cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Oybek Yuldashev

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim: https://myurls.co/yuldashev_oybek

Більше
Рекламні дописи
1 803
Підписники
-424 години
+2457 днів
-65330 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
👝 Ish kerakmi? 🤵 Bizda bor! 👫 Aziz yoshlar, qadrli andijonliklar! Ishsiz yoshlar hamda bitiruvchilarning bandligini ta'minlash maqsadida "Yoshlar oyligi doirasida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etilmoqda. 👝 Mazkur yarmarkada bandligi ta'minlanmagan yoshlar hamda ishsiz aholi vakillari qatnashishlari, o'z yo'nalishi va qiziqishiga ko'ra davlat yoki xususiy sektorlarda mavjud bo'lgan bo'sh ish o'rinlari bilan tanishishlari va o'zi uchun munosib ish bilan band bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 🤝 Siz ham yarmarkada ishtirok eting! O'z sohangizda doimiy ish o'rniga ega bo'ling. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 🗓 Vaqti: 14-iyun soat 8:00 🗺 Manzil: Andijon shahri Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog'i. #yoshlar_oyligi Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Показати все...
Repost from ANDIJON YOSHLARI
⚽️Talabalar hokim kubogi uchun to’p surdilar ⚡️ "Yoshlar oyligi" doirasida oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "Viloyat hokimi kubogi" uchun mini futbol musobaqasi bo'lib o'tdi. 📋Viloyatimizdagi 7 ta OTM jamoalari o'rtasida o'tkazilgan uchrashuvning yakuniy natijalariga ko'ra: 🥇-o'rin - Andijon davlat universiteti jamoasi; 🥈-o'rin - Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasi; 🥉-o'rin - Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi egalladi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Показати все...
👍 6
Repost from ANDIJON YOSHLARI
00:21
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📢 Qo'rg'ontepalik yoshlar tayyormisiz?! ⚡️ "Yoshlar oyligi" boshlandi. Turli loyihalar, tanlovlar va tadbirlar bilan Sizni albatta xursand qila oladigan oy bu. Ayniqsa, "Yoshlar oyligi" galakonserti Siz va yaqinlaringizga unutilmas bayram kayfiyatini ulashishi aniq. ⏰ Shunday ekan, 21-iyun soat 19:30da Qo'rg'ontepa tumani, Nodira mahallasidagi sport maktabi katta stadionida tashkil etiladigan galakonsertga bachani taklif etamiz. Estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar ishtirokidagi galakonsertimiz kutilmagan lahzalarga boy bo'ladi. ✅ Konsert mehmonlari: 😎 Umidaxon 😎 Jambul Muhammedov Konsert dasturlari qolgan barcha shahar, tumanlarda ham o'tkaziladi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Показати все...
qorgontepa tumani 22.06.mp43.01 MB
👍 6
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Qarorga koʻra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga toʻgʻri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.
Показати все...
👍 12 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#yoshlarga_imkoniyat 🎓 Xalqaro imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan yoshlarga imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda 💰 Andijon viloyatida 2024-yil boshidan buyon xalqaro imtihonlarda yuqori ball to‘plagan 386 nafar yoshlarning imtihon xarajatlari uchun 726 995 000 so'm mablag' ajratildi. 📋 Agar Sizda ham xalqaro imtihon natijalari yuqori bo'lsa, bu imkoniyatdan foydalanishga shoshiling. Agar imtixon topshirishga tayyorlanayotgan bo'lsangiz, albatta 70%dan yuqori ko'rsatkichni qayd eting. Yoshlar ishlari agentligi esa imtihon xarajatlaringizni to'liq qoplab beradi. ❗️ Unutmang,18 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlar my.gov.uz sayti orqali ariza topshirgach, imtihon xarajatlarini “Xazna” ilovasi qaytarib olishlari mumkin. ✅ Ilovani yuklab oling: iOS | Android Bizning sahifalarimiz: 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Telegram 🔹Youtube
Показати все...
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#yoshlarga_imkoniyat 🎓 Xalqaro imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan yoshlarga imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda 💰 Andijon viloyatida 2024-yil boshidan buyon xalqaro imtihonlarda yuqori ball to‘plagan 314 nafar yoshlarning imtihon xarajatlari uchun 579 225 000 so'm mablag' ajratildi. 📋 Agar Sizda ham xalqaro imtihon natijalari yuqori bo'lsa, bu imkoniyatdan foydalanishga shoshiling. Agar imtixon topshirishga tayyorlanayotgan bo'lsangiz, albatta 70%dan yuqori ko'rsatkichni qayd eting. Yoshlar ishlari agentligi esa imtihon xarajatlaringizni to'liq qoplab beradi. ❗️ Unutmang,18 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlar my.gov.uz sayti orqali ariza topshirgach, imtihon xarajatlarini “Xazna” ilovasi qaytarib olishlari mumkin. Ilovani yuklab oling: iOS | Android Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Показати все...
01:10
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Andijonlik faol yoshlar o’z tengdoshlarini kitobxonlikka chorlamoqda! 📚Kitob – inson hayotini, uning orzu - umidlarini, kelajakka qo’ygan maqsadlarini yuksaltiradi. Dunyoga kitob orqali yanada teran qarash mumkinligini anglagan yoshlar bugun erishgan yutuqlarida kitobning o’rni beqiyos ekanligini ta’kidlamoqda. 📑Aziz yoshlar, Siz ham kitob o’qing! Muvaffaqiyatlilar safida bo’ling! Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Показати все...
Andijon kitobxon TG.mp410.89 MB
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Xabaringiz bor, joriy yilning 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari mamlakatimiz futzal boʻyicha jahon chempionatini qabul qiladi. Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida oʻtadigan bahslarda dunyoning eng kuchli jamoalari gʻoliblik uchun kurash olib borishadi. Mana shunday nufuzli musobaqada ishlash niyatida boʻlganlar uchun ajoyib imkoniyat paydo boʻldi. Ushbu havola orqali( https://volunteer.fifa.com/login) roʻyxatdan oʻting va koʻngilli sifatida mazkur jahon chempionatini yuqori saviyada oʻtkazishga oʻz hissangizni qoʻshing. Nomzodlarni ro’yxatga olish va saralash 1-iyulga qadar davom etadi.
Показати все...
👍 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📢 Bizga qahramon kerak!!! Oramizda qahramon yoshlar juda ko'p. Ularni kashf qilishda bizga ko'maklashing. 📋 Ilm-fan, madaniyat, san'at, sport,kitobxonlik, xorijiy tillar, IT va zamonaviy kasblarda yuqori natijalarga erishayotgan, o'z hunari va mehnati bilan atrofdagilarga foyda keltirayotgan, shuningdek, imkoniyati cheklangan bo'lishiga qaramay, o'z ustida ishlab, jamiyatda o'z o'rnini topgan matonatli yoshlarni tengdoshlariga ibrat qilib ko'rsatishni maqsad qildik. 📌 Oramizdagi qahramonlar orangizda bo'lishi yoki u o'zingiz bo'lishingiz ham mumkin. Agar Siz bilgan shunday qahramonlar bo'lsa, bizga @andijon_yoshlari_bot orqali ma'lumotlarini yozib qoldiring. Biz esa albatta ular haqida yoshlarga batafsil ma'lumot beramiz. #andijonlik Bizning sahifalarimiz: 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Telegram 🔹Youtube
Показати все...
👍 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#oav_nigohida 📰 “Yoshlar ovozi" gazetasining yangi sonida Andijonda yoshlarga dehqonchilik uchun ajratilgan yerlar va ulardan samarali foydalanayotgan yoshlar haqida "Yer berildi — imkon berildi" sarlavhasi ostida maqola e'lon qilindi. 😄 Bundan tashqari gazetadan yoshlar hayotiga oid muhim xabarlar va foydali materiallar bilan ham tanishishingiz mumkin. 📥 Gazetani o'qish. Bizning sahifalarimiz: 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Telegram 🔹Youtube
Показати все...
👍 5