cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Termiz tumani hokimligi

Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali Veb sayt: www.tertu.uz Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi Twitter: @TermizX Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot

Більше
Рекламні дописи
2 145
Підписники
+224 години
-27 днів
+1130 днів
Архів дописів
Jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikning oldini olish tadbirlari o‘tkazilmoqda Termiz tumani prokuraturasi, Ichki ishlar, Milliy gvardiya bo‘limlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish bo‘yicha tungi reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan, bugun tuman IIB binosida reyd tadbirlari oldidan vazifalar belgilab olindi. Shundan so‘ng, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hududlarda reyd tadbirlari olib borildi. Qator mahallalardagi tunda aholi yig‘iladigan joylar, kompyuterxonalar, mini stadionlar kabi joylarda olib borilayotgan profilaktika ishlari ko‘zdan kechirildi. Kuzatuv kameralari o‘rnatish, jamoat tartibini saqlash va ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olib bo‘yicha o‘rganish tadbirlari o‘tkazilib, tegishli tushuntirishlar olib borildi. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Показати все...
👍 5
30-iyun - Yoshlar kuni | Tuman yoshlari voha bo‘ylab sayohat qilishdi Yurtimizda 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan yoshlar oyligi doirasida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, bugun Termiz tumanining bir guruh yoshlari ko‘hna Boysun tumaniga sayohat qilishdi. Sayohat davomida ishtirokchilar Boysundagi Darband qishlog‘idagi Xo‘jamayxona ziyoratgohiga tashrif buyurdilar. Shuningdek, yoshlar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Показати все...
👍 2
00:52
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi "BYD Uzbekistan Factory" innovatsion zavodiga tashrif buyurib, bu yerda ishlab chiqarilgan birinchi elektromobilga imzo chekdi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Показати все...
IMG_4438.MP44.26 MB
👍 3
Mehnat yarmarkasida 261 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tashabbusi bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tashkilot va korxonalardagi mavjud vakant ish o‘rinlari uchun “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi. Unda tumandagi 26 korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarining 261 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashishdi. Tadbir davomida 5 nafar ishsiz fuqarolar o‘zlari tanlagan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirilib, yo‘llanma berildi. Ish izlovchi fuqarolarga bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari hamda boshqa masalalar yuzasidan mutasaddilar hamda bo‘lim xodimlari tomonidan tushuntirishlar berildi. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Показати все...
🤝 2👍 1
Probatsiya hisobidagi yoshlar muammolari o‘rganildi Yoshlar bilan yangicha tizimda ishlash bo‘yicha berilgan topshiriqlarga asosan yoshlarning muammolarini tinglash, taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda ularga ko‘mak ko‘rsatish, bandligini ta’minlash bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugun mazkur tadbirlar doirasida tuman hokimining o‘rinbosari Rahmatillo Tog‘ayev va boshqa mutasaddilarning probatsiya guruhi ro‘yxatida turgan yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda yoshlarning murojaatlari, ularning qiynab kelayotgan muammoli masalalari tinglandi. Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni sog‘lom turmush tarziga qaytishida ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo'llagan tabrigidan:
Bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “to‘rtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Bu esa mazkur yo‘nalishda aynan sizlardek jasur va dovyurak, Vatanni chin dildan sevadigan, o‘z kasbiga sodiq va fidoyi insonlar tobora ko‘proq bo‘lishini taqozo etmoqda. Ana shu talabdan kelib chiqqan holda, ko‘p qirrali professional bilim va malakaga, yuksak ma’naviy-intellektual fazilatlarga ega bo‘lgan zamonaviy jurnalist kadrlar tayyorlash bundan buyon ham ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.
Tabrikni batafsil o'qish: https://president.uz/uz/lists/view/7346 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Показати все...
👍 1
Adliya kuni va huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi Prezidentimizning “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizmini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida, Termiz tumani Adliya bo‘limi, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi, tuman prokuraturasi va Ichki ishlar bo‘limi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir doirasida huquqiy targ‘ibotlar hamda Ichki ishlar bo‘limi probatsiya hisobida turgan shaxslar uchun sayyor sud majlisi o‘tkazildi va ikki nafar shaxs muddatidan oldin ozod etildi. Shuningdek, Adliya bo‘limi va Davlat xizmatlari markazi mas’ullari qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida axborot berishdi. Sayyor davlat xizmatlari, mehnat yarmarkasi ham o‘tkazildi. Adliya bo‘limining sayyor qabulida aholi murojaatlari tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Показати все...
👍 1
01:19
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Очиқ мулоқот самараси: тадбиркорлар имтиёзлардан қандай фойдаланмоқда? Президентнинг ўтган йили тадбиркорлар билан ўтказган очиқ мулоқотидан сўнг тадбиркорларни молиявий қўллаб-қувватлаш бўйича бир қатор қарорлар қабул қилинди. Жумладан, нодавлат таълим муассасаси раҳбари Азиза Дониёрова 100 миллион сўмлик гаровсиз кредит олиб, боғча фаолиятини янада кенгайтирди ва 45 нафар аёлни иш билан таъминлади. ❗️Сиз ҳам очиқ мулоқот доирасида ўз таклифларингизни билдирмоқчи бўлсангиз, "Тадбиркорлар билан очиқ мулоқот" электрон платформаси, 1100 қисқа рақами, «Тадбиркор виртуал офиси», Call-марказ хизмати ёки ижтимоий тармоқлар орқали мурожаат қилинг! Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Показати все...
Ролик очик мулокот.mp429.27 MB
👍 1
01:07
Відео недоступнеДивитись в Telegram
“II Халқаро мақом санъати анжумани” бошланиш арафасида Жорий йилнинг 27–30 июнь кунлари Жиззах вилоятининг Зомин туманида ЮНЕСКО ва АЙСЕСКО шафелиги остида ўтказиладиган “II Халқаро мақом санъати анжумани”га қизғин ҳозирлик кўрилди. Ушбу нуфузли фестивалга бир гуруҳ санъат ва маданият вакилларидан иборат Сурхондарё вилояти делегацияси ҳам алоҳида тайёргарлик кўриб, унинг юксак савияда ўтишига ҳисса қўшмоқда. Эслатиб ўтамиз, “II Халқаро мақом санъати анжумани”га 80 га яқин давлатдан 400 нафардан зиёд қатнашчи иштирок этиши кутилмоқда. Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Показати все...
25 1.mp481.90 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#infografika “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi. Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3-yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy. Batafsil - yuqoridagi infografikada. ————————— ❗️Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
26-iyun – Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni BMT Bosh assambleyasi 1987-yilda har yili 26-iyunni “Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 300 millionga yaqin odam kokain, nasha, gallyusinogenlar, opiatlar va tinchlantiruvchi gipnozlar kabi noqonuniy moddalarni iste’mol qiladi. 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lganlar orasida qayd etiladigan o‘limlarning 1,3 foizi giyohvandlik oqibatida yuz beradi. Bir yilda 211 mingta o‘lim aynan giyohvandlik oqibatida kelib chiqadi. Giyohvandlik oqibatida 1,6 million kishi OITSga mubtalo bo‘ladi. 7,2 million kishi esa gepatit C virusini yuqtirib oladi. 1,2 million kishi gepatit B virusiga chalinadi. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Показати все...
👍 1
Bunyodkordagi muammolar joyida o‘rganildi Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarovning aholi bilan uchrashuvi va sayyor qabuli Bunyodkor mahallasida o‘tkazildi. Unda aholining elektr energiya, gaz, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, moddiy yordam ajratish, ish bilan ta’minlash kabi qator masalalardagi murojaatlari tinglandi. Dastlab, har bir masala tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi va yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. Qator masalalar qabul davomida o‘zining ijobiy yechimini topgan bo‘lsa, ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi. Shundan so‘ng tuman hokimi mahalla bo‘ylab murojaatlarni joyida o‘rgandi. Mutasaddilarga ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan vazifalar belgilab berildi. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Показати все...
“Sharof Rashidov” – og‘ir hududdan obod va fayzli maskanga aylanayotgan mahalla Xabar berilganidek, Termiz tumani “Sharof Rashidov” mahallasi og‘ir hudud sifatida tanlab olinib, keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. Tadbir boshlangandan buyon mahallada foydalanilmayotgan bino ta’mirlanib, mahalla idorasi uchun tayyorlandi, 3 km tuproq yo‘llar toshlandi, 1 km yo‘l asfaltlandi, 27 ta ta’mirtalab simyog‘ochlar beton ustunlarga almashtirilib, 1 dona transformator punkti hamda 1 ta suv minorasi ta’mirlandi. Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish tadbirlari davomida 10 ta xonadonga yangi maishiy gaz balonlari berildi. Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish maqsadida “Sayxunobod tajribasi” asosida 3 ta ko‘makka muxtoj oilaga 3 tadan qo‘y va 30 tadan parranda yetkazib berildi. Mahallani “qizil”dan “yashil” toifaga o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Показати все...
👍 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.