Namangan shahridagi Prezident maktabi
Відкрити в Telegram
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari nampm.uz fb.com/nampmuz instagram.com/nampmuz twitter.com/nampmuz YouTube: bit.ly/nampmuz
Показати більше1 881
Підписники
-124 години
-167 днів
-2530 день
Архів дописів
#Imtihon_2026
📢 DIQQAT, HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR!
🎓 Joriy yilning 31-iyul hamda 1–2-avgust kunlari Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 2-, 3- va 4-sinflariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
🖌 Imtihonlar jadvali:
➡️ 4-sinf — 31-iyul, soat 09:30 da
➡️ 3-sinf — 1-avgust, soat 09:30 da
➡️ 2-sinf — 2-avgust, soat 09:30 da
2-, 3- va 4-sinflarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalarning yuborilishi boshlandi.
Ruxsatnomani shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz mumkin, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshiring:
🟢 talabgorning shaxsiy ma’lumotlari;
🟢 imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili;
🟢 imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti.
⚠️ Muhim eslatmalar:
🟢 Tashkil etilayotgan Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabda ta’lim va dars jarayonlari davlat tilida olib boriladi. Shu bois, kirish imtihonlari ham davlat tilida tashkil etiladi. 🟢 Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari hamda o‘zlari bilan ruxsatnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini olib kelishlari so‘raladi. 🟢 Imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kechikib kelgan nomzodlar imtihon jarayoniga kiritilmaydi.🟢 Imtihon manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 28-uy, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Imtihon_2026
🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 1-sinfiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
👋 Mazkur bosqichda nomzodlarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan test sinovlari tashkil etilgan.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026
📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda!
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026
📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda!
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#IChO_2026
#OAV_biz_haqimizda
Kimyo olimpiadasining hal qiluvchi bahslari yakunlandi
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Sevara Shakirova
#IChO2026
🇺🇿 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Yangi O‘zbekiston yana bir tarixiy sahifani ochdi.
📍 Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk bor O‘zbekiston mezbonlik qilgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bir hafta davomida dunyoning 94 ta davlatidan tashrif buyurgan mingga yaqin iqtidorli o‘quvchilar, jamoa rahbarlari va xalqaro ekspertlar nafaqat nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi, mamlakatimizning boy tarixi, madaniyati va mehmondo‘stligi bilan yaqindan tanishdi.
💐 Bugungi natijalar bizga alohida faxr bag‘ishlaydi. O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari medal bilan taqdirlandi: Rayhona Tuymurodova oltin medal, Jasur Mustafoyev, Azizmuhammad Hafizov va Mirjalol Homidjonov kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Bu yutuqlar yurtimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro olimpiadalarga tizimli tayyorlash va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir.🧪IChO 2026 O‘zbekistonning xalqaro ilmiy-ta’lim hamjamiyatidagi nufuzini yanada mustahkamladi. Ushbu tarixiy olimpiadani yuqori saviyada tashkil etishga hissa qo‘shgan barcha hamkorlarimiz, ustozlarimiz, mutaxassislarimiz, volontyorlarimiz va fidoyi jamoamizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Eng muhimi, bugun yoshlarimiz butun dunyoga O‘zbekiston ilm-fani va ta’limining yangi salohiyatini namoyon etdi. ✅ Rasmiy sahifalar
+9
🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 2-BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
✅ Bugun respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
📝 Imtihonlar Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti hamkorligida ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etildi.
📲 Imtihon jarayonlari test2026.uz platformasi orqali onlayn namoyish etilib, jamoatchilik uchun ochiq va shaffof tarzda kuzatish imkoniyati yaratildi.
Shu bilan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2026–2027-o‘quv yili uchun barcha bosqichlari yakunlandi. Imtihonlarda ishtirok etgan barcha o‘quvchilarga muvaffaqiyat tilaymiz hamda natijalar e'lon qilinishini kutib qolamiz.©️Namangan shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati
🔴 DIQQAT, E’LON!
✅ PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHIDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
🖌 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 17-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi.
✅ Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:
🖱️ matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
🖱️ ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.
🔴 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini to‘ldirish uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi. 🔴 Muhim eslatma: kirish imtihonlari soat 08:00 da boshlanadi. Barcha talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari so‘raladi. Kirish imtihonini qayta topshirish yoki boshqa kunga ko‘chirish imkoniyati mavjud emas. 📍 Namangan viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi 1-son (Do'stlik) akademik litseyida bo‘lib o‘tadi. ©️Namangan shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati
#Imtihon_2026
📢 TALABGORLAR DIQQATIGA!
🎓 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar uchun muhim xabar!
✅ 2-bosqich imtihonida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilishi boshlandi.
✅ SMS-xabarni olgan talabgorlar shaxsiy kabinetlari orqali ruxsatnomani yuklab olib, imtihon sanasi va joyi bilan tanishishlari mumkin.
Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing:
✅ Talabgorning shaxsiy ma’lumotlari;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti.
‼️ MUHIM!
Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.🔴 Hurmatli ota-onalar va talabgorlar! Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va muddatlarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash maqsadida, sizlardan vaqt talablariga qat’iy rioya etishingizni so‘raymiz. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#IChO_2026
IChO 2026: Ishtirokchilar Toshkentning diqqatga sazovor manzillari bilan tanishmoqda!
📚 Bugun 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO 2026) doirasida ishtirokchilar Toshkent shahridagi diqqatga sazovor manzillar, ya’ni:🖱️ Islom sivilizatsiya markazi 🖱️ Temuriylar tarixi davlat muzeyi 🖱️ Toshkent Politexnika muzeyiga sayohat qilishmoqda!
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#IChO_2026
#Ахборот 24
🧪IChO 2026: 58-я Международная химическая олимпиада
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#IChO_2026
🌿 Dunyoning eng iqtidorli yosh kimyogarlari Toshkentda
⏺ 11-19-iyul kunlari davom etadigan olimpiadada 90 dan ortiq davlatdan qariyb 1000 nafar o‘quvchi, jamoa rahbarlari, xalqaro ilmiy qo‘mita a’zolari, kuzatuvchilar va mehmonlar qatnashmoqda. Bu esa “IChO-2026”ni nafaqat yilning eng yirik ta’lim olimpiadalaridan biri, balki yosh olimlarni birlashtiruvchi global ilmiy maydonga aylantirmoqda.
1968-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Xalqaro kimyo olimpiadasi maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi eng nufuzli fan bellashuvlaridan biri hisoblanadi. Unda ishtirokchilar chuqur nazariy bilimlari va laboratoriyadagi amaliy ko‘nikmalarini xalqaro standartlar asosida namoyish etadi. Shu bilan birga, olimpiada turli davlatlar yoshlari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.Batafsil⏺O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy sahifasida
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Sevara Shakirova
#Axborot24 | 13.07.2026
#IChO2026
🇺🇿 Toshkent dunyoning eng iqtidorli yoshlarini kutib olib, 58-xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda.
✅ Rasmiy sahifalar
+3
📰📰📰📰📰📰📰
🇺🇿🇶🇦Qatar bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova hamda Qatar davlati Ta'lim nazorati boshqarmasi rahbari Fatima Al-Rashid boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Muzokaralar davomida ta'lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or ta'lim metodikalarini joriy etish hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Qatar tomoni Agentlik tizimida iqtidorli o‘quvchilarni tayyorlash, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish hamda xalqaro fan olimpiadalarida erishilayotgan natijalarni yuksak baholab, mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.
✅ Uchrashuv yakunida STEM yo‘nalishida qo‘shma ta'lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar va pedagoglar almashinuvini tashkil etish, yozgi ta'lim oromgohlarini tashkil etish hamda xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Tomonlar belgilangan tashabbuslarni izchil amalga oshirish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘zaro yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026
#imtihon_natijalari
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA!
✅ Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
DIQQAT, E’LON!
📢Agentlik axborot xizmatining rasmiy ogohlantirishi
🟡 Ayni daqiqalarda ijtimoiy tarmoqlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari nomidan soxta akkauntlar ochilib, ular orqali feyk (yolg‘on) xabarlar tarqatilmoqda.
🎓 Agentlik rasmiy ma’lumotlarni faqat quyidagi manbalar orqali e’lon qiladi:
✅Rasmiy veb-sayt, Telegram, YouTube, Instagram va Facebook sahifalari
✅Direktor Sevara Shakirovaning rasmiy telegram kanali
⚠️ Eslatma:
❌ Yolg‘on xabarlarni tarqatmang;
❌ Soxta profillarni bloklang (Report);
❌ Shubhali havolalarga kirmang.
⚠️ Hurmatli fuqarolar, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori yoki Agentlikning boshqa mas'ul xodimlari sizga birinchi bo‘lib shaxsiy messenjerlar orqali yozib, shubhali topshiriq, ko‘rsatma, moliyaviy talab yoki turli takliflar bilan murojaat qilmaydi.
Agar sizga Agentlik nomidan shunday mazmundagi xabarlar yuborilsa, ularga ishonmaslikni, shaxsiy ma'lumotlaringizni taqdim etmaslikni hamda hech qanday to‘lovni amalga oshirmaslikni so‘raymiz.
Agentlik faoliyati yuzasidan savol, murojaat yoki takliflaringiz bo‘lsa, faqat Agentlikning rasmiy aloqa kanallari va rasmiy axborot manbalari orqali murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#KirishImtihonlari #AlXorazmiyMaktabi #ITTa'lim #Shaffoflik #KelajakLiderlari #PIIMA
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga kirish imtihonlari ham yakunlandi!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab hamda uning hududlardagi filiallariga 2026-2027-o‘quv yili uchun saralash kirish imtihonlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
🌐 Raqamli kelajak va IT-texnologiyalar poydevori
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktablar respublikamiz yoshlariga jahon andozalari darajasida zamonaviy ta’lim berish bilan birga, quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan:
O‘quvchilarda algoritmik fikrlash, dasturlash va murakkab muhandislik masalalarini yechish ko‘nikmalarini shakllantirish;
Sun'iy intellekt, robototexnika va AKT sohalarida milliy g‘oyalarni xalqaro miqyosga olib chiquvchi yuqori malakali kadrlarni erta yoshdan tayyorlash.
🏛 Xavfsizlik va adolat oliy mezon
Imtihon savollarining maxfiyligini ta'minlash maqsadida test materiallari maxsus muhrlangan (seallangan) qoplarda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtihon zalida o‘quvchilar ko‘z o‘ngida ochildi. Har bir jarayon Face ID texnologiyasi va kuzatuv kameralari ostida, to‘liq shaffoflik hamda adolat mezonlariga tayangan holda tashkil etildi.Farzandlarini ushbu nufuzli ilm dargohiga tayyorlagan ota-onalarga va jarayonni professional darajada o‘tkazgan barcha mutaxassislarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Raqamli dunyo ixtirochisi bo‘lish sari intilayotgan barcha nomzod yoshlarimizga imtihonlarda yuqori ballar va omad tilaymiz! Kelajak yetakchilari safidan munosib o‘rin egallashingizga ishonamiz! 🚀 ©️Namangan shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati
