iybatni tinglama, g'iybatchilar davrasidan uzoq yur; - Oz-ozdan me'yorida, lekin samarali taomlan; - Ko'zingni tiy, har tarafga, hech kimga hirs bilan qarama, zero, shahvat nafsning o'chog'idir; - Pulingni o'ylab, puxta sarf qil, har narsaga ham qiziqib ketaverma; - Dunyoning ishlariga ishonib qolma, har narsa o'tguvchidir va har narsaning ibtidosi bo'lgani kabi, intihosi ham bor; - Berilgan umr olinishi ham bor, abadiy yashayman deb o'ylama; - Ko'p kitob o'qi, zehning o'tkirlashadi, keng mulohazali bo'lasan, oq va qorani ajratishing osonlashadi; - Ibratli hikoyalar o'qi, tingla, ibrat olasan; - Eng muhimi, tafakkur qil, har ishni puxta o'ylab qil, puxta o'ylangan ish nafsni chegaralaydi. Nafsni yengish uchun inson, avvalo, o'zi ich-ichidan qattiq harakat qilishi kerak. Uning keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlarini chuqur tafakkur qilish kerak va ko'z oldiga keltirishi kerak. Shundagina, nafsning yomonligi orqali paydo bo'ladigan salbiy oqibatlarga bo'lgan qo'rquv tug'iladi va bu qo'rquv insonni nafs qulligidan qaytaradi. #nafs_tarbiyasi @uktamovich_shaxsiy
Показати все...

Repost from Sherzod Uktamovich
​​Ijtimoiy tarmoqlarda kanal yuritishda Ona tili fanining o’rni. Shu mavzu haqida yozmasam bo'lmadi. Chunki, telegram tarmog'ida juda ham ko'plab kanallarni kuzatib boraman. Ularning ko'plari juda ham ajoyib kanallar, ko'plari shaxsiy blog kanallardir. Har kuni kanal admin va adminkalari o'z kanallariga juda kerakli ma'lumotlar va qanaqadir yangiliklar tashlab turishadi. Ammo, ko'pchilik kanallardagi ayrim postlarni o'qish mumkin, ya'ni qanaqa postlar? To'g'ri, u postlarning keraklik darajasi yaxshi, saviyasi ham zo'r, lekin imloviy jihatdan juda ko'p kamchiliklari bor. Kimga qanaqa bilmadim-u, lekin men shunaqa imloviy xatolik bilan yozilgan postni ko'rsam, o'qigim kelmay qoladi. (Shunaqa xatolik bilan yozadigan admin va adminka do'stlarim ko'nglingizga olmang, bu shunchaki mening fikrim va beg'araz maslahatim.) Bilmadim, balki men Ona tili fanini o'qib, universitetga kirganligim uchunmi, balki, adabiyotga qiziqqanligim uchunmi, negadir har bir postimni kanalga joylashdan oldin grammatik jihatdan sinchiklab tekshirib chiqaman. SMM sohasida ham eng kerakli mavzulardan biri bu imloviy xatoliklar ustida ishlash bo'yicha bo'ladi. Chunki, eng ko'zga tashlanadigan va insonni o'zidan sovutadigan post bu grammatik jihatdan noto'g'ri yozilgan post hisoblanadi. (SMM bo'yicha qolgan qilinadigan xatoliklar va ularni qanday bartaraf qilish bo'yicha keyinroq post tayyorlayman.) Yana bir shunaqa postlarning yosh avlodga ta'siri shundaki, agar shunaqa imloviy xato yozilgan postni biror inson o'qisa, keyin o'sha postdagi yozilgan tartib o'sha insonning onggiga singib qoladi va keyingi o'zining yozishmalarida yoki biror kanali bo'lsa, o'zining kanaliga ham o'sha tartibda yozishni boshlaydi. Imloviy xatoliklar bo'yicha qisqacha fikrim shu edi, ushbu postni o'qigandan so'ng, bunaqa xatoni ikkinchi takrorlamaysizlar degan umiddaman! Hurmat bilan, insonolog. @uktamovich_shaxsiy
Показати все...

Repost from Sherzod Uktamovich
​​Boylik va kambag’allik. Xuddi oq va qora, yaxshilik va yomonlik, kun va tundek bir-biriga juda ham zid tushunchadir. Taniqli Ozarbayjon yozuvchisi Muso o'g'li Yo'lchiyev (Voris) "Senga ishonaman" asarida yozganidek, “Hayot boylar uchun tuhfa, kambag'allar uchun jazomi?". Aslida esa, hayot ikkala tomon uchun ham sinovdir. Hayot kambag'allarni sabrini, boylarni esa nafsini sinaydi. Moliyaviy kambag'illikdan ko'ra ma'naviy kambag'al bo'lish juda ham achinarli holat. Chunki, ma'naviyati, mafkurasi sust odam jamiyatga hech qanaqa foyda keltirmasligi bir tarafda tursin, zarari tegishi ham mumkin. O'zi moliyaviy kambag'al inson asli kambag'al emas, ma'naviy kambag'al inson kambag'aldir. Ma'naviy boy inson kuni kelib moliyaviy boy bo'lishga ham erisha oladi. Lekin, ham moliyaviy ham ma'naviy kambag'al insonlardan biror natija kutishni qo'pol qilib aytganda o'zi bir axmoqlikdir. Sababi, ma'naviyati sustmi demak, insoniy hislatlari ham sust bo'ladi. Insoniy hislatlar deganda nimani nazarda tutdim, birinchi o'rinda ishonch, yaxshi muomalalik ya'ni hilmlik, o'zgalarga yordam berishni sevish hissi, asosiysi Vatanga bo'lgan muhabbat. Agar yuqorida misol qilib keltirganlarim biror insonda bo'lmasa, bunaqa insonlarni haqiqiy inson deya olmaymiz. Bundan tashqari, mehr-muhabbat tuyg'usi ham kuchli bo'lishi kerak insonda. Biz qanchalar atrofimizdagi insonlarga nisbatan mehribon bo'lsak, ular haqida qayg'ursak, hayotlariga befarq bo'lib, loqaydlik qilmasak, ular bizni ham shunaqa ardoqlashadi. Loqaydlik mavzusiga keladigan bo'lsak, loqaydlik bu e'tiborsizlikdir. Ayniqsa, loqayd bo'lish jamiyatimizdagi erkaklarga umuman yarashmaydi. Erkaklar sergak bo'lishi kerak, oila a'zolariga, bundan tashqari mahallasidagi, Vatanidagi yuz berayotgan voqealarga e'tiborli bo'lishi kerak. Chunki, erkak kishining mahramlari bu ularning oridir, ular o'z orlarini pok saqlashlari kerak. @uktamovich_shaxsiy
Показати все...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
❗️”O‘zgidromet” 5-7 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi borligi haqida ma’lum qildi. 👉 @sherzod_uktamovich
Показати все...
❗️Ramazonning 13-kuni (4-aprel) (Toshkent vaqti bilan): ➖ Saharlik 04:42 da tugaydi ➖ Iftorlik 18:53 dan boshlanadi. ——————————————— Saharlik (Og'iz yopish) duosi: Navaytu an asuma sovma shahri romazona minal fajri ilal mag'ribi, xolisan lillahi ta'ala. Allohu akbar. Iftorlik (Og'iz ochish) duosi: Allohumma laka sumtu va bika amantu va 'alayka tavakkaltu va 'ala rizqika aftartu, fag'firli ya g'offaruma qoddamtu va ma axxortu. 👉 @sherzod_uktamovich
Показати все...
❗️“El-yurt umidi” jamgʻarmasining faoliyati hamda 2023-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi toʻgʻrisida taqdimot. 👉 @sherzod_uktamovich
Показати все...
02:19
Відео недоступнеДивитись в Telegram
”El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovini eʼlon qiladi Tanlov 500 oʻringa moʻljallangan boʻlib, bakalavriat taʼlim dasturi uchun 75 oʻrin, magistratura uchun 275 oʻrin, doktorantura uchun 150 oʻrin stipendiyalar ajratiladi. Shu jumladan, xorijdagi nufuzli universitetlarda jamgʻarma hisobidan oʻqish uchun pedagoglarga ham 35 ta o‘rin ajratilgan. ❗️Nomzodlarning hujjatlari 2023-yil 1-apreldan – 1-mayga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. 📎 Onlayn hujjat topshirish: http://admission.eyuf.uz Tanlovda gʻolib boʻlgan stipendiatlarning xorijiy universitetlarda taʼlim olishlari uchun barcha xarajatlar Jamgʻarma tomonidan qoplab beriladi. 👉 @sherzod_uktamovich
Показати все...