cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

ESDALIK.UZ

ESDALIK.UZ - Oh, sening yoshliging menda bo'lsaydi... 📪 @Guli21_22 yoki @Esdalikuzbot ✉️ [email protected] ‼️ Ushbu kanal ESDALIK.UZ veb-saytining rasmiy kanali hisoblanadi.

Більше
Рекламні дописи
516
Підписники
-124 години
-47 днів
-730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

00:27
Відео недоступнеДивитись в Telegram
МАСЛАҲАТИМ Худойимга солиб кетавер, Манзилингга тезроқ етасан. Кўрмаганга олиб кетавер, Кўрмагандай бўлиб кетасан. ✍️ Иқбол МИРЗО 📱 Telegram | 🌐 Instagram | 🎞 YouTube
Показати все...
IMG_1833.MOV20.75 MB
🔥 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Қарамайсан. Мен ҳам лоқайддек Гўё нигоҳ заҳмат, ишқ зарар. Лекин... мана, титрар қўлларим, Лекин, ана юзинг қизарар. Чиндан бир-бировни билмасак, Тинчгина кун кўрсак қанийди. ... Типирчилаб шўрлик юраклар Бир-бирини дарров танийди. Mатназар  Абдулҳаким @shomuz      -  Yo‘limiz   bir!
Показати все...
4🔥 2😢 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Яна сизга келди ҳавасим, Яна соғинч қилди тантана. Мен турибман (рўё эмасми?!) Эшигингиз олдида, мана. Очсангизчи?! (Уйда ҳеч ким йўқ!) Хиралашар кўнглим ранглари. Эшитяпман қулоқ тутиб жим, Сукунатнинг жарангларини. Ичкарида... (Гумон тошлари Юрагимдан отилди бир-бир...) Юзларимга ёға бошлади, Манзилини унутган ёмғир. Кетсаммикан... (Бу йўллар узун) Эзилади бешинчи қават. Тўрт томонда кезинар маҳзун, Севги... Севги... Севги... Ва Ҳасрат. Бирдан эшик очилди! (Тангрим Бунчалар ҳам караминг кенгдир!!!) Сиз қаршимда турибсиз кулиб, (Бу қувончлар фақат меники!) ... Сизга яна келди ҳавасим, Яна соғинч қилди тантана. Мен турибман (бу аслида туш) Эшигингиз олдида, мана... © Башорат Отажонова @wwwesdalikuz
Показати все...
🔥 4 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Boraman. Bizni adashtirgan yillar oralab Jingalak sochimga taqasan yalpiz. So‘ng ortga qaytaman... Kimni qoralab Yolg‘iz. Men takror boraman Bu ne jasorat... O‘tmishga sudrayman vaqt millarini. O‘g‘irlab qaytaman... Derazangdagi Baxt gullarini. O yana boraman Bu qanday tahqir... Ko‘zimdagi bari tomchilar ozod. Nogoh qo‘llarimdan tutadi taqdir Kishanband etadi jismimni hayot. Baribir boraman Hech bo‘lmaganda Ruhimni don kabi yutganda bir qush. Sen titroq kaftingda ushoq tutasan So‘ng uchib ketaman Qaygadir sarhush. ✍Madina Norchayeva @Gulijon_ijod
Показати все...
3👍 1🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
*** На ҳашам-у, на зар қидирдим, Мен бир тоза назар қидирдим. Бу қандайин марди йўқ майдон, Нафс пойида Ҳақиқат қурбон. Сўзи бошқа, иши бошқадир, Ҳамтовоқ, лек оши бошқадир. Ўзимга ҳам ёқмас шу қўшиқ, Оҳанглари ғамга қоришиқ. Ўксиб-ўксиб тинглаётирман, Кулиб-кулиб инграётирман. 2010 йил © Беҳзод Фазлиддин
Показати все...
👍 3 1🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Dard meni o'zgartib tashladi butkul, Boshlab bo'larmikan barin boshidan? Haqoratdan tilim charchamas nuqul, Og’rimas yuragim ko'zlar yoshidan. Nogoh eshitilib qolsa biror sas, Lahzada buzilib ketar asabim. Qiynalib yetganda o'pkamga nafas, Sog'lom odamlarga kelar hasadim. Sevgilim bor edi boshqalar kabi, Yashadi yonimda qo'limdan tutib. Dilozorlik meni toliqtirmadi, Charchadi u barin ichiga yutib. Na unga beroldim bironta orzu, Na undan bema'ni orzum yashirdim. U meni kaftidan tushirmadi-yu, Men uning yuziga kaftim tushirdim. Bir o'y kemiradi dilni erta-kech: Nahotki topilmas dardimga davo?! Xudodan mol-dunyo tilamadim hech, So'raganim faqat bir hovuch havo. Hali ham yetsa gar yuragim dodi, Nimaga hayotdan mahrum etyapsan? Erkam, nafasingda havo bor edi, Sen uni kimlarga olib ketyapsan?.. Jo‘rabek Ramazon @JorabekRamazon
Показати все...
5👍 1🔥 1
Boʻlganim shu... Meni yaxshi koʻrganlar koʻp, toʻgʻri, biroq, Jini suymay yurganlar ham undan koʻproq. Demak, yomon odamman deb kuyunmay ham, Juda yaxshi odamman deb suyunmay ham. Taroziga qoʻyilganda faqat amal, Yaxshiligim ogʻir kelsa boʻldi sal-pal... Agar erta tushmaganda boshga kallik, Daʼvo qilsam boʻlar edi mukammallik... Hay, mayli-da, yaxshimanmi yo yomonman, Men ham sizdek Haq yaratgan bir insonman. Abadiylik tilamayman bu fanodan, Xafamasman hakim Luqmon yo Sinodan. Tushgach umr kitobimga soʻnggi nuqta, Hammangizni tark etaman xuddi yoʻqday... Ha, shunaqa, Mendan sira hadik olmang... Gap – shu. Boring, Endi siz ham, Yoʻldan qolmang! © Bahodir Iso @wwwesdalikuz
Показати все...
6👍 2🔥 1👏 1💯 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Boraman. Bizni adashtirgan yillar oralab Jingalak sochimga taqasan yalpiz. So‘ng ortga qaytaman... Kimni qoralab Yolg‘iz. Men takror boraman Bu ne jasorat... O‘tmishga sudrayman vaqt millarini. O‘g‘irlab qaytaman... Derazangdagi Baxt gullarini. O yana boraman Bu qanday tahqir... Ko‘zimdagi bari tomchilar ozod. Nogoh qo‘llarimdan tutadi taqdir Kishanband etadi jismimni hayot. Baribir boraman Hech bo‘lmaganda Ruhimni don kabi yutganda bir qush. Sen titroq kaftingda ushoq tutasan So‘ng uchib ketaman Qaygadir sarhush. ©Madina Norchayeva @sherSehri
Показати все...
5👍 2❤‍🔥 1
Baribir Men samodan topgan so‘zni siz tuproqqa ko‘mgaysiz. Balki, menga ayon sirlar sizga biroz o‘ng‘aysiz. Menga Xudo bergan ishqqa shunga ko‘zni yumgaysiz. Men dunyoni sharh etsam ham baribir tushunmaysiz. Ko‘ngildan arz etsam, sizlar qaydan so‘rayapsizlar? Nafas bo‘lib kirgan qolib, loydan so‘rayapsizlar. Gul shirasi bol bo‘lguncha ming to‘lg‘ongan arining qismatini boldan emas, maydan so‘rayapsizlar. Qay es bilan ishq sharhini Qaysdan so‘rayapsizlar? O'z-o'zidan adashganga Najot bo'ladi qay iz? Men dunyoni sharh etsam ham Baribir tushunmaysiz. Qarang, ikki qanot bilan bir o‘ram g‘o‘sht uchyapti, Bu qushlari yolg‘on, tandan ruh degan qush uchyapti. Dunyosining sumbatiga bino qo‘yib yurganlar bu dunyodan xas ololmay qo‘li bo‘m-bo‘sh uchyapti. Ey, kuyini yo'qotganlar, navo bo'lmaydi naysiz. Men dunyoni sharh etsam ham baribir tushunmaysiz. Milliard zarra birlashgay-u Bir vujudga jam bo'lgay, Kimda nedir ortiq bo'lgay, Kimda nedir kam bo'lgay, Yo qumursqa, yo burgut, yo hazrati Odam bo'lgay. Ne bo'lsa ham bir hikmat bor, hukmi muhtasham bo'lgay, Va barchasi avval-oxir yo'q bo'lgay, adam bo'lgay, Qo‘yib bersa bu olamga ustun bo‘lmoqqa shaysiz. Men dunyoni sharh etsam ham baribir tushunmaysiz. Suhrob Ziyo @wwwesdalikuz
Показати все...
🔥 5❤‍🔥 1
Минг бор ўлдик, минг бор тирилдик, Раҳм этмади вақт оҳимизга. Такрор – такрор кўмилавердик, Ўзимизнинг тупроғимизга. Ватан сақлар жимлигимиздир, Ватан айтадиган сўзимиз. Бахт – ватандир, кулфат – ватандир, Демак, Ватан – бизнинг ўзимиз. Ҳайқирганим қўшиқ – ватаним, Дилга армон куйим ватандир. Очқаб келсам, қазноқдаги нон, Ўлан тўшак уйим ватандир. Кўзларингнинг қораси – ватан, Қошларингнинг ораси – ватан. Мушкулларим бўлмай қолса ҳал, Чорасизлик чораси ватан. Кўзларимга қалққан қатра ёш, Тортаётган нолам ватаним. Ёт элларда қолганим болам, Ўн саккиз минг олам ватаним. Ватанимсан, севгилим, жоним, Юрагимдир юрагинг – тошинг. Ҳаётинг ҳар куни ватаним, Ва айниқса, ўн саккиз ёшинг. Жўн бир ғубор, оддий тупроғим, Ҳар зарра, ҳар маъданим ватан. Керак эмас ўзга ватанлар, Чунки менинг ватаним ватан. Лабимдаги кулгу шундандир, Шундан кўзларимга ёш қалққан. Лаҳза тинмас, уравергай чарх Бу муборак илоҳий халқа. Матназар АБДУЛХАКИМ @shomuz - Yo‘limiz bir!
Показати все...
3🔥 1👏 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.